Muallif Mavzu: XIII-XXI asr adabiyoti  ( 53915 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #45 : 20 Yanvar 2008, 05:36:41 »
MUHAMMAD YUSUF (1954-2001)
 

 
1954-yil 26-aprelda Andijonning Marhamat tumanida tug’ildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980), “Toshkent oqshomi” gazetasida (1980-1986), Adabiyot va san’at nashriyotida, “O’zbekiston ovozi” gazetasida (1986-1993) ishladi.

Umrining oxirgi 4-5 yilida O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining kotibi bo’ldi. U “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko’nglimdagi yor” (1991), “Bevafo ko’p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolg’onchi yor” (1994), “Osmonimga olib ketaman” (1998) to’plamlarining muallifi. 1998-yilda unga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. U II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat qilib saylandi. 2001-yilda “Saylanma” asarlari chop etildi. M.Yusuf she’rning qo’shiqqa aylanishi, yuksak parvoz qilishini ko’rsata oldi. Shoir she’rlaridagi har bir so’zda qanoat, parvozga shaylik bor.

Ulug’vor muhabbat, o’talmagan burch, qadrlanmagan sevgi armoni, Yurtga o’g’illik sadoqati – shoir she’rlari asosini belgilaydi.

M.Yusuf 2001-yil 29-iyulda vafot etdi, tug’ilgan qishlog’idagi qabristonga dafn etildi.


Asarlari:
Muhammad Yusuf. Saylanma. Toshkent, “Sharq”, 2001.
Muhammad Yusuf. Uyqudagi qiz. Toshkent, Adabiyot va san’at, 1983.
Muhammad Yusuf. Erka kiyik. Farg’ona, “Yozyovon”, 1992.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #46 : 20 Yanvar 2008, 05:37:10 »
XURSHID DO`STMUHAMMAD
 
 

 
Yozuvchi Xurshid Do`stmuhammad (Xurshid Do`stmuhammedov) 1951-yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. O`rta maktabni, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O`zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan (1968-1973). Filologiya fanlari nomzodi, “Fan va turmush” jurnalida bo`lim muharriri (1973-1984), “Yosh kuch” jurnalida bo`lim muharriri, bosh muharrir o`rinbosari, bosh muharrir (1986-1995) bo`lib ishlagan.

“Hurriyat” mustaqil gazetasiga bosh muharrir (1987-2002). O`zbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg`armasi boshlig`i. (1997-yildan hozirgi kungacha). “O`zbekiston matbuoti” jurnali bosh muharriri (2002-yildan hozirgacha).

1980-yildan buyon matbuotda hikoya va qissalari, romani, ocherk, badia, adabiyotshunoslikka oid maqolalari bilan qatnashadi. Uning “Hovli etagidagi uy” qissa va hikoyalari (1989), “Jajman” qissa va hikoyalari (1995), “Qazo bo`lgan namoz” (1996), tarixiy hikoyalari, "Hijronim mingdir mening" (2000) qissa va hikoyalari, “Bozor” (2000) romani, "Hamid A`lamovning aytolmagan gaplari” (2002) xotira-badiasi chop etilgan.

Adib o`z qahramonlarining ruhiy holatlarini, fikriy izlanishlarini tahlil etishga, uning eng intim qatlamlarini tasvirlashga intiladi. Psixologik tasvirga moyilligi F.Dostoyevskiy, F.Kafka, F.Ryunoske, G.Markes singari jahon adabiyoti namoyandalari uslubidan ta`sirlanganini ko`rsatadi.

Asarlari:
Hovli etagidagi uy. T.: "Yosh gvardiya" nashriyoti, 1989
Jajman. T.: “Sharq” NMAK bosh tahririyati, 1995
Bozor. T. : “Sharq” NMAK bosh tahririyati, 2000
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #47 : 20 Yanvar 2008, 05:37:39 »
ABDUSAID KO`CHIMOV
 
 
Shoir, adib Abdusaid Ko'chimov 1951-yil 15-mayda Samarqandning Urgut tumanida tugilgan. Tumandagi 37-maktabni (1967), Toshkent Davlat pedagogika institutining ozbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968-1972). Mehnat faoliyatini “Lenin uchquni” gazetasida ishlashdan boshlagan. Ijodida ham bolalar dunyosi, bolalik saltanati ajoyibotlari yetakchilik qila boshladi. 1984-1991-yillarda "Sharq yulduzi" jurnalida mas'ul kotib, “Lenin uchquni”da bosh muharrir bo’ldi. 1991-1997-yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bo’lim mudiri, O’zbekiston teleradiokompaniyasida rais o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Axborot markazi rahbari vazifalarida faoliyat ko’rsatdi. 1997-yildan buyon O’zbekiston teleradiokompaniyasi Raisi vazifasini bajarmoqda.

Ilk kitobi - "Kashfiyotchi bolalar" 1975-yilda chop etildi. Shundan so’ng uning “Halqa”, ”Qiyofa”, ”Mening yulduzim”, “Umid daraxtlari”, ”Chanoq”, ”Ikki bahor” kabi she’riy va nasriy kitoblari nashr qilindi. “Baland tog’lar” (2002) saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, she’rlari kiritilgan. A.Ko’chimov Xalqaro YUNESKO mukofoti, G’afur G’ulom nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. Abdusaid Ko’chimov tomonidan bolalar hayoti muammolari badiiy tahlil qilinadi. Unga “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist” unvoni, ”Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni berilgan. A.Ko’chimov 1990-yildan hozirgi kungacha O’zbekiston Oliy Soveti, O’zbekiston Oliy Majlisi deputati. Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Asari.
“Baland tog’lar”. Saylanma. T: “Sharq ”NMAK”,2002-yil.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #48 : 20 Yanvar 2008, 05:38:09 »
ERKIN A`ZAM
 

 
1950-yil 10-avgustda tog’li Boysunda tug’ildi. 1972-yil Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, “Guliston” va “Yoshlik” jurnallarida bo’lim muharriri, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida tahririyat mudiri bo’ldi. 1992-1994-yillarda O’zbekiston milliy axborot agentligida bosh direktor o’rinbosari. 1995-yildan “Tafakkur” jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq O’zbekiston Oliy Majlisi deputati.

“Chiroqlar o’chmagan kecha” (1977), “Otoyining tug`ilgan yili” (1981), “Olam yam-yashil” (1984), “Javob” (1986), “Bayramdan boshqa kunlar” (1988), “Mir v svetax” (1999), “Pakananing oshiq ko’ngli” (2001), “Kechikayotgan odam” (2002) to’plamlari muallifi. Yozuvchi asarlari asosida “Chantrimore”, “Riyoda”, “Dilxiroj” filmlari suratga olingan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat-insoniy erk, har qanday zo’ravonlikka munosabat masalasidir.

Asarlari:
A’zamov Erkin. Otoyining tug’ilgan yili. Toshkent Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981-yil, 8,0 b.t.
A’zam Erkin. Kechikayotgan odam. Toshkent. “Sharq” nashriyoti -2002 yil 20 b.t.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #49 : 20 Yanvar 2008, 05:38:36 »
AZIM SUYUN
 

 
Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) 1948-yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlog’ida tug’ilgan. Oliy ma’lumotli. 1977-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. I chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Azim Suyun harbiy xizmat burchini o’tab qaytgach, poytaxt qurilishlarida mehnat qildi. Keyinchalik “Toshkent universiteti” gazetasida adabiy xodim, G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo’lib ishladi. O’zbekiston Matbuot Davlat qo’mitasida adabiy maslahatchi, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida mas’ul kotib, “Xalq so’zi” gazetasida bo’lim muharriri, 1993-2002-yillarda “O’zbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalarining Bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Ayni paytda “Guliston” jurnalining Bosh muharriri.

Azim Suyun butunjahon shoirlar kongressi a’zosi.

Azim Suyun she’rlari, she’riy turkumlari va kitoblari turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq, tuva va boshqa tillarda chop etilgan.

Azim Suyunning “Sarbadorlar” tragediyasi, “Zamin taqdiri”, “O’zbekiston”, “Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha va yoki imorat” kabi dostonlari mashhur.

Azim Suyun keng qamrovli dramaturg, haqso’z publitsist sifatida ham tanilgan.

Azim Suyunning o’zbek tilida nashr etilgan to’plamlari:
“Mening osmonim” – 1978-yil.
“Zarb” – 1979-yil.
“Zamin taqdiri” – 1981-yil.
“Xayolot” – 1984-yil.
“Ziyo yo’li” – 1986-yil.
“Javzo” – 1987-yil.
“Olis tonglar” – 1989-yil.
“Kuyganim-suyganim” – 1992-yil.
“Sarbadorlar” – 1994-yil.
“Qora ko’zing sening” – 1994-yil.
“Saylanma” – 1997-yil.
“O’zlik” – 1999-yil.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #50 : 20 Yanvar 2008, 05:39:02 »
TOG`AY MUROD
 
 

 
Tog’ay Murod – Tog’aymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948-yili Surxondaryoning Denov tumanidagi Xo’jasoat qishlog’ida tug’ilgan. Qishlog’idagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetida o’qigan (1966-1972). U respublika radiosida muharrir (1972-1976), “O’zbekiston fizkulturachisi” gazetasida tarjimon (1976-1978), “Fan va turmush” jurnalida bo’lim muharriri (1982-1984) bo’lgan. 1985-1987-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida o’qigan.

1976-yilda bosilgan “Yulduzlar mangu yonadi” nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979-yilda “Ot kishnagan oqshom”, 1980-yilda “Oydinda yurgan odamlar” qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.

1985-yilda yozuvchining “Momo Yer qo’shig’i” qissasi, 1993-yilda “Yoshlik” jurnalida “Otamdan qolgan dalalar” romani chop etildi. Tog’ay Murod o’zbek adabiyotiga betakror xarakterlarni, avval uchramagan uslubni olib kirdi. 1994-yilda “O’zbekiston Xalq yozuvchisi” unvoni berildi. 2001-yilda yozuvchining “Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi” romani bosildi.

Asarlari:
Tog’ay Murod. Ot kishnagan oqshom. Qissalar. T.: “Sharq”, 1994.
Tog’ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. Roman. T.: “Sharq”, 1994.
Tog’ay Murod. Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi. Roman, hikoyalar, maqolalar. T.: “Sharq”, 2001.
 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #51 : 20 Yanvar 2008, 05:39:29 »
ANVAR OBIDJON
 
 

 
 

 
Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Fargona viloyati Oltiariq tumanidagi Polog’on qishlog’ida dunyoga kelgan. O’rta maktabda o’qib yurganida “G’uncha” jurnalida “Shkafjon” nomli birinchi she’ri bosilgan (1960). Anvar 1946-1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973-1979-yillarda ToshDUning jurnalistika fakultetida sirtdan o’qigan.

Harbiy xizmatni o’tagach (1966-1969), qishlog’idagi “Nurobod” jamoa xo’jaligida dala hisobchisi bo’lgan (1970-1971). Tumandagi “Paxta uchun” gazetasida adabiy xodim, bo’lim mudiri (1971-1976), Toshkentdagi yog’-moy kombinatida bog’bon (1977-1978).

Anvar Obidjon (Obidjonov) qo’mitada muharrir (1979-1981) bo’lgan. 1981-1986-yillarda “Kamolot” nashriyotida muharrir, bosh muharrir o’rinbosari, 1986-1987-yillarda “Yulduzcha” nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda “Yosh kuch” jurnalida adabiy xodim, 1988-89-yilllarda “Mushtum” jurnalida bo`lim mudiri, 1989-98--yillarda "Cho`lpon" nashriyotida bosh muharrir, direktor bo`lib ishladi. So`nggi yillarda O`zbekiston Teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanalida katta muharrir bo`lib faoliyat ko`rsatayapti.

Anvar Obidjon “Ona-yer”(1975), “Olovjon va uning do’stlari” (1983), “Bezgakshamol” (1985), “Akang qarag’ay Gulmat” (1987), “Oltin yurakli Avtobola” (1986), “Alamazon va Gulmat hangomasi” (1992), “Meshpolvonning janglari” (1994), “Oltiariq xangomalari” (1999), “Odobli bo’lish osonmi?” (2001), “Meshpolvon” (2003) singari 25 ta to’plamini chop ettirdi. Adib aksariyat asarlarini bolalarga bag’ishlaydi. Ikkinchidan, u ham nasrda, ham nazmda birday qalam tebratadi. Uchinchidan, Anvar Obidjon satira va yumorda o’z yo’li, uslubini topib olgan. To’rtinchidan, yozuvchi zinhor milliy qobiqqa burkanib qolgan emas. Uning asarlari dunyo bolalari zavq-shavq bilan o’qiydilar. Oltinchidan, Anvar Obidjon asarlari sahnaviy, tomoshabinlik xarakteriga ega, ularni telefilm, badiiy film qilish, sahnada ko’rsatish mumkin. Uning “Qo’ng’iroqli yolg’onchi”, “Topsang hay-hay”, “Qorinbotir”, “To’tiqush” mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan.

Anvar Obidjon 1997 yil “Shuhrat”medali bilan taqdirlangan, 1998 yilda “O”zbekiston halq shoiri” unvoniga sazovor bo’lgan.

Asarlari:
Alamazon va Gulmat. T.: "Cho’lpon", 1998-yil
Juda qiziq voqea. T.: "Cho’lpon", 1997-yil
Ketmagil. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti,1985-yil
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #52 : 20 Yanvar 2008, 05:39:53 »
TOHIR MALIK
 
 

 
Tohir Malik Abdumalik o’g’li Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tug’ilgan, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki bo’limida o’qidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966-yildan beri O’zbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir “Sharq” NMAK Bosh tahririyatida muharrir.

Hozirgacha yozuvchining 20dan ortiq qissasi chop etildi. 1971-yilda chop etilgan “Hikmat afandining o’limi” dan keyin “Falak” (1976), “Somon yo’li elchilari” (1976) taxayyul, ilmiy-taxayyul qissalari bosildi. “Chorrahada qolgan odamlar” qissasida taxayyul va detektiv xususiyatlari seziladi. “Alvido, bolalik” (1989), “Qaldirg’och” (1987) qissalarida muhim mavzu ishlanadi. Mustaqillik yillarida T.Malik “So’nggi o’q” (1990), 4 qismdan iborat “Shaytanat” (1994-2001), “Odam ovi” (2001), “Charxralak”, “Murdalar gapirmaydilar” (1999) qissalarini chop ettirdi. Yozuvchi 20-asrdagi hayotni, kishilar taqdirini goh taxayyul, goh izchil, xolis, goh detektiv yo’sinda tasvirlaydi. U qissa janri imkoniyatlarini uzluksiz boyitib bormoqda. 2002-yilda yozuvchining “Mehmon tuyg’ular” o’ylari, “Jinoyatning uzun yo’li” risolasi chop etildi. Tohir Malikka “O’zbekiston Xalq yozuvchisi” unvoni berilgan (2000). Mustaqillik yillarida eng ko’p adadda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir.

Asarlari:
Tohir Malik “Falak” Ilmiy-fantastik qissa. T.: “Yosh gvardiya”, 1976, 4,75 b.t.
Tohir Malik “So’nggi o’q” qissa, hikoya. T.: “Yosh gvardiya”, 1990 13,04 b.t.
“Shaytanat” 4 qism, T.: “Sharq”, 1994-2001.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #53 : 20 Yanvar 2008, 05:40:18 »
MUHAMMAD ALI
 
 
 

 
Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov) 1942-yil 13-martda Andijonning Bo`z tumanida tug`lgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi o`rta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Farg`ona viloyatlari maktablarida o`qituvchilik qilgan. Adabiyot va san`at nashriyotida muharrir, bo`lim mudiri, professor (1993-1994), Xalqaro oltin me`ros xayriya jamg`armasi boshqaruvi raisi (1992-2002) bo`lib faoliyat ko`rsatgan. 2003-yildan u xalqaro Amir Temur xayriya jamg`armasi boshqaruvi raisi.

Muhammad Ali 1992-2002-yillar davomida AQSHning Washington universitetida o`zbek tili va adabiyotidan saboq bergan.

Muhammad Ali nazmda, nasrda, publitsistikada ko`plab asarlar ijod etgan. So`nggi 35 yil davomida 20 ta she`riy to`plami o`zbek, rus va qoraqalpoq tillarida chop etildi. Uning besh dostoni “Boqiy dunyo” (1979) she`riy romani ijodida muhim o`rin eqallaydi. Muhammad Ali o`zbek xalqininq XIII-XIV asrlardagi hayotini “Sarbadorlar”(1989) roman-dialogiyasida aks ettirdi. Bir necha yildan beri u Amir Temur xarakteri, u barpo etgan saltanat haqida asarlar yaratishni rejalashtirmoqda. 2003-yilda "Ulug` saltanat" romanining birinchi kitobi chop etildi.

“O`z-o`zingni anglab yet” (1988), “Haqiqatdan chekinma, tarix!” (1990), “Qafasdagi bulbullar” (1996), “Men ko`rgan Amerika” (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publitsistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Muhammad Ali tarjimonligi oziga xos. U qadimgi hind eposi “Ramayana”ni (1978), qoraqalpoq eposlari “Shahriyor”, ”Mastonposhsho”ni (1985), R.Byorns, Galakjion Tabidze asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

Muhammad Ali O`zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti (1976), Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat mukofoti (1984), Xalqaro Yassaviy mukofoti (1994) laureati, O`zbekiston Xalq yozuvchi (1992), "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi (1999).

Asarlari
Saylanma. T: Adabiyot va san`at nashriyoti. 1997.
Sarbadorlar. Roman. T: Adabiyot va san`at nashriyoti,1989.
Ulug` saltanat. Roman T: “Sharq” NMK- 2003.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #54 : 20 Yanvar 2008, 05:40:49 »
BEGALI QOSIMOV (1942-2004)
 
 

 
 

 
Adabiyotshunos Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Denov qishlog’ida tug’ilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati O’zbekiston Milliy universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti bilan bog’liq: 1958-1963-yillarda talaba, 1963-1968-yillarda aspirant, 1966-yildan o’qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.

1968-yili “Mirmuhsin Shermuhammedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti” mavzusidagi nomzodlik, 1984-yili “XX asr boshi o’zbek poeziyasi (inqilobiy she’riyatning shakllanishi va taraqqiyoti) masalalari. 1905-1917-mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.

B. Qosimov o’zbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari bo’yicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uyg’onish, ma’rifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari tashkil etadi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol ko’rinadi.

U turkiy olamdagi uyg’onish, adabiy aloqalararo bog’liqlik masalalarini mufassal o’rgandi va o’rganmoqda. Turkiya Otaturk kultur markazi faxriy a’zosi, Turkiya Otaturk Arashtirma markazi muxbir a’zosi (1998). Anqarada nashr etilayotgan 33 jildlik “Turk dunyosi adabiyoti” nashrining o’zbek adabiyoti bo’yicha mutasaddisi.

B.Qosimov O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), o’ndan ortiq darslik va qo’llanmalar, 10 nomda alohida asarlar, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. O’zbekiston Milliy universiteti milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti kafedrasi asoschisi (1993), mudiri. Kafedraning keng xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalari mavjud. Olimning asarlari rus, turk, fransuz va tatar tillariga tarjima qilingan.

Asarlari:
Mirmuhsin Shermuhammedov. T.: “Bilim” jamiyati, 1967.
Abdulla Avloniy. T.: O’qituvchi, 1979.
Izlay-izlay topganim. T.: Adabiyot va san’at, 1983.
Salom, kelajak. T.: Adabiyot va san’at, 1986.
Ma’rifat darg’alari. T.: O’qituvchi, 1990.
Revolyutsiya i literature. T.: Fan, 1991.
Ismoilbek Gasprali. T.: Adabiyot va san’at, 1992.
Maslakdoshlar (Behbudiy, Ajziy, Fitrat). T.: Sharq, 1994.
Milliy uyg’onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. T.: Ma’naviyat, 2002.

Matnshunoslik ishlari:
Navoiyning nigohi tushgan… (Navoiy antologiyasi). T.: Adabiyot va san’at, 1987.
Tavallo. Ravnaqu-l-islom. T.: Fan, 1993.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997 (1-nashr), 1999 (2-nashr).
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. I-II jildlar. T.: Ma’naviyat, 1998.
Sidqiy-Xondayliqiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1998.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.
Yusuf Saryomiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 2002.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #55 : 20 Yanvar 2008, 05:41:15 »
OYDIN HOJIYEVA
 
 

 
1942-yil 22-aprelda Buxoroning Qiziltepa tumanidagi Hojayi Bo’ston qishlog’ida tug’ildi. 1965-yilda ToshDU (hozirgi O’zMU)ning filologiya fakultetini bitirdi.

Uning birinchi mashq she’ri 1953-yili tuman gazetasida chop etildi.

1961-yili “Saodat” (avvalgi “O’zbekiston xotin-qizlari”) jurnalida shoiraning “Tongni qarshilab” she’ri bosildi.

1971-yilda “Shabnam”, “Men sevgan qo’shiq” (1972), “Orzu guli” (1973), “Manzillar” (1971), “Tarovat” (1975), “Navo” (1977), “Mushfiq onajon” (1983), “Javoronok” (1984), “Tamal toshi” (1988), “O’ryukovoy kost” (1985), “Ishonch yulduzlari” (1989), “Chashmalarni izlayman” (1986), “Osnova” (1987), “Ko’zimning oqu qorasi” (1996), “Panohim” (1998) kabi yigirmadan ortiq she’riy va publitsistik to’plamlari nashr etilgan.

Ayol qalbining nozik kechinmalarini ifodalovchi she’r va dostonlari bilan muxlislar e’tiboriga tushdi. U “Sharq Yulduzi” (1965-76), “Saodat” jurnallarida (1976-85) bo’lim mudiri, “Gulxan” oynomasining muharriri (1985-94) bo’ldi.

1992-yilda “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. U “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi (1999), 1994-yildan “Saodat” (unga ilova “Gulchehralar” gazetasi)ning bosh muharriri. Asarlari rus, urdu, ingliz, fransuz, tojik va ukrain tillariga tarjima qilingan.

Asarlari:
Oydin Hojiyeva. “Panohim”. T., “Sharq” NMAK – 1998.
Oydin Hojiyeva. Dostonlar, T., “Adabiyot va san’at” – 1996.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #56 : 20 Yanvar 2008, 05:41:43 »
OZOD SHARAFIDDINOV
 
 

 
Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qo’qon yaqinidagi Oxunqaynar qishlog’ida tug’ildi. Toshkentdagi 14-o’rta maktabni, O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shug’ullandi, o’zbek she’riyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. O’sha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari “Zamon. Qalb. Poeziya” (1962) asarida o’z aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Cho’lpon hayoti va ijodini targ’ib qilishga intildi. O.Sharafiddinov o’zbek adabiyotining Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: “Iste’dod jilolari” (1976), “Adabiy etyudlar” (1968), “Abdulla Qahhor” (1988), “Birinchi mo’jiza” (1979). Olim ijodida o’zga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan “Yalovbardorlar” (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim o’rin egallaydi. O.Sharafiddinov XX asrning 60-yillaridan XIX asrgacha bo’lgan o’zbek adabiy jarayonidagi holatlarni “Talant – xalq mulki” (1979), “Adabiyot – hayot darsligi” (1981), “Go’zallik izlab” (1985), “Haqiqatga sadoqat” (1988), “Sardaftar sahifalari” (1999), “Prezident” (2003) singari asarlarida aks ettirdi.

Mustaqillik yillarida O.Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. “Cho’lpon” (1991), “Cho’lponni anglash” (1994) kitoblari, “E’tiqodimni nega o’zgartirdim?” (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda O.Sharafiddinov o’zbek adiblari, madaniyat-san’at arboblari, olimlar haqida o’nlab maqolalar yozdi. U jahon adabiyotining ko’plab namoyandalari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. “Ko’lmak suvda quyosh parchasi” (Fransuaza Sagan), “Qadimgi xitoy nasri namunalari”, “Monumental targ’ibot” (Vl. Boynovich), “Alximik” (Paulo Koelo) singarilar.

O.Sharafiddinov XX asrning 90-yillari o’rtalarigacha O’zbekiston Milliy universitetida professor bo’ldi. 1995-1997-yillarda “Tafakkur” jurnali bosh muharrir o’rinbosari vazifasini bajardi. U 1997-yildan beri “Jahon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri. O.Sharafiddinov Beruniy nomidagi Davlat Mukofoti laureati (1970), “Buyuk xizmatlari uchun” (1999), “Mehnat shuhrati” (1997) ordenlari sohibi. 2002-yil 23-avgustda O.Sharafiddinovga “O’zbekiston qahramoni” unvoni berildi.

Asarlari:
O.Sharafiddinov. Zamon. Qalb. Poeziya. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1962.
O.Sharafiddinov. Iste’dod jilolari. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1976.
O.Sharafiddinov. Cho’lponni anglash. Toshkent, “Yozuvchi”, 1994.
O.Sharafiddinov. Sardaftar sahifalari. Toshkent, “Yozuvchi”, 1999.
O.Sharafiddinov. Prezident. Toshkent, “Adolat”, 2003.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #57 : 20 Yanvar 2008, 05:42:10 »
TURSUNBOY ADASHBOYEV
 
 

 
Shoir Tursunboy Adashboyev 1939-yil 1-yanvarda Qirg`izistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog`ida tug`ilgan. O`rta maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi O`zMU)ning jurnalistika fakultetida (1962-1968) o`qigan. Moskvadagi Adabiyot institutida ham tahsil olgan.

Tursunboy Adashboev dastlab “Qirg`iziston haqiqati” gazetasi tahririyatida, O`sh viloyati Yozuvchilari uyushmasida xizmat qilgan. U hamisha O`zbekiston ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etgan, she`riy, nasriy asarlari o`zbek tilida chop etilgan. T.Adashboyev “Cho`lpon” nashriyotida 1987-1999-yillargacha muharrir, bo`lim mudiri, bosh muharrir o`rinbosari sifatida faoiliyat ko`rsatdi. Nafaqaga chiqish arafasida 2 yil O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi bo`ldi.

Tursunboy Adashboyev “Kamolning olmasi” (1965), “Biz sayohatchilar” (1967), “Olatog`-lolatog`” (1978), “Jo`nataman quyoshni” (1982), “Arslonbob afsonasi” (1988), “Uch bo`taloq va sirli qovoq” (1990), “Topishmoqli alifbe” (1997) singari 20 ta she`riy to`plam muallifi. U qirg`iz adabiyotidan 30 ga yaqin asar tarjima qilgan. Ular orasida ”Manas”ning nasriy bayoni, “Singan qilich” romani singari asarlari bor. Tursunboy Adashboyev “O`zbekiston xalq maorifi a`lochisi” (1993), “Qirg`izistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi” (1999), “Do`stlik” ordeni (1909), “Manas” ordeni (1995) sohibi.

Tursunboy Adashboyev bola ruhiyatini yumorga moyil tarzda nozik ifodalaydi. Uning kattalar uchun yozilgan asarida ham o`ziga xoslik sezilib turadi. Tursunboy Adashboyev adabiy parodiyalar ustasi.

Asarlari:
Uch bo`taloq va sirli qovoq. T.: "Cho`lpon" 1990.
Topishmoqli alifbe. T.: “Cho`lpon” 1997.
 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #58 : 20 Yanvar 2008, 05:42:39 »
NAIM KARIMOV
 

 
O’zbek adabiyotshunosi Naim Fatihovich Karimov 1932-yil 12-dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tug’ildi. U 1955-yilda SAGU (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati O’zbekiston Respublikasi FA Til va adabiyot instituti bilan uzviy bog’liq. Sal kam ellik yildan beri shu institutda ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bo’lib boshlig’i bo’lib ishlaydi. N.Karimov 20 asr o’zbek adabiyoti xususiyatlarini ochish borasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Chunonchi, jadid adabiyoti, uning hur fikrli, adolatparvar vakillari Hamza, Fitrat, Cho’lpon va boshqalar ijodi haqidagi kitob, maqolalar muallifi. Matnshunos sifatida Oybekning 20, G’afur G’ulomning 12, Hamid Olimjonning 10, Hamzaning 5 jildli to’la asarlarini tayyorlash va nashr etishda ishtirok etgan.

N.Karimov mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo’yicha jamoatchilik komissiyasi raisi (1999-yildan beri) sifatida Toshkentda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasini bunyod etish (2001), shuningdek, Qatag’on qurbonlari muzeyini tashkil qilishda (2002) jamoatchilik ishlarini amalga oshirdi.

N.Karimov “O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” Bosh tahrir hay’ati a’zosi (1997), Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). U O’zbekiston Davlat fan arbobi (1996), “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, filologiya fanlari doktori (1993), professor (1994).

Asarlar:
N.Karimov. Hamid Olimjon. T.: “Yosh gvardiya”, 1979.
N.Karimov. Oybek. T.: “Yosh gvardiya”, 1985.
N.Karimov. Cho’lpon. T.: “Fan”, 1991.
N.Karimov. Usmon Nosir. T.: “Sharq”, 1993.
N.Karimov. Usmon Nosirning so’nggi kunlari. T.: “Sharq”, 1994.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #59 : 20 Yanvar 2008, 05:43:10 »
UMARALI NORMATOV
 

 
Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931-yil 3-yanvarda Farg’ona viloyatining Rapqon qishlog’ida tug’ilgan. O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952-1957), aspiranturasida ta’lim olgan (1959-1962).

1962-yildan hozirgi kungacha o’zbek adabiyoti kafedrasida katta o’qituvchi, dotsent, professor, mudir bo’lib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi o’zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yo’naltirilgan.

U 1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. “Nasrimiz ufqlari” (1974), “Yetuklik” (1982), “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bog’i” (1996), “Umidbaxsh tamoyillar” (2000) singari asarlarida yangi o’zbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. U.Normatov “O’zbekiston fan arbobi” (1981), O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).

Asarlari:
Normatov U. Janr imkoniyatlari. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970.
Normatov U. Yetuklik. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982.
Normatov U. Qodiriy bog’i. T.: “Yozuvchi”, 1996.
Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. T.: “Ma’naviyat”, 2000.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

jahon adabiyoti jurnali mushtariylari klubi tuzilsa

Muallif kanishkaBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 2761
So'nggi javob 04 Fevral 2008, 11:08:22
muallifi shoir
R.Muqimov, M.Sharipov. Qardosh xalqlar adabiyoti

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4677
So'nggi javob 24 Dekabr 2008, 04:20:28
muallifi AbdulAziz
Begali Qosimov va b. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 50269
So'nggi javob 06 Yanvar 2009, 00:44:37
muallifi AbdulAziz
Vohid Abdullayev. O'zbek adabiyoti tarixi. 2-kitob (XVII asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha)

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7554
So'nggi javob 17 Yanvar 2011, 15:20:45
muallifi AbdulAziz
S.Mirzayev, S.Shermuhamedov. Hozirgi zamon o'zbek adabiyoti tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6948
So'nggi javob 05 Fevral 2011, 14:55:10
muallifi AbdulAziz