XIII-XXI asr adabiyoti  ( 75555 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:33:31

SO`FI OLLOYOR (1644-1721)
 
 
 

 
Yirik o’zbek adibi, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlog’ida (1644) tug’ilgan. O’n yoshlarida Buxoroga o’qishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir bo’lib ish boshlaydi. Keyinroq Shayx Navro’z qo’lida 12 yil tahsil oladi. 1721-yilda Surxondaryodagi Vaxshivor degan joyda vafot etadi. Qabri o’sha yerda.

So’fi Ollohyorning "œMaslaku-l-muttaqiyn" ("œTaqvodorlar maslagi"), "œSabotu-l-ojizin", "œMaxzanu-l-mute’in" ("œMute’lar xazinasi"), "œMurodu-l-orifin" asarlari mavjud. "œBayozi qalamkash"da 73 she’ri bor.

So’fi Ollohyorning mashhur asari "œSabotu-l-ojizin" bo’lib, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda chop etilgan. Bir necha marta sharhlar yozilgan. Asar dastlab fors-tojik tilida yozilgan. Keyinchalik So’fi Ollohyorning o’zi uni o’zbek tiliga she’riy usulda tarjima qilgan. Hajmi 12.000 baytdan ortiq "œSabotu-l-ojizin" asarining tuzilishi ham o’ziga xos.

"œMaslaku-l-muttaqiyn" asari naqshbandiya tariqati mujadiddiya qo’li (tarmog’i)ning nazariy manbasi hisoblanadi. Unda suluk odobi, murid va murshid munosabatlari yangicha talqinda bayon qilingan.

Nashr qilingan asarlari:
So’fi Ollohyor. Sabotu-l-ojizin. —T.: 1991;
So’fi Ollohyor. Lutf aylab...(lirika) —Samarqand: 2000;
Risolai aziza ("œSabotu-l-ojizin sharhi"). — T.: 2000.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:34:02

TURDI FAROG`IY
 
 
Turdi Farog`iy Buxoro adabiy muhitining yirik vakillaridan biridir. U XVII asr o`rtalari-XVIII asr boshlarida yashab ijod qilgan. Turdining hayotiga oid ma`lumotlar juda kam saqlanib qolgan.
Turdining hayot yo`li o`sha davr shohlarining ichki nizolari tufayli ko`plab dilxiraliklar bilan o`tdi. U Rahimbiy va Norbo`tabiy kabi hukmdorlarni ko`rdi. Ulardan o`ziga, yurtiga, xalqiga saodat tilab, ko`p bora himmat va saxovat so`radi. Ammo sarson-sargardonlikdan o`zga farog`at ko`rmadi.
Shoirning she`rlarida isyonkorlik ruhi kasb etishi o`sha davr muammolari bilan bog`liqdir. U amalda janggohga aylangan jamiyatda ko`rgan-kechirganlarini o`z she`rlarida yoritdi.
Turdi Farog`iyning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o`rni, adabiy mavqei va qudrati haqida uning quyidagi she`ri yaqqol tasavvur uyg`ota oladi:

Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,
Kelturan amvojg`a bahri talotum Turdiman.
Qiriq, yuz, ming aqrabolar etdilar mandin nufur,
Ne balo baxti qarovu tolei shum Turdiman.
Rishtadek ming bor ro`ze chashmi so`zandan o`tar,
Bovujudi e`tibori chashmi mardum Turdiman.

Turdining hayotiy kechmishini aks ettiruvchi manbalardan biri uning Oqbo`tabiy hukmronligi davrida bitgan bitta turkiy muxammasidir.
Bizgacha Turdi ijodidan 434 misradan iborat ja`mi 18 ta she`ri yetib kelgan. Bu merosning tarkibi 5 ta muxammas, 12 ta g`azal, 1 ta farddan iboratdir.
Turdi zullusonayn shoir bo`lgan. Ya`ni, misralarining 397 tasi o`zbek tilida, 37 misrasi esa tojik tilida yozilgandir.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:34:45

 

 
 

 BOBORAHIM MASHRAB (1653-1711)


Ulug’ o’zbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qo’lida o’qiydi. 1665-yilda Qashqarga Ofoq Xo'ja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673-yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatag’on tomonidan (1711) dorga osiladi.

Majzub Namangoniyning "œTazkiratu-l-avliyo", Is-hoq Bog’istoniyning "œTazkirayi qalandaron", Maleho Samarqandiyning "œMuzakkiri ashob" kabi tazkiralarida, Hakimxon to’raning "œMuntaxabu-t-tavorix", Mirzo Olimning "œAnsobu-s-salotin" asarlarida ham shoir haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi. Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba "œQissayi Mashrab" ("œShoh Mashrab", "œDevonayi Mashrab" nomlari bilan ham uchraydi)dir. Uning ko’pgina qo’lyozma va toshbosma nusxalari mavjud.

Mashrab asarlari bir necha marta chop etilgan (1958, 1960, 1963, 1971, 1979, 1990). Shoir merosi "œQissayi Mashrab" orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi.

"œMabdayi nur" va "œKimyo" asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997-yilda "œMabdayi Nur" (Jaloliddin Rumiy "œMasnaviyi ma’naviy"siga sharh) Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi.

Nashr qilingan asarlari:
Boborahim Mashrab. Mehribonim qaydasan? —T.: 1990;
Mashrab. Mabdayi Nur. —T.: 1994.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:35:13

XO`JANAZAR HUVAYDO (1704-1780)
 

 
Iste’dodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xo’janazar G’oyibnazar o’g’li Chimyonda (1704) tug’ilgan. Nasl-nasabi o’shlik bo’lib, otasi G’oyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi bo’lgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qo’qon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri o’sha yerda.

Huvaydoning devoni yetib kelgan, uning bir necha nusxalari bor. Devonga shoirning g’azal, ruboiy, to’rtlik, muxammas, musaddas, musamman, mustazod, masnaviy kabi she’riy janrlarda yaratgan asarlari va "œRohati dil" dostoni kiritilgan. Doston 30 bobdan va Ibrohim Adham qissasidan iborat. "œRohati dil" diniy-ta’limiy asar. Unda islom va tasavvuf ta’limotining umuminsoniy g’oyalari ibratli hikoyatlar vositasida bayon etiladi.

Huvaydo asarlarining qo’lyozma nusxalari turli fondlarda saqlanmoqda (Devoni Huvaydo. SamDU FK, inv. â„– 3903; Bayozi Haziniy O’zFAShI inv. â„– 4184..).

Nashr qilingan asarlari:
Huvaydo. Devon. — T.: O’zMU, O’zbek mumtoz adabiyoti kaf., inv.29;
Bayozi Haziniy. O’R FA ShI, inv. 4184;
Huvaydo. Tanlangan she’rlar. — T.: 1961;
Xo’janazar Huvaydo. Rohati dil. — T.: 1994
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:35:45

ANBAR OTIN (1870-1915)
 
 

 Anbar Otin 1970-yilda Qo`qonda, Farmonquli xonadonida tug`ilgan. Ularning oilasi bo`zchi-belbog`chi bo`lib, ular Anbarni o`qitish uchun Dilshodi Barnoning maktabiga berishadi. Anbar g`ayrati va bilimi tufayli Dilshodi Barnoning e`tiboriga tushadi. Hatto Dilshodi Barno o`zining "Muhojirlar tarixi" asarida Anbarning kelajakda shoira bo`lib yetishishini bashorat qilgan.
Anbar o`n to`rt yoshida o`ratepalik nonvoy Zohidxo`jaga turmushga chiqadi. Ma`rifatparvar yigit shoiraning intilishlariga ko`mak beradi. Natijada Anbar o`z davrining yetuk shoirasi va faylasufi bo`lib yetishdi.
Uning "Falsafai Siyohon" ("Qoralar falsafasi") asari muhim ahamiyatga ega bo`lgan falsafiy-publitsistik asardir. Bu asarda shoira Markaziy Osiyo ayollari qismati, ijtimoiy hayotdagi roli, ozodlik uchun kurashi haqida aytib o`tgan.
Anbar Otin - lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuyg’ularini o’ziga xos kuylovchi shoira.
Shoira ijodida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari ko’tarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng o’rin egallaydi. ("œQarolar falsafasi", "œQo’shulub mulki Farg’ona...", "œEy go’zal Farg’ona, o’zingni kel emdi shod qil").

 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:36:41

MUHAMMAD YUSUF (1954-2001)
 

 
1954-yil 26-aprelda Andijonning Marhamat tumanida tug’ildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980), "œToshkent oqshomi" gazetasida (1980-1986), Adabiyot va san’at nashriyotida, "œO’zbekiston ovozi" gazetasida (1986-1993) ishladi.

Umrining oxirgi 4-5 yilida O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining kotibi bo’ldi. U "œTanish teraklar" (1985), "œBulbulga bir gapim bor" (1987), "œIltijo" (1988), "œUyqudagi qiz" (1989), "œHalima enam allalari" (1989), "œIshq kemasi" (1990), "œKo’nglimdagi yor" (1991), "œBevafo ko’p ekan" (1991), "œErka kiyik" (1992), "œYolg’onchi yor" (1994), "œOsmonimga olib ketaman" (1998) to’plamlarining muallifi. 1998-yilda unga "œO’zbekiston xalq shoiri" unvoni berildi. U II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat qilib saylandi. 2001-yilda "œSaylanma" asarlari chop etildi. M.Yusuf she’rning qo’shiqqa aylanishi, yuksak parvoz qilishini ko’rsata oldi. Shoir she’rlaridagi har bir so’zda qanoat, parvozga shaylik bor.

Ulug’vor muhabbat, o’talmagan burch, qadrlanmagan sevgi armoni, Yurtga o’g’illik sadoqati — shoir she’rlari asosini belgilaydi.

M.Yusuf 2001-yil 29-iyulda vafot etdi, tug’ilgan qishlog’idagi qabristonga dafn etildi.


Asarlari:
Muhammad Yusuf. Saylanma. Toshkent, "œSharq", 2001.
Muhammad Yusuf. Uyqudagi qiz. Toshkent, Adabiyot va san’at, 1983.
Muhammad Yusuf. Erka kiyik. Farg’ona, "œYozyovon", 1992.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:37:10

XURSHID DO`STMUHAMMAD
 
 

 
Yozuvchi Xurshid Do`stmuhammad (Xurshid Do`stmuhammedov) 1951-yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. O`rta maktabni, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O`zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan (1968-1973). Filologiya fanlari nomzodi, "œFan va turmush" jurnalida bo`lim muharriri (1973-1984), "œYosh kuch" jurnalida bo`lim muharriri, bosh muharrir o`rinbosari, bosh muharrir (1986-1995) bo`lib ishlagan.

"œHurriyat" mustaqil gazetasiga bosh muharrir (1987-2002). O`zbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg`armasi boshlig`i. (1997-yildan hozirgi kungacha). "œO`zbekiston matbuoti" jurnali bosh muharriri (2002-yildan hozirgacha).

1980-yildan buyon matbuotda hikoya va qissalari, romani, ocherk, badia, adabiyotshunoslikka oid maqolalari bilan qatnashadi. Uning "œHovli etagidagi uy" qissa va hikoyalari (1989), "œJajman" qissa va hikoyalari (1995), "œQazo bo`lgan namoz" (1996), tarixiy hikoyalari, "Hijronim mingdir mening" (2000) qissa va hikoyalari, "œBozor" (2000) romani, "Hamid A`lamovning aytolmagan gaplari" (2002) xotira-badiasi chop etilgan.

Adib o`z qahramonlarining ruhiy holatlarini, fikriy izlanishlarini tahlil etishga, uning eng intim qatlamlarini tasvirlashga intiladi. Psixologik tasvirga moyilligi F.Dostoyevskiy, F.Kafka, F.Ryunoske, G.Markes singari jahon adabiyoti namoyandalari uslubidan ta`sirlanganini ko`rsatadi.

Asarlari:
Hovli etagidagi uy. T.: "Yosh gvardiya" nashriyoti, 1989
Jajman. T.: "œSharq" NMAK bosh tahririyati, 1995
Bozor. T. : "œSharq" NMAK bosh tahririyati, 2000
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:37:39

ABDUSAID KO`CHIMOV
 
 
Shoir, adib Abdusaid Ko'chimov 1951-yil 15-mayda Samarqandning Urgut tumanida tugilgan. Tumandagi 37-maktabni (1967), Toshkent Davlat pedagogika institutining ozbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968-1972). Mehnat faoliyatini "œLenin uchquni" gazetasida ishlashdan boshlagan. Ijodida ham bolalar dunyosi, bolalik saltanati ajoyibotlari yetakchilik qila boshladi. 1984-1991-yillarda "Sharq yulduzi" jurnalida mas'ul kotib, "œLenin uchquni"da bosh muharrir bo’ldi. 1991-1997-yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bo’lim mudiri, O’zbekiston teleradiokompaniyasida rais o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Axborot markazi rahbari vazifalarida faoliyat ko’rsatdi. 1997-yildan buyon O’zbekiston teleradiokompaniyasi Raisi vazifasini bajarmoqda.

Ilk kitobi - "Kashfiyotchi bolalar" 1975-yilda chop etildi. Shundan so’ng uning "œHalqa", "Qiyofa", "Mening yulduzim", "œUmid daraxtlari", "Chanoq", "Ikki bahor" kabi she’riy va nasriy kitoblari nashr qilindi. "œBaland tog’lar" (2002) saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, she’rlari kiritilgan. A.Ko’chimov Xalqaro YUNESKO mukofoti, G’afur G’ulom nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. Abdusaid Ko’chimov tomonidan bolalar hayoti muammolari badiiy tahlil qilinadi. Unga "œO’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist" unvoni, "Shuhrat" medali, "œMehnat shuhrati" ordeni berilgan. A.Ko’chimov 1990-yildan hozirgi kungacha O’zbekiston Oliy Soveti, O’zbekiston Oliy Majlisi deputati. Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Asari.
"œBaland tog’lar". Saylanma. T: "œSharq "NMAK",2002-yil.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:38:09

ERKIN A`ZAM
 

 
1950-yil 10-avgustda tog’li Boysunda tug’ildi. 1972-yil Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, "œGuliston" va "œYoshlik" jurnallarida bo’lim muharriri, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida tahririyat mudiri bo’ldi. 1992-1994-yillarda O’zbekiston milliy axborot agentligida bosh direktor o’rinbosari. 1995-yildan "œTafakkur" jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq O’zbekiston Oliy Majlisi deputati.

"œChiroqlar o’chmagan kecha" (1977), "œOtoyining tug`ilgan yili" (1981), "œOlam yam-yashil" (1984), "œJavob" (1986), "œBayramdan boshqa kunlar" (1988), "œMir v svetax" (1999), "œPakananing oshiq ko’ngli" (2001), "œKechikayotgan odam" (2002) to’plamlari muallifi. Yozuvchi asarlari asosida "œChantrimore", "œRiyoda", "œDilxiroj" filmlari suratga olingan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat-insoniy erk, har qanday zo’ravonlikka munosabat masalasidir.

Asarlari:
A’zamov Erkin. Otoyining tug’ilgan yili. Toshkent Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981-yil, 8,0 b.t.
A’zam Erkin. Kechikayotgan odam. Toshkent. "œSharq" nashriyoti -2002 yil 20 b.t.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:38:36

AZIM SUYUN
 

 
Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) 1948-yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlog’ida tug’ilgan. Oliy ma’lumotli. 1977-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. I chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Azim Suyun harbiy xizmat burchini o’tab qaytgach, poytaxt qurilishlarida mehnat qildi. Keyinchalik "œToshkent universiteti" gazetasida adabiy xodim, G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo’lib ishladi. O’zbekiston Matbuot Davlat qo’mitasida adabiy maslahatchi, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida mas’ul kotib, "œXalq so’zi" gazetasida bo’lim muharriri, 1993-2002-yillarda "œO’zbekiston ovozi" va "œGolos Uzbekistana" gazetalarining Bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Ayni paytda "œGuliston" jurnalining Bosh muharriri.

Azim Suyun butunjahon shoirlar kongressi a’zosi.

Azim Suyun she’rlari, she’riy turkumlari va kitoblari turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq, tuva va boshqa tillarda chop etilgan.

Azim Suyunning "œSarbadorlar" tragediyasi, "œZamin taqdiri", "œO’zbekiston", "œBir tomchi suv dengizga aylangan kecha va yoki imorat" kabi dostonlari mashhur.

Azim Suyun keng qamrovli dramaturg, haqso’z publitsist sifatida ham tanilgan.

Azim Suyunning o’zbek tilida nashr etilgan to’plamlari:
"œMening osmonim" — 1978-yil.
"œZarb" — 1979-yil.
"œZamin taqdiri" — 1981-yil.
"œXayolot" — 1984-yil.
"œZiyo yo’li" — 1986-yil.
"œJavzo" — 1987-yil.
"œOlis tonglar" — 1989-yil.
"œKuyganim-suyganim" — 1992-yil.
"œSarbadorlar" — 1994-yil.
"œQora ko’zing sening" — 1994-yil.
"œSaylanma" — 1997-yil.
"œO’zlik" — 1999-yil.
 

Qayd etilgan