Kutubxona > O'zbek adabiyoti

XIII-XXI asr adabiyoti

(1/16) > >>

Muhammad Amin:
NOSIRIDDIN BURHONIDDIN O`G`LI RABG`UZIY
Chorshanba, 10 Yanvar 2007
 
Nosiriddin Burhoniddin o`g`li Rabg`uziyning tug`ilgan va vafot etgan yili noma`lum. O`zbek nasriy adabiyotining ilk yirik namunasi "Qissayi Rabg`uziy" asari muallifi, atoqli shoir va olim XIII - XIV asrlar oralig`ida yashab o`tgan. Olimning ushbu asari 1309-yilda yozib tugatilgandir.
Bu asarda Rabg`uziy anbiyolar-payg`ambarlar hayotidan hikoya qiluvchi qadimgi Sharq qissa va afsonalarini qayta ishlab, manzarali lavhalar, jonli tasvirlar, xiyla pishiq, his-hayajon, kechinmalarga boy obrazlar hosil qilgan. Asarda e`tiqod va imonga sodiqlik, pok insoniy axloqning badnafslik, hirs-u hasad, qonxo`rlik va nohaqliklar ustidan g`alabasi tasvirlanadi. Ushbu asar o`zbek so`z san`atining ajoyib obidasidir!
 
Muhammad Amin:
PAHLAVON MAHMUD (1247-1326)
Chorshanba

Pahlavon Mahmud Xorazmda Najmiddin Kubrodan boshlangan javonmardlik tariqatining davomchisi, Sharqda nomi chiqqan pahlavon, pahlavonlarga ustozlik qilib, "Puryoyi vali" laqabini olgan mashhur kishidir.
Pahlavon Mahmud asosan po`stindo`zlik, telpakdo`zlik bilan shug`ullangan. Shuningdek, Pahlavon Mahmud Sharq kurashining yirik namoyandasi ham bo`lgan. U haqida o`sha davr odamlari hatto "Kuragi yerga tegmagan" deb ta`rif berishgan. "Puryoyi vali" laqabi ham aynan uning pahlavonligi bilan bog`liqdir. "G`iyos u-l-lug`at"da bu haqda shunday deyilgan: "Puryoyi valiy xorazmlik Mahmudning laqabidir. Bunda kurash ilmidan mahorat qozongan, keksa pahlavon, zo`rxona pahlavonlarining boshlig`i nazarda tutiladi. Zero, qaysi bir kurashchi zo`rxonaga kirmoqchi bo`lsa, dastlab Puryoyi valiyning qadamiga (oyog`iga) bosh qo`yadi. Shu jumladan, Puryoyi valiy so`zi majozdan aziz va mukarram ma`nosini ham bildiradi".
Pahlavon Mahmud "Qitoliy" taxallusi bilan ijod ham qilgan. Ushbu taxallus ham pahlavonlik bilan bog`liqdir. "Qitol" so`zi "bir-biri bilan jang qilmoq, kurashmoq" ma`nosini bildiradi.
Badiiy ijodda esa uning "Kanzu-l-haqoyiq" masnaviysi haqida ma`lumotlar bor. Lekin Pahlavon Mahmudning bizga asosan ruboiylari yetib kelgan. Ijodini faqat ruboiylar bilan boyitgan, Umar Hayyomdan keyingi shoir ham aynan Pahlavon Mahmuddir.
Pahlavon Mahmud fors-tojik tilida ijod qilgan.
 
Muhammad Amin:
SAYFI SAROYI (1321 - 1396)
Chorshanba
 
Iste`dodli g`azalnavis shoir va tarjimon Sayfi Saroyi 1321-yilda Qamishli yurtida tug`ilgan (Qamishli Xorazmdagi qishloqlardan birining nomi, ammo bu nom Volga daryosi bo`yida ham ko`p uchraydi). U bilim olish maqsadida Qamishlidan Saroyga keladi (Saroy - Oltin O`rda davlati poytaxti). Shoir "Saroyi" degan taxallusni ham aynan shu yerda olgan. Sayfi esa uning ismi bo`lib, "qilich" degan ma`noni bildiradi.
Umrining oxirlarida adib Misrga ketgan va o`sha yerda yashagan.

O`sib tuprog`im uzra nayzalar, men evdim, ayrildim,
Vatandin benishon o`ldim-da, o`zga yurtga evrildim.
Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor?
Iloho, ayla kam javring, men elga sodiq ul erdim.

Ushbu misralarga shoir o`z qismati haqida aytmoqda. U o`z tuprog`idan ketishini "Falak javr ayladi" demoqda. "Tuprog`im uzra nayzalar o`sdi" degan jumlada esa Chingizxon istilosini nazarda tutmoqda.
U o`zining "Guliston bit-Turkiy" ("Turkiy Guliston") asarini Misr amiri Batxasbekka bag`ishlagan edi. Asar 1391-yilda yozilgan. "Suxayl va Guldursun" asari esa 1394-yilda yaratilgan.
Adib 1396-yilda vafot etgan.
 
ATOYI
Chorshanba
 
Shirin kalom, lirik shoir, majoziy ishq vasfidan ilohiy ishq lazzatini topgan kishi, Xo`ja Ahmad Yassaviyning jiyani Atoyi XIV asr oxiri, XV asrning birinchi yarmida hayot kechirgan. Alisher Navoiy Atoyi haqida o`zining "Majolisu-n-nafois" asarida quyidagicha yozib qoldirgan: "Mavlono Atoyi Balxda bo`lur edi. Ismoil ota farzandlaridandur, darveshvash va xushxulq, munbasit (oq ko`ngil) kishi erdi. O`z zamonida she`ri atrok (turklar) orasida ko`p shuhrat tutti".
Atoyi mumtoz she’riyatda g’azal janrining taraqqiyotiga hissa qo’shgan shoir. Balx shahrida yashab o`tgan. Mirzo Ulug’bek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi.
Bizgacha birgina devoni ma’lum, unda shoirning 260 g’azali jamlangan, u Rossiya Fanlar Akademiyasi Sankt—Peterburg bo’limida saqlanadi (inv.22 V-2456).
Atoyining asarlari orasida ko`pchiligini tasavvuf g`oyalarini aks ettirgan g`azallar egallaydi. Uning asarlari til va uslub jihatidan xalq ijodiga yaqin bo’lib, xalq iboralari, ta’birlari, maqollariga boyligi bilan ajralib turadi. Bu omillar shoir g’azallarining xalqchilligini ta’minlagan.

Nashr qilingan asarlari:
O’zbek adabiyoti namunalari (tuz. prof.Fitrat). — T.: 1928;
Otoyi. G’azallar (nashrga tayyorl. E.Rustamov). — T.: 1958;
Atoyi. G’azallar. Kitobda : Hayot vasfi. — T.: 1988
 
Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version