Kutubxona > O'zbek adabiyoti

XIII-XXI asr adabiyoti

<< < (16/16)

Muhammad Amin:
Sobir O`nar
 

 
 
Sobir O`nar - 1964 - yilda Samarqand viloyatining Quvkalla qishlog`ida, chorvador oilasida tug`ilgan. O`zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Oilali, to`rt farzandning otasi.
1986 - yildan buyon "O`shlik" jurnalining tahririyatida ishlaydi. Hozirda ushbu jurnalning bosh muharriri. 1993 - yili Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. Yozuvchilar uyushmasi a`zosi. Qator qissa va hioyalar muallifi.
Chop etilgan asarlari:
1. "Orzuga to`la qishloq". 1989 - yil.
2. "Ovloq adirlar bag`rida". 1990 - yil.
3. "Chashma". 1991 - yil.
4. "Chambilbelning oydalasi". 2006 - yil.
Yangi "Dunyo shundoq tururmu?" qissasi chop etish arafasida.
 

Muhammad Amin:
Sharof BOSHBEKOV (1951)
 
 

 
 

 
Iste'dodli dramaturg Sharof Boshbekov Samarqandda tavallud topgan. U adabiyotning qutlug' dargohiga 80-yillarning boshlarida qadam qo'ygan. Dastlab hikoya janrida o'zini sinab ko'rgan. Jumladan, uning "G" varianti" hikoyasi (1981) "Jumboq"(1986), "G'urur"(1982) kabi hajviy hikoyalari yuzaga kelgan. Shundan so'ng uning ketma-ket rang-barang mavzudagi sahna asarlari yaratildi. U "Tushov uzgan tulporlar" (1983), "Eshik qoqqan kim?" (1987) kabi komediya, "Qasosli dunyo" kabi qisqa metrajli film ssenariysini yozdi. Shuningdek, "Eski shahar gavroshlari" (1988), "Temir xotin" (1989) kabi jiddiy komediyalarini
yaratdi. Keyinchalik "Taqdir eshigi" dramasi yuzaga keldi. Ayniqsa, "Temir xotin" dramasi adibga katta shuhrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, ruhiyatida sodir bo'layotgan jiddiy o'zgarishlar hajviy yo'sinda umumlashtirilib berilgan. Adibning shu asari asosida kinofilm ham yaratildi (1990). Shuningdek, "Sharif va Ma'ruf", "Yuzsiz" (1993), "Tilla bola" (1994) film ssenariylarini yozishda ham ishtirok etdi. U "Masxaraboz" (1996), "Farhod va Shirin" filmlarinig ssenariysini yozish barobarida o'zi rejissorlik ham qildi. "Charxpalak" nomli 60 qismli videofilm ham tayyorlagan. Shuningdek, "Tentak farishtalar" (1995), "Zo'rdan zo'r chiqsa" (1996) kabi pyesalarini yozdi. Uning "Temir xotin" asari 1989-yil O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasining M.Shayxzoda mukofatiga sazovor bo'ldi. 1990-yilda esa unga Hamza nomidagi respublika davlat mukofoti berildi.
 

 

Muhammad Amin:
Abduqayum Yo`ldoshev
 

 
 

 
 
Abduqayum Yo`ldoshev (adabiy tahalluslari Muhandis, Birlash Yo`ldosh) - 1962-yil, Samarqand viloyati, Qo`shrabot tumanida tug`ilgan. Toshkent politexnika institutini (hozirgi Texnika universiteti) tugallagan. "Sirli olam", "Yoshlik" jurnallarida, "Qalb ko`zi", "Hurriyat", "Mohiyat" gazetalarida faoliyat yuritgan. Ayni paytda "Yoshlik" jurnalida faoliyat yuritmoqda.
1999-yili "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. 1993-yildan buyon O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi.
Chop etilgan asarlari:
1. "Vremya pokupat chyorniye perstni" (hikoyalar to`plami). Moskva, "Yosh gvardiya", 1990 - yil.
2. "Haqiqatdan dars" (hikoyalar to`plami). Toshkent, "Cho`lpon", 1990 - yil.
3. "Qaro ko`zim. Shayx-ur-rais". Toshkent, "Yosh gvardiya", 1990 - yil.
4. "Hurriyat zavqi" (to`plam). Toshkent, "Yozuvchi", 1996 - yil.
5. "Operatsiya "Biomen" " (hikoyalar to`plami, rus tilida). Toshkent, "Yozuvchi", 1988 - yil.
6. "Sunbulaning ilk shanbasi". Toshkent, "Yozuvchi", 1998 - yil.
7. "Timsohning ko`z yoshlari". Toshkent, "Yangi asr avlodi", 2003 - yil.
8. "Parvoz". Toshkent, "Yangi asr avlodi", 2004 - yil.
 

Muhammad Amin:
 Iqbol Mirzo (1967)
 
 

 
 

 
Iqbol Nirzo adabiyotimizning kenja avlodiga mansub bo`lib, 1967-yilning 1-may kuni Farg`ona viloyatining Bag`dod tumanidagi Qo`shtegirmon qishlog`ida tug`ilgan. 1984-yili o`rta maktabni tugatgach, Farg`ona Davlat pedagogika institutining o`zbek tili va adabiyoti fakultetiga o`qishga kirib, uni 1991-yili muvaffaqiyatli tugallagan. 1983-87-yillarda harbiy xizmatni o`tab qaytgan. Iqbol Mirzo avval "O`zbekiston tabiati", "Vatan" kabi gazetalarda bo`lim boshlig`i, mas`ul kotib vazifalarida ishlagan. Hozir O`zbekiston teleradiokompaniyasining "Assalom, O`zbekiston" tahririyatida muharrir bo`lib ishlamoqda. U 1996-yildan buyon O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a`zosi.
Iqbol Mirzoning ijodi 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo`lib, shu kungacha uning "Yurakning shakli", "Ko`ngil", "Seni sog`inaman" kabi she`riy to`plamlari chop etilgan. Shoir she`riyati inson ruhi, qalb harorati, silsilasi tuyg`ularini ifodalash bilan ajralib turadi.           
Xullas, Iqbol Mirzo she`riyatida nafislik va nafosat, ezgulik va qabohat, yaxshilk va jaholat yonma-yon keladi. Shu tarzda katta bir hayot va taqdir, o`tmish va hozir qiyosi tug`iladi, yaxshisi ardoqlanib, yomonidan yuz o`giriladi.
 

Muhammad Amin:
Salim Ashur (1964)
Dushanba, 19 Fevral 2007
 

 
 

 
So`nggi yillarda milliy adabiyotimiz dargohiga bir qator iste`dodli yoshlar kirib keldi. Ular orasida Salim Ashur alohida o`rin tutadi. Avvalo uning o`ziga xos sozi va ovozi she`riyat ixlosmandlari e`tiborini tortdi. U Rauf Parfi, Sirojiddin Sayyid va Abduvali Qutbiddin kabi she`riyatda yangicha usul va uslub yo`lini tanladi. O`zini va o`zgalarni takrorlashni ep ko`rmadi.
Shoir Salim Ashur 1964-yil 16-dekabrda Tojikiston Respublikasining Qo`rg`ontepa viloyati, Qo`rg`ontepa tumanidagi Kuybishev davlat xo`jaligida dehqon oilasida tug`ildi. Otasi - To`ra Ashur o`g`li, onasi Ashurova Niyozxon Abdulla qizi umr bo`yi paxta dalalarida mehnat qilishgan.
Ularning oilasi 1974-yilning bahorida Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumaniga ko`chib o`tadi. Salimning shundan keyingi bolalik va o`smirlik yillari Qiziriq cho`llarida kechdi.
 

 

Navigation

[0] Message Index

[*] Previous page

Go to full version