Xorazmliklarga savollar!  ( 27125 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Robiya  16 Yanvar 2008, 12:11:59

Assalomu alaykum!
 Faoliyatim davomida turli kitoblarni o'qiyman. Ularda Xorazm viloyati bilan bog'liq ba'zi ma'lumotlarni o'qiyman. Shunda savollar tug'iladi. Ularni forumdagi xorazmlik yurtdoshlarimizdan bilib, aniqlashtirib olishga qaror qildim. Xorazmliklar bunga qanday qarasharkin?

Qayd etilgan


Robiya  16 Yanvar 2008, 12:14:57

 Kecha bir kitobda shunday fikrni o'qib qoldim. Hovliga yangi tushgan kelinchak qaynota, qaynona, qaynilari bilan umuman gaplashmas ekan. Ba'zan bir umrlab ham gaplashishmas ekan. Shu haqda batafsilroq aytsangizlar. Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Sohibjon  16 Yanvar 2008, 13:48:44

Assalomu ALaikum va rahmatulloh!  hurmatli birodari aziz! to`g`ri ko`p kitob o`qigan ekansiz,
Xorazmda kelinlar hech qachon unaqa qimaydi (Allahga shukur)   
1-3 kun shunday bo`lishi mumkin faqat Qaynota bilan., ammo qaynona bundan mustasno, bir umr deganiz esa umuman noto`g`ri siz mani noto`g`ri tushunmang... hurmatli bilan Sohibjon

Qayd etilgan


mansur_bek  16 Yanvar 2008, 14:04:28

Kecha bir kitobda shunday fikrni o'qib qoldim. Hovliga yangi tushgan kelinchak qaynota, qaynona, qaynilari bilan umuman gaplashmas ekan. Ba'zan bir umrlab ham gaplashishmas ekan. Shu haqda batafsilroq aytsangizlar. Oldindan rahmat.

 Assalamu-alekum Robiyapa uzrku lekin bir chiroylik nichk tanlagansiz nega umuman hayotga va insoniy muomalaga zid narsala haqida bosh qotirib yurasiz-a? .Har qanday o'zini hurmat qilgan kelin yangi oilada o'zini shu honadon farzandi hisoblashga harakat qimidilarmi?

Qayd etilgan


Robiya  20 Yanvar 2008, 12:20:17

Kecha bir kitobda shunday fikrni o'qib qoldim. Hovliga yangi tushgan kelinchak qaynota, qaynona, qaynilari bilan umuman gaplashmas ekan. Ba'zan bir umrlab ham gaplashishmas ekan. Shu haqda batafsilroq aytsangizlar. Oldindan rahmat.

 Assalamu-alekum Robiyapa uzrku lekin bir chiroylik nichk tanlagansiz nega umuman hayotga va insoniy muomalaga zid narsala haqida bosh qotirib yurasiz-a? .Har qanday o'zini hurmat qilgan kelin yangi oilada o'zini shu honadon farzandi hisoblashga harakat qimidilarmi?
Bu savolni to'g'ri tushuning. O'qigan narsamni so'ragandim, xolos.  Balki, hozir urf - odatlar o'zgargandir. O'sha paytda shunaqadir. Nima bo'lganda ham,javoblaringiz uchun rahmat.

Qayd etilgan


Usmon  21 Yanvar 2008, 12:15:17

... hayotga va insoniy muomalaga zid narsala haqida bosh qotirib yurasiz-a...
Odamlagayam hayronsan. So'rashgayam qo'rqib qolasan kishi....
Bir narsa so'ramoqchidim manam, lekin yuqoridagiladan keyin ....
:D

Qayd etilgan


Robiya  30 Yanvar 2008, 12:13:30

Ajoyib urf — odatlarimiz bor-da. Aniqrog’i Urganch va Xiva shaharlarida bu udum saqlanib qolgan. Kelinchak xonadonga qadam ranjida qilgan kundan boshlab qaynotasiga, qaynonasi, qaynmomasiyu, yoshulli (katta) qaynakalari va qarindosh — urug’larga gapirmaydi, balki imo — ishora bilan munosabatda bo’ladi. Biron gap aytmoqchi bo’lsa, uyidagi bolalar orqali bildirib qo’yadi.
  Kelinchakning shunga o’xshagan ko’ngillarga iliqlik indiruvchi go’zal jihatlari juda ko’p. Qolaversa, bu qadim momolarimizdan qolgan odat. Har bir an’ananing o’ziga xos tarixi mavjud bo’lganidek uning zamirida inson tarbiyasi, o’zaro qaynona va kelin munosabatlari yotgan bo’lsa ajabmas. Mohiyatini tahlil qilishga harakat qilib ko’raylik.
  Tarixning ming bir chig’iriqlaridan o’tgan va bizgacha yetib kelgan betakror udumlarimiz borki, xalqimiz ularni bamisoli tabarruk qilib, bajonudil turish — turmushda tatbiq qilyapti. Elimizga xos bu udumga ko’ra, kelin eng avvalo, ibo — hayosi, iffati va nazokati bilan o’zini namoyon qilishi kerak. O’zbek kelinlari benazir va go’zal fazilatlar sohibalaridirlarki, mabodo ular ana shu chiroydan xoli qoldimi, qo’ni — qo’shnilar, qarindosh — urug’lar oldida izza bo’lishlari tayin.
  Bu mutlaqo kelinning qadrini yerga urish, kamsitish emas, balki milliy, o’zbekona turmush tarzimizning yorqin namunasidir.
  Shunday ersa-da, nega bu udum tatbiq etilgan ekan, degan haqli savol tug’iladi. Xalqimiz hamisha o’ziga maqbul va sara urf — odatlarimizgagina amal qiladi. Shu boisdan gap kam, ish ko’p qilingan joyda urush — janjal, g’idi — bidi bo’lmasligini juda yaxshi bilamiz. Qadim momolar o’zaro munosabatlarda ana shu tomonlarni e’tiborga olgan bo’lsalar ajabmas.

Qayd etilgan


Robiya  30 Yanvar 2008, 12:13:45

Xorazmda kelinlar kattalar bilan so’rashmoqchi bo’lsalar, tizzalariga qo’lini qo’yib, egilib ta’zim qiladilar. Mutlaqo "œsalom" so’zini aytmaydilar. Qadimda kelinlar hatto yetti yashar qo’shni bolaga ham ta’zim qilishgan. Yillar o’tishi bilan bu unut bo’ldi. Hozir yoshi katta qo’ni — qo’shnilarga, qarindosh — urug’largagina ta’zim qilishadi.
  Qo’shnimiz Oymonjon opa ellikka kirdi. Yaqinda nevara ham ko’rdi. Diqqatga sazovor tomoni shuki, ko’chadagi keksalarga hamon egilib salom beradi.
  To’ng’ich kelinoyim onam bilan roppa — rosa o’n yil so’zlashmadi. Kattasidan o’rnak olguvchi yangalarim ham an’anaga amal qilishdi. Oilada kichkintoylardan biri bo’lganim uchun doimo "œtarjimonlik" qilishga to’g’ri kelardi. Goho qo’rsligim tutib, "œBiyi, endi boshqa tarjimonlik qilmayman, o’zingiz gapirib qo’yaqoling", derdim. Onam kelinoyimga gapiraveringlar"¦ men roziman, deyishsa-da, hurmat yuzasidangina "œchurq" etishmadi. Shundan so’ng kelin bo’lsam albatta gapirganim bo’lsin deb qasam ichganman, lekin qayoqda deysiz. "œQush uyasida ko’rganini qilarkan", bundan tashqari o’zingiz ham uyalarkansiz.
  Xullas, ko’pgina xonadonlarda bu udumga qat’iy amal qilishmoqda. Qishloqdan shaharga tushgan kelinlar ham an’anaga rioya etishyapti.
  Urganch fuqarolik holatini qayd qilish bo’limiga nikohdan o’tishga kelgan yoshlar — kelin-kuyovlar bilan ana shu mavzuda suhbatlashdik. Natijada bir savolga besh xil javob oldik.
  Iroda: Albatta, urf — odatlarga bo’ysunish kerak. Kelin shu bilan chiroyli-da. Qaynlarning ruxsati bilan gapirishim mumkin.
  Xushnudbek kuyov: Men ham so’zlashmaslik tarafdoriman. Oilada gap — so’z kamroq bo’ladi.
  Dildora: Qaynonam nima xohlasalar shu bo’ladi. Menga qolsa so’zlashgan bo’lardim.
  Gulchehra: Ammamga kelin bo’lyapman. Bu to’g’risida o’ylab ko’rmagan ekanman. Kelinlik hayoti boshqacha bo’ladi. Bizdan iboli, iffatli bo’lish talab etiladi.
  Sayyora: Kelinlikning eng chiroyli udumi — so’zlashmaslik. Bu esa qaynlarga hurmat demakdir. Uyda kelinning sasi baland chiqmasligi kerak. Yo’qsa, bu kattalarga hurmatsizlik sanaladi.
  O’zbekona hayo, ibo va nafosat kelinchaklarimiz qalblariga jo bo’lganligini his qilishimiz qiyin emas. Shunga xursand bo’ldimki, yoshlarimiz millatimizga xos an’analarni hurmat qilisharkan. Zotan oilada gapirish yoki gapirmaslik muhim emas. Muhimi qaynona va kelin o’rtasidagi munosabatlarni sog’lomlashtirish, oiladagilarning bir — birlarini tushunib, hurmat qilib yashashidir. Oiladagi totuvlik, o’zaro hurmat va mehr — muhabbat farzandlar tarbiyasiga, ular kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini unutmaylik. Shirali so’z, ochiq ko’ngilik bilan tinch — totuv yashash har bir kishining o’ziga bog’liq.  Dilbar Bekjonova., "œTurkiston" gazetasi, 1994 yil, 28 dekabr
 

Qayd etilgan


dilshodnod  13 Fevral 2008, 02:10:51

xaqiqatda shunaqaroq masalan bizda shunaqa lekin ja unaqa bo'lmasaham 3-4 yilgacha gaplashmasliklari mumkin bunda faqat qayn ota bilan  chunki bizda yangi tushgan kelnchak uyalchng bo'ladi o'zining or- nomusini ifoda etadi shu bilan

Qayd etilgan


Robiya  13 Fevral 2008, 11:28:09

Rahmat, javobingiz uchun.

Qayd etilgan