XIII-XXI asr adabiyoti  ( 75539 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:18:08

Navoiy asarlari haqida
" Xamsa"
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi "œXamsa" asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’liq "œXamsa" yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.

"œXamsa" tarkibiga "œHayratu-l-abror", "œFarhod va Shirin", "œLayli va Majnun", "œSab’ai sayyor", "œSaddi Iskandariy" kabi dostonlar kiradi.

"œHayratu-l-abror"da hamd, munojot, na’t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo’lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtayi nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo’lida ulusdan o’ta olmaganini anglatish bilan o’zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.

"œFarhod va Shirin"da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o’sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqtiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o’zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an’analari yangilangan bo’lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining o’zak muammolarini hal etishda asosiy o’rin tutdi va bu yo’nalishda Ahmad Rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.

"œLayli va Majnun" dostonida arab ertaklari orqali ma’lum syujet o’zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma’naviy zamin bo’ldi. "œXamsa" tarkibidagi "œSab’ai sayyor" va "œSaddi Iskandariy"da shohlik bilan bog’liq masalalarni birinchi o'ringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an’anasida o’zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. "œXamsa"ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414-1492) yuqori baho berdi.

O’R FA ShI qo’lyozmalar fondida 15-20 asrlarda ko’chirilgan 166 qo’lyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.

Navoiy devonidan sahifa
Tasavvufiy asarlari
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa-da, maxsus "œLisonu-t-tayr" dostoni (1499)da, "œNasoyimu-l-muhabbat" manqabasi" (1495-96)da, "œTarixi anbiyo va hukamo"(1485-88), "œArbain", "œMunojot" singari asarlarida aks etgan.

"œLisonu-t-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Navoiy asarlarini diniy va so’fiylik jihatidan o’rganish kengaydi, ular obyektiv va ilmiy bahosini olmoqda. "œArbain", "œMunojot" kabi asarlari chop etildi. Jomiyning "œNafahotu-l-uns min hazaroti-l-quds" tazkirasini tarjima qilib va to’ldirib, so’z yuritilgan 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.


Nasriy asarlari
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy yo’nalishdadir.

"œMahbubu-l-qulub" (1500-01) Navoiyning so’nggi yirik asari bo’lib, unda ulug’ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to’plagan boy tajribasi o’z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda "œSoriun-nosning af’ol va ahvolining kayfiyati" (1), axloqiy muammolar (2), "œmutafarriqa favoyid va amsol surati" (3) masalalari ifodalangan.

"œXamsatu-l-mutahayyirin" ("œBesh hayrat", 1494) asarida ustozi va do’sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.

"œHoloti Sayyid Hasan Ardasher" (1488-89), "œHoloti Rahlavon Muhammad" (1493) asarlari manoqib-holot yo’nalishida bo’lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.

"œMunshaot" (1498-99) Navoiyning maktublari to’plami (jami 88 ta xat) bo’lib, ular sog’inchlik xatlari, navro’z tabriklari, ta’ziyanomalar, siyosiy o’gitlar, sulhnomalar va boshqa yo’nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.


Ilmiy-filologik merosi
"œMajolisu-n-nafois" (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo’lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma’lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo’lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to’rtinchi, beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Asar Faxriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy (1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.

Navoiy "œMuhokamatu-l-lug’atayn" asarini o’z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususiyatlari bilan qiyoslashga bag’ishladi. Jonli xalq tilida qo’llanilgan ko’plab so’zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo’llanilishiga sababchi bo’ldi. O’zigacha ishlatilgan so’zlarning yangi ma’no qatlamlarini ochdi. O’zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg’ariydan so’ng ilmiy asosga soldi. O’zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo’ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e’tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.

Aruz nazariyasiga bag’ishlangan "œMezonu-l-avzon" (1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og’zaki she’riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o’rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she’riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To’qqizta yangi vazn va she’riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.

Tarix va iqtisodga oid asarlari
"œTarixi mulki Ajam" ("œAjam shohlari tarixi", 1488) qisqa tarix bo’lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan "œTarixi Tabariy", "œShohnoma" asarlarini mantiqan to’ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so’nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo’lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.

"œTarixi anbiyo va hukamo" ("œPayg’ambarlar va hakimlar tarixi", 1485-1498) asarining birinchi bo’limida "œQissasu-l-anbiyo"lar an’analarini davom ettirib, Odam alayhissalomdan Nuh, Iso, Muso, Ya’qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg’ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni Hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning "œHukamo zikrida" deb nomlangan ikkinchi bo’limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog’urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.

"œVaqfiya" (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag’i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo’nalishda madrasa va xonaqohlarda o’rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o’z ixtiyoridagi mablag’lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog’larni sanab o’tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o’rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:18:32

Arab va fors tillaridagi asarlari

Alisher Navoiy fors tilida yozgan she’rlari asosida "œDevoni Foniy" tuzilgan bo’lib, uning muqaddimasida "œSittai zaruriya" ("œOlti zarurat") va "œFusuli arbaa" ("œTo’rt fasl") forsiy qasidalari majmualari berilgan.
"œSittai zaruriya" to’plamidagi qasidalar "œRuhul-quds" ("œMuqaddas ruh"), "œAynu-l-hayot" ("œHayot chashmasi"), "œTuhfatu-l-afkor" ("œFikrlar tuhfasi"), "œQutu-l-qulub" ("œQalbdar g’izosi"), "œMinhoju-n-najot" ("œQutulish yo’li"), "œNasimu-l-xuld" ("œJannat nasimi") kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan.
"œFusuli arbaa"da Sulton Husayn Boyqaro madhidan so’ng "œBahor", "œSaraton", "œXazon" ("œKuz") va "œDay" ("œQish") vasflari keladi.
Muammo janri qoidalariga bag’ishlangan "œMufradot" (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she’riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uning boshqa janrlar - ruboiy, qit’a, tuyuq, ayrim hollarda, g’azal bilan munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o’rgatish barobarida 121 ta misol keltirdi.
Navoiyning arab tilida "œSab’atu-l-abhur" ("œYetti dengiz") nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug'at xarakteridagi asar yozgani ma’lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada o’rganilmagan.

Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o’rin oldi. Mustaqil O’zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O’zbekiston Davlat mukofoti, O’RFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O’zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo’jaliklari ulug’ shoir nomi bilan ataladi.


Nashr qilingan asarlari:
Alisher Navoiy. Asarlar. -T.: 1963-1968;
Alisher Navoiy. Xazoyinu-l-maoniy. —T.: 1959-60;
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami (20 jildlik) —T.: 1987-1992;
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami (20 jildlik), -T, 1991-1996;
Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiyev). —T.: 1960;
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi G’afur G’ulom). — T.: 1956;
Alisher Navoiy. Hayratu-l-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiyev). —T.: 1970;
Alisher Navoiy. Lisonu-t-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharipov). — T.: 1984;
Alisher Navoiy. Lisonu-t-tayr. — T.: 1991;
Alisher Navoiy. Nasoyimu-l-muhabbat. MAT. -T.: Fan, 2001;
Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.G’aniyeva). — T.: Sharq, 1991;
Alisher Navoiy. Mahbubu-l-qulub. Asarlar. O’n besh tomlik. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Xamsatu-l-mutahayyirin. Asarlar. O’n besh tomlik. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. O’n besh tomlik. T.13. — T.:1967
Alisher Navoiy. Majolisu-n-nafois. Asarlar. O’n besh tomlik. T.12. -T.: 1966;
Alisher Navoiy. Muhokamatu-l-lug’atayn. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Mezonu-l-avzon. Asarlar. O’n besh tomlik T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. O’n besh tomlik. T.15. — T.:1968;
Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. O’n besh tomlik. T.13. —T.: 1967;
Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. O’n besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. — T.:1966;
Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. O’n besh tomlik. T.15.— T.:1968;

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:19:31

MUHAMMAD SOLIH (1455-1534)
 
 

 
 

 
Muhammad Solih 1455-yilda Xorazmda dunyoga keldi. Uning otasi Nur Saidbek Abusaid Mirzo davrida Xorazm hokimi bo`lgan. Xuroson taxtiga Husayn Boyqaro o`tirgach, uning otasi qatl etiladi. Bunday qismat uchun Muhammad Solih Temuriylardan ranjib yurdi va umrining oxirigacha ularga qayishmadi. U bu sulolaning tanazzuliga ko`z tutdi va albatta, o`ziga hayrixoh hukmdor davlat tepasiga kelishiga ishondi. U 1499-yilda temuriylar saroyidan ketdi va Shayboniy tarafiga o`tdi. Shayboniy uni yaxshi kutib oldi va unga "amiru-l-umaro", "maliku-sh-shuaro" unvonlarini berdi.
U davlat ishlarida va harbiy safarlarda Shayboniyxonga hamrohlik qilar edi. Shayboniyxon Buxoroni zabt etib, Samarqand safariga otlanganda vaqtincha uning vasifasini Muhammad Solih bajarib turgan. Shayboniylar davlatiga o`z ixtiyori bilan qo`shilgan Chorjo`yga Muhammad Solih hokim etib tayinlanadi.
Muhammad Solih 1505-1506-yillarda Niso shahri hokimligiga tayinlanadi. 1510-1511-yillargacha shu shaharda yashadi. Muhammad Solih Shayboniyxon vafotidan keyin Buxoroga qaytadi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi.
Muhammad Solihning 76 bob, 8902 misradan tashkil topgan "Shayboniynoma" - epik asari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari, shoirning turkiy va forsiyda bitilgan she`rlaridan bir qancha namunalar saqlanib qolgan.
"Sayboniynoma" asarining asl nusxasi Vena shahrida saqlanmoqda.

Nashr qilingan asarlari:
Muhammad Solih. Shayboniynoma. — T.: 1961.
Muhammad Solih. Shayboniynoma (nashrga tayyorl. E. Shodiyev). —T.: 1989.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:19:59

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483-1530)
 
 

 
 

 
Zahiriddin Muhamad Bobur Farg`ona viloyati poytaxti Andijon shahrida ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo xonadonida dunyoga keldi. Umarshayx Amir Temurga evara - to`rtinchi (Abusaid Mirzo-Sulton Muhammad Mirzo-Mironshoh-Amir Temur) avlod edi. Onasi Qutlug`nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o`zbeklashgan mo`g`ul urug`idan bo`lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgandir.
Otasining bevaqt vafotidan so`ng Bobur 12 yoshida taxtga chiqadi. 1497-yilda Bobur Samarqandni egallaydi. Biroq, Bobur o`z yaqinlarining xiyonati tufayli Samarqandni yuz kun deganda tashlab chiqib ketadi. U Andijonga qaytadi. Biroq u Xo`jandga yetganda shahar xiyonatchilar qo`liga o`tib ketganligi ma`lum bo`ladi. Shaharni qayta olish maqsadida qilingan xatti-harakatlar, Toshkentdagi tog`asidan yordam kutishlar samarasini bermadi. Oilalari Andijonda bo`lgan yigitlar Boburdan ajrala boshlaydi. Shu tariqa ming kishilik qo`shindan ikki yuzdan ortiq kishi qoladi. U qishni Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birida o`tkazadi va ko`klam kelishi bilan qilingan harakatlari ham besamar ketadi.
Shunday kunlarning birida unga bir paytlar xiyonat qilgan Ali Do`st Tag`oyining navkari kelib, unga Tag`oyining tazarrusini yetkazadi. Tag`oyi agar Bobur uning gunohidan o`tsa, o`zi egallab turgan Marg`ilonni topshirishini ma`lum qiladi. Shu tariqa ikki yil davom etgan sargardonlikdan so`ng, Bobur yana o`z ota shahriga qaytadi.
1500-yilda Oysha Sultonbegim Xo`jandga keladi. Bobur uni o`z nikohiga oladi. Aynan shu davrlardan boshlab u she`rlar mashq qila boshlaydi. Uning ilk she`rlari forsiyda yozilgan edi.
Bobur yana hokimiyat uchun kurashlarga sho`ng`ib ketadi. Samarqandni egallaydi. Shayboniyxon yurishidan xabar topgan Bobur kuch to`plash uchun Shahrisabzga ketadi. Bu orada Shayboniyxon Samarqandni egallaydi.
Samarqand qo`ldan ketgach Bobur 240 nafar yigiti bilan Kesh-Hisor oralig`ida sarson bo`lib yuradi. Kech kuz kunlarida Bobur yana Samarqandga kirishga harakat qiladi. U 70-80 nafar yigiti bilan tunda "Feruza" darvozasini ishg`ol qiladi. Tongda esa ikki da`vogar "Ohanin" darvozasi yonida to`qnashadi. Vaziyat Bobur foydasiga hal bo`layotganini ko`rgan Shayboniyxon Samarqandni tashlab chiqib ketadi.
Ko`p o`tmay Shayboniyxon bilan yana to`qnashuv bo`lib o`tadi. Bu safar Bobur yengiladi va Samarqand qamal ichida qoladi. Shayboniyxon Boburga sulh taklif qiladi. U bunga rozilik beradi va shu kuni tunda shaharni tark etadi. Biroq opasi Xonzodabegim shahar darvozasidan chiqqan joyda Shayboniy qo`liga tushadi. Shayboniyxon unga uylanadi va undan Xurrambek ismli farzand ko`radi.
1503-yilning sentabr oyida Bobur Qobul va G`znani jangsiz oladi. Qobuldagi dastlabki yillar og`ir kechadi. 1505-yilda onasi Qutlug`nigorxonim vafot etadi. U kishi Bog`i Navro`ziyga dafn etilgandir.
Shayboniyxon 10 oy davomida Xorazmni qamal qilib, egallagach, yo`lni Xuroson tarafga burdi. Husayn Boyqaro esa barcha Temuriy beklarni to`plab, Shayboniyga qarshi jang qilishga chog`landi. Bu haqda Bobur shunday yozadi: "... Sulton Husayn Mirzodek Temurbek o`rniga o`turg`on ulug` podshoh yig`noq qilib, atfov va javonibdin o`g`lonlarini va beklarini tilatib, Shayboniyxondek g`animning ustiga ozim bo`lg`onda, el oyoq bila borg`onda, biz bosh bila borg`aymiz, el tayoq bila borg`onda - biz tosh bila borg`aymiz..." Biroz bu ish amalga oshmay qoladi. Sababi Husayn Boyqaro yo`lga otlanganda vafot etadi.
1503-1504-yillarda Afg’onistonni egalladi.
Bobur Qobulni olgach bobolari rusumlarini o`zgartiradi. U o`zini xon emash, shoh deb ataydi. U Hindistonni egallash rejasini tuza boshlaydi. Bu maqsadda qilgan ilk harakatlati 1507-yilning yanvar oylariga to`g`ri keladi. Bobur Hindistonni 1526-yildagina olishga muvaffaq bo`ladi. U o`zining 12 ming kishilik qo`shini bilan Ibrohim Lodining 100 ming kishilik qo`shinini yengib chiqadi va XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar hukmronlik qilgan Boburiylar imperiyasiga asos soldi. Yevropada u "Buyuk mo`g`ul imperiyasi" nomi bilan shuhrat qozongandir.
Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etadi. Keyinchalik uning hoki o`z vasiyatiga ko`ra Qobulga ko`chirilgan.
Adabiy merosi
Bobur yigirma yoshligi chog`ida yangi yozuv - "Xatti Boburiy"ni kashf qilgan.
U ajoyib she`rlar yozgan, musiqa bilan shug`ullangan. "Boburnoma"day ulkan tarixiy-badiiy asarni yaratdi. 1521-yilda soliqlarni tartibga soluvchi she`riy janrdagi "Mubayyina-l-zakot" (Zakot bayoni) asarini yozdi. 1523-1525-yillarda aruz vazni haqida risola tuzdi. Bu risolasi "Muxtasar" nomi bilan shuhrat qozongan bo`lib, Alisher Navoiyning "Mezonu-l-avzon"dan keyingi aruzga bag`ishlangan ikkinchi kitob bo`lib hisoblanadi. Boburning "Harb ishi", "Musiqa ilmi" nomli asarlari hozirgacha topilgan emas.
U tarjima sohasida ham faoliyat yuritgan. Bobur Xo`ja Ahrorning "Volidiya" asarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.
Bobur o`zbek va tojik tilida ijod qilgan. U o`zbekcha she`rlarini to`plab 1519-yilda Qobulda, 1528-1529-yilda Hindistonda devonlar tuzdi. Bu ikki devon o`sha joy nomlari bilan "Qobul devoni" va "Hind devoni" deb nomlanadi. "Qobul devoni" hozirgacha topilgan emas.
Bizgacha yetib kelgan she`rlarning umumiy soni 400 tani tashkil etadi. Shulardan 119 tash g`azal, 231 tasi ruboiydir.
She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mukammaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.
Boburning ulug’ asari "œBoburnoma" bo’lib, uni "œVaqoye" deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529-yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. "œBoburnoma"ning o’ndan ortiq qo’lyozma nusxalari bor.


 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:20:17

Nashr qilingan asarlari:
Bobur. Tanlangan asarlar. —T.: 1958;
Bobur. Asarlar. Uch jildlik.-T.: Fan, 1965-66;
Bobur. Boburnoma. -T.: 1960, 1989;
Bobur. Muxtasar. Toshkent, 1971;
Babur. Traktat ob aruze (rodg. I.Steblevoy). — M.:1972;
Bobur. Devon. —T.: Fan. 1994; 6. Bobur. Mubayyin. — T.: 2001.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:20:40

SAKKOKIY
 
 

 
 

 
15-asr she’riyatining iste’dodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida g’azalgo’y va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tug’ilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda - Shohruh Mirzo va Ulug’bek saroyida o’tkazgan.

Sakkokiyning g’azal va qasidalardan iborat devoni yetib kelgan. Adabiyot tarixida qasida janrining asoschilaridan biri sifatida iz qoldirgan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi Ulug’bekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar v.b.) yozgan va zamonasining ulug’ shaxslarini madh etgan.

Sakkokiy g’azallarining o’ziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir g’azallarining asosiy qahramoni oshiq, ma’shuqa va raqib timsollari.

Nashr qilingan asarlari:
Sakkokiy. G’azallar. — T.: 1966;
Sakkokiy. G’azallar, qasida. Kitobda: Hayot vasfi. - T.: 1988
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:21:09

GADOIY
 
 

 
 

 
O’zbek mumtoz she’riyatining taniqli namoyandasi, 1403-1404-yillarda tug’ilganligi taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri.

Shoir merosidan birgina devon saqlangan bo’lib, umumiy hajmi 2974 misradir. Qo’lyozma Parij Milliy kutubxonasi (inv.981)da saqlanadi. Devon taxminan 15-asrning oxiri — 16-asrning boshlarida ko’chirilgan (Lutfiy devoni bilan bir muqovada), uning tarkibida 230 g’azal, bir tugallanmagan qasida, mustahzod va 5 qit’a bor.

Nashr qilingan asarlari:
Gadoiy. She’rlar (nashrga tayyorl. S.G’aniyeva). — T.: 1965;
Gadoiy. Devon (nashrga tayyorl. E.Ahmadxo'jayev). — T.: 1973;
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:21:38

UBAYDIY (1487-1540)
 
 

 
 

 
Taniqli shoir, davlat arbobi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Buxoroda tug’ilgan, Shayboniyxonning jiyani. Buxoro xoni sifatida (1533-1539) mamlakatda obodonchilik va madaniy-ma’rifiy ishlarni yuksaltirgan.

Mashhur Mirarab madrasasi uning davrida qurilgan. Tasavvufda yassaviya-jahriya tariqatiga kirgan. Yassaviyga ergashib, hikmatlar; Navoiyga ergashib g’azallar yozgan. Shoirning kulliyoti O’R FA ShIda 8931 raqami ostida saqlanadi. Kulliyotga "œDevon" va "œG’ayratnoma", "œShavqnoma", "œKitobu-s-salot" ("œNamoz kitobi") asarlari ham kirgan.

Ubaydiyning "œDevon"idagi turkiy g’azallar "œVafo qilsang" nomi bilan e’lon qilingan (nashrga tayyorlovchi A.Hayitmetov), shoir ijodi yuzasidan M.Abdullayev nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Nashr qilingan asari:
Qul Ubaydiy. Vafo qilsang... -T.: 1994 (nashrga tayyorl. A.Hayitmetov).
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:22:11

MUHAMMADNIYOZ NISHOTIY
 
 
Taniqli o’zbek shoiri, liro-epik she’riyat taraqqiyotida alohida o’ringa ega Nishotiy 1701-yilda Xorazmda tug`ilgan.
Ijodiy merosidan lirik she’rlari va "œHusnu Dil" dostoni yetib kelgan. She’rlari "œG’azaliyot va muxammasoti Nishotiy", "œBayozi mutafarriqa", "œBayozi majmuayi ash’or" kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan ko’chirilgan devoni (1903) O’R FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.

Yirik asari "œHusnu Dil" dostoni Buxoroda (1778) yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur bo’lib, Yahyo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bob, 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, ko’ngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Xayol, G’amza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-ta’limiy g’oyalari ifodalangan. "œQushlar munozarasi" asari ham allegorik - majoziy xarakterga ega bo’lib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning o’zaro bahs-munozaralari orqali o’z qarashlarini bayon etadi.

Nashr qilingan asarlari:
Nishotiy. Husnu Dil. Lirika. —T.: 1967.
Nishotiy. Qushlar munozarasi. Jurn. "œGuliston". —1970
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:22:50

Mahmudho’ja Behbudiy (1875-1919)
 

 
 

 
Buyuk ma’rifatparvar, alloma, dramaturg va jamoat arbobi Mahmudxo`ja Behbudiy 1875-yilining 20-yanvarida Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Oiladagi muhit undagi ma’rifat, adabiyot va ijtimoiy hayotga bo’lgan qiziqishning tezroq ro’yobga chiqishiga imkon berdi.

Behbudiyning otasi islom huquqshunosligi bo’yicha yirik mutaxassis bo’lib, bu borada ko’plab kitob va risolalar yaratgan edi. Bu haqda Behbudiy otasi yozgan "œHidoya " asari hayotida juda katta rol o’ynaganini aytadi.

        Behbudiy adabiyot, tarix fanlari qatori siyosatshunoslik bilan ham jiddiy shug’ullandi. Gazeta va jurnallar orqali jahonda sodir bo’layotgan siyosiy voqealar bilan tanishib bordi. U Makkaga borish maqsadida arab tilini o’rganib, islom tarixi va nazariyasi bilan shug’ullandi. U 1899-yilda hajga bordi va muftiy unvoniga sazovor bo’ldi. So’ngra Qozon va Ufa shaharlarida bo’lib, Evropa madaniyati bilan ham qiziqdi. O’sha davrda Qozon va Orenburgda chiqadigan arab imlosidagi jurnal va gazetalar bilan hamkorlik qildi. Uning qator maqolalari ham nashrlarda chiqa boshladi. Maktab, maorif va madaniyat masalari hamda ma’rifatparvarlik g’oyalari targ’iboti ushbu maqolalarning markazida turdi.

       Xususan, qrim-tatar allomasi Ismoil Gaspirali va u bosh muharrirlik qilgan "œTarjumon" gazetasi Mahmudxo`ja Behbudiyni buyuk ma’rifatchi va o’zbek milliy jadidchilik yo’nalishining otasi darajasiga ko’tardi.

Behbudiy dunyoqarashida Rossiyadagi eng nufuzli bo’lgan kadetlar partiyasi a’zolari bilan uchrashuv va ular harakatnomalarining ta’siri ham katta bo’lgan.

    1912-13-yillarda Behbudiy Samarqandda "œSamarqand" gazetasi, "Oyna" jurnaliga asos soldi. U 1914-yilda yana Turkiya, Misrga borib, u yerdan muhim kitoblar, o’quv qo’llanmalarini olib keladi, yangi usuldagi maktab dasturi ustida ishlashga kirishadi. Biroq, u turli to’siqlarga uchrab, "jadidlar rahnomasi", "dahriy" deb e’lon qilinadi. Shunga qaramay u tatar mutafakkiri Gaspiralining ma’rifatchilik borasidagi ta’limotini qo’llab — quvvatlab, o’z o’lkasida ham shunday ishlarni amalga oshirishga kirishadi va ko’p o’tmay ma’rifatparvar sifatida o’z xalqi hurmatiga sazovor bo’ladi. U bir qator Sharq va G’arb tillarini bilgan yuksak madaniyat sohibi bo’lishi  bilan birga, umuminsoniy madaniyatning tolmas targ’ibotchisi ham bo`lgan.

        Behbudiy o’zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, "Muntaxabi jug’rofiyayi imumiy" - (1903) "œKitobu-l-atfol" (1904) "Muxtasari tarixi islom" (1904) "Amaliyoti islom" (1905) "Rusiyaning qisqacha jo’g’rofiyasi" (1908) kabi darslik va kitoblar yozgan. Uning 1901-yildan boshlab "œTurkiston viloyatining gazeti", "Taraqqiy", "Xurshid", "œShuhrat", "Tujjor, "œOsiyo, "œHurriyat", "œTuron", "œSadoyi Turkiston", "œUlug’ Turkiston", "œNajot", "Mehnatkashlar tovushi", "Tirik so’z", "Tarjumon", "Sho’ro", "Vaqt", "Toza hayot", "Samarqand", "Oyna" kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyparvar kishilar va ayniqsa, yoshlarning diqqat-e’tiborini qozongan.

            Behbudiy adib sifatida "œPadarkush" dramasini yaratgan. 1913-yilda Samarqandda nashr etilgan bu dramada u yoshlarning ilmli, madaniyatli bo’lishlari lozimligini qayd etgan.

            Mahmudxo`ja Behbudiyning "Padarkush" dramasi 1911-yilda yozilgan bo’lib, dastlab 1912-yilda "œTuron" gazetasida bosilgan. 1913-yilga kelib kitob holida chop etilgan. Shundan so’ng tez fursatda Samarqand, Buxoro va Toshkent teatri sahnalarida ijro etilgan. Drama kompozitsion qurilishiga ko’ra jiddiy bo’lgan holda, mazmun-g’oya jihatidan ancha qamrovlidir. Xususan, undagi xarakter va harakat, shakl-shamoil mazkur janr talablariga ancha mos edi. Dramadagi qahramonlar esa ikki qutbda—ikki xil harakat bilan yashaydilar. Bir tomonda boy, o’g’li va uning gumashtalari bo’lsa, ikkinchi tomonda domla, ziyoli obrazlari asar g’oyasini ochishda muhim o’rin egallaydi.

              O’zbek dramaturgiyasiga, umuman, teatriga poydevor qo’ygan bu asar o’z davrida Abdulla Qodiriyning "œBaxtsiz kuyov" dramasi, Mirmuhsin-Fikriyning "œBefarzand Ochildiboy", Hamzaning "œYangi Saodat" kabi qissalarining yaratilishiga turtki bergan.

             Albatta, Behbudiyning xalq o’rtasida ortib borayotgan obro’-e’tibori nafaqat amirlik rahbarlari, balki bolsheviklarning ham reja va niyatlariga zid edi. 1919-yilda xorij safariga chiqqan Behbudiy ular chaquvi bilan Qarshida ushlanib, Said Olimxon farmoni bilan qatl qilinadi.

            Qarshi shahri 1920-30-yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy 1937-yilga kelib qatag’on qilinadi va 1956-yili oqlanadi.

             1977-yili allomaning "œSaylanma"si chop etildi. Asarlari darslik  va qo’llanmalarga kiritilib, ko’cha va mahallalar uning nomiga qo’yildi. Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy meros o’z xalqining Istiqloliga xizmat etmoqda.
 

 

Qayd etilgan