MUHAMMADRIZO OGAHIY (1809-1874)
Ulug’ o’zbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammadrizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tug’ildi. Uch yoshligida otasi o’lib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829-yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857-yilda miroblikdan iste’fo beradi. Qolgan umrini ijodga bag’ishlaydi. 1874-yilda 65 yoshida vafot etadi.
Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (O’zFA ShI inv. â„– 938), 19 ta asarni o’zbek tiliga tarjima qildi (inv. â„– 1214; 809.), 5 ta tarixiy asar yozdi (inv. â„– 7474). U shoir sifatida Navoiy an’analarini davom ettirdi. "œTa’vizu-l-oshiqin" ("œOshiqlar tumori") nomli devon tuzgan. Unda 18.000 misra she’ri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy she’rlari. U 20 ga yaqin she’riy janrlarda asarlar yaratgan.
O’zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U "œRiyozu-d-davla" (1844), "œZubdatu-t-tavorix" (1845-1846), "œJome’u-l-voqeoti Sultoniy" (1856), "œGulshani davlat" (1865), "œShohidi iqbol" (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi.
Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq Sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Ular Nizomiyning "œHaft paykar" (nasr bilan), Sa’diyning "œGuliston", Kaykovusning "œQobusnoma", Mirxondning "œRavzatu-s-safo", Muhammad Mahriy Astrabodiyning "œTarixi Jahonkushoyi Nodiriy", Zayniddin Vosifiyning "œBadoe’u-l-vaqoye’", Mahmud G’ijduvoniyning "œMiftohu-t-tolibin", Muhammad Muqim Hirotiyning "œTaboqoti Akbarshohiy", Muhammad Yusuf Munshiyning "œTazkirayi Muqimxoniy", Rizoqulixon Hidoyatning "œRavzatu-s-safoyi Nosiriy", Husayn Voiz Koshifiyning "œAxloqi Muhsiniy", Muhammad Vorisning "œZubdatu-l-hikoyat", "œSharhi daloyilul-hayrot", Jomiyning "œYusuf va Zulayho", Badriddin Hiloliyning "œShoh va gado", Nizomiyning "œHaft paykar" kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir.
Nashr qilingan asarlari:
Ogahiy. Ta’vizu-l-oshiqin. —T.: 1960;
Ogahiy. Asarlar (nashrga tayyorl. G’.Karimov va S.Dolimov). Olti jildlik -T.: 1971;
Ogahiy. Ishq ahlining tumori (nashrga tayyorl. F.G’anixo’jayev v.b.) . — T.: 1999.