Siz bunga nima deysiz  ( 20237 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


dilshodnod  25 Yanvar 2008, 00:46:49

 Bu aytadigan gaplarim hamma domlalar uchun emas  balki forumimizda o'qituvchi domlalar ham bo'lishi mumkin bu gaplarimni o'zlaringizga  olmaysiz degan umiddaman. Shuning uchun  oldindan uzr.
  Mana men o'qiyotgan institutda  shunday qaror chiqqan emish yani 15 ta talabadan  ortiq talabaga domlalar  5 baho  qo'yishmas ekan , lekin hamma domla emas  o'sha 15 talabadan ortiq talabalarga 5 baho qo'ymaydigan domlalar shu 5 baho olgan 15  talaba bilan
 semestr boshida o'zaro "shartnoma" ( qo'shtirnoq ichida) tuzishgan. Endi esa aziz forumdoshlar haqiqiy o'qiydigan talabalar qanday  qilib 5 baho olishlari mumkin , axir ular semistr boshlanmasdan oldin hech narsa tuzishmagan domlalar bilan ular faqat o'zlarining  bilimlariga ishonishgan to'g'ri emasmi?
    bunday holga  nima deysiz  Aziz Forumdosh!!!!

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:17:04

Bu aytadigan gaplarim hamma domlalar uchun emas  balki forumimizda o'qituvchi domlalar ham bo'lishi mumkin bu gaplarimni o'zlaringizga  olmaysiz degan umiddaman. Shuning uchun  oldindan uzr.
  Mana men o'qiyotgan institutda  shunday qaror chiqqan emish yani 15 ta talabadan  ortiq talabaga domlalar  5 baho  qo'yishmas ekan , lekin hamma domla emas  o'sha 15 talabadan ortiq talabalarga 5 baho qo'ymaydigan domlalar shu 5 baho olgan 15  talaba bilan
 semestr boshida o'zaro "shartnoma" ( qo'shtirnoq ichida) tuzishgan. Endi esa aziz forumdoshlar haqiqiy o'qiydigan talabalar qanday  qilib 5 baho olishlari mumkin , axir ular semistr boshlanmasdan oldin hech narsa tuzishmagan domlalar bilan ular faqat o'zlarining  bilimlariga ishonishgan to'g'ri emasmi?
    bunday holga  nima deysiz  Aziz Forumdosh!!!!
Bu ham achinarli hollardan biri, albatta. O'qiydigan talabalar faqat o'z bilimlariga ishonishlari kerak (ular shunday qilishyapti ham). Va biroz qat'iyatliroq, irodaliroq bo'lsihlari lozim, shunaqa domlalarga qarshi chiqishlari uchun (nohaqliklariga).

Qayd etilgan


Foniy  08 Fevral 2008, 19:46:29

Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham do’zaxga mahkumdir.
Rasululloh (s.a.v.)

Qayd etilgan


otabek80  09 Fevral 2008, 07:28:32

PORAXO"R

Kim nima desinu lekin bir qarang
Kamayib bormoqda haqiqiy  g’amxo’r
Yahshilikni hohlasang insonlar garang
Jahannamda kuyar hamma poraxo’r

Agar  pul bermasang ishing bitmas der
Bergan ham olgan ham hammasi bir go’r
Bahonang o’tmaydi chora ko’raver
Noming o’sha-o’sha qolar poraxo’r

Beradi oladi pulni ayamay
Boradigan joyi ahir juda zo’r
Qimmat chipta oldi jannatni suymay
Olovli joy muborak senga poraxo’r

Ko’chada qandaydir ahmoqni ko’rsa
Kuladi sherigi bilan bo’lib jo’r
Do’zahni puliga sotib olgan kim
Eng katta ahmoq bu sen poraxo’r

Mamlakatni ahir qildingku barbod
Kattaroq och ko’zni qaragin ey ko’r
Haromni eb ahling bo’ldimi obod
Ahir bahtlimi ayt qaysi poraxo’r

Kichik pora xech narsa qilmaydi deydi
Ozgina bu axir shayton qo’ygan to’r
Boshida hammalari ozgina yeydi
Hatto shunday bo’lga katta poraxo’r

Mayli davom etgin qancha hohlasang
Kifoya qiladi bir kun senga go’r
Nafsingga sen agar qul bo’lib qolsang
Do’zah quchib olar seni poraho’r
 

Qayd etilgan


Murod_bek  10 Fevral 2008, 11:22:16

Assalomu Alaykum!
Haqiqatdan ham pora faqatgina bizning davlatga hos emas! Bugungu kunda butun dunyo bo'ylab eng katta quloch yozgan bu illat barcha millatni qamrab olmoqda...
Dunyoviy o'qishlarda pora olishganini eshitsak uncha dilimiz hijil bo'lmasligi mumkin!
Ammo kamina bir kishidan eshitdim va o'zim ham guvohi bo'lganmanki diniy o'qishlar ham hozirda bu gunohi kabiraga ilakishib qoldilar. Islomdan dars berayotgan(bundaylar kam), yohud ushbu muaassasalarga rahbar kimsalar bunday ishga ruju qo'ymoqdalar... :(
O'qish davomidagi poralarga esa AldulAzizning gaplariga qo'shilaman...
Talaba barcha vazifani uddasidan chiqsa o'qituvchi unda pora so'rolmaydi...

Oka 2005 yilda Toshkentda ekanimda Islom oliy mahadiga kirish narhini ishonchli birodardan eshitganimda hali hozirgidan ham yosh edim,lekin hayron bo'lib adamladan soragandimada o'sha oqishda imomlani tayyorlashsa yana pora olishsa qanday ilm olishadi ettegila deb?Adamla o'zligidan so'raysan vaqti kelganda deb javob bergandila . Man esa vaqtini kutvomman .Lekin o'sha birodar o'qishga kirganidan keyin ham ustozlariga ma'lum ya'niy soralgan hadiyalani berib turganla.Siz aytganizdek o'qishlari vaqtida doimiy qattiq dars qilardila ,lekin domlani hadiya sorashi sababini ozlari ham tushuna olmasdila.Endi butun olam haqidegi gapizga kelse o'zga yurtda yashavotganimga kop bolmadi atigi uch yil bo'ldi lekin hamma hujjatga oid ishlarimmi o'zim qilaman alhamdulillah biror so'm pora bermaganman. Demak hali olam poraho'rli botqog'iga to'lu  chaplanmagan. Vatanda esa adamla ham ancha buncha ishlarini porasiz bitkiza olmasdila,bundan hulosa kotta odamlaki porasiz bitadigan ishlaga pora berishga majbur bo'ladila bizdaka yoshla umuman dokumat qila olmasa kere yana wallahu a'lam...
Mansur_bek! Dunyoda faqat siz borgan davlat mavjud emas-ku?! Siz borgan o'qishd bo'lmasa boshqasi bor! Osmonda olib gapirish odatim yo'q!
Birinchi gapingizga kelsak, man o'zim o'qigan muhitni ayttim! Oliy mahadni emas!

Qayd etilgan


Nurmuhammad  11 Fevral 2008, 09:13:37

Assalamu alaykum v.b.


Alloh Azza va jalla bizni bu dunyoga sinov uchun yuborgan ekan hayotni tula tukis sinovligiga ishonch xosil qilamiz. Haqiqat yuq degan gaplar juda kup, bu nafsiga qul bulganlarning ishi. Lekin biz pora surarkanu deb taslim bulmasligimiz kerak. Kurashaylik usha yuq degan ammo aslida bor haqiqatni buyni sinmasligi uchun. Man ham talabaman TDIUda lekin har semmestr boshlanishida yaxshi niyat qilaman.  Haqiqatni kurish uchun Azgincha ter tukish kerak.


Qayd etilgan


Odila  16 May 2008, 14:30:47

Assalomu aleykum!
Men ham talabaman. Doimo, o'z kuchim bilan baho olishga harakat qilaman. Ollohga shukronalar bo'lsinkim, Olloh bizga aql, tafakkur, ilm berib qo'ygan.Bunday insonlarga qarshi ana shularni ishga solishimiz kerak. Ammo, ayrim domlolar borki ular pora olmasa yaxshi baho qo'ymaydi. Shu sababdan, harchand harakat qilmay, ana shunday domlolar borligi sababli 5 bahoga sessiyani yopolmayman. Olloh ularga insof bersin!
Ilm sohiblariga bunday past ishlarni qilish yarashmaydi.

Qayd etilgan


gayrat17  16 May 2008, 15:58:02

Men bakalavr davrida birinchi kursda xech kimga pul bermasdan, rosa xarakar qilib o'qidim, va ohida bitta fan "3", 2-3 tasi "4"? qolganlarini "5"ga yopganman. Afsuski bizda hamma fanni ham a'loga o'qishga real imkoniyat qoldirishmaydi. 15 ta fanni 6 oyda tugatib bo'midi. Tunu kun o'qisa ham. 
Lekin boshqa tomondan, o'qituvchi o'zi ishlaganiga yarasha haq olishga haqlimi? Davlat bermasa, talabalardan olsa, bu gunohmikan. Qadimda ham ustozlarga pul berib o'qishgan.  Aslida hammasi talabalarga bog'liq, o'zisa qo'yberishadi, faqat men o'qiyapman deb "sakramaslik" kerak. Hamma o'zi uchun o'qiydi.

Har kimki pora bersa baho topgusudur,
Har kimki pul bermasa raso chopgusidir,
Dars qilganlar eshitmagay yaxshi gap hargiz
Har kimki puli bo'lsa zachot yopgusudur!!!

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 17:10:18

Lekin boshqa tomondan, o'qituvchi o'zi ishlaganiga yarasha haq olishga haqlimi? Davlat bermasa, talabalardan olsa, bu gunohmikan. 

Assalamu alaykum! O'qituvchilarga yetarlicha mablag', oylik berilyapti. Oylik kam deb, harom pullarga qaram bo'lib qolish... bilmadim, menimcha bu noto'g'ri, umuman noto'g'ri yo'l.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  20 Iyun 2008, 17:36:41

Ammo, ayrim domlolar borki ular pora olmasa yaxshi baho qo'ymaydi. Shu sababdan, harchand harakat qilmay, ana shunday domlolar borligi sababli 5 bahoga sessiyani yopolmayman.

ха... ҳозир калласи бум-бумлар олспти "5" ни, бошкача айтсак "5"ликка ёпспти сессисни, Максад? максад сна моддий жихатга бориб такалади, 5 лик стипендис унча мунча кишиларни ойлик маошига билан тенг ёки ортикрокда   :)

лекин ман курган холатларда билимли, харакатчан болалар хам "5" ни билимига сраша олаётгани йук, уларга уша "тупой"ларга нисбатан бахо куйилспти холос, бу бор гап.
Билиминг борми, максадинг укишми, мутахассис булишми, сртанги кунда юксак чуккиларга чикишми, унда "5" бахо учун смас билим олиш учун уки барака топкур!

ушбу муаммо бсйича гапираман деса гап ксп, масала айбдорни қидиришда смас, муаммони сабабларини билишда манимча... Одамларда имон-инсоф туйғулари кспроқ бслса ҳаммаси схши бслади....

....ни хам уз оёгидан осадилар деган гап бор, кимни канака гунохи булса ушанга сраша жазо олади, валлоҳи аълам!

Qayd etilgan