Siz bunga nima deysiz  ( 20231 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B

dilshodnod  20 Yanvar 2008, 01:35:15

    Assalomu Alaykum aziz forumdosh!
Hozirgi kunda davlatimizning eng muhim muommolaridan biri bu  (qo'pol qilib aytganda)  poroho'rlik hisoblanadi. Masalan man ham studentman shunday ekan man ham pora berishga  majbur bo'laman yani ayrim shaxslarning  o'z maoshiga qoniqish hosil qilishmasliklari tufayli man shunga majbur bo'laman.
   Sizlar  bunga nima deysiz.
Yani siz ham shu axvolga tushganmizsiz agar tushgan bo'lsangiz sir bo'lmasa yozsangiz.
Oldindan fikr-muloxazalaringiz uchun tashakkur bildiraman

Qayd etilgan

AbdulAziz  20 Yanvar 2008, 12:11:26

Va alaykum assalom!
Bu muammo faqatgina bizning davlatgagina xos emas. Deyarli har bir mamlakat bu muammodan holi deb aytolmaymiz.
Har bir ishni pora bermasdan ham hal qilsa bo'ladi.
Pora berish esa ishni hal qilishning eng oson usuli hisoblanadi.
Agar talaba vaqtida hamma vazifalarni bajarib, yaxshi ta'lim olsa, hech qachon domla undan pora talab qilolmaydi.
Shuning uchun insonning o'ziga bog'liq. Har qanday yumushni aql va tadbir bilan porasiz hal qilsa bo'ladi.

Qayd etilgan

Robiya  20 Yanvar 2008, 12:27:20

Assalomu alaykum!
Men ham talabaman. Va bunday muammolarga har qadamda duch kelaman. Bilasizmi, bunga ko'pincha talabalarning o'zlari sabab bo'ladilar. Ular o'qishni o'rniga boshqa yo'llarni qidirishga harakat qiladilar.
 Ammo, bunda domlalarning ham aybi bor.
 AbdulAziz aytganlaridek, hamma narsani ham pora bilan hal qilib bo'lmaydi.

Qayd etilgan

Murod_bek  20 Yanvar 2008, 22:42:58

Assalomu Alaykum!
Haqiqatdan ham pora faqatgina bizning davlatga hos emas! Bugungu kunda butun dunyo bo'ylab eng katta quloch yozgan bu illat barcha millatni qamrab olmoqda...
Dunyoviy o'qishlarda pora olishganini eshitsak uncha dilimiz hijil bo'lmasligi mumkin!
Ammo kamina bir kishidan eshitdim va o'zim ham guvohi bo'lganmanki diniy o'qishlar ham hozirda bu gunohi kabiraga ilakishib qoldilar. Islomdan dars berayotgan(bundaylar kam), yohud ushbu muaassasalarga rahbar kimsalar bunday ishga ruju qo'ymoqdalar... :(
O'qish davomidagi poralarga esa AldulAzizning gaplariga qo'shilaman...
Talaba barcha vazifani uddasidan chiqsa o'qituvchi unda pora so'rolmaydi...

Qayd etilgan

mansur_bek  20 Yanvar 2008, 23:29:05

Oka 2005 yilda Toshkentda ekanimda Islom oliy mahadiga kirish narhini ishonchli birodardan eshitganimda hali hozirgidan ham yosh edim,lekin hayron bo'lib adamladan soragandimada o'sha oqishda imomlani tayyorlashsa yana pora olishsa qanday ilm olishadi ettegila deb?Adamla o'zligidan so'raysan vaqti kelganda deb javob bergandila . Man esa vaqtini kutvomman .Lekin o'sha birodar o'qishga kirganidan keyin ham ustozlariga ma'lum ya'niy soralgan hadiyalani berib turganla.Siz aytganizdek o'qishlari vaqtida doimiy qattiq dars qilardila ,lekin domlani hadiya sorashi sababini ozlari ham tushuna olmasdila.Endi butun olam haqidegi gapizga kelse o'zga yurtda yashavotganimga kop bolmadi atigi uch yil bo'ldi lekin hamma hujjatga oid ishlarimmi o'zim qilaman alhamdulillah biror so'm pora bermaganman. Demak hali olam poraho'rli botqog'iga to'lu  chaplanmagan. Vatanda esa adamla ham ancha buncha ishlarini porasiz bitkiza olmasdila,bundan hulosa kotta odamlaki porasiz bitadigan ishlaga pora berishga majbur bo'ladila bizdaka yoshla umuman dokumat qila olmasa kere yana wallahu a'lam...

Qayd etilgan

qaysar  21 Yanvar 2008, 15:00:58

Qars ikki qo'lda chiqadi deydilar.
Siz ko'rgan insonlarni "mehrobdan chiqqan chayonlar" deyishadi.
Mana shunday chayonlar o'zlari og'iz ko'pirib birovning haqi, halol-harom haqida gapiradilar-u, orqasidan shu kabi qabih ishlarni qiladilar.

Yuqoridahi fikrlarga man ham qo'shilaman. Agar talaba zo'r tayyorgarlik ko'rsa, har qanday imtihondan-da o'tib, birov pora so'romidigan darajaga yetishadi. Pora eng oxirgi usul. Usul bo'lganda ham bo'lmagan, yomon usul. Alloh saqlasin.

Qayd etilgan

mutaallimah  22 Yanvar 2008, 12:01:51

Undan so'ng o'quv yilining oxirida kiritilgan "Prezident ma'ruzasidan" maxsus kursga baho qo'ydirgani bordim. Ba'zi bir domlalarga hayronman. Ikkita dars oldin kuyib-pishib, demokratiya, korrupsiya, poraxo'rlik haqida to'lib-toshib gapirgan domlaning bu kungi ishlarini ko'rib...
Pul insonni 1 sekunda o'zgartirib qo'yarkan... Kimlardir senga tekindan jaraq-jaraq berib tursin-chi... Kechagi insoniylik haqidagi gaplar havoda o'ynab yurardi...
Xullas, bahoimni ololmadim. Yana ertagaga qoldi...
Uyga kelyapman-u, o'zimga o'zim savol beraman, nega ba'zilar hech darsga kelmay, qatnashmay, hatto ishlarni ham yozmay, eng yuqori bahoni olib ketishadi-da, biz bo'lsak...
Assalomu alaykum.
Mana shu iqtibosdan ko'rinib turibdiki talaba qanchalik harakat qilmasin ba'zi domlalar nafs eshigida kaatta qulf bo'lmasa juda qiyin...

Qayd etilgan

Robiya  24 Yanvar 2008, 12:01:25

Shunaqalikka shunaqayu, ammo shu qarsakni birini talabalar (hammasi ham emas, ammo ko'pchiligi) chalishyapti-da. Agar ular yaxshi o'qiganlarida, domlalarning turli so'rovlariga yarasha yaxshigina javob bera olishadi o'zlarining bilimlari bilan.

Qayd etilgan

shoir  24 Yanvar 2008, 14:18:38

Undan so'ng o'quv yilining oxirida kiritilgan "Prezident ma'ruzasidan" maxsus kursga baho qo'ydirgani bordim. Ba'zi bir domlalarga hayronman. Ikkita dars oldin kuyib-pishib, demokratiya, korrupsiya, poraxo'rlik haqida to'lib-toshib gapirgan domlaning bu kungi ishlarini ko'rib...
Pul insonni 1 sekunda o'zgartirib qo'yarkan... Kimlardir senga tekindan jaraq-jaraq berib tursin-chi... Kechagi insoniylik haqidagi gaplar havoda o'ynab yurardi...
Xullas, bahoimni ololmadim. Yana ertagaga qoldi...
Uyga kelyapman-u, o'zimga o'zim savol beraman, nega ba'zilar hech darsga kelmay, qatnashmay, hatto ishlarni ham yozmay, eng yuqori bahoni olib ketishadi-da, biz bo'lsak...
Assalomu alaykum.
Mana shu iqtibosdan ko'rinib turibdiki talaba qanchalik harakat qilmasin ba'zi domlalar nafs eshigida kaatta qulf bo'lmasa juda qiyin...

Domla, baribir domla. U agar kuchli domla bo'lsa, sizni har qanday yo'l bilan sindirishi mumkin.
Siz yaxshi o'qiysizmi-yo'qmi, baribir bitta sabab topiladi.
Masalan, kasal bo'lib, yoki boshqa sabab bilan ma'lum darsni qoldirasiz.
Aynan shundan ham pashshadan fil yasash mumkin.
Bu narsa ba'zi domlalarnimng kayfiyati va fe'liga ham bog'liq...

Qayd etilgan

Muzayyana  24 Yanvar 2008, 14:21:29

Assalomu alekum!
Forumdoshim "dilshodnod" bugungi kundegi eng ko'p uchridigan muammolardan birini yozibsiz.....
Tog'risi man xam talabaman, siz aytgan xollarga juda ko'p xa xo'p guvoh bo'lganman, Allox kechirsin, afsuski o'zim xam qatnashganman. Lekin o'zim xoxlabamas shunga majbur bo'lganimdam shunde qilganman. Institutda pora olish ko'paysa ko'payib boryaptiki aslo kamaymayapti, manimcha agar talabalar pora berishmasa o'qituvchilar nimayam qila olardi, ular qattiq o'qisin, o'qituvchini og'zini bilimi bilan yopsin. Pora oluvchilarni o'zichi pora olishga pora beruvchilar o'rgatib qo'yishadi! Bu xaqiqat!

Qayd etilgan