Muallif Mavzu: XIII-XXI asr adabiyoti  ( 54809 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
XIII-XXI asr adabiyoti
« : 20 Yanvar 2008, 05:13:11 »
NOSIRIDDIN BURHONIDDIN O`G`LI RABG`UZIY
Chorshanba, 10 Yanvar 2007
 


 
 

 
Nosiriddin Burhoniddin o`g`li Rabg`uziyning tug`ilgan va vafot etgan yili noma`lum. O`zbek nasriy adabiyotining ilk yirik namunasi "Qissayi Rabg`uziy" asari muallifi, atoqli shoir va olim XIII - XIV asrlar oralig`ida yashab o`tgan. Olimning ushbu asari 1309-yilda yozib tugatilgandir.
Bu asarda Rabg`uziy anbiyolar-payg`ambarlar hayotidan hikoya qiluvchi qadimgi Sharq qissa va afsonalarini qayta ishlab, manzarali lavhalar, jonli tasvirlar, xiyla pishiq, his-hayajon, kechinmalarga boy obrazlar hosil qilgan. Asarda e`tiqod va imonga sodiqlik, pok insoniy axloqning badnafslik, hirs-u hasad, qonxo`rlik va nohaqliklar ustidan g`alabasi tasvirlanadi. Ushbu asar o`zbek so`z san`atining ajoyib obidasidir!
 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #1 : 20 Yanvar 2008, 05:13:46 »
PAHLAVON MAHMUD (1247-1326)
Chorshanba

 
 

 
Pahlavon Mahmud Xorazmda Najmiddin Kubrodan boshlangan javonmardlik tariqatining davomchisi, Sharqda nomi chiqqan pahlavon, pahlavonlarga ustozlik qilib, "Puryoyi vali" laqabini olgan mashhur kishidir.
Pahlavon Mahmud asosan po`stindo`zlik, telpakdo`zlik bilan shug`ullangan. Shuningdek, Pahlavon Mahmud Sharq kurashining yirik namoyandasi ham bo`lgan. U haqida o`sha davr odamlari hatto "Kuragi yerga tegmagan" deb ta`rif berishgan. "Puryoyi vali" laqabi ham aynan uning pahlavonligi bilan bog`liqdir. "G`iyos u-l-lug`at"da bu haqda shunday deyilgan: "Puryoyi valiy xorazmlik Mahmudning laqabidir. Bunda kurash ilmidan mahorat qozongan, keksa pahlavon, zo`rxona pahlavonlarining boshlig`i nazarda tutiladi. Zero, qaysi bir kurashchi zo`rxonaga kirmoqchi bo`lsa, dastlab Puryoyi valiyning qadamiga (oyog`iga) bosh qo`yadi. Shu jumladan, Puryoyi valiy so`zi majozdan aziz va mukarram ma`nosini ham bildiradi".
Pahlavon Mahmud "Qitoliy" taxallusi bilan ijod ham qilgan. Ushbu taxallus ham pahlavonlik bilan bog`liqdir. "Qitol" so`zi "bir-biri bilan jang qilmoq, kurashmoq" ma`nosini bildiradi.
Badiiy ijodda esa uning "Kanzu-l-haqoyiq" masnaviysi haqida ma`lumotlar bor. Lekin Pahlavon Mahmudning bizga asosan ruboiylari yetib kelgan. Ijodini faqat ruboiylar bilan boyitgan, Umar Hayyomdan keyingi shoir ham aynan Pahlavon Mahmuddir.
Pahlavon Mahmud fors-tojik tilida ijod qilgan.
 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #2 : 20 Yanvar 2008, 05:14:09 »
SAYFI SAROYI (1321 - 1396)
Chorshanba
 

 
 

 
Iste`dodli g`azalnavis shoir va tarjimon Sayfi Saroyi 1321-yilda Qamishli yurtida tug`ilgan (Qamishli Xorazmdagi qishloqlardan birining nomi, ammo bu nom Volga daryosi bo`yida ham ko`p uchraydi). U bilim olish maqsadida Qamishlidan Saroyga keladi (Saroy - Oltin O`rda davlati poytaxti). Shoir "Saroyi" degan taxallusni ham aynan shu yerda olgan. Sayfi esa uning ismi bo`lib, "qilich" degan ma`noni bildiradi.
Umrining oxirlarida adib Misrga ketgan va o`sha yerda yashagan.

O`sib tuprog`im uzra nayzalar, men evdim, ayrildim,
Vatandin benishon o`ldim-da, o`zga yurtga evrildim.
Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor?
Iloho, ayla kam javring, men elga sodiq ul erdim.

Ushbu misralarga shoir o`z qismati haqida aytmoqda. U o`z tuprog`idan ketishini "Falak javr ayladi" demoqda. "Tuprog`im uzra nayzalar o`sdi" degan jumlada esa Chingizxon istilosini nazarda tutmoqda.
U o`zining "Guliston bit-Turkiy" ("Turkiy Guliston") asarini Misr amiri Batxasbekka bag`ishlagan edi. Asar 1391-yilda yozilgan. "Suxayl va Guldursun" asari esa 1394-yilda yaratilgan.
Adib 1396-yilda vafot etgan.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #3 : 20 Yanvar 2008, 05:14:31 »
SAYFI SAROYI (1321 - 1396)
Chorshanba
 

 
 

 
Iste`dodli g`azalnavis shoir va tarjimon Sayfi Saroyi 1321-yilda Qamishli yurtida tug`ilgan (Qamishli Xorazmdagi qishloqlardan birining nomi, ammo bu nom Volga daryosi bo`yida ham ko`p uchraydi). U bilim olish maqsadida Qamishlidan Saroyga keladi (Saroy - Oltin O`rda davlati poytaxti). Shoir "Saroyi" degan taxallusni ham aynan shu yerda olgan. Sayfi esa uning ismi bo`lib, "qilich" degan ma`noni bildiradi.
Umrining oxirlarida adib Misrga ketgan va o`sha yerda yashagan.

O`sib tuprog`im uzra nayzalar, men evdim, ayrildim,
Vatandin benishon o`ldim-da, o`zga yurtga evrildim.
Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor?
Iloho, ayla kam javring, men elga sodiq ul erdim.

Ushbu misralarga shoir o`z qismati haqida aytmoqda. U o`z tuprog`idan ketishini "Falak javr ayladi" demoqda. "Tuprog`im uzra nayzalar o`sdi" degan jumlada esa Chingizxon istilosini nazarda tutmoqda.
U o`zining "Guliston bit-Turkiy" ("Turkiy Guliston") asarini Misr amiri Batxasbekka bag`ishlagan edi. Asar 1391-yilda yozilgan. "Suxayl va Guldursun" asari esa 1394-yilda yaratilgan.
Adib 1396-yilda vafot etgan.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #4 : 20 Yanvar 2008, 05:15:10 »
ATOYI
Chorshanba
 

 
 

 
Shirin kalom, lirik shoir, majoziy ishq vasfidan ilohiy ishq lazzatini topgan kishi, Xo`ja Ahmad Yassaviyning jiyani Atoyi XIV asr oxiri, XV asrning birinchi yarmida hayot kechirgan. Alisher Navoiy Atoyi haqida o`zining "Majolisu-n-nafois" asarida quyidagicha yozib qoldirgan: "Mavlono Atoyi Balxda bo`lur edi. Ismoil ota farzandlaridandur, darveshvash va xushxulq, munbasit (oq ko`ngil) kishi erdi. O`z zamonida she`ri atrok (turklar) orasida ko`p shuhrat tutti".
Atoyi mumtoz she’riyatda g’azal janrining taraqqiyotiga hissa qo’shgan shoir. Balx shahrida yashab o`tgan. Mirzo Ulug’bek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi.
Bizgacha birgina devoni ma’lum, unda shoirning 260 g’azali jamlangan, u Rossiya Fanlar Akademiyasi Sankt–Peterburg bo’limida saqlanadi (inv.22 V-2456).
Atoyining asarlari orasida ko`pchiligini tasavvuf g`oyalarini aks ettirgan g`azallar egallaydi. Uning asarlari til va uslub jihatidan xalq ijodiga yaqin bo’lib, xalq iboralari, ta’birlari, maqollariga boyligi bilan ajralib turadi. Bu omillar shoir g’azallarining xalqchilligini ta’minlagan.

Nashr qilingan asarlari:
O’zbek adabiyoti namunalari (tuz. prof.Fitrat). – T.: 1928;
Otoyi. G’azallar (nashrga tayyorl. E.Rustamov). – T.: 1958;
Atoyi. G’azallar. Kitobda : Hayot vasfi. – T.: 1988
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #5 : 20 Yanvar 2008, 05:15:32 »
LUTFIY (1366-1465)
Chorshanba, 10 Yanvar 2007
 

 
 

 
Lutfiyning asl ismi Lutfulla bo`lib, u Hirot yaqinidagi Dehikanor qishlog`ida tug`ilgan.
Lutfiy Alisher Navoiyga ustoz martabaasida turgan va u kishi ham g`azal janrida ijod qilgandir. Navoiy ustozi haqida quyidagilarni yozib ketgan: "Mavlono Lutfiy o`z zamonining malikul kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo`q erdi, ammo turkiyda shuxrati ko`prak erdi va turkcha devoni ham mashhurdir..."
Xondamir "Makorimul ahloq" asarida Lutfiyni turkiy tilda Navoiygacha bo`lgan davrda ijod qilgan eng yirik shoir sifatida ta`riflaydi.
Lutfiy nafaqat shoir, balki iste`dodli tarjimon ham bo`lgan. U Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarini Shohruh mirzoning taklifiga ko`ra she`riy tarzga tarjima qilgan.
Lutfiydan bizga katta adabiy meros qolgan. Manbalarda shoirning 20 dan ortiq asar yozgani aytiladi. Biroq bizgacha shoirning ikkita devoni yetib kelgan. Ulardan biri Turkiyaning Ko`niyo shahrida saqlanmoqda.

Nashr qilingan asarlari:
Lutfiy. Devon. — T.: 1965.
Lutfiy. Sensan sevarim. — T.: 1987.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #6 : 20 Yanvar 2008, 05:16:08 »
DURBEK
 
 
Durbek haqida bizga ma`lumotlar deyarli yetib kelmagan. Faqat "Yusuf va Zulayho" dostoni uning nomi bilan bog`lanadi. Asar muqaddimasida ta`kidlanishicha, ushbu doston Balxda yozilgan. Shoir Balx haqida quyidagicha yozadi:

Balx erdi dahrga ummul bilod,
Mazhari islom taqi adlu dod.
Jumla akobirning edi manzili,
Sokin erur anda nabi-yu vali.

Ummul bilod - shaharlarning onasi demakdir. Shoir bu bilan o`z shahri nufuzini ta`kidlamoqda. Shu misralar yordamida biz shoirning Balx shahridan ekanligini bilib olishimiz mumkin. Lekin Durbek haqida boshqa ma`lumotlar saqlanmagan.
 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #7 : 20 Yanvar 2008, 05:16:37 »
HUSAYN BOYQARO (1438-1506)
 

 
 

 
Taniqli shoir va davlar arbobi Husayn Boyqaro 1438-yilda Hirotda tug`ilgan. Uning otasi Mansur va onasi Firuzabegim ham Temuriylar avlodidan bo`lgani uchun Zahiriddin Muhammad Bobur Boyqaroga "karimu-t-tarafayn" ("ikki tomonlama ulug`") deb ta`rif bergan.
U 1469-yildan umrining oxirigacha Xurosonga podshohlik qilgan. Husayn Boyqaro davrida mamlakatda ilm-ma`rifat, adabiyot rivojlandi. U poytaxtga ko`plab ziyoli kishilarni to`plagan. Madrasalar ochib, u yerda ta`lim berish uchun o`z davrining ko`zga ko`ringan mudarrislarini jalb etgan. Bu davrda ushbu madrasalarga xorijdan ham ko`plab talabalar kelib saboq olishgan. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Ko`plab chet el mamlakatlari bilan do`stlik va hamkorliklar yo`lga qo`yilgan. Masalan, 1490-yilda u Moskvaga elchi yuborib, do`stlik va inoqlik to`g`risida shartnoma tuzishni taklif etgan.
Husayn Boyqaro "Husayniy" taxallusi bilan she`rlar yozgan. Uning bizgacha "Devon" va "Risola" asarlari yetib kelgan. Devondagi she`rlarning ko`pchiligi ishq va may mavzusidadir.
Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning eng yaqin do`sti bo`lgan.U "Risola" asarida Navoiy ijodiga keng va obyektiv baho bergan. Husayniy asarlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida saqlanmoqda..
Nashr qilingan asarlari:
Husayn Boyqaro. Devon, risola. (nashrga tayyorl. S.G’aniyeva) – T.: 1968;
Shoh va shoir: Husayniy (nashrga tayyorl. A.Erkinov). – T.: 1993;
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #8 : 20 Yanvar 2008, 05:17:10 »
MUHAMMAD SHAYBONIY (1451-1510)
 

 
 

 
Muhammad Shayboniy Temuriylar davlati o`rnida yuzaga kelgan Shayboniylar sulolasi asoschisidir. U o`z zamonasining donishmandlaridan va harbiy sarkardalaridan ta`lim oldi. Buxoroda ikki yil madrasada o`qidi.
90-yillarning so`ngida taxt uchun kurashlar boshlanib ketdi. U 1499-1504-yillarda Movaraunnahrni Abdusaid avlodlaridan tortib oldi. 1505-yilda Xorazmni, 1507-yil Xurosonni egalladi. Va shu bilan Temuriylar hukmronligiga barham berdi. 1510-yili 10-sentabrda Ismoil Safaviy qo`shinlari bilan Murg`ob daryosi bo`yidagi janglarda halok bo`lgan.
Shayboniy ko`p jihatdan Amir Temur tutumiga ixlos bilan qarar va rioya qilardi. U saroyga ko`plab olimlar va ijod ahlini to`plab, ijodga tashviq qilar edi.
O`zi esa turkiy va forsiyda she`rlar bitar, surat chizar, xushovoz qiroatxon va musiqa bilan shug`ullanar edi.
Shayboniyxondan bizga "Devon" va "Bahru-l-hido" ("Hidoyat dengizi") dostonlari yetib kelgan.
Uning devoni Istambuldagi To`pqopi saroyi muzeyida, dostoni esa Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Shayboniyxonning devonidan ko`chirma nusxa "O`zbekiston Milliy universiteti" "O`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi qo`lyozmalar jamg`armasi"da mavjud.
Uning she`rlaridan ayrim namunalar unga bag`ishlab yozilgan asarlarda ham keltirilgan. Masalan, Nisoriyning ma`lumotlariga ko`ra, Shayboniyxon mo`g`ullar istilosida shahid ketgan Najmiddin Kubroga bag`ishlab "Shahi Shuhado" ("Shahidlar shohi") degan tarixiy she`r yozgan.
Shoir “hazrati imomu-z-zamon xalifatu-r-rahmon” (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #9 : 20 Yanvar 2008, 05:17:44 »
ALISHER NAVOIY (1441-1501)
 

 
 

 
Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, G`iyosiddin Kichkina xonadonida dunyoga kelgan. Uning otasi Temuriylar saroyida e`tiborli shaxslardan bo`lgan. Onasi esa amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo`lgan.
Alisher saroy muhitida yashagani uchun alohida tarbiya va nazorat ostida o`sdi. Kichkinaligidanoq she`r va musiqaga ishqi tushgan. Olim-u fozillar davrasida ulg`aydi.
1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, taxt uchun kurashlar boshlanib ketadi. Alisherlar oilasi esa bu davrda Iroqqa yo`l oladi. Yo`lda, Taft shahrida Navoiy o`z davrining mashhur tarixchish Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi.
Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi.
1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o`tiradi va notinchliklar ham bosiladi. Alisherning otasi G`iyosiddin Muhammad esa Sabzavorga hokim etib tayinlanadi. Alisher o`qishni davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she`riyat bilan oshno qilib qo`yadi. U Sa`diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo`ston", Farididdin Attorning "Mantiqu-t-tayr" asarlarini kuchli ishtiyoq bilan o`qib chiqadi.
"Mantiqu-t-tayr" asari Navoiyga bir umrlik hamroh bo`lib qoladi. Keyinchalik u "Lisonu-t-tayr" nomli asarini yozdi.
1453-yilda G`iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, keyin Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do`st - Husayn va Alisher yana birga bo`ldilar. Bu yillar ham Navoiy uchun ilm olish bilan o`tdi. U shu munosabat bilan 50 ming bayt, 100 ming misrani yod olganini aytib o`tgan.
She`rga mehr Alisherni ijodga undadi. U turkiy va forsiyda she`rlar bita boshladi. U turkiydagi she`rlariga "Navoiy", forsiydagi she`rlariga esa "Foniy" taxallusini qo`llardi.
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Xuroson taxtiga Abusaid Mirzo o`tirdi. Husayn Boyqaro esa taxt uchun kurashlarga kirishib ketdi. Bu paytda Navoiy Mashhad madrasalarida bilimini oshirish bilan band edi.
Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Lekin bi yerda uni qiyinchiliklar kutib turar edi. Sababi, Abusaid Mirzo Abulqosim Bobur yaqinlaridan hisoblangan Alisherning tog`alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G`aribiylarni qatl etgan bo`lib, Alisherning mol-mulki ham davlat hisobiga musodara etilgan edi. Shuning uchun u shaharda uzoq qola olmadi.
Bu davrda Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasher kabi do`stlarining ko`magiga tayanadi.
Abdurahmon Jomiyni Navoiy "Nuran Maxdum" deb e`zozlagan. U kishi o`zini siyosatdan uzoq tutar edi. Hatto shahar tashqarisida Sa`diddin Qoshg`ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy olib, o`sha yerda yashar edi.
Alisher do`stlari Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasherlar haqida kitob ham yozgan. U Pahlavon Muhammadni "shamsu-l--millat" (millat quyoshi) deb atagan bo`lsa, Sayyid Hasan Ardasherni esa "bu faqir turk va sart orasida ondin tamomroq (mukammalroq) kishini ko`rmaydurmen" deb ta`riflagan.
Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning Samarqandga kelishi to`g`risida ham turlicha qarashlar mavjud. Tarixchi Xondamir uni o`qish maqsadida kelgan deb aytadi. To`g`ri, u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazlulloh Abullays qo`lida o`qidi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa uning Samarqandga kelishi sababini Abusaid surgun gilishi bilan bog`laydi. Chunki Abusaidning Alisherga nisbatan munosabati yomon edi.
Alisher Samarqandda dastlab moliyaviy qiyinchiliklar ichida yashadi. Keyinchalik shahar hokimi Ahmad Hojibek unga rag`bat va homiylik qila boshladi.
Navoiy shu yillarda shoir sifatida shuhrat topa boshladi. 1465-1466-yillarda uning muxlislari she`rlarini to`plab, "Devon" tuzdilar. Bu kitob bugungi kunda "Ilk devon" nomi bilan mashhurdir.
1468-yilda Abusaid Mirzo Eronni egallash uchun bo`lgan jangda halok bo`ladi va taxtga Husayn Boyqaro o`tiradi. U do`stiga maktub yo`llab, uni Hirotga chaqiradi. Alisher Hirotga qaytib, Ramazon hayiti kunlarida do`stiga "Hiloliya" qasidasini taqdim etadi.
Husayn Boyqaro Alisherni davlat ishlariga jalb etib, unga muhrdorlik vazifasini topshiradi. Alisher 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472--1476-yillarda esa vazir bo`lib ishladi. 1487-1488-yillarda esa Astrobod hokimi bo`lgan.
Alisher vazir bo`lib ishlagan kezlarida "amiri kabir" ("ulug` amir"), "amiru-l-muqarrab" (podshohga eng yaqin amir) kabi unvonlarga ega bo`ldi.
1480-1500-yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Alisher Navoiy tarjimayi holi o’z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.
Lirik merosi.
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig’ib, “Ilk devon” (1464-1465) tuzgan edilar, birinchi devoni “Badoye`u-l-bidoya” (“Go’zallikning boshlanishi”) asarini shohning taklifiga ko`ra 1472-1476-yillarda kitob qildi. Ikkinchi devoni “Navodiru-n-nihoya” (“Nodirliklar nihoyasi”)ni 1476-1483-yillarda yozib tugatgan. 1481-1482-yillarda "Vaqfiya" asarini yozadi. Bu asari bilan u vaqf qonun-qoidalarini tartibga solishni ko`zlagan edi.
1483-1485-yillar mobaynida esa beshta dostondan iborat "Xamsa"ni yozib tugatdi. U ish kunlari hisobida 54 ming misradan iborat asarni olti oy ichida yozgan edi. Bu asar turkiy tildagi birinchi "Xamsa"dir. Navoiyni "Xamsa" yozishga undagan va unga bu ishda oq fotiha bergan ustozi va do`sti Abdurahmon Jomiy shunday yozadi: "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin. Bu qalam forsiy til egalariga, forscha nazm durlarini terguvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganida, boshqalarda so`z aytishga majol qolmasdi. Uning mo`jizali she`ri oldida Nizomiy kim-u, Xisrav kim bo`lardi?!"
1480-1490-yillar Navoiy ijodi uchun nihoyatda samarali keladi. U shu yillar davomida ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. 1488-yilda yaratilgan "Tarixi mulki Ajam" ("Ajam shohlari tarixi") shulardan biri edi. Bu asar "Muhokamatu-l-lug`atayn" asarida "Zubdatu-t-tavotix" (Tarixlar qaymog`i) deb ham ataladi.
Navoiyning "Tarixi anbiyo va hukamo" (Anbiyolar va hokimlar tarixi), "Siroju-l-muslimin" (Musulmonlik nuri) asarlari ibrat va pand mazmunida yozilgandir.
Navoiyning yaqin do`stlari va ustozlari Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492) va Pahlavon Muhammad (1493) birin-ketin vafot etishadi. Navoiy ularga bag`ishlab "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", "Xamsatu-l-mutahayyirin", "Holoti Pahlavon Muhammad" asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo`lib, ular shoirning ulug` zamondoshlari haqidagi memuar-xotiralaridan tashkil topgandir.
1491-yilda shoir muammo janrida yozilgan "Risolayi muammo" (ikkinchi nomi "Mufradot") asarini yozadi. Bu asar bilan Navoiy o`zbek tilida muammo janrida yozgan ilk shoir bo`ldi.
"Xazoyinu-l-maoniy"ga uning 52 muammosi kiritilgan. Forsiyda yozilgan muammolarini esa 500 ta chamalaydilar. Shoir muammoni tuzish va yechish qoidalarini o`z ichiga olgan ushbu asarini forsiyda yozgan.
Hadislar asosidagi 40 ruboiyni o`z ichiga olgan "Arbain", mashhur hazrat Alining "Nasru-l-laoliy" asarining she`riy tarjimasi, 266 ta ruboiydan tashkil topgan "Nazmu-l-javohir" asarlari ham shu yillarda yaratilgan.
Navoiyning 1490-yillardagi eng katta asari, shubhasiz, "Xazoyinu-l-maoniy"dir. 1492-1498-yillarda tartib qilingan bu asar to`rt qismli devondir. Bu devonga shoirning turkiyda yozilgan deyarli barcha lirik she`rlari kiritilgandir. U devonni tabiat fasllariga qarab to`rtga bo`ldi va har biriga shunga ko`ra nom berdi. Uning birinchi qismi "G`aroyibu-s-sig`ar" (Yoshlik g`aroyibotlari), ikkinchi qismi "Navodiru-sh-shabob" (Yigitlik nodirliklari), uchinchi qismi "Badoye`u-l-vasat" (O`rta yosh badialari) va nihoyat to`rtinchi qismi "Favoyidu-l-kibar" (Keksalik foydalari) deb nomlanadi.
Navoiy forsiy va arab tillarini ham mukammal bilgan. Va bu tillarda ham she`r yozish qobiliyatiga ega edi. Uning fors tilida bitilgan "Devoni Foniy" asarida uchrab turadigan arabiy matnlar bunga isbot bo`la oladi.
Navoiy turli sohalardan xabardor kishi edi. U o`q otish haqida "Risolayi tir andoxtan", lug`atshunoslik borasida esa "Sab`atu abhur" (Yetti dengiz) asarlarini yozib qoldirgan. Navoiy adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasi borasida ham asarlar yozgan. Bular jumlasiga "Risolayi muammo" asarini keltirish mumkin. 1490-yillarda yaratilgan "Majolisu-n-nafois" (Nafis majlislar) asari esa o`zbek tazkirachiligining ilk namunasidir. "Mezonu-l-avzon" (Vaznlar o`lchovi) asarini yozib, o`zbek aruz she`rining bir necha asrlik tajribasini umumlashtirdi.
Navoiy she’riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko’lami (16) xilma-xil. G’azallari “oshiqona, orifona, rindona” (Shayxzoda) sifatlar bilan o’rganiladi. G’azallarida insoniy muhabbat ilohiy ishq bilan uyg’un holda ulug’lanib, “majoz - haqiqat ko’prigi” aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she’riyatidagi zohiriy ma’no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o’rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida Navoiy qalamiga mansub 24 asarning 254 qo’lyozmasi saqlanadi, undan ko’pchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yig’ilib, tasnif etilgan. “Ilk devon” Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. “Navodiru-n-nihoya” O’R FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir bo’lib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan ko’chirilgan.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #10 : 20 Yanvar 2008, 05:18:08 »
Navoiy asarlari haqida
" Xamsa"
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.

“Xamsa” tarkibiga “Hayratu-l-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi.

“Hayratu-l-abror”da hamd, munojot, na’t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo’lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtayi nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo’lida ulusdan o’ta olmaganini anglatish bilan o’zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.

“Farhod va Shirin”da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o’sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqtiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o’zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an’analari yangilangan bo’lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining o’zak muammolarini hal etishda asosiy o’rin tutdi va bu yo’nalishda Ahmad Rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.

“Layli va Majnun” dostonida arab ertaklari orqali ma’lum syujet o’zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma’naviy zamin bo’ldi. “Xamsa” tarkibidagi “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy”da shohlik bilan bog’liq masalalarni birinchi o'ringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an’anasida o’zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. “Xamsa”ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414-1492) yuqori baho berdi.

O’R FA ShI qo’lyozmalar fondida 15-20 asrlarda ko’chirilgan 166 qo’lyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.

Navoiy devonidan sahifa
Tasavvufiy asarlari
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa-da, maxsus “Lisonu-t-tayr” dostoni (1499)da, “Nasoyimu-l-muhabbat” manqabasi” (1495-96)da, “Tarixi anbiyo va hukamo”(1485-88), “Arbain”, “Munojot” singari asarlarida aks etgan.

“Lisonu-t-tayr”da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Navoiy asarlarini diniy va so’fiylik jihatidan o’rganish kengaydi, ular obyektiv va ilmiy bahosini olmoqda. “Arbain”, “Munojot” kabi asarlari chop etildi. Jomiyning “Nafahotu-l-uns min hazaroti-l-quds” tazkirasini tarjima qilib va to’ldirib, so’z yuritilgan 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.


Nasriy asarlari
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy yo’nalishdadir.

“Mahbubu-l-qulub” (1500-01) Navoiyning so’nggi yirik asari bo’lib, unda ulug’ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to’plagan boy tajribasi o’z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda “Soriun-nosning af’ol va ahvolining kayfiyati” (1), axloqiy muammolar (2), “mutafarriqa favoyid va amsol surati” (3) masalalari ifodalangan.

“Xamsatu-l-mutahayyirin” (“Besh hayrat”, 1494) asarida ustozi va do’sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.

“Holoti Sayyid Hasan Ardasher” (1488-89), “Holoti Rahlavon Muhammad” (1493) asarlari manoqib-holot yo’nalishida bo’lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.

“Munshaot” (1498-99) Navoiyning maktublari to’plami (jami 88 ta xat) bo’lib, ular sog’inchlik xatlari, navro’z tabriklari, ta’ziyanomalar, siyosiy o’gitlar, sulhnomalar va boshqa yo’nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.


Ilmiy-filologik merosi
“Majolisu-n-nafois” (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo’lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma’lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo’lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to’rtinchi, beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Asar Faxriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy (1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.

Navoiy “Muhokamatu-l-lug’atayn” asarini o’z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususiyatlari bilan qiyoslashga bag’ishladi. Jonli xalq tilida qo’llanilgan ko’plab so’zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo’llanilishiga sababchi bo’ldi. O’zigacha ishlatilgan so’zlarning yangi ma’no qatlamlarini ochdi. O’zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg’ariydan so’ng ilmiy asosga soldi. O’zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo’ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e’tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.

Aruz nazariyasiga bag’ishlangan “Mezonu-l-avzon” (1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og’zaki she’riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o’rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she’riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To’qqizta yangi vazn va she’riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.

Tarix va iqtisodga oid asarlari
“Tarixi mulki Ajam” (“Ajam shohlari tarixi”, 1488) qisqa tarix bo’lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan “Tarixi Tabariy”, “Shohnoma” asarlarini mantiqan to’ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so’nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo’lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.

“Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg’ambarlar va hakimlar tarixi”, 1485-1498) asarining birinchi bo’limida “Qissasu-l-anbiyo”lar an’analarini davom ettirib, Odam alayhissalomdan Nuh, Iso, Muso, Ya’qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg’ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni Hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning “Hukamo zikrida” deb nomlangan ikkinchi bo’limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog’urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.

“Vaqfiya” (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag’i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo’nalishda madrasa va xonaqohlarda o’rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o’z ixtiyoridagi mablag’lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog’larni sanab o’tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o’rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #11 : 20 Yanvar 2008, 05:18:32 »
Arab va fors tillaridagi asarlari

Alisher Navoiy fors tilida yozgan she’rlari asosida “Devoni Foniy” tuzilgan bo’lib, uning muqaddimasida “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va “Fusuli arbaa” (“To’rt fasl”) forsiy qasidalari majmualari berilgan.
“Sittai zaruriya” to’plamidagi qasidalar “Ruhul-quds” (“Muqaddas ruh”), “Aynu-l-hayot” (“Hayot chashmasi”), “Tuhfatu-l-afkor” (“Fikrlar tuhfasi”), “Qutu-l-qulub” (“Qalbdar g’izosi”), “Minhoju-n-najot” (“Qutulish yo’li”), “Nasimu-l-xuld” (“Jannat nasimi”) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan.
“Fusuli arbaa”da Sulton Husayn Boyqaro madhidan so’ng “Bahor”, “Saraton”, “Xazon” (“Kuz”) va “Day” (“Qish”) vasflari keladi.
Muammo janri qoidalariga bag’ishlangan “Mufradot” (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she’riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uning boshqa janrlar - ruboiy, qit’a, tuyuq, ayrim hollarda, g’azal bilan munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o’rgatish barobarida 121 ta misol keltirdi.
Navoiyning arab tilida “Sab’atu-l-abhur” (“Yetti dengiz”) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug'at xarakteridagi asar yozgani ma’lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada o’rganilmagan.

Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o’rin oldi. Mustaqil O’zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O’zbekiston Davlat mukofoti, O’RFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O’zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo’jaliklari ulug’ shoir nomi bilan ataladi.


Nashr qilingan asarlari:
Alisher Navoiy. Asarlar. -T.: 1963-1968;
Alisher Navoiy. Xazoyinu-l-maoniy. –T.: 1959-60;
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami (20 jildlik) –T.: 1987-1992;
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami (20 jildlik), -T, 1991-1996;
Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiyev). –T.: 1960;
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi G’afur G’ulom). – T.: 1956;
Alisher Navoiy. Hayratu-l-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiyev). –T.: 1970;
Alisher Navoiy. Lisonu-t-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharipov). – T.: 1984;
Alisher Navoiy. Lisonu-t-tayr. – T.: 1991;
Alisher Navoiy. Nasoyimu-l-muhabbat. MAT. -T.: Fan, 2001;
Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.G’aniyeva). – T.: Sharq, 1991;
Alisher Navoiy. Mahbubu-l-qulub. Asarlar. O’n besh tomlik. – T.;1967;
Alisher Navoiy. Xamsatu-l-mutahayyirin. Asarlar. O’n besh tomlik. – T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14. – T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14. – T.;1967;
Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. O’n besh tomlik. T.13. – T.:1967
Alisher Navoiy. Majolisu-n-nafois. Asarlar. O’n besh tomlik. T.12. -T.: 1966;
Alisher Navoiy. Muhokamatu-l-lug’atayn. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14. – T.:1967;
Alisher Navoiy. Mezonu-l-avzon. Asarlar. O’n besh tomlik T.14. – T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14. – T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. O’n besh tomlik. T.15. – T.:1968;
Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. O’n besh tomlik. T.13. –T.: 1967;
Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. O’n besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. – T.:1966;
Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. O’n besh tomlik. T.15.– T.:1968;
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #12 : 20 Yanvar 2008, 05:19:31 »
MUHAMMAD SOLIH (1455-1534)
 
 

 
 

 
Muhammad Solih 1455-yilda Xorazmda dunyoga keldi. Uning otasi Nur Saidbek Abusaid Mirzo davrida Xorazm hokimi bo`lgan. Xuroson taxtiga Husayn Boyqaro o`tirgach, uning otasi qatl etiladi. Bunday qismat uchun Muhammad Solih Temuriylardan ranjib yurdi va umrining oxirigacha ularga qayishmadi. U bu sulolaning tanazzuliga ko`z tutdi va albatta, o`ziga hayrixoh hukmdor davlat tepasiga kelishiga ishondi. U 1499-yilda temuriylar saroyidan ketdi va Shayboniy tarafiga o`tdi. Shayboniy uni yaxshi kutib oldi va unga "amiru-l-umaro", ”maliku-sh-shuaro” unvonlarini berdi.
U davlat ishlarida va harbiy safarlarda Shayboniyxonga hamrohlik qilar edi. Shayboniyxon Buxoroni zabt etib, Samarqand safariga otlanganda vaqtincha uning vasifasini Muhammad Solih bajarib turgan. Shayboniylar davlatiga o`z ixtiyori bilan qo`shilgan Chorjo`yga Muhammad Solih hokim etib tayinlanadi.
Muhammad Solih 1505-1506-yillarda Niso shahri hokimligiga tayinlanadi. 1510-1511-yillargacha shu shaharda yashadi. Muhammad Solih Shayboniyxon vafotidan keyin Buxoroga qaytadi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi.
Muhammad Solihning 76 bob, 8902 misradan tashkil topgan "Shayboniynoma" - epik asari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari, shoirning turkiy va forsiyda bitilgan she`rlaridan bir qancha namunalar saqlanib qolgan.
"Sayboniynoma" asarining asl nusxasi Vena shahrida saqlanmoqda.

Nashr qilingan asarlari:
Muhammad Solih. Shayboniynoma. – T.: 1961.
Muhammad Solih. Shayboniynoma (nashrga tayyorl. E. Shodiyev). –T.: 1989.
 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #13 : 20 Yanvar 2008, 05:19:59 »
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483-1530)
 
 

 
 

 
Zahiriddin Muhamad Bobur Farg`ona viloyati poytaxti Andijon shahrida ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo xonadonida dunyoga keldi. Umarshayx Amir Temurga evara - to`rtinchi (Abusaid Mirzo-Sulton Muhammad Mirzo-Mironshoh-Amir Temur) avlod edi. Onasi Qutlug`nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o`zbeklashgan mo`g`ul urug`idan bo`lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgandir.
Otasining bevaqt vafotidan so`ng Bobur 12 yoshida taxtga chiqadi. 1497-yilda Bobur Samarqandni egallaydi. Biroq, Bobur o`z yaqinlarining xiyonati tufayli Samarqandni yuz kun deganda tashlab chiqib ketadi. U Andijonga qaytadi. Biroq u Xo`jandga yetganda shahar xiyonatchilar qo`liga o`tib ketganligi ma`lum bo`ladi. Shaharni qayta olish maqsadida qilingan xatti-harakatlar, Toshkentdagi tog`asidan yordam kutishlar samarasini bermadi. Oilalari Andijonda bo`lgan yigitlar Boburdan ajrala boshlaydi. Shu tariqa ming kishilik qo`shindan ikki yuzdan ortiq kishi qoladi. U qishni Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birida o`tkazadi va ko`klam kelishi bilan qilingan harakatlari ham besamar ketadi.
Shunday kunlarning birida unga bir paytlar xiyonat qilgan Ali Do`st Tag`oyining navkari kelib, unga Tag`oyining tazarrusini yetkazadi. Tag`oyi agar Bobur uning gunohidan o`tsa, o`zi egallab turgan Marg`ilonni topshirishini ma`lum qiladi. Shu tariqa ikki yil davom etgan sargardonlikdan so`ng, Bobur yana o`z ota shahriga qaytadi.
1500-yilda Oysha Sultonbegim Xo`jandga keladi. Bobur uni o`z nikohiga oladi. Aynan shu davrlardan boshlab u she`rlar mashq qila boshlaydi. Uning ilk she`rlari forsiyda yozilgan edi.
Bobur yana hokimiyat uchun kurashlarga sho`ng`ib ketadi. Samarqandni egallaydi. Shayboniyxon yurishidan xabar topgan Bobur kuch to`plash uchun Shahrisabzga ketadi. Bu orada Shayboniyxon Samarqandni egallaydi.
Samarqand qo`ldan ketgach Bobur 240 nafar yigiti bilan Kesh-Hisor oralig`ida sarson bo`lib yuradi. Kech kuz kunlarida Bobur yana Samarqandga kirishga harakat qiladi. U 70-80 nafar yigiti bilan tunda "Feruza" darvozasini ishg`ol qiladi. Tongda esa ikki da`vogar "Ohanin" darvozasi yonida to`qnashadi. Vaziyat Bobur foydasiga hal bo`layotganini ko`rgan Shayboniyxon Samarqandni tashlab chiqib ketadi.
Ko`p o`tmay Shayboniyxon bilan yana to`qnashuv bo`lib o`tadi. Bu safar Bobur yengiladi va Samarqand qamal ichida qoladi. Shayboniyxon Boburga sulh taklif qiladi. U bunga rozilik beradi va shu kuni tunda shaharni tark etadi. Biroq opasi Xonzodabegim shahar darvozasidan chiqqan joyda Shayboniy qo`liga tushadi. Shayboniyxon unga uylanadi va undan Xurrambek ismli farzand ko`radi.
1503-yilning sentabr oyida Bobur Qobul va G`znani jangsiz oladi. Qobuldagi dastlabki yillar og`ir kechadi. 1505-yilda onasi Qutlug`nigorxonim vafot etadi. U kishi Bog`i Navro`ziyga dafn etilgandir.
Shayboniyxon 10 oy davomida Xorazmni qamal qilib, egallagach, yo`lni Xuroson tarafga burdi. Husayn Boyqaro esa barcha Temuriy beklarni to`plab, Shayboniyga qarshi jang qilishga chog`landi. Bu haqda Bobur shunday yozadi: "... Sulton Husayn Mirzodek Temurbek o`rniga o`turg`on ulug` podshoh yig`noq qilib, atfov va javonibdin o`g`lonlarini va beklarini tilatib, Shayboniyxondek g`animning ustiga ozim bo`lg`onda, el oyoq bila borg`onda, biz bosh bila borg`aymiz, el tayoq bila borg`onda - biz tosh bila borg`aymiz..." Biroz bu ish amalga oshmay qoladi. Sababi Husayn Boyqaro yo`lga otlanganda vafot etadi.
1503-1504-yillarda Afg’onistonni egalladi.
Bobur Qobulni olgach bobolari rusumlarini o`zgartiradi. U o`zini xon emash, shoh deb ataydi. U Hindistonni egallash rejasini tuza boshlaydi. Bu maqsadda qilgan ilk harakatlati 1507-yilning yanvar oylariga to`g`ri keladi. Bobur Hindistonni 1526-yildagina olishga muvaffaq bo`ladi. U o`zining 12 ming kishilik qo`shini bilan Ibrohim Lodining 100 ming kishilik qo`shinini yengib chiqadi va XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar hukmronlik qilgan Boburiylar imperiyasiga asos soldi. Yevropada u "Buyuk mo`g`ul imperiyasi" nomi bilan shuhrat qozongandir.
Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etadi. Keyinchalik uning hoki o`z vasiyatiga ko`ra Qobulga ko`chirilgan.
Adabiy merosi
Bobur yigirma yoshligi chog`ida yangi yozuv - "Xatti Boburiy"ni kashf qilgan.
U ajoyib she`rlar yozgan, musiqa bilan shug`ullangan. "Boburnoma"day ulkan tarixiy-badiiy asarni yaratdi. 1521-yilda soliqlarni tartibga soluvchi she`riy janrdagi "Mubayyina-l-zakot" (Zakot bayoni) asarini yozdi. 1523-1525-yillarda aruz vazni haqida risola tuzdi. Bu risolasi "Muxtasar" nomi bilan shuhrat qozongan bo`lib, Alisher Navoiyning "Mezonu-l-avzon"dan keyingi aruzga bag`ishlangan ikkinchi kitob bo`lib hisoblanadi. Boburning "Harb ishi", "Musiqa ilmi" nomli asarlari hozirgacha topilgan emas.
U tarjima sohasida ham faoliyat yuritgan. Bobur Xo`ja Ahrorning "Volidiya" asarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.
Bobur o`zbek va tojik tilida ijod qilgan. U o`zbekcha she`rlarini to`plab 1519-yilda Qobulda, 1528-1529-yilda Hindistonda devonlar tuzdi. Bu ikki devon o`sha joy nomlari bilan "Qobul devoni" va "Hind devoni" deb nomlanadi. "Qobul devoni" hozirgacha topilgan emas.
Bizgacha yetib kelgan she`rlarning umumiy soni 400 tani tashkil etadi. Shulardan 119 tash g`azal, 231 tasi ruboiydir.
She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mukammaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.
Boburning ulug’ asari “Boburnoma” bo’lib, uni “Vaqoye” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529-yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. “Boburnoma”ning o’ndan ortiq qo’lyozma nusxalari bor.


 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #14 : 20 Yanvar 2008, 05:20:17 »
Nashr qilingan asarlari:
Bobur. Tanlangan asarlar. –T.: 1958;
Bobur. Asarlar. Uch jildlik.-T.: Fan, 1965-66;
Bobur. Boburnoma. -T.: 1960, 1989;
Bobur. Muxtasar. Toshkent, 1971;
Babur. Traktat ob aruze (rodg. I.Steblevoy). – M.:1972;
Bobur. Devon. –T.: Fan. 1994; 6. Bobur. Mubayyin. – T.: 2001.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

jahon adabiyoti jurnali mushtariylari klubi tuzilsa

Muallif kanishkaBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 2853
So'nggi javob 04 Fevral 2008, 11:08:22
muallifi shoir
R.Muqimov, M.Sharipov. Qardosh xalqlar adabiyoti

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4805
So'nggi javob 24 Dekabr 2008, 04:20:28
muallifi AbdulAziz
Begali Qosimov va b. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 50786
So'nggi javob 06 Yanvar 2009, 00:44:37
muallifi AbdulAziz
Vohid Abdullayev. O'zbek adabiyoti tarixi. 2-kitob (XVII asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha)

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7745
So'nggi javob 17 Yanvar 2011, 15:20:45
muallifi AbdulAziz
S.Mirzayev, S.Shermuhamedov. Hozirgi zamon o'zbek adabiyoti tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7101
So'nggi javob 05 Fevral 2011, 14:55:10
muallifi AbdulAziz