ASLIDA GAP NIMADA?
Xo‘sh, nega bu hudud Bermud uchburchagi deyiladi? Nima uchun aynan uchburchak? Uni to‘rtburchak yoki trapetsiya deb atasa bo‘lmasmidi? Mutaxassislarning fikricha, bu odamlarning, avvalo, yozuvchi va jurnalistlarning "œaybi". Bermud uchburchagi — Atlantika okeani harbiy qismidagi bu g‘aroyib joyning yagona nomi emas. Uni, shuningdek, "œshayton dengizi", "œAtlantika qabristoni", "œqarg‘alganlar dengizi" deb ham atashadi. Ana shu nomlar orasida eng ommalashgani "œBermud uchburchagi" bo‘lib qoldi. Lekin nega endi Bermud? Axir Bermud orollari bu uchburchak tepaliklaridan biri, xolos. Qolaversa, hudud markazida ham joylashmagan. Ehtimol, ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan Bermud orollari atrofida sodir bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham ancha ifodali va jarangdor ekanligi bunga sabab bo‘lgandir? Xullas, "œBermud uchburchagi" so‘zi iste’molga o‘zining fonetik qiymati tufayli kirib kelgan, deyish asosliroq bo‘ladi.
Bermud uchburchagi haqidagi shov-shuvlar hatto o‘tgan asrning 40-50-yillarida ham hech kimning xayoliga kelmasdi, ya’ni uning tarixi u qadar uzoq davrlarga borib taqalmaydi. Bu haqda birinchi marta 1950 yilda Ye. Jons "œBermuda Triangle" nomi bilan kichik risola chop etgan. Lekin bu kitobcha odamlarga kichiklik qildi chog‘i, unga hech kim e’tibor bermadi. Maqolalar, kitoblar chiqishi to‘xtamadi. Ular vaqt o‘tgan sari dahshatli nomlar bilan chop etila boshladi: "œQlimga chorlovchi Bermud uchburchagi", "œKo‘rinmas gorizontlar", "œMantiqiy javob yo‘q!". Ularning barchasida Bermud uchburchagidagi g‘aroyib hodisalar haqida aytilardi. Keyinchalik bu haqda filmlar ham ishlandi.