Navoiy asarlari haqida
" Xamsa"
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi "œXamsa" asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’liq "œXamsa" yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.
"œXamsa" tarkibiga "œHayratu-l-abror", "œFarhod va Shirin", "œLayli va Majnun", "œSab’ai sayyor", "œSaddi Iskandariy" kabi dostonlar kiradi.
"œHayratu-l-abror"da hamd, munojot, na’t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo’lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtayi nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo’lida ulusdan o’ta olmaganini anglatish bilan o’zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.
"œFarhod va Shirin"da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o’sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqtiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o’zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an’analari yangilangan bo’lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining o’zak muammolarini hal etishda asosiy o’rin tutdi va bu yo’nalishda Ahmad Rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.
"œLayli va Majnun" dostonida arab ertaklari orqali ma’lum syujet o’zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma’naviy zamin bo’ldi. "œXamsa" tarkibidagi "œSab’ai sayyor" va "œSaddi Iskandariy"da shohlik bilan bog’liq masalalarni birinchi o'ringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an’anasida o’zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. "œXamsa"ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414-1492) yuqori baho berdi.
O’R FA ShI qo’lyozmalar fondida 15-20 asrlarda ko’chirilgan 166 qo’lyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.
Navoiy devonidan sahifa
Tasavvufiy asarlari
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa-da, maxsus "œLisonu-t-tayr" dostoni (1499)da, "œNasoyimu-l-muhabbat" manqabasi" (1495-96)da, "œTarixi anbiyo va hukamo"(1485-88), "œArbain", "œMunojot" singari asarlarida aks etgan.
"œLisonu-t-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Navoiy asarlarini diniy va so’fiylik jihatidan o’rganish kengaydi, ular obyektiv va ilmiy bahosini olmoqda. "œArbain", "œMunojot" kabi asarlari chop etildi. Jomiyning "œNafahotu-l-uns min hazaroti-l-quds" tazkirasini tarjima qilib va to’ldirib, so’z yuritilgan 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.
Nasriy asarlari
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy yo’nalishdadir.
"œMahbubu-l-qulub" (1500-01) Navoiyning so’nggi yirik asari bo’lib, unda ulug’ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to’plagan boy tajribasi o’z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda "œSoriun-nosning af’ol va ahvolining kayfiyati" (1), axloqiy muammolar (2), "œmutafarriqa favoyid va amsol surati" (3) masalalari ifodalangan.
"œXamsatu-l-mutahayyirin" ("œBesh hayrat", 1494) asarida ustozi va do’sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.
"œHoloti Sayyid Hasan Ardasher" (1488-89), "œHoloti Rahlavon Muhammad" (1493) asarlari manoqib-holot yo’nalishida bo’lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.
"œMunshaot" (1498-99) Navoiyning maktublari to’plami (jami 88 ta xat) bo’lib, ular sog’inchlik xatlari, navro’z tabriklari, ta’ziyanomalar, siyosiy o’gitlar, sulhnomalar va boshqa yo’nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.
Ilmiy-filologik merosi
"œMajolisu-n-nafois" (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo’lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma’lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo’lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to’rtinchi, beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Asar Faxriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy (1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.
Navoiy "œMuhokamatu-l-lug’atayn" asarini o’z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususiyatlari bilan qiyoslashga bag’ishladi. Jonli xalq tilida qo’llanilgan ko’plab so’zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo’llanilishiga sababchi bo’ldi. O’zigacha ishlatilgan so’zlarning yangi ma’no qatlamlarini ochdi. O’zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg’ariydan so’ng ilmiy asosga soldi. O’zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo’ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e’tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.
Aruz nazariyasiga bag’ishlangan "œMezonu-l-avzon" (1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og’zaki she’riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o’rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she’riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To’qqizta yangi vazn va she’riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.
Tarix va iqtisodga oid asarlari
"œTarixi mulki Ajam" ("œAjam shohlari tarixi", 1488) qisqa tarix bo’lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan "œTarixi Tabariy", "œShohnoma" asarlarini mantiqan to’ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so’nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo’lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.
"œTarixi anbiyo va hukamo" ("œPayg’ambarlar va hakimlar tarixi", 1485-1498) asarining birinchi bo’limida "œQissasu-l-anbiyo"lar an’analarini davom ettirib, Odam alayhissalomdan Nuh, Iso, Muso, Ya’qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg’ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni Hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning "œHukamo zikrida" deb nomlangan ikkinchi bo’limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog’urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.
"œVaqfiya" (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag’i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo’nalishda madrasa va xonaqohlarda o’rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o’z ixtiyoridagi mablag’lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog’larni sanab o’tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o’rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.