BEGALI QOSIMOV (1942-2004)
Adabiyotshunos Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Denov qishlog’ida tug’ilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati O’zbekiston Milliy universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti bilan bog’liq: 1958-1963-yillarda talaba, 1963-1968-yillarda aspirant, 1966-yildan o’qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
1968-yili "œMirmuhsin Shermuhammedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti" mavzusidagi nomzodlik, 1984-yili "œXX asr boshi o’zbek poeziyasi (inqilobiy she’riyatning shakllanishi va taraqqiyoti) masalalari. 1905-1917-mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
B. Qosimov o’zbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari bo’yicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uyg’onish, ma’rifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari tashkil etadi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol ko’rinadi.
U turkiy olamdagi uyg’onish, adabiy aloqalararo bog’liqlik masalalarini mufassal o’rgandi va o’rganmoqda. Turkiya Otaturk kultur markazi faxriy a’zosi, Turkiya Otaturk Arashtirma markazi muxbir a’zosi (1998). Anqarada nashr etilayotgan 33 jildlik "œTurk dunyosi adabiyoti" nashrining o’zbek adabiyoti bo’yicha mutasaddisi.
B.Qosimov O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), o’ndan ortiq darslik va qo’llanmalar, 10 nomda alohida asarlar, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. O’zbekiston Milliy universiteti milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti kafedrasi asoschisi (1993), mudiri. Kafedraning keng xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalari mavjud. Olimning asarlari rus, turk, fransuz va tatar tillariga tarjima qilingan.
Asarlari:
Mirmuhsin Shermuhammedov. T.: "œBilim" jamiyati, 1967.
Abdulla Avloniy. T.: O’qituvchi, 1979.
Izlay-izlay topganim. T.: Adabiyot va san’at, 1983.
Salom, kelajak. T.: Adabiyot va san’at, 1986.
Ma’rifat darg’alari. T.: O’qituvchi, 1990.
Revolyutsiya i literature. T.: Fan, 1991.
Ismoilbek Gasprali. T.: Adabiyot va san’at, 1992.
Maslakdoshlar (Behbudiy, Ajziy, Fitrat). T.: Sharq, 1994.
Milliy uyg’onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. T.: Ma’naviyat, 2002.
Matnshunoslik ishlari:
Navoiyning nigohi tushgan"¦ (Navoiy antologiyasi). T.: Adabiyot va san’at, 1987.
Tavallo. Ravnaqu-l-islom. T.: Fan, 1993.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997 (1-nashr), 1999 (2-nashr).
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. I-II jildlar. T.: Ma’naviyat, 1998.
Sidqiy-Xondayliqiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1998.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.
Yusuf Saryomiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 2002.