XIII-XXI asr adabiyoti  ( 57435 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:28:40

MUHYIDDIN MUHYI (1835-1911)
 

 
Muhyi Qo’qon adabiy muhitiga mansub shoir bo’lib, ikki tilda ijod qilgan. She’rlari turli mavzularda. Asosan, ishq, tarkidunyochilik va xilvatnishinlik kayfiyatida.

Muhyining g’azal-munojotlari shoirning dunyoqarashi in’ikosidir ("œO’tub umrim xato birlan kechurgaysan gunoh, yo rab", "œMani ishqi majoziyg’a giriftor aylama, yo rab").

 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:29:05

 UBAYDULLA ZAVQIY (1853-1921)
 
 
Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy o’rin egallaydi. Zavqiyning "œKelmasa kelmasun, netay?" radifli g’azali o’zbek mumtoz adabiyotining go’zal an’analarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.

Shuningdek, Zavqiy Muqimiy boshchiligidagi satirik maktabning yetakchi namoyandalaridan biridir. Shoirning "œZamona kimniki?", "œDar mazammati zamona", "œBo’l", "œMuncha ko’p" kabi she’rlari ijtimoiy satiraning yuksak namunalari bo’lib, ularda oddiy xalqning kulfati va mashaqqatli hayoti, ayanchli ahvoli real suratlarda tasvirlanadi.

Zavqiyning "œVoqeayi qozi saylov", "œQahatchilik" dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir.

Manbalar:
Zavqiy. Tanlangan asarlar. T., 1958.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:29:45

YUSUF SARYOMIY (1840-1912)
 
 
Saryomiy 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asr boshlari o’zbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan.

Shoirning ijodiy merosi Tavallo tomonidan tuzilgan "œDevoni Mavlaviy Yusuf Saryomiy" (1914)da jam bo’lgan.

 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:30:25

SHERMUHAMMAD MUNIS (1778-1829)
 

 
Yirik o’zbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Avazbiy mirob oilasida (1778) tug’ildi. 1800-yilda otasi va og’a-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq, va uning o’g’li Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis "œFirdavsu-l-iqbol" nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813-yilgacha bo'lgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.

Munis "œMunisu-l-ushshoq" ("œOshiqlar do’sti") nomli devon (1804-05) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda ko’chirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari O’zFA ShI qo’lyozmalar fondida saqlanadi (inv.? 1330, 1793, 7865, 940, 9556, 62, 63, 64, 9177, 10937). Munisning she’riy merosi 10 000 baytga yaqin. U mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Mirxondning "œRavzatu-s-safo" asarini o’zbek tiliga tarjima qiladi. 1804-yilda arab alifbosini o’rganishga bag’ishlangan "œSavodi ta’lim" nomli she’riy manzumani yaratdi.

Nashr qilingan asarlari:
Munis. Tanlangan asarlar. —T.: 1957;
Munis. Saylanma. —T.: 1980.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:30:52

 KOMIL XORAZMIY (1825-1899)
 

 
Komil 1825-yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.

Komil — lirik shoir. Uning lirikasida insoniy muhabbat va fazilatlar ulug’lanadi. Hajviy she’rlarida fuzalo va juhalo qiyoslanadi. "œKomil", "œIkki sho’x" va "œQasidayi Navro’z" kabi ma’rifatparvarlik asarlari muallifi.

Komil — bastakor va musiqashunos sifatida "œMurabbayi Komil", "œPeshravi Feruz" va "œTanbur chizig’i" (notasi) kabi asarlarni yaratgan.

Tarjimonlik sohasida esa Barxurdor Turkman Mumtozning "œMahfiloro", Safiyning "œLatoyifu-t-tavoyif", Mirxondning "œRavzatu-s-safo" singari yirik asarlarini tarjima qilgan.

Manbalar:
Komil Xorazmiy, Tanlangan asarlar. Toshkent, O’zadabiynashr, 1961.
Komil. Devon. Toshkent, 1975.
Asrlar nidosi. Toshkent, 1982, 393-408-betlar.

 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:31:22

ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O`G`LI FURQAT(1859 - 1909)
 

 
 

 
Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat - milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida o’zidan boy ma’naviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi.

Furqat 1859-yili Qo`qon shahrida tug’ildi. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizg’in ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’ldi. Furqatning shoir sifatidagi kamoloti ayni shu davrda boshlangan.

Toshkentda ikki yilga yaqin istiqomat qilgan shoir hali aniqlanmagan sabablarga ko`ra 1891-yili chet elga chiqib ketishga majbur bo’ladi. Turkiya, Yunoniston, Bolgariya, Arab mamlakatlari va Hindistonda bo’lib, Xitoyning Shinjong viloyatiga qarashli Yorkent shahrida turg’un bo’lib qoladi. U 1909-yili 50 yoshida vafot etdi.

Shoir lirikasining mavzular olami juda rang-barang. Dunyoviy muhabbat, ijtimoiy-falsafiy o’ylar aks etgan, inson erki va g’urbat ohanglari ifodalangan, diniy ma’rifatparvarlikka alohida e’tibor qaratilgan asarlari bunga yorqin dalil.

Uning o’z boshidan kechirganlari haqidagi "œAhvolot" (ba’zi tadqiqotlarda "œSarguzashtnoma", "œFurqatnoma"), xitoy tilidagi manbalar asosida yozilgan "œQavoidi Chin va umuroti siyosiy" kabi nasriy asarlari ham bor.

Manbalar:
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959.
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1980.
Furqat. Asarlar majmuasi. Ikki jildlik (arab imlosida). Toshkent, 1990.
Sayohati Furqat. O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1990-yil 14-dekabr.
Furqat. Qavoidi Chin va umuroti siyosiy. Sharq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:31:49

MUHAMMAD AMINXO`JA MUQIMIY (1850-1903)
 


Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.

Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy o’rin tutadi. "œOshiq bo’libman", "œAyrilmasun", "œO’zim har joydaman", "œAql-u hush uchdi boshimdin..." kabi she’rlari bunga misol.

Shoir ijodida satira va hajv ham katta o’rin egallaydi . "œTanobchilar", "œTo’y", "œSaylov", "œMoskovchi boy ta’rifida", "œHajvi Viktor boy", "œVoqeayi Viktor" kabi asarlarida Muqimiy o’z zamonasining ijtimoiy illatlarini keskin tanqid ostiga oladi.

Shuningdek, Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotida ma’lum g’oyaviy va badiiy xususiyatlarga ega bo’lgan "œSayohatnoma" janrini boshlab bergan.

Nashr qilingan asarlari:
Muqimiy. Tanlangan asarlar. T., 1960-1961.
Muqimiy. Asarlar. T., 1974.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:32:08

MUHAMMAD AMINXO`JA MUQIMIY (1850-1903)
 
 


Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.

Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy o’rin tutadi. "œOshiq bo’libman", "œAyrilmasun", "œO’zim har joydaman", "œAql-u hush uchdi boshimdin..." kabi she’rlari bunga misol.

Shoir ijodida satira va hajv ham katta o’rin egallaydi . "œTanobchilar", "œTo’y", "œSaylov", "œMoskovchi boy ta’rifida", "œHajvi Viktor boy", "œVoqeayi Viktor" kabi asarlarida Muqimiy o’z zamonasining ijtimoiy illatlarini keskin tanqid ostiga oladi.

Shuningdek, Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotida ma’lum g’oyaviy va badiiy xususiyatlarga ega bo’lgan "œSayohatnoma" janrini boshlab bergan.

Nashr qilingan asarlari:
Muqimiy. Tanlangan asarlar. T., 1960-1961.
Muqimiy. Asarlar. T., 1974.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:32:33

ABULG`OZI BAHODIRXON (1603-1664)
 

 
Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulg’ozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida (1603) tug’ildi. O’n uch yoshligidan (1616) boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulg’ozi 1644-yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1644-yilning aprelida vafot etadi.

Abulg’ozining "œShajarayi tarokima" va "œShajarayi turk" nomli tarixiy asarlari hamda "œManofe’u-l-inson" nomli tibbiyotga oid risolasi yetib kelgan. "œManofe’u-l-inson"da 120 dan ortiq xastalik, uni davolash haqida ma’lumot berilgan.

"œShajarayi tarokima" (1661) turkman xalqi ajdodlari, "œShajarayi turk" (1663-64) o’zbek urug’lari haqida. "œShajarayi turk" to’qqiz bobdan iborat. Tarixiy voqealar badiiy bo’yoqlar, hayotiy lavhalar orqali tasvirlangan.

Asar Sharq, rus va G’arb olimlarining ham e’tiborini tortgan. Qozonda bir necha marta nashr etilgan (Rumyantsev nashri, 1825; Sablukov nashri, 1854.; Demezon nashri, 1871) T.N.Demezon asarni fransuz tiliga tarjima (1871) qilgan. Asar fransuz, ingliz xalqlari orasida keng tarqalgan.

Abulg’ozi Bahodirxon asarlarining O’zbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida bir qancha qo’lyozma nusxalari mavjud (inv. â„– 7668, 1223, 4017).

Nashr qilingan asarlari:
Abulg’ozi. Shajarayi turk. -T.: 1992;
Ablug’ozi Bahodurxon. Shajarayi tarokima. —T.: 1995.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:33:02

MUHAMMADSHARIF GULXANIY
 

 
 

 
Muhammadsharif Guixaniy XVIII asr oxiri-XIX asrning boshlarida yashab, ijod etgan o`zbek mumtoz shoir va yozuvchisidir. Taniqli o’zbek adibi, o’zbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. O’ratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tug’ilgan, hayot yillari noma’lum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. "œZarbulmasal" asari Umarxonning torshirig’i bilan yozilgan. U haqda Fazliyning "œMajmuai shoiron", Vozehning "œTuhfatu-l-ahbob", Avazmuhammad Attorning "œTarixi jahonnoma" asarlarida ma’lumot bor.

"œZarbulmasal"da "œKalila va Dimna" hamda Sharq mumtoz nasri an’analari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. "œZarulmasal" bir necha qo’lyozma va bosma nusxalari mavjud, ular O’R FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon tartib bergani aytilsa-da, biroq u topilmagan. Ayrim she’rlari fors tilidagi bayozlarda ham uchraydi.

Gulxaniy ijodi o’zbek olimlari A.Qayumov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M.Qo’shjonov, M.Qo’shmoqov, A.Asrorov v.b. olimlar tomonidan o’rganilgan.

Nashr qilingan asarlari:
Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). -T: 1958;
O’zbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. -T: 1959.
 

 

Qayd etilgan