Qaysi qavmga o'xshashga harakat qilinsa, qiyomatda o'sha qavm bilan bo'ladi, demang faqat.
Bu gap Diydoropani gaplari emas,bu hadisdan.
Rasululloh sallalohu alayhi vasallam aytadilar: "Kimki o`zini boshqa bir qavmga o`xshatsa, bas, u o`sha qavmdandir!"...faqat ajdodlarga hurmat va an'ana yuzasidan bo'lsa kerak.
Bularni o'qib chiqing!Huddi siz aytgan gaplarga javob topib olasiz.
Qur'oni Karimning "Baqara" surasidagi 170-oyatda: "Qachonki ularga, "Olloh nozil qilgan kitobga ergashinglar, deyilsa, ular: "Yo‘q, biz ota-bobolarimizni diniga e'tiqod qilamiz, deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani tushunib yetmagan va adashgan bo‘lsa ham, ularning diniga ergashdingmi?" deyiladi.
"Moida" surasining 104-oyatida ham: "Mushriklarga Qur'on va payg‘ambar tomonga yuzlaninglar", deyilsa, ular: "Bizga ota-bobolarimizning dini kifoya", deyishadi. Agar ota-bobolari adashgan va hech narsadan bexabar bo‘lishsa ham "ularniig dini kifoya qilaveradimi?" deyiladi.
"Luqmon" surasining 21-oyatida esa: "Ularga Olloh nozil qilgan kitoblarga ergashinglar", deyilsa, ular: "Biz ota-bobolarimizning diniga ergashamiz", deyishadi. "Agar ota-bobolarini shayton do‘zaxga chaqirib turgan bo‘lsa ham ergashaverishadimi?" deyiladi."
Ota-bobolarimiz adashgan,biz da'vom ettirmaylik!Odat ekan deb qilavermaslik kerak,odat buni qilsa gunoh bo'lamydi deb o'zimizni o'zimiz aldamaylik.
Yaxshilab o'qib ,fikr yuritilar.