Muallif Mavzu: Bermud uchburchagi  ( 8537 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Bermud uchburchagi
« : 21 Iyun 2006, 20:07:11 »
ASLIDA GAP NIMADA?

Xo‘sh, nega bu hudud Bermud uchburchagi deyiladi? Nima uchun aynan uchburchak? Uni to‘rtburchak yoki trapetsiya deb atasa bo‘lmasmidi? Mutaxassislarning fikricha, bu odamlarning, avvalo, yozuvchi va jurnalistlarning “aybi”. Bermud uchburchagi — Atlantika okeani harbiy qismidagi bu g‘aroyib joyning yagona nomi emas. Uni, shuningdek, “shayton dengizi”, “Atlantika qabristoni”, “qarg‘alganlar dengizi” deb ham atashadi. Ana shu nomlar orasida eng ommalashgani “Bermud uchburchagi” bo‘lib qoldi. Lekin nega endi Bermud? Axir Bermud orollari bu uchburchak tepaliklaridan biri, xolos. Qolaversa, hudud markazida ham joylashmagan. Ehtimol, ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan Bermud orollari atrofida sodir bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham ancha ifodali va jarangdor ekanligi bunga sabab bo‘lgandir? Xullas, “Bermud uchburchagi” so‘zi iste’molga o‘zining fonetik qiymati tufayli kirib kelgan, deyish asosliroq bo‘ladi.

Bermud uchburchagi haqidagi shov-shuvlar hatto o‘tgan asrning 40-50-yillarida ham hech kimning xayoliga kelmasdi, ya’ni uning tarixi u qadar uzoq davrlarga borib taqalmaydi. Bu haqda birinchi marta 1950 yilda Ye. Jons “Bermuda Triangle” nomi bilan kichik risola chop etgan. Lekin bu kitobcha odamlarga kichiklik qildi chog‘i, unga hech kim e’tibor bermadi. Maqolalar, kitoblar chiqishi to‘xtamadi. Ular vaqt o‘tgan sari dahshatli nomlar bilan chop etila boshladi: “Qlimga chorlovchi Bermud uchburchagi”, “Ko‘rinmas gorizontlar”, “Mantiqiy javob yo‘q!”. Ularning barchasida Bermud uchburchagidagi g‘aroyib hodisalar haqida aytilardi. Keyinchalik bu haqda filmlar ham ishlandi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #1 : 21 Iyun 2006, 20:07:27 »
GEOGRAFIYASI...

Uchburchakning eng yuqori nuqtasi — Bermud orollari, Puerto-Riko va Floridadagi Mayami hisoblanadi. Biroq bu qat’iy chegara sanalmaydi. Bermud uchburchagi mavjudligi haqidagi qarashlar tarafdorlari uning maydonini turlicha belgilaydi. Ayrimlar unga Meksika qo‘ltig‘ini, boshqalar esa Karib dengizi shimoliy qismini ham kiritadilar. Umuman olganda, uchburchakning aniq ko‘rsatiluvchi hududi mavjud emas. Qolaversa, u nazariy jihatdan qabul qilingan geografik nom bo‘lib ham hisoblanmaydi.

Bermud uchburchagi maydoni uning taxminiy chegaralari bilan hisoblaganda, 1 mln. km. kv. ni tashkil etadi.

E’tirof etilayotgan sirlilik va xavotirga qaramay, dunyo okeanining bu qismi juda yaxshi o‘rganilgan. Haqiqatan ham bu okeanning murakkab hududi hisoblanadi. Bermud uchburchagidagi oqimlar tizimi ham, atmosfera tsirkulyatsiyasi ham, suv osti dunyosi ham turli murakkabliklar va chalkashliklardan iborat. Bu kichik hududda suv osti relefining o‘zi bir necha xil. E’tibor bering:
Abissal tekisliklar – 35, sayozliklar — 25, qit’a yon-bag‘irlari va etaklari — 18, chekka va o‘rta yassi tog‘lari — 15, chuqur suv osti novlari — 5, chuqur bo‘g‘ozlar — 2, suv osti tog‘lari — 0,3 foiz.

Bermud uchburchagidagi tabiiy sharoitlar, mana, 100 million yildan buyon o‘zgarmay qolayotganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #2 : 21 Iyun 2006, 20:07:39 »
Uchburchagimizdagi suv usti harorati 22-26° S. Suvning sho‘rlanish darajasi o‘rta me’yordan biroz yuqori (36—37 promill, ya’ni bir kilogramm suvda 36—37 gramm tuz mavjud). Bu ko‘rsatkichlar mavsum va hududlar bo‘yicha farqlanadi. Bu yerdagi suv okeanning boshqa qismlariga nisbatan ancha iliq. Issiq suvlarni shimolga olib boruvchi Golfstrim oqimi buning asosiy sababi hisoblanadi.

Deyarli butun Bermud uchburchagi hududi bo‘ronlar mintaqasi hisoblanadi. Kuchli shamollar tezligi gohida soatiga 300 kilometrga yetadi. Shuningdek, Bagam va boshqa sayozliklarda bir soniyada 10 metr tezlik bilan suv to‘lqinlari harakati kuzatiladi. Bermud uchburchagida bir yilda eng kamida 60 kun kuchli shamol va bo‘ronlar kuni bo‘ladi. Qolaversa, bu yerdagi ko‘p sonli tropik tsiklonlarni ham yoddan chiqarmaslik lozim. Siklonlar bo‘ronlar, to‘fonlar, dengiz tarnadolarining umumiy nomidir.

Tropik tsiklonlar eng dahshatli tabiiy ofatlar qatoriga qo‘shiladi. Ular hisobiga o‘n minglab qurbonlar yozilgan. Aytib o‘tish kerakki, Bermud uchburchagi mazkur tsiklonlar ro‘y beradigan eng katta hudud hisoblanadi. Yirik girdoblar 30—50 kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Garchi hozirda meteorologik xizmat mavjud bo‘lsa ham, ko‘plab kemalar bo‘ronlar qurboniga aylanmoqda.

Bermud uchburchagi “eng katta halokatlar soni” bilan mashhur, deyiladi. Biroq rasmiy ma’lumotlarda bunday falokatlar Bermud uchburchagida 150 yil davomida taxminan 50-100 ta qayd etilgani aytilgan. Bu esa hali hududga “eng katta...” maqomini bera olmaydi. Qolaversa, falokatlarning bir qismi biz Bermud uchburchagi deb atayotgan joydan tashqarida sodir bo‘lgan.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #3 : 21 Iyun 2006, 20:07:59 »
AFSONALAR QANDAY YARALADI?

Bermud uchburchagi — mavjud hudud tushunib bo‘lmas falokat maydoni sifatida ham nom qozongan. Biroq tushunib bo‘lmas falokatlar deganda, aslida ularning sababi noma’lumligi nazarda tutiladi. Aniqrog‘i, ularning sabablari bir nechta bo‘ladi-yu, qay biri haqiqiyligi aniqlanmaydi, xolos. Bunday falokatlar, samolyot yoki kemalarning yo‘qolib qolishi sayyoramizning boshqa joylarida ham kuzatiladi. Bermud uchburchagida olib borilayotgan tadqiqotlar esa uning sirliligini o‘rganish uchun emas, Golfstrim oqimi, atmosfera va okeanning o‘zaro ta’sirini aniqlash uchundir. Tadqiqotlar hisobotida Bermud uchburchagi haqida hech narsa deyilmaydi, faqat u yerda Golfstrim oqimining murakkab tizimi joylashgani ta’kidlanadi, xolos. Shuningdek, allaqanday optik narsalarning topilganini ham olimlar inkor etishadi. Bu yerda shunchaki, magnetizm me’yori biroz buzilgani qayd etilgan. Turli sirlilik haqidagi ma’lumotlar esa yozuvchilar xayoli, bo‘rttirishlar yoki noto‘g‘ri tarjima mahsulidir.

Hamisha sirli, kishilarda qiziqish uyg‘otuvchi Bermud uchburchagida falokatlar, turli samolyot va kemalarning izsiz yo‘qolib qolishi haqida turli gap-so‘zlar yuradi. Biroq ularning barchasi fanda inkor etilgan. Biz yuqorida keltirgan geografik ma’lumotlar bunga misol bo‘ladi. Eng muhimi esa tobora ko‘payib ketayotgan afsonalar ichida Bermud uchburchagi haqidagi asl haqiqatning yo‘qolib qolmasligidir.

Eslatib o‘tamiz, keyingi sonlarda sahifalarimizni Hind okeani haqidagi ma’lumotlar davom ettiradi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #4 : 21 Iyun 2006, 20:08:15 »
QURBONLARI...

Garchi hali to‘liq bo‘lmasa-da, mutaxassislar Bermud uchburchagi qurbonlari
ro‘yxatini tuzib chiqqan.

№ / Kema / Yil
1. «Rozali» 1840
2. «Bella» 1854
3. «Meri Selest» 1872
4. «Atalanta» 1880
5. «Ellen Ostin» 1881
6. «Freya» 1902
7. «Sprey» 1909
8. «Siklop» 1918
9. «Kerroll A. Diring» 1921
10. «Raifuku-maru» 1925
11. «Kotopaksi» 1925
12. «Suduffko» 1926
13. «Stavenger» 1931
14. «Djon end Meri» 1932
15. «La Daxama» 1935
16. «Gloria Kolita» 1940
17. «Proteus» 1941
18. «Nereus» 1941
19. «Rubikon» 1944
20. «Siti Bell» 1946
21. «Driftvud» 1948
22. «Sandra» 1950
23. «Sautern Distrikts» 1954
24. «Konnemara IV» 1955
25. «Rivonok» 1958
26. «Marin Salfer Kuin» 1963
27. «Sno’Boy» 1963
28. «Uichkraft» 1967
29. «Skorpion» 1968
30. «Tinmut Elektron» 1969
31. Billa Veriti qayig‘i 1969
32. «Djilli Bin» 1970
33. «Elizabet» 1971
34. «El Kerib» 1971
35. «V. A. Fogg» 1972
36. «Nort Verient» 1973
37. «Anita» 1973
38. «Linda» 1973
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #5 : 21 Iyun 2006, 20:08:33 »
№ / Samolyot / Yil
1. «Evenlar 19-zvenosi» 1945
2. «Martin Mariner» 1945
3. B-17g Flying Fortress ?
4. «Star Tayger» 1948
5. «Duglas DC-3» («Dakota») 1948
6. «Star Eriel» 1949
7. «Gloubmaster» 1950
8. «York» 1953
9. «Super-Konstelleishn» 1954
10. «Martin Marlin» 1956
11. «KV-50» 1962
12. «Payper Apash» 1962
13. «KS-135» 1963
14. «S-119» 1965
15. «CheysUS-122» 1967
16. «Bichkraft-Bonanza» 1967
17. «Payper Apash» 1967

Nargiza To’xliyeva tayyorladi.
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

AL-QARANIY

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 17
  • Jins: Erkak
  • Alloh nomi bilan boshlayman
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #6 : 13 Noyabr 2006, 00:56:20 »
Рахмат. Илмингиз янада зиёда бўлсин. Давомийлигини тилайман.
OLAMNING TASHQARISI CHIROYLI, ICHI ESA IBRATDIR.
NAFS TASHQARINING CHIROYLIGIGA QARAYDI.
QALB ESA ICHKARINING IBRATLARIGA.

Rikimaru_Timur

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 4
  • Jins: Erkak
  • Посмотри на Мир моими глазами!
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #7 : 27 Aprel 2007, 04:07:18 »
Яна бир неча кемаларни кушиб куйишизи илтимос киламан... Чунки курсатиб утилган барча кемалар 1840 бошланяпти.. Лекин энг ёирик аллигарт кемалар XVI асрида Америка очилгандан сунг, икки материк уртасида бевосита катнов купаиб кетган.. Ахир улардан нечата кема шу бермуд учбурчагига гирифтор булишган... Шунинг учун мани тухри тушунасизлар деган умидтаманде

Umidxo`ja

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 6
  • Jins: Erkak
  • Mardlik yahshi fazilat
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #8 : 07 Dekabr 2007, 22:56:33 »
ASLIDA GAP NIMADA?

Xo‘sh, nega bu hudud Bermud uchburchagi deyiladi? Nima uchun aynan uchburchak? Uni to‘rtburchak yoki trapetsiya deb atasa bo‘lmasmidi? Mutaxassislarning fikricha, bu odamlarning, avvalo, yozuvchi va jurnalistlarning “aybi”. Bermud uchburchagi — Atlantika okeani harbiy qismidagi bu g‘aroyib joyning yagona nomi emas. Uni, shuningdek, “shayton dengizi”, “Atlantika qabristoni”, “qarg‘alganlar dengizi” deb ham atashadi. Ana shu nomlar orasida eng ommalashgani “Bermud uchburchagi” bo‘lib qoldi. Lekin nega endi Bermud? Axir Bermud orollari bu uchburchak tepaliklaridan biri, xolos. Qolaversa, hudud markazida ham joylashmagan. Ehtimol, ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan Bermud orollari atrofida sodir bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham ancha ifodali va jarangdor ekanligi bunga sabab bo‘lgandir? Xullas, “Bermud uchburchagi” so‘zi iste’molga o‘zining fonetik qiymati tufayli kirib kelgan, deyish asosliroq bo‘ladi.

Bermud uchburchagi haqidagi shov-shuvlar hatto o‘tgan asrning 40-50-yillarida ham hech kimning xayoliga kelmasdi, ya’ni uning tarixi u qadar uzoq davrlarga borib taqalmaydi. Bu haqda birinchi marta 1950 yilda Ye. Jons “Bermuda Triangle” nomi bilan kichik risola chop etgan. Lekin bu kitobcha odamlarga kichiklik qildi chog‘i, unga hech kim e’tibor bermadi. Maqolalar, kitoblar chiqishi to‘xtamadi. Ular vaqt o‘tgan sari dahshatli nomlar bilan chop etila boshladi: “Qlimga chorlovchi Bermud uchburchagi”, “Ko‘rinmas gorizontlar”, “Mantiqiy javob yo‘q!”. Ularning barchasida Bermud uchburchagidagi g‘aroyib hodisalar haqida aytilardi. Keyinchalik bu haqda filmlar ham ishlandi.
Menimcha bu Ollohning bir mo`jizasi. Ikkinchidan har narsaga qodir Olloh bir narsani sabab qilib qo`yadi.Mani fikrimcha hali o`rganilmagan fizik biror kuch bo`lsa kerak.

registan

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 270
  • -oldi: 1201
  • Xabarlar: 1864
  • Jins: Erkak
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #9 : 24 Noyabr 2008, 01:48:29 »
Menimcha Bermud uchburchagining hech qanaqa  siri yo'q, kema va samolyotlar halokatining sababi esa bu yerda diyarli doimiy kuzatiladigan yomon ob-havo oqibatidadir. Bu hududda tornadolar tez-tez uchrab turadi, kuchli shamollar boshqa joylarga nisbatan ko'proq sodir bo'ladi. Undan keyin yuqorida keltirilgan "jabrdiyda" kema va samolyotlar ro'yxati ham noto'g'ri, bularning ba'zilari Bermud uchburchagining tashqarisida halokatga uchragan bo'lsa, ba'zilari esa umuman boshqacha tarzda yakun topgan. Wallohu a'lam.

BaÑ…tiyor

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 63
  • -oldi: 191
  • Xabarlar: 214
  • Jins: Erkak
  • Ollohga hamdu-sanolar bo'lsin ! ! !
Re: Bermud uchburchagi
« Javob #10 : 25 Fevral 2009, 22:32:22 »
Bir narsa deb bo'lmaydi, bu joy to'g'risida juda ko'p ilmiy farazlar va taxminlar mavjud. Alloh bilguvchiroqdir !
Insonni qidiryapman !

DIOGEN