XIII-XXI asr adabiyoti  ( 56216 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:43:39

HALIMA HUDOYBERDIYEVA
 
Shoira Halima Hudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Boyovutdagi "œTaraqqiyot" jamoa xo’jaligida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini "œSaodat" jurnalida bo’lim boshlig’iligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida "œIlk muhabbat" (1968) she’riy to’plami chop etildi. Shoiraning "œOq olmalar" (1973), "œChaman" (1974) to’plamlari izma-iz bosildi. Halima birdan o’ziga xos shoira sifatida tanildi. 1975-1977-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida o’qidi. Shu yillarda shoiraning "œBeliye yabloki" (Sovetskiy pisatel, 1977), "œSuyanch tog’larim" (1976), "œBobo quyosh" (1977) to’plamlari bosildi.

H.Xudoyberdiyeva "œYosh gvardiya" nashriyotida bo’lim boshlig’i (1978-1982), "œSaodat" jurnalida muharrir o’rinbosari, 1984-1994-yillarda "œSaodat"ning bosh muharriri, 1991-1994-yillarda O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi raisi bo’ldi. Shoira she’rlarida oddiy dehqonlar, ona-yurt harorat bilan kuylandi. Mustaqillik yillarida Halima Xudoyberdiyeva xalq tarixi, mashhur ajdodlar haqida yozdi. "œMuqaddas ayol" (1987), "œBu kunlarga yetganlar bor" (1993), "œTo’marisning aytgani" (1996), "œSaylanma" (2000) shoiraning muhim asarlaridir.

H.Xudoyberdiyeva "œO’zbekiston Xalq shoiri" (1992), Hamza nomidagi "œHurmat belgisi" ordeni sohibasi.

Asarlari:
Bu kunlarga yetganlar bor. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993.
To’marisning aytgani. Toshkent, "œSharq", 1996.
Saylanma. Toshkent, "œSharq", 2000.
 
Qayd etilgan

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:43:59

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:44:24

OMON MUXTOR
 
Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941-yil 16-iyulda Buxoro shahrida tug’ilgan. 1958-yil maktabni, 1964-yil Toshkent Davlat universiteti jurnalistika bo’limini tugatgan. Bolalar gazetasi, O’zbekiston radiosi, Kino qo’mitasida ishlagan. Adabiyot nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983-yildan "œSharq yulduzi" jurnalida ishlab keladi. Hozirgi kunda jurnalning Bosh muharriri.

O.Muxtorning "œYog’du" (1979), "œMarvarid" (1985), "œShiddat" (1990) va boshqa she’riy to’plamlari, tarjima kitoblari bosilgan. Bundan tashqari kattalar va bolalarga mo’ljallangan yangi ertaklar, xayoliy manzaralardan iborat bir necha kitoblari ham nashr etilgan. Adib qator hikoyalar va qissalar kitoblari muallifi, "œNigoh" (1968), "œQushlar va tushlar" (1971), "œShaharlik kelinchak" (1973), "œVazifa" (1988), "œO’lmagan jon" (1995) singarilar shular jumlasidan. Uning qahramonlari oddiy kasb-hunar kishilari. She’rlarida ham, hikoya va qissalarida ham yozuvchi birovga ergashmaydi, o’zi topgan aniq fikr bilan jonli manzara chizishga urinadi. Ayniy, Fitrat, G’afur G’ulom kabi ustozlardan saboq olgani sezilib turadi.

O.Muxtor dastlab "œYillar shamoli" (1976) va "œEgilgan bosh" (1989) degan ikki roman e’lon qildi. Bu romanlar keyinchalik "œBuxorolik bir yigit" (1998) va "œO’lmagan jon" (1995) kitoblarida qayta nashr etildi. Yozuvchining shundan so’ng "œTo’rt tomon qibla" trilogiyasi ("œMing bir qiyofa", "œKo’zgu oldidagi odam", "œTepalikdagi xaroba" romanlari) (2000) bosildi. U yana "œFfu", "œAyollar mamlakati va saltanati" (1997), "œAflotun" (1998), "œMaydon" ("œSharq yulduzi" jurnali 2001-yil 1-son) romanlarini yozdi.

Dastlabki ikki romani ma’lum darajada an’anaviy uslubda bo’lsa, keyingi romanlar o’z shakli va yo’nalishi bilan butunlay yangichadir. Ular asosan, o’zbek xalq ertaklari, qissalari, dostonlari va afsonalariga suyangan holda, bu kungi inson hayotini aks ettirish bilan birga, uning xayol olamiga, ruhiyatiga sayohatni eslatadi. Adib ijodiga xos bo’lib kelgan falsafaga moyillik bu romanlarda bo’rtib ko’rinadi. Inson qismati ham, uning ruh olami ham naqadar murakkab ekanligini aks ettiradi.

Asarlari:
Omon Muxtor. Ming bir qiyofa. Roman. Toshkent, "œSharq", 1994.
Omon Muxtor. Ko’zgu oldidagi odam. Qissa va roman. Toshkent, Adabiyot va san’at, 1996.
Omon Muxtor. Ayollar mamlakati va saltanati. Romanlar. Toshkent, "œSharq", 1997.
 
Qayd etilgan

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:44:55

HUSNIDDIN SHARIPOV
 
1933-yil 10-fevralda Namanganning Pop shahrida tug’ildi. Namangan qishloq xo’jalik texnikumini (1949) va Toshkent qishloq xo’jalik institutini (1954) tugatgan. O’rmon-melioratsiya injeneri.

Namangan o’rmon xo’jalik idorasida injenerlik qildi (1954-1956), viloyat gazetasida adabiy xodim va mas’ul kotib bo’lib ishladi. 1960-yildan "œO’zbekiston madaniyati" gazetasida adabiy kotib, keyin "œSharq yulduzi" jurnali she’riyat bo’limiga mudir bo’ldi (1962-1969, 1976-1977, 1982-1983). 1984-1993-yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi.

"œNavoiy" deb atalgan dastlabki she’ri 1948-yilda, birinchi she’riy kitobi — "œNihol" 1956-yilda bosilib chiqqan. XX asrning oltmishinchi yillarida "œKo’ngil buyurgani" (1961), "œQuyoshga oshiqman" (1963), "œTuproqqa qasida", "œYerning qalbi" (1965), "œMen sizga aytsam" (1968) she’riy to’plamlari, yetmishinchi yillarda "œLirika" (1970), "œDostonlar" (1978) kitobi va "œBir savol" she’riy romani (1973), saksoninchi yillarda esa "œHayajonli daqiqalar" (1980), "œOh, go’zal" (1981), "œXirmon" (1985), "œYana visol" (1987) hamda ikki jildli "œSaylanma" asarlari (1983) nashr etildi. U bolalar uchun "œUkajonlarimga" (1963), "œBu yog’i nima bo’ladi?" (1973), "œChavandoz" (1974) kitoblarini yaratgan. Shoirning "œSeni sevaman" (1958), "œOta o’g’il" (1964), "œAfsona" (1975), "œChollar va kampirlar" (1979), "œYor istab" (1993) kabi pyesalari markaziy va viloyat teatrlarida sahnalashtirildi. Toshkent nashriyotlarida "œVsyo tot je ya" (1970), "œPrivet ot Satvaldi" (1977), "œSovetskiy pisatel" nashriyotida "œSamoye dorogoye" (1980) kitobi rus tilida bosilib chiqqan. Uning o’zi J.Lafonten, I.Turgenev, U.Uitmen, V.Mayakovskiy, B.Brext, P.Neruda, R.Hamzatov asarlarini o`zbekchaga tarjima qilgan.

So’nggi yillarda H.Sharipovning "œYor istab" (1992) she’riy to’plami, "œMing ikkinchi kecha" (1992) va "œQaltis yurish" (1999) dostonlari, "œDo’stim Tojiddin" (2001) nomli hujjatli qissasi, "œAsiringman" (2003) nomli saylanma asarlari nashr etildi. Eng sara asarlari, ruschadan tashqari, ukrain, ozarboyjon, tojik, urdu, polyak, turk va belorus tillariga tarjima etilgan.

Shoir ijodining qamrovi keng: u fazokor parvozidan ham, dehqon kuymanishlaridan ham, ayol qalbi go’zalligidan ham birday zavq oladi. Holat va ruhiy harakat ifodasida aniqlikni, tilda lutfni sevadi.

H.Sharipov — O`zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1983), "œMustaqillik" medali (1992) va "œMehnat shuhrati" ordeni (2000) bilan taqdirlangan.

Asarlari:
H.Sharipov. Saylanma. 2 jildlik. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.
H.Sharipov. Yor istab. Toshkent, "œYozuvchi", 1992.
 
Qayd etilgan

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:45:24

IBROHIM G`OFUROV
 
Yozuvchi, tarjimon, tanqidchi Ibrohim G`ofurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug'ildi. O`rta maktabni tugatgach, 1956-1961-yillarda SAGU (hozirgi O`zMU)ning filologiya fakultetida o`qidi. 1961-1982-yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o`rinbosari lavozimlarida ishladi.

Mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid, badiiy tarjima, ko`p tomlik asarlarning nashr etilishida munosib hissasini qo`shdi. 1982-1995-yillarda "œO`zbekiston adabiyot va san`ati" gazetasida bosh muharrir o`rinbosari bo`lib ishladi.

1995-yilda "œMilliy tiklanish" demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori bo`ldi. U mazkur partiyaning raisi (1996-yildan), "œMilliy tiklanish" gazetasining bosh muharriri.

I.G`afurov "œGo`zallikning olmos qirralari" (1964) "œUnitilmagan bog`" (1965), "œJoziba" (1970), "œYonar so`z" (1973), "œYam-yashil daraxt" (1976), "œYurak-alanga" (1980), "œLirikaning yuragi" (1982), "œShe`riyat - izlanish demak" (1984), "œO`ttiz yil izhori" (1987), "œTil erkinligi" (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U "œDarvoza", "œHumo qushim", "œQaldirg`ochim" singari she`riy nasrlar yoxud mansuralari bilan e`tibor qozondi.

Ibrohim G`afurov jahon adabiyotining "œJinoyat va Jazo", "œTelba", "œQimorboz" (Dostoyevskiy), "œAzizim" (Mopassan), "œAlvido, qurol", "œChol va dengiz" (E.Xeminguey), "œQiyomat", "œChingizxonnig oq buluti" (Chingiz oq buluti), "œYong`in" (V.Rasputin) singari asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

I.G`ofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), O`zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, "œDo`stlik" ordeni sohibi (1995). 1996-yildan u I va II chaqiriq O`zbekiston Oliy Majlisi deputati. Parlamentda "œMilliy tiklanish" eraksiyasi rahbari, 2000-yildan Oliy Majlis matbuot va axborot qo`mitasi raisi o`rinbosari.

Asarlari:
Yurak-alanga. T: Adabiyot va san`at. 1979.
She`riyat - izlanish demak. T: Adabiyot va san`at nashriyoti. 1984.
O`ttiz yil izhori. T.: Adabiyot va san`at nashriyoti, 1987.
 
Qayd etilgan

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:46:01

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:46:36

NAZARMAT
 
Nazarmat (Egamnazarov Nazarmat ) 1917-yil Nov qishlog`ida dehqon oilasida tug`ildi. O`rta ma`lumotni o`z qishlog`ida, oliy ma`lumotni Samarqand Davlat universiteti filologiya fakultetida oldi (1936-1941). Urush qatnashchisi, leytenant, vzvod komandiri, moto-o`qchi batalyon komandiri o`rinbosari (1942-1944), o`zbek tilida chop etiladigan harbiy gazeta muxbiri (1945). Orden va medallar bilan taqdirlangan.

Nazarmat salkam qirq yil davomida "œQizil O`zbekiston" (O`zbekiston ovozi) (1947-1954), "œToshkent haqiqati" (1954-1985) gazetalari tahririyatida bo`lim mudiri vazifalarida ishladi.

Nazarmatning shoir bo`lishida akasi Ashurmat Nazarovning (1913-1964) ta`siri kuchli. Shoirning ilk to`plami - "Yoshlik zavqi" 1941-yilda chop etildi. Shundan beri Nazarmatning 20 ta she`riy, 8 ta nasriy, 10 ta tarjima asarlari to`plamlari chop etildi. Uning "œSir bo`yi - nur bo`yi" (1959), "œShe`rho" (1977), "œGul va gulxan" (1997), "œZamin chiroyi" (2001) to`plamlari ijodkorga shuhrat keltirdi.

To`qson yoshni qoralagan adib Nazarmat hanuz barakali ijod qilmoqda. U O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Oqsoqollar kengashi raisi, "œEl-yurt hurmati" ordeni, "œJasorat" medali sohibi. Unga "œO`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi" unvoni berilgan.

Asarlari:
Mangu olov. She`r va dostonlar. T.: Adabiyot va san`at nashriyoti. 1987.
Gul va gulxan. Saylanma asarlar. T.: Adabiyot va san`at nashriyoti 1997.
Ona ko`rsatgan yo`l. Ocherk va xotiralari. T.: Adabiyot va san`at nashriyoti 1997.
 
Qayd etilgan

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:47:01

IZZAT SULTON (1910-2001)
 
Adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Otaxonovich Sultonov 1910-yilda O’sh shahrida tug’ildi. 14 yoshida Toshkentga kelgan o’spirin "œNarimonov" nomli maktabda o’qidi, ta’lim-tarbiya texnikumini bitirdi (1929), maktabda o’qituvchi bo’ldi (1930). 1930-yilda SAGUning ijtimoiy fakultetiga o’qishga kirdi. "œBatrak" gazetasida mas’ul kotib bo’ldi (1931). 1932-yilda o’zining ilk adabiy-tanqidiy maqolasini "œQizil O’zbekiston" gazetasida chop ettirdi. Aspiranturadagi o’qishni (1934-1937) jurnalistlik, tanqidchilik faoliyati bilan qo’shib olib bordi: "œKambag’al dehqon" gazetasi tahririyatida ishladi. 1937-yildan Izzat Sultonovning qizg’in ijtimoiy faoliyati boshlandi: Til va adabiyot institutining direktor o’rinbosari (1937-1942), O’zbekiston Respublikasi Xalq komissarlari soyuzi qoshidagi radioeshittirish Davlat qo’mitasi raisi muovini (1942-1943), Toshkent badiiy filmlar studiyasi direktori (1943-1945), O’zbekiston Ministrlar Soveti raisining madaniyat ishlari bo’yicha o’rinbosari (1945-1948), O’zbekiston FAning Til va adabiyot instituti direktori (1948-1950), MGUning SSSR xalqlari adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi (1950-1953), O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1956-1963).

Izzat Sulton hech qachon ilmiy va ijodiy faoliyatga befarq bo’lmadi. Ustozi Fitrat ta’sirida adabiyot nazariyasi bo’yicha mutaxassis bo’ldi: A. Sa’diy va Fitratdan keyin "œAdabiyot nazariyasi" (1939) maktab darsligini yaratdi. "œBurgutning parvozi" (1940) dramasini yozdi. 1980-yilda oliy o’quv yurtlari uchun "œAdabiyot nazariyasi" darsligini yaratdi.

Izzat Sulton 1947-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1954-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. "œNavoiyning qalb daftari" (1969) — I. Sultonov ilmiy ijodining cho’qqisi sanaladi. Bu asar 1979, 1985-yillarda rus tilida, A.Zirin tarjimasida chop etilgan. Olimning mumtoz falsafa va adabiyot sohasidagi bilimdonligi "œBahovuddin Naqshband abadiyoti" (1994) monografiyasida yaqqol ko’rinadi.

Izzat Sultonov sal kam 40 yil davomida O’zbekiston FAning Til va adabiyot institutida sektor boshlig’i, maslahatchi sifatida faoliyat ko’rsatdi, Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash raisi bo’ldi. U "œO’zbek sovet adabiyoti tarixi ocherklari" ikki jildligi (1961-1962), "œAdabiyot nazariyasi" ikki jildligi (1978-1979), "œO’zbek sovet tanqidchiligi tarixi" ikki jildligi (1987)ning mualliflaridan biri, muharriri bo’ldi.

Izzat Sultonov — dramaturg: "œAlisher Navoiy (Uyg’un bilan hammuallif, 1942), "œImon" (1960), "œNoma’lum kishi" (1963), "œBilmayin bosdim tikanni", "œIstehkom", "œAbdulla Qodiriyning "œO’tgan kunlar"i singari dramalar", "œFidoyi", "œDahoning yoshligi", "œSenga intilaman" kinossenariylar, "œShoir qalbi" librettosi muallifi.

Izzat Sultonov "œO’zbekistonning san’at arbobi" (1964), O’zbekiston FAning muxbir a’zosi (1966), haqiqiy a’zosi (1995), Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureatidir (1970). Izzat Sulton 2001-yil 29-iyulda vafot etdi, Chig’atoy qabristoniga dafn qilingan.

Asarlari:
Izzat Sulton. Asarlar. 4 tomlik. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1971-1974.
Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti
Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. Toshkent, "œO’qituvchi", 1980.
 
Qayd etilgan

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:47:37

MIRKARIM OSIM (1907-1985)
 
Toshkentda ziyoli oilasida tug’ildi. "Shamsulurfon" maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) o’qidi. San’at, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim bo’ldi, matbuot tahririyatlarida ishladi.

40-yillarning oxirida qatag’onga uchradi, 50-yillarda ozodlikka chiqdi. Tarixiy mavzularda hikoyalar, qissalar yozdi. Asosiy asarlari: "O’tror", "To’maris", "Temur Malik", "Aleksandr va Spitamen", "Astrobod", "œUlug’bek va Navoiy", "Zulmat ichra nur", "Aljabrning tug’ilishi", "Singan setor", "Mohlar oyim va Xonposhsha", "Karvon qo’ng’irog’i", "Elchilar", "Ibn Sino qissasi". Barcha asarlarida xalq tarixi, nurli siymolar xarakteri yorqin tasvirlanadi. 1985-yil fevralida vafot etdi.

Asari:
Mirkarim Osim. Ajdodlar fojeasi. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983, 14,52 b.
 
Qayd etilgan

Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:48:09

ZULFIYA (1915-1996)
 
O’zbek shoirasi. 1915-yilning 1-martida Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabdan so’ng pedagogika institutida va aspiranturada ta’lim olgan. 1938-1948-yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O’zdavnashrda bo’lim boshlig’i, 1950-yildan 1980-yilga qadar "œSaodat" jurnalida ishlagan. 1996-yilda vafot etgan.

1932-yilda "œHayot varaqlari" nomli birinchi she’riy to’plami bosilgan. So’ngra uning "œYuragimga yaqin kishilar", "œYurak hamisha yo’lda", "œKamalak" singari ko’plab she’riy to’plamlari va turkumlari nashr etiladi.

Xalq orasida "œOydinda", "œSensiz", "œYurak", "œFalak", "œBahor keldi seni so’roqlab", "œO’g’irlamang qalamim bir kun", "œBo’m-bo’sh qolibdi bir varaq qog’oz" kabi she’rlari, "œO’g’lim, sira bo’lmaydi urush", "œMushoira" kabi she’rlari mashhur. "œUni Farhod der edilar", "œQuyoshli qalam", "œXotiram siniqlari" kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935-yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vafotidan so’ng ko’plab mahzun she’rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L.Ukrainka, V.Inber va boshqa ko’plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun ko’pgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Nashr qilingan asarlari:
Tanlangan asarlar (3 jildlik). Toshkent. G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983-1986-y.

1915-yil 1-mart. Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida tug'iladi.

1931—34-yillar. Xotin-qizlar bilim yurtida o'qiydi. Adabiy to'garaklarda qatnashadi va she'rlar mashq qiladi.

1931-yil 17-iyul. Birinchi she'ri «Ishchi» gazetasida bosiladi.

1932-yil. Hamid Olimjon bilan uchrashadi.

1932-yil. «Hayot varaqalari» nomli birinchi she'rlar to'plami chop etiladi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o'qiydi.

1933—35-yillar. O'zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi.

1935—38-yillar. O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi til-adabiyot instituti aspiranturasida o'qiydi.

1938-yil. Bolalar nashriyotida muharrir.

1939-yil. «Qizlar qo'shig'i» she'riy kitobi chiqadi.

1941-yil. O'zbekiston Davlat nashriyotida adabiyot bo'limi boshlig'i.

1943-yil. «Hulkar» kitobi, «Uni Farhod der edilar» poemasi nashr etildi.

1944-yil. «Hijron kunlarida» kitobi chiqadi.

1944-yil. Hamid Olimjon vafotiga atab «Kechir, qoldim g'aflatda», «Yulduz», «Ne balolarga etding mubtalo», «Sen qaydasan, yuragim», «Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh», «Bahor keldi seni so'roqlab» she'rlarini yozadi.

1950—53-yillar. «O'zbekiston xotin-qizlari» jurnali bo'limi boshlig'i.

1950-yil. «Men tongni kuylayman» she'riy kitobi chiqadi.

1953-yil. «Dugonalar bilan suhbat» kitobi nashr etiladi. «Oydin» ocherki bosildi.

1954-yil. «Saodat» jurnalining bosh muharriri.

1958-yil. «Yuragimga yaqin kishilar» kitobi chiqadi. «Mushoira» she'ri, «Zaynab va Omon» operasi librettosi yozildi.

1965-yil. O'zbekiston xalq shoiri unvoni beriladi. «Kuylarim sizga» she'rlar to'plami, «O'ylar» adabiy maqolalari kitobi chop etiladi.

1967-yil. Neru xalqaro mukofoti laureati bo'ldi. «Quyoshli qalam» poemasini yozdi.

1970-yil. Nilufar nomli xalqaro mukofot laureati bo'ldi.

1972-yil. «Visol» she'rlar to'plami nashr etildi.

1972-yil. Bolgariya Xalq Respublikasining I-darajali Kirill va Mefodiy ordenini oldi.

1974-yil. 2 jildlik «Asarlar» to'plami chiqdi.

1975-yil. «Yillar, yillar» she'rlar kitobi chop etildi.

1976-yil. «Kamalak» she'rlar kitobi uchun Davlat mukofoti berildi. «Shalola» she'rlar kitobi chiqdi.

1984-yil. Mehnat Qahramoni unvoni berildi. Respublika Davlat mukofoti laureati boldi, Hamid Olimjonning «Semurg'» dostoni asosida pyesa-ertakyozdi.

1996-yil. 81 yoshida vafot etdi.

Qayd etilgan