Muallif Mavzu: XIII-XXI asr adabiyoti  ( 54471 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #30 : 20 Yanvar 2008, 05:28:40 »
MUHYIDDIN MUHYI (1835-1911)
 

 
Muhyi Qo’qon adabiy muhitiga mansub shoir bo’lib, ikki tilda ijod qilgan. She’rlari turli mavzularda. Asosan, ishq, tarkidunyochilik va xilvatnishinlik kayfiyatida.

Muhyining g’azal-munojotlari shoirning dunyoqarashi in’ikosidir (“O’tub umrim xato birlan kechurgaysan gunoh, yo rab”, “Mani ishqi majoziyg’a giriftor aylama, yo rab”).

 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #31 : 20 Yanvar 2008, 05:29:05 »
 UBAYDULLA ZAVQIY (1853-1921)
 
 
Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy o’rin egallaydi. Zavqiyning “Kelmasa kelmasun, netay?” radifli g’azali o’zbek mumtoz adabiyotining go’zal an’analarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.

Shuningdek, Zavqiy Muqimiy boshchiligidagi satirik maktabning yetakchi namoyandalaridan biridir. Shoirning “Zamona kimniki?”, “Dar mazammati zamona”, “Bo’l”, “Muncha ko’p” kabi she’rlari ijtimoiy satiraning yuksak namunalari bo’lib, ularda oddiy xalqning kulfati va mashaqqatli hayoti, ayanchli ahvoli real suratlarda tasvirlanadi.

Zavqiyning “Voqeayi qozi saylov”, “Qahatchilik” dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir.

Manbalar:
Zavqiy. Tanlangan asarlar. T., 1958.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #32 : 20 Yanvar 2008, 05:29:45 »
YUSUF SARYOMIY (1840-1912)
 
 
Saryomiy 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asr boshlari o’zbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan.

Shoirning ijodiy merosi Tavallo tomonidan tuzilgan “Devoni Mavlaviy Yusuf Saryomiy” (1914)da jam bo’lgan.

 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #33 : 20 Yanvar 2008, 05:30:25 »
SHERMUHAMMAD MUNIS (1778-1829)
 

 
Yirik o’zbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Avazbiy mirob oilasida (1778) tug’ildi. 1800-yilda otasi va og’a-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq, va uning o’g’li Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis “Firdavsu-l-iqbol” nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813-yilgacha bo'lgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.

Munis “Munisu-l-ushshoq” (“Oshiqlar do’sti”) nomli devon (1804-05) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda ko’chirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari O’zFA ShI qo’lyozmalar fondida saqlanadi (inv.? 1330, 1793, 7865, 940, 9556, 62, 63, 64, 9177, 10937). Munisning she’riy merosi 10 000 baytga yaqin. U mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Mirxondning “Ravzatu-s-safo” asarini o’zbek tiliga tarjima qiladi. 1804-yilda arab alifbosini o’rganishga bag’ishlangan “Savodi ta’lim” nomli she’riy manzumani yaratdi.

Nashr qilingan asarlari:
Munis. Tanlangan asarlar. –T.: 1957;
Munis. Saylanma. –T.: 1980.
 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #34 : 20 Yanvar 2008, 05:30:52 »
 KOMIL XORAZMIY (1825-1899)
 

 
Komil 1825-yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.

Komil – lirik shoir. Uning lirikasida insoniy muhabbat va fazilatlar ulug’lanadi. Hajviy she’rlarida fuzalo va juhalo qiyoslanadi. “Komil”, “Ikki sho’x” va “Qasidayi Navro’z” kabi ma’rifatparvarlik asarlari muallifi.

Komil – bastakor va musiqashunos sifatida “Murabbayi Komil”, “Peshravi Feruz” va “Tanbur chizig’i" (notasi) kabi asarlarni yaratgan.

Tarjimonlik sohasida esa Barxurdor Turkman Mumtozning “Mahfiloro”, Safiyning “Latoyifu-t-tavoyif”, Mirxondning “Ravzatu-s-safo” singari yirik asarlarini tarjima qilgan.

Manbalar:
Komil Xorazmiy, Tanlangan asarlar. Toshkent, O’zadabiynashr, 1961.
Komil. Devon. Toshkent, 1975.
Asrlar nidosi. Toshkent, 1982, 393-408-betlar.

 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #35 : 20 Yanvar 2008, 05:31:22 »
ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O`G`LI FURQAT(1859 - 1909)
 

 
 

 
Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat - milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida o’zidan boy ma’naviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi.

Furqat 1859-yili Qo`qon shahrida tug’ildi. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizg’in ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’ldi. Furqatning shoir sifatidagi kamoloti ayni shu davrda boshlangan.

Toshkentda ikki yilga yaqin istiqomat qilgan shoir hali aniqlanmagan sabablarga ko`ra 1891-yili chet elga chiqib ketishga majbur bo’ladi. Turkiya, Yunoniston, Bolgariya, Arab mamlakatlari va Hindistonda bo’lib, Xitoyning Shinjong viloyatiga qarashli Yorkent shahrida turg’un bo’lib qoladi. U 1909-yili 50 yoshida vafot etdi.

Shoir lirikasining mavzular olami juda rang-barang. Dunyoviy muhabbat, ijtimoiy-falsafiy o’ylar aks etgan, inson erki va g’urbat ohanglari ifodalangan, diniy ma’rifatparvarlikka alohida e’tibor qaratilgan asarlari bunga yorqin dalil.

Uning o’z boshidan kechirganlari haqidagi “Ahvolot” (ba’zi tadqiqotlarda “Sarguzashtnoma”, “Furqatnoma”), xitoy tilidagi manbalar asosida yozilgan “Qavoidi Chin va umuroti siyosiy” kabi nasriy asarlari ham bor.

Manbalar:
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959.
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1980.
Furqat. Asarlar majmuasi. Ikki jildlik (arab imlosida). Toshkent, 1990.
Sayohati Furqat. O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1990-yil 14-dekabr.
Furqat. Qavoidi Chin va umuroti siyosiy. Sharq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #36 : 20 Yanvar 2008, 05:31:49 »
MUHAMMAD AMINXO`JA MUQIMIY (1850-1903)
 


Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.

Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy o’rin tutadi. “Oshiq bo’libman”, “Ayrilmasun”, “O’zim har joydaman”, “Aql-u hush uchdi boshimdin...” kabi she’rlari bunga misol.

Shoir ijodida satira va hajv ham katta o’rin egallaydi . “Tanobchilar”, “To’y”, “Saylov”, “Moskovchi boy ta’rifida”, “Hajvi Viktor boy”, “Voqeayi Viktor” kabi asarlarida Muqimiy o’z zamonasining ijtimoiy illatlarini keskin tanqid ostiga oladi.

Shuningdek, Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotida ma’lum g’oyaviy va badiiy xususiyatlarga ega bo’lgan “Sayohatnoma” janrini boshlab bergan.

Nashr qilingan asarlari:
Muqimiy. Tanlangan asarlar. T., 1960-1961.
Muqimiy. Asarlar. T., 1974.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #37 : 20 Yanvar 2008, 05:32:08 »
MUHAMMAD AMINXO`JA MUQIMIY (1850-1903)
 
 


Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.

Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy o’rin tutadi. “Oshiq bo’libman”, “Ayrilmasun”, “O’zim har joydaman”, “Aql-u hush uchdi boshimdin...” kabi she’rlari bunga misol.

Shoir ijodida satira va hajv ham katta o’rin egallaydi . “Tanobchilar”, “To’y”, “Saylov”, “Moskovchi boy ta’rifida”, “Hajvi Viktor boy”, “Voqeayi Viktor” kabi asarlarida Muqimiy o’z zamonasining ijtimoiy illatlarini keskin tanqid ostiga oladi.

Shuningdek, Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotida ma’lum g’oyaviy va badiiy xususiyatlarga ega bo’lgan “Sayohatnoma” janrini boshlab bergan.

Nashr qilingan asarlari:
Muqimiy. Tanlangan asarlar. T., 1960-1961.
Muqimiy. Asarlar. T., 1974.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #38 : 20 Yanvar 2008, 05:32:33 »
ABULG`OZI BAHODIRXON (1603-1664)
 

 
Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulg’ozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida (1603) tug’ildi. O’n uch yoshligidan (1616) boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulg’ozi 1644-yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1644-yilning aprelida vafot etadi.

Abulg’ozining “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” nomli tarixiy asarlari hamda “Manofe’u-l-inson” nomli tibbiyotga oid risolasi yetib kelgan. “Manofe’u-l-inson”da 120 dan ortiq xastalik, uni davolash haqida ma’lumot berilgan.

“Shajarayi tarokima” (1661) turkman xalqi ajdodlari, “Shajarayi turk” (1663-64) o’zbek urug’lari haqida. “Shajarayi turk” to’qqiz bobdan iborat. Tarixiy voqealar badiiy bo’yoqlar, hayotiy lavhalar orqali tasvirlangan.

Asar Sharq, rus va G’arb olimlarining ham e’tiborini tortgan. Qozonda bir necha marta nashr etilgan (Rumyantsev nashri, 1825; Sablukov nashri, 1854.; Demezon nashri, 1871) T.N.Demezon asarni fransuz tiliga tarjima (1871) qilgan. Asar fransuz, ingliz xalqlari orasida keng tarqalgan.

Abulg’ozi Bahodirxon asarlarining O’zbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida bir qancha qo’lyozma nusxalari mavjud (inv. â„– 7668, 1223, 4017).

Nashr qilingan asarlari:
Abulg’ozi. Shajarayi turk. -T.: 1992;
Ablug’ozi Bahodurxon. Shajarayi tarokima. –T.: 1995.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #39 : 20 Yanvar 2008, 05:33:02 »
MUHAMMADSHARIF GULXANIY
 

 
 

 
Muhammadsharif Guixaniy XVIII asr oxiri-XIX asrning boshlarida yashab, ijod etgan o`zbek mumtoz shoir va yozuvchisidir. Taniqli o’zbek adibi, o’zbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. O’ratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tug’ilgan, hayot yillari noma’lum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. “Zarbulmasal” asari Umarxonning torshirig’i bilan yozilgan. U haqda Fazliyning “Majmuai shoiron”, Vozehning “Tuhfatu-l-ahbob”, Avazmuhammad Attorning “Tarixi jahonnoma” asarlarida ma’lumot bor.

“Zarbulmasal”da “Kalila va Dimna” hamda Sharq mumtoz nasri an’analari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. “Zarulmasal” bir necha qo’lyozma va bosma nusxalari mavjud, ular O’R FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon tartib bergani aytilsa-da, biroq u topilmagan. Ayrim she’rlari fors tilidagi bayozlarda ham uchraydi.

Gulxaniy ijodi o’zbek olimlari A.Qayumov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M.Qo’shjonov, M.Qo’shmoqov, A.Asrorov v.b. olimlar tomonidan o’rganilgan.

Nashr qilingan asarlari:
Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). -T: 1958;
O’zbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. -T: 1959.
 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #40 : 20 Yanvar 2008, 05:33:31 »
SO`FI OLLOYOR (1644-1721)
 
 
 

 
Yirik o’zbek adibi, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlog’ida (1644) tug’ilgan. O’n yoshlarida Buxoroga o’qishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir bo’lib ish boshlaydi. Keyinroq Shayx Navro’z qo’lida 12 yil tahsil oladi. 1721-yilda Surxondaryodagi Vaxshivor degan joyda vafot etadi. Qabri o’sha yerda.

So’fi Ollohyorning “Maslaku-l-muttaqiyn” (“Taqvodorlar maslagi”), “Sabotu-l-ojizin”, “Maxzanu-l-mute’in” (“Mute’lar xazinasi”), “Murodu-l-orifin” asarlari mavjud. “Bayozi qalamkash”da 73 she’ri bor.

So’fi Ollohyorning mashhur asari “Sabotu-l-ojizin” bo’lib, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda chop etilgan. Bir necha marta sharhlar yozilgan. Asar dastlab fors-tojik tilida yozilgan. Keyinchalik So’fi Ollohyorning o’zi uni o’zbek tiliga she’riy usulda tarjima qilgan. Hajmi 12.000 baytdan ortiq “Sabotu-l-ojizin” asarining tuzilishi ham o’ziga xos.

“Maslaku-l-muttaqiyn” asari naqshbandiya tariqati mujadiddiya qo’li (tarmog’i)ning nazariy manbasi hisoblanadi. Unda suluk odobi, murid va murshid munosabatlari yangicha talqinda bayon qilingan.

Nashr qilingan asarlari:
So’fi Ollohyor. Sabotu-l-ojizin. –T.: 1991;
So’fi Ollohyor. Lutf aylab...(lirika) –Samarqand: 2000;
Risolai aziza (“Sabotu-l-ojizin sharhi”). – T.: 2000.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #41 : 20 Yanvar 2008, 05:34:02 »
TURDI FAROG`IY
 
 
Turdi Farog`iy Buxoro adabiy muhitining yirik vakillaridan biridir. U XVII asr o`rtalari-XVIII asr boshlarida yashab ijod qilgan. Turdining hayotiga oid ma`lumotlar juda kam saqlanib qolgan.
Turdining hayot yo`li o`sha davr shohlarining ichki nizolari tufayli ko`plab dilxiraliklar bilan o`tdi. U Rahimbiy va Norbo`tabiy kabi hukmdorlarni ko`rdi. Ulardan o`ziga, yurtiga, xalqiga saodat tilab, ko`p bora himmat va saxovat so`radi. Ammo sarson-sargardonlikdan o`zga farog`at ko`rmadi.
Shoirning she`rlarida isyonkorlik ruhi kasb etishi o`sha davr muammolari bilan bog`liqdir. U amalda janggohga aylangan jamiyatda ko`rgan-kechirganlarini o`z she`rlarida yoritdi.
Turdi Farog`iyning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o`rni, adabiy mavqei va qudrati haqida uning quyidagi she`ri yaqqol tasavvur uyg`ota oladi:

Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,
Kelturan amvojg`a bahri talotum Turdiman.
Qiriq, yuz, ming aqrabolar etdilar mandin nufur,
Ne balo baxti qarovu tolei shum Turdiman.
Rishtadek ming bor ro`ze chashmi so`zandan o`tar,
Bovujudi e`tibori chashmi mardum Turdiman.

Turdining hayotiy kechmishini aks ettiruvchi manbalardan biri uning Oqbo`tabiy hukmronligi davrida bitgan bitta turkiy muxammasidir.
Bizgacha Turdi ijodidan 434 misradan iborat ja`mi 18 ta she`ri yetib kelgan. Bu merosning tarkibi 5 ta muxammas, 12 ta g`azal, 1 ta farddan iboratdir.
Turdi zullusonayn shoir bo`lgan. Ya`ni, misralarining 397 tasi o`zbek tilida, 37 misrasi esa tojik tilida yozilgandir.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #42 : 20 Yanvar 2008, 05:34:45 »
 

 
 

 BOBORAHIM MASHRAB (1653-1711)


Ulug’ o’zbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qo’lida o’qiydi. 1665-yilda Qashqarga Ofoq Xo'ja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673-yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatag’on tomonidan (1711) dorga osiladi.

Majzub Namangoniyning “Tazkiratu-l-avliyo”, Is-hoq Bog’istoniyning “Tazkirayi qalandaron”, Maleho Samarqandiyning “Muzakkiri ashob” kabi tazkiralarida, Hakimxon to’raning “Muntaxabu-t-tavorix”, Mirzo Olimning “Ansobu-s-salotin” asarlarida ham shoir haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi. Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba “Qissayi Mashrab” (“Shoh Mashrab”, “Devonayi Mashrab” nomlari bilan ham uchraydi)dir. Uning ko’pgina qo’lyozma va toshbosma nusxalari mavjud.

Mashrab asarlari bir necha marta chop etilgan (1958, 1960, 1963, 1971, 1979, 1990). Shoir merosi “Qissayi Mashrab” orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi.

“Mabdayi nur” va “Kimyo” asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997-yilda “Mabdayi Nur” (Jaloliddin Rumiy “Masnaviyi ma’naviy”siga sharh) Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi.

Nashr qilingan asarlari:
Boborahim Mashrab. Mehribonim qaydasan? –T.: 1990;
Mashrab. Mabdayi Nur. –T.: 1994.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #43 : 20 Yanvar 2008, 05:35:13 »
XO`JANAZAR HUVAYDO (1704-1780)
 

 
Iste’dodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xo’janazar G’oyibnazar o’g’li Chimyonda (1704) tug’ilgan. Nasl-nasabi o’shlik bo’lib, otasi G’oyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi bo’lgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qo’qon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri o’sha yerda.

Huvaydoning devoni yetib kelgan, uning bir necha nusxalari bor. Devonga shoirning g’azal, ruboiy, to’rtlik, muxammas, musaddas, musamman, mustazod, masnaviy kabi she’riy janrlarda yaratgan asarlari va “Rohati dil” dostoni kiritilgan. Doston 30 bobdan va Ibrohim Adham qissasidan iborat. “Rohati dil” diniy-ta’limiy asar. Unda islom va tasavvuf ta’limotining umuminsoniy g’oyalari ibratli hikoyatlar vositasida bayon etiladi.

Huvaydo asarlarining qo’lyozma nusxalari turli fondlarda saqlanmoqda (Devoni Huvaydo. SamDU FK, inv. â„– 3903; Bayozi Haziniy O’zFAShI inv. â„– 4184..).

Nashr qilingan asarlari:
Huvaydo. Devon. – T.: O’zMU, O’zbek mumtoz adabiyoti kaf., inv.29;
Bayozi Haziniy. O’R FA ShI, inv. 4184;
Huvaydo. Tanlangan she’rlar. – T.: 1961;
Xo’janazar Huvaydo. Rohati dil. – T.: 1994
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: XIII-XXI asr adabiyoti
« Javob #44 : 20 Yanvar 2008, 05:35:45 »
ANBAR OTIN (1870-1915)
 
 

 Anbar Otin 1970-yilda Qo`qonda, Farmonquli xonadonida tug`ilgan. Ularning oilasi bo`zchi-belbog`chi bo`lib, ular Anbarni o`qitish uchun Dilshodi Barnoning maktabiga berishadi. Anbar g`ayrati va bilimi tufayli Dilshodi Barnoning e`tiboriga tushadi. Hatto Dilshodi Barno o`zining "Muhojirlar tarixi" asarida Anbarning kelajakda shoira bo`lib yetishishini bashorat qilgan.
Anbar o`n to`rt yoshida o`ratepalik nonvoy Zohidxo`jaga turmushga chiqadi. Ma`rifatparvar yigit shoiraning intilishlariga ko`mak beradi. Natijada Anbar o`z davrining yetuk shoirasi va faylasufi bo`lib yetishdi.
Uning "Falsafai Siyohon" ("Qoralar falsafasi") asari muhim ahamiyatga ega bo`lgan falsafiy-publitsistik asardir. Bu asarda shoira Markaziy Osiyo ayollari qismati, ijtimoiy hayotdagi roli, ozodlik uchun kurashi haqida aytib o`tgan.
Anbar Otin - lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuyg’ularini o’ziga xos kuylovchi shoira.
Shoira ijodida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari ko’tarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng o’rin egallaydi. (“Qarolar falsafasi”, “Qo’shulub mulki Farg’ona...”, “Ey go’zal Farg’ona, o’zingni kel emdi shod qil”).

 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

jahon adabiyoti jurnali mushtariylari klubi tuzilsa

Muallif kanishkaBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 2809
So'nggi javob 04 Fevral 2008, 11:08:22
muallifi shoir
R.Muqimov, M.Sharipov. Qardosh xalqlar adabiyoti

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4757
So'nggi javob 24 Dekabr 2008, 04:20:28
muallifi AbdulAziz
Begali Qosimov va b. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 50610
So'nggi javob 06 Yanvar 2009, 00:44:37
muallifi AbdulAziz
Vohid Abdullayev. O'zbek adabiyoti tarixi. 2-kitob (XVII asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha)

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7654
So'nggi javob 17 Yanvar 2011, 15:20:45
muallifi AbdulAziz
S.Mirzayev, S.Shermuhamedov. Hozirgi zamon o'zbek adabiyoti tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7045
So'nggi javob 05 Fevral 2011, 14:55:10
muallifi AbdulAziz