Mahmudho’ja Behbudiy (1875-1919)
Buyuk ma’rifatparvar, alloma, dramaturg va jamoat arbobi Mahmudxo`ja Behbudiy 1875-yilining 20-yanvarida Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Oiladagi muhit undagi ma’rifat, adabiyot va ijtimoiy hayotga bo’lgan qiziqishning tezroq ro’yobga chiqishiga imkon berdi.
Behbudiyning otasi islom huquqshunosligi bo’yicha yirik mutaxassis bo’lib, bu borada ko’plab kitob va risolalar yaratgan edi. Bu haqda Behbudiy otasi yozgan “Hidoya †asari hayotida juda katta rol o’ynaganini aytadi.
Behbudiy adabiyot, tarix fanlari qatori siyosatshunoslik bilan ham jiddiy shug’ullandi. Gazeta va jurnallar orqali jahonda sodir bo’layotgan siyosiy voqealar bilan tanishib bordi. U Makkaga borish maqsadida arab tilini o’rganib, islom tarixi va nazariyasi bilan shug’ullandi. U 1899-yilda hajga bordi va muftiy unvoniga sazovor bo’ldi. So’ngra Qozon va Ufa shaharlarida bo’lib, Evropa madaniyati bilan ham qiziqdi. O’sha davrda Qozon va Orenburgda chiqadigan arab imlosidagi jurnal va gazetalar bilan hamkorlik qildi. Uning qator maqolalari ham nashrlarda chiqa boshladi. Maktab, maorif va madaniyat masalari hamda ma’rifatparvarlik g’oyalari targ’iboti ushbu maqolalarning markazida turdi.
Xususan, qrim-tatar allomasi Ismoil Gaspirali va u bosh muharrirlik qilgan “Tarjumon†gazetasi Mahmudxo`ja Behbudiyni buyuk ma’rifatchi va o’zbek milliy jadidchilik yo’nalishining otasi darajasiga ko’tardi.
Behbudiy dunyoqarashida Rossiyadagi eng nufuzli bo’lgan kadetlar partiyasi a’zolari bilan uchrashuv va ular harakatnomalarining ta’siri ham katta bo’lgan.
1912-13-yillarda Behbudiy Samarqandda “Samarqand†gazetasi, â€Oyna†jurnaliga asos soldi. U 1914-yilda yana Turkiya, Misrga borib, u yerdan muhim kitoblar, o’quv qo’llanmalarini olib keladi, yangi usuldagi maktab dasturi ustida ishlashga kirishadi. Biroq, u turli to’siqlarga uchrab, â€jadidlar rahnomasiâ€, â€dahriy†deb e’lon qilinadi. Shunga qaramay u tatar mutafakkiri Gaspiralining ma’rifatchilik borasidagi ta’limotini qo’llab – quvvatlab, o’z o’lkasida ham shunday ishlarni amalga oshirishga kirishadi va ko’p o’tmay ma’rifatparvar sifatida o’z xalqi hurmatiga sazovor bo’ladi. U bir qator Sharq va G’arb tillarini bilgan yuksak madaniyat sohibi bo’lishi bilan birga, umuminsoniy madaniyatning tolmas targ’ibotchisi ham bo`lgan.
Behbudiy o’zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, â€Muntaxabi jug’rofiyayi imumiy†- (1903) “Kitobu-l-atfol†(1904) â€Muxtasari tarixi islom†(1904) â€Amaliyoti islom†(1905) â€Rusiyaning qisqacha jo’g’rofiyasi†(1908) kabi darslik va kitoblar yozgan. Uning 1901-yildan boshlab “Turkiston viloyatining gazetiâ€, â€Taraqqiyâ€, â€Xurshidâ€, “Shuhratâ€, â€Tujjor, “Osiyo, “Hurriyatâ€, “Turonâ€, “Sadoyi Turkistonâ€, “Ulug’ Turkistonâ€, “Najotâ€, â€Mehnatkashlar tovushiâ€, â€Tirik so’zâ€, â€Tarjumonâ€, â€Sho’roâ€, â€Vaqtâ€, â€Toza hayotâ€, â€Samarqandâ€, â€Oyna†kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyparvar kishilar va ayniqsa, yoshlarning diqqat-e’tiborini qozongan.
Behbudiy adib sifatida “Padarkush†dramasini yaratgan. 1913-yilda Samarqandda nashr etilgan bu dramada u yoshlarning ilmli, madaniyatli bo’lishlari lozimligini qayd etgan.
Mahmudxo`ja Behbudiyning â€Padarkush†dramasi 1911-yilda yozilgan bo’lib, dastlab 1912-yilda “Turon†gazetasida bosilgan. 1913-yilga kelib kitob holida chop etilgan. Shundan so’ng tez fursatda Samarqand, Buxoro va Toshkent teatri sahnalarida ijro etilgan. Drama kompozitsion qurilishiga ko’ra jiddiy bo’lgan holda, mazmun-g’oya jihatidan ancha qamrovlidir. Xususan, undagi xarakter va harakat, shakl-shamoil mazkur janr talablariga ancha mos edi. Dramadagi qahramonlar esa ikki qutbda–ikki xil harakat bilan yashaydilar. Bir tomonda boy, o’g’li va uning gumashtalari bo’lsa, ikkinchi tomonda domla, ziyoli obrazlari asar g’oyasini ochishda muhim o’rin egallaydi.
O’zbek dramaturgiyasiga, umuman, teatriga poydevor qo’ygan bu asar o’z davrida Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov†dramasi, Mirmuhsin-Fikriyning “Befarzand Ochildiboyâ€, Hamzaning “Yangi Saodat†kabi qissalarining yaratilishiga turtki bergan.
Albatta, Behbudiyning xalq o’rtasida ortib borayotgan obro’-e’tibori nafaqat amirlik rahbarlari, balki bolsheviklarning ham reja va niyatlariga zid edi. 1919-yilda xorij safariga chiqqan Behbudiy ular chaquvi bilan Qarshida ushlanib, Said Olimxon farmoni bilan qatl qilinadi.
Qarshi shahri 1920-30-yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy 1937-yilga kelib qatag’on qilinadi va 1956-yili oqlanadi.
1977-yili allomaning “Saylanmaâ€si chop etildi. Asarlari darslik va qo’llanmalarga kiritilib, ko’cha va mahallalar uning nomiga qo’yildi. Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy meros o’z xalqining Istiqloliga xizmat etmoqda.