XIII-XXI asr adabiyoti  ( 75556 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:39:02

TOG`AY MUROD
 
 

 
Tog’ay Murod — Tog’aymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948-yili Surxondaryoning Denov tumanidagi Xo’jasoat qishlog’ida tug’ilgan. Qishlog’idagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetida o’qigan (1966-1972). U respublika radiosida muharrir (1972-1976), "œO’zbekiston fizkulturachisi" gazetasida tarjimon (1976-1978), "œFan va turmush" jurnalida bo’lim muharriri (1982-1984) bo’lgan. 1985-1987-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida o’qigan.

1976-yilda bosilgan "œYulduzlar mangu yonadi" nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979-yilda "œOt kishnagan oqshom", 1980-yilda "œOydinda yurgan odamlar" qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.

1985-yilda yozuvchining "œMomo Yer qo’shig’i" qissasi, 1993-yilda "œYoshlik" jurnalida "œOtamdan qolgan dalalar" romani chop etildi. Tog’ay Murod o’zbek adabiyotiga betakror xarakterlarni, avval uchramagan uslubni olib kirdi. 1994-yilda "œO’zbekiston Xalq yozuvchisi" unvoni berildi. 2001-yilda yozuvchining "œBu dunyoda o’lib bo’lmaydi" romani bosildi.

Asarlari:
Tog’ay Murod. Ot kishnagan oqshom. Qissalar. T.: "œSharq", 1994.
Tog’ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. Roman. T.: "œSharq", 1994.
Tog’ay Murod. Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi. Roman, hikoyalar, maqolalar. T.: "œSharq", 2001.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:39:29

ANVAR OBIDJON
 
 

 
 

 
Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Fargona viloyati Oltiariq tumanidagi Polog’on qishlog’ida dunyoga kelgan. O’rta maktabda o’qib yurganida "œG’uncha" jurnalida "œShkafjon" nomli birinchi she’ri bosilgan (1960). Anvar 1946-1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973-1979-yillarda ToshDUning jurnalistika fakultetida sirtdan o’qigan.

Harbiy xizmatni o’tagach (1966-1969), qishlog’idagi "œNurobod" jamoa xo’jaligida dala hisobchisi bo’lgan (1970-1971). Tumandagi "œPaxta uchun" gazetasida adabiy xodim, bo’lim mudiri (1971-1976), Toshkentdagi yog’-moy kombinatida bog’bon (1977-1978).

Anvar Obidjon (Obidjonov) qo’mitada muharrir (1979-1981) bo’lgan. 1981-1986-yillarda "œKamolot" nashriyotida muharrir, bosh muharrir o’rinbosari, 1986-1987-yillarda "œYulduzcha" nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda "œYosh kuch" jurnalida adabiy xodim, 1988-89-yilllarda "œMushtum" jurnalida bo`lim mudiri, 1989-98--yillarda "Cho`lpon" nashriyotida bosh muharrir, direktor bo`lib ishladi. So`nggi yillarda O`zbekiston Teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanalida katta muharrir bo`lib faoliyat ko`rsatayapti.

Anvar Obidjon "œOna-yer"(1975), "œOlovjon va uning do’stlari" (1983), "œBezgakshamol" (1985), "œAkang qarag’ay Gulmat" (1987), "œOltin yurakli Avtobola" (1986), "œAlamazon va Gulmat hangomasi" (1992), "œMeshpolvonning janglari" (1994), "œOltiariq xangomalari" (1999), "œOdobli bo’lish osonmi?" (2001), "œMeshpolvon" (2003) singari 25 ta to’plamini chop ettirdi. Adib aksariyat asarlarini bolalarga bag’ishlaydi. Ikkinchidan, u ham nasrda, ham nazmda birday qalam tebratadi. Uchinchidan, Anvar Obidjon satira va yumorda o’z yo’li, uslubini topib olgan. To’rtinchidan, yozuvchi zinhor milliy qobiqqa burkanib qolgan emas. Uning asarlari dunyo bolalari zavq-shavq bilan o’qiydilar. Oltinchidan, Anvar Obidjon asarlari sahnaviy, tomoshabinlik xarakteriga ega, ularni telefilm, badiiy film qilish, sahnada ko’rsatish mumkin. Uning "œQo’ng’iroqli yolg’onchi", "œTopsang hay-hay", "œQorinbotir", "œTo’tiqush" mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan.

Anvar Obidjon 1997 yil "œShuhrat"medali bilan taqdirlangan, 1998 yilda "œO"zbekiston halq shoiri" unvoniga sazovor bo’lgan.

Asarlari:
Alamazon va Gulmat. T.: "Cho’lpon", 1998-yil
Juda qiziq voqea. T.: "Cho’lpon", 1997-yil
Ketmagil. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti,1985-yil
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:39:53

TOHIR MALIK
 
 

 
Tohir Malik Abdumalik o’g’li Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tug’ilgan, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki bo’limida o’qidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966-yildan beri O’zbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir "œSharq" NMAK Bosh tahririyatida muharrir.

Hozirgacha yozuvchining 20dan ortiq qissasi chop etildi. 1971-yilda chop etilgan "œHikmat afandining o’limi" dan keyin "œFalak" (1976), "œSomon yo’li elchilari" (1976) taxayyul, ilmiy-taxayyul qissalari bosildi. "œChorrahada qolgan odamlar" qissasida taxayyul va detektiv xususiyatlari seziladi. "œAlvido, bolalik" (1989), "œQaldirg’och" (1987) qissalarida muhim mavzu ishlanadi. Mustaqillik yillarida T.Malik "œSo’nggi o’q" (1990), 4 qismdan iborat "œShaytanat" (1994-2001), "œOdam ovi" (2001), "œCharxralak", "œMurdalar gapirmaydilar" (1999) qissalarini chop ettirdi. Yozuvchi 20-asrdagi hayotni, kishilar taqdirini goh taxayyul, goh izchil, xolis, goh detektiv yo’sinda tasvirlaydi. U qissa janri imkoniyatlarini uzluksiz boyitib bormoqda. 2002-yilda yozuvchining "œMehmon tuyg’ular" o’ylari, "œJinoyatning uzun yo’li" risolasi chop etildi. Tohir Malikka "œO’zbekiston Xalq yozuvchisi" unvoni berilgan (2000). Mustaqillik yillarida eng ko’p adadda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir.

Asarlari:
Tohir Malik "œFalak" Ilmiy-fantastik qissa. T.: "œYosh gvardiya", 1976, 4,75 b.t.
Tohir Malik "œSo’nggi o’q" qissa, hikoya. T.: "œYosh gvardiya", 1990 13,04 b.t.
"œShaytanat" 4 qism, T.: "œSharq", 1994-2001.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:40:18

MUHAMMAD ALI
 
 
 

 
Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov) 1942-yil 13-martda Andijonning Bo`z tumanida tug`lgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi o`rta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Farg`ona viloyatlari maktablarida o`qituvchilik qilgan. Adabiyot va san`at nashriyotida muharrir, bo`lim mudiri, professor (1993-1994), Xalqaro oltin me`ros xayriya jamg`armasi boshqaruvi raisi (1992-2002) bo`lib faoliyat ko`rsatgan. 2003-yildan u xalqaro Amir Temur xayriya jamg`armasi boshqaruvi raisi.

Muhammad Ali 1992-2002-yillar davomida AQSHning Washington universitetida o`zbek tili va adabiyotidan saboq bergan.

Muhammad Ali nazmda, nasrda, publitsistikada ko`plab asarlar ijod etgan. So`nggi 35 yil davomida 20 ta she`riy to`plami o`zbek, rus va qoraqalpoq tillarida chop etildi. Uning besh dostoni "œBoqiy dunyo" (1979) she`riy romani ijodida muhim o`rin eqallaydi. Muhammad Ali o`zbek xalqininq XIII-XIV asrlardagi hayotini "œSarbadorlar"(1989) roman-dialogiyasida aks ettirdi. Bir necha yildan beri u Amir Temur xarakteri, u barpo etgan saltanat haqida asarlar yaratishni rejalashtirmoqda. 2003-yilda "Ulug` saltanat" romanining birinchi kitobi chop etildi.

"œO`z-o`zingni anglab yet" (1988), "œHaqiqatdan chekinma, tarix!" (1990), "œQafasdagi bulbullar" (1996), "œMen ko`rgan Amerika" (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publitsistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Muhammad Ali tarjimonligi oziga xos. U qadimgi hind eposi "œRamayana"ni (1978), qoraqalpoq eposlari "œShahriyor", "Mastonposhsho"ni (1985), R.Byorns, Galakjion Tabidze asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

Muhammad Ali O`zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti (1976), Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat mukofoti (1984), Xalqaro Yassaviy mukofoti (1994) laureati, O`zbekiston Xalq yozuvchi (1992), "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi (1999).

Asarlari
Saylanma. T: Adabiyot va san`at nashriyoti. 1997.
Sarbadorlar. Roman. T: Adabiyot va san`at nashriyoti,1989.
Ulug` saltanat. Roman T: "œSharq" NMK- 2003.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:40:49

BEGALI QOSIMOV (1942-2004)
 
 

 
 

 
Adabiyotshunos Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Denov qishlog’ida tug’ilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati O’zbekiston Milliy universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti bilan bog’liq: 1958-1963-yillarda talaba, 1963-1968-yillarda aspirant, 1966-yildan o’qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.

1968-yili "œMirmuhsin Shermuhammedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti" mavzusidagi nomzodlik, 1984-yili "œXX asr boshi o’zbek poeziyasi (inqilobiy she’riyatning shakllanishi va taraqqiyoti) masalalari. 1905-1917-mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.

B. Qosimov o’zbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari bo’yicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uyg’onish, ma’rifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari tashkil etadi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol ko’rinadi.

U turkiy olamdagi uyg’onish, adabiy aloqalararo bog’liqlik masalalarini mufassal o’rgandi va o’rganmoqda. Turkiya Otaturk kultur markazi faxriy a’zosi, Turkiya Otaturk Arashtirma markazi muxbir a’zosi (1998). Anqarada nashr etilayotgan 33 jildlik "œTurk dunyosi adabiyoti" nashrining o’zbek adabiyoti bo’yicha mutasaddisi.

B.Qosimov O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), o’ndan ortiq darslik va qo’llanmalar, 10 nomda alohida asarlar, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. O’zbekiston Milliy universiteti milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti kafedrasi asoschisi (1993), mudiri. Kafedraning keng xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalari mavjud. Olimning asarlari rus, turk, fransuz va tatar tillariga tarjima qilingan.

Asarlari:
Mirmuhsin Shermuhammedov. T.: "œBilim" jamiyati, 1967.
Abdulla Avloniy. T.: O’qituvchi, 1979.
Izlay-izlay topganim. T.: Adabiyot va san’at, 1983.
Salom, kelajak. T.: Adabiyot va san’at, 1986.
Ma’rifat darg’alari. T.: O’qituvchi, 1990.
Revolyutsiya i literature. T.: Fan, 1991.
Ismoilbek Gasprali. T.: Adabiyot va san’at, 1992.
Maslakdoshlar (Behbudiy, Ajziy, Fitrat). T.: Sharq, 1994.
Milliy uyg’onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. T.: Ma’naviyat, 2002.

Matnshunoslik ishlari:
Navoiyning nigohi tushgan"¦ (Navoiy antologiyasi). T.: Adabiyot va san’at, 1987.
Tavallo. Ravnaqu-l-islom. T.: Fan, 1993.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997 (1-nashr), 1999 (2-nashr).
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. I-II jildlar. T.: Ma’naviyat, 1998.
Sidqiy-Xondayliqiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1998.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.
Yusuf Saryomiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 2002.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:41:15

OYDIN HOJIYEVA
 
 

 
1942-yil 22-aprelda Buxoroning Qiziltepa tumanidagi Hojayi Bo’ston qishlog’ida tug’ildi. 1965-yilda ToshDU (hozirgi O’zMU)ning filologiya fakultetini bitirdi.

Uning birinchi mashq she’ri 1953-yili tuman gazetasida chop etildi.

1961-yili "œSaodat" (avvalgi "œO’zbekiston xotin-qizlari") jurnalida shoiraning "œTongni qarshilab" she’ri bosildi.

1971-yilda "œShabnam", "œMen sevgan qo’shiq" (1972), "œOrzu guli" (1973), "œManzillar" (1971), "œTarovat" (1975), "œNavo" (1977), "œMushfiq onajon" (1983), "œJavoronok" (1984), "œTamal toshi" (1988), "œO’ryukovoy kost" (1985), "œIshonch yulduzlari" (1989), "œChashmalarni izlayman" (1986), "œOsnova" (1987), "œKo’zimning oqu qorasi" (1996), "œPanohim" (1998) kabi yigirmadan ortiq she’riy va publitsistik to’plamlari nashr etilgan.

Ayol qalbining nozik kechinmalarini ifodalovchi she’r va dostonlari bilan muxlislar e’tiboriga tushdi. U "œSharq Yulduzi" (1965-76), "œSaodat" jurnallarida (1976-85) bo’lim mudiri, "œGulxan" oynomasining muharriri (1985-94) bo’ldi.

1992-yilda "œO’zbekiston xalq shoiri" unvoni berildi. U "œEl-yurt hurmati" ordeni sohibasi (1999), 1994-yildan "œSaodat" (unga ilova "œGulchehralar" gazetasi)ning bosh muharriri. Asarlari rus, urdu, ingliz, fransuz, tojik va ukrain tillariga tarjima qilingan.

Asarlari:
Oydin Hojiyeva. "œPanohim". T., "œSharq" NMAK — 1998.
Oydin Hojiyeva. Dostonlar, T., "œAdabiyot va san’at" — 1996.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:41:43

OZOD SHARAFIDDINOV
 
 

 
Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qo’qon yaqinidagi Oxunqaynar qishlog’ida tug’ildi. Toshkentdagi 14-o’rta maktabni, O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shug’ullandi, o’zbek she’riyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. O’sha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari "œZamon. Qalb. Poeziya" (1962) asarida o’z aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Cho’lpon hayoti va ijodini targ’ib qilishga intildi. O.Sharafiddinov o’zbek adabiyotining Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: "œIste’dod jilolari" (1976), "œAdabiy etyudlar" (1968), "œAbdulla Qahhor" (1988), "œBirinchi mo’jiza" (1979). Olim ijodida o’zga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan "œYalovbardorlar" (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim o’rin egallaydi. O.Sharafiddinov XX asrning 60-yillaridan XIX asrgacha bo’lgan o’zbek adabiy jarayonidagi holatlarni "œTalant — xalq mulki" (1979), "œAdabiyot — hayot darsligi" (1981), "œGo’zallik izlab" (1985), "œHaqiqatga sadoqat" (1988), "œSardaftar sahifalari" (1999), "œPrezident" (2003) singari asarlarida aks ettirdi.

Mustaqillik yillarida O.Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. "œCho’lpon" (1991), "œCho’lponni anglash" (1994) kitoblari, "œE’tiqodimni nega o’zgartirdim?" (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda O.Sharafiddinov o’zbek adiblari, madaniyat-san’at arboblari, olimlar haqida o’nlab maqolalar yozdi. U jahon adabiyotining ko’plab namoyandalari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. "œKo’lmak suvda quyosh parchasi" (Fransuaza Sagan), "œQadimgi xitoy nasri namunalari", "œMonumental targ’ibot" (Vl. Boynovich), "œAlximik" (Paulo Koelo) singarilar.

O.Sharafiddinov XX asrning 90-yillari o’rtalarigacha O’zbekiston Milliy universitetida professor bo’ldi. 1995-1997-yillarda "œTafakkur" jurnali bosh muharrir o’rinbosari vazifasini bajardi. U 1997-yildan beri "œJahon adabiyoti" jurnalining bosh muharriri. O.Sharafiddinov Beruniy nomidagi Davlat Mukofoti laureati (1970), "œBuyuk xizmatlari uchun" (1999), "œMehnat shuhrati" (1997) ordenlari sohibi. 2002-yil 23-avgustda O.Sharafiddinovga "œO’zbekiston qahramoni" unvoni berildi.

Asarlari:
O.Sharafiddinov. Zamon. Qalb. Poeziya. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1962.
O.Sharafiddinov. Iste’dod jilolari. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1976.
O.Sharafiddinov. Cho’lponni anglash. Toshkent, "œYozuvchi", 1994.
O.Sharafiddinov. Sardaftar sahifalari. Toshkent, "œYozuvchi", 1999.
O.Sharafiddinov. Prezident. Toshkent, "œAdolat", 2003.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:42:10

TURSUNBOY ADASHBOYEV
 
 

 
Shoir Tursunboy Adashboyev 1939-yil 1-yanvarda Qirg`izistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog`ida tug`ilgan. O`rta maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi O`zMU)ning jurnalistika fakultetida (1962-1968) o`qigan. Moskvadagi Adabiyot institutida ham tahsil olgan.

Tursunboy Adashboev dastlab "œQirg`iziston haqiqati" gazetasi tahririyatida, O`sh viloyati Yozuvchilari uyushmasida xizmat qilgan. U hamisha O`zbekiston ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etgan, she`riy, nasriy asarlari o`zbek tilida chop etilgan. T.Adashboyev "œCho`lpon" nashriyotida 1987-1999-yillargacha muharrir, bo`lim mudiri, bosh muharrir o`rinbosari sifatida faoiliyat ko`rsatdi. Nafaqaga chiqish arafasida 2 yil O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi bo`ldi.

Tursunboy Adashboyev "œKamolning olmasi" (1965), "œBiz sayohatchilar" (1967), "œOlatog`-lolatog`" (1978), "œJo`nataman quyoshni" (1982), "œArslonbob afsonasi" (1988), "œUch bo`taloq va sirli qovoq" (1990), "œTopishmoqli alifbe" (1997) singari 20 ta she`riy to`plam muallifi. U qirg`iz adabiyotidan 30 ga yaqin asar tarjima qilgan. Ular orasida "Manas"ning nasriy bayoni, "œSingan qilich" romani singari asarlari bor. Tursunboy Adashboyev "œO`zbekiston xalq maorifi a`lochisi" (1993), "œQirg`izistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi" (1999), "œDo`stlik" ordeni (1909), "œManas" ordeni (1995) sohibi.

Tursunboy Adashboyev bola ruhiyatini yumorga moyil tarzda nozik ifodalaydi. Uning kattalar uchun yozilgan asarida ham o`ziga xoslik sezilib turadi. Tursunboy Adashboyev adabiy parodiyalar ustasi.

Asarlari:
Uch bo`taloq va sirli qovoq. T.: "Cho`lpon" 1990.
Topishmoqli alifbe. T.: "œCho`lpon" 1997.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:42:39

NAIM KARIMOV
 

 
O’zbek adabiyotshunosi Naim Fatihovich Karimov 1932-yil 12-dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tug’ildi. U 1955-yilda SAGU (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati O’zbekiston Respublikasi FA Til va adabiyot instituti bilan uzviy bog’liq. Sal kam ellik yildan beri shu institutda ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bo’lib boshlig’i bo’lib ishlaydi. N.Karimov 20 asr o’zbek adabiyoti xususiyatlarini ochish borasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Chunonchi, jadid adabiyoti, uning hur fikrli, adolatparvar vakillari Hamza, Fitrat, Cho’lpon va boshqalar ijodi haqidagi kitob, maqolalar muallifi. Matnshunos sifatida Oybekning 20, G’afur G’ulomning 12, Hamid Olimjonning 10, Hamzaning 5 jildli to’la asarlarini tayyorlash va nashr etishda ishtirok etgan.

N.Karimov mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo’yicha jamoatchilik komissiyasi raisi (1999-yildan beri) sifatida Toshkentda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasini bunyod etish (2001), shuningdek, Qatag’on qurbonlari muzeyini tashkil qilishda (2002) jamoatchilik ishlarini amalga oshirdi.

N.Karimov "œO’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" Bosh tahrir hay’ati a’zosi (1997), Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). U O’zbekiston Davlat fan arbobi (1996), "œEl-yurt hurmati" ordeni sohibi, filologiya fanlari doktori (1993), professor (1994).

Asarlar:
N.Karimov. Hamid Olimjon. T.: "œYosh gvardiya", 1979.
N.Karimov. Oybek. T.: "œYosh gvardiya", 1985.
N.Karimov. Cho’lpon. T.: "œFan", 1991.
N.Karimov. Usmon Nosir. T.: "œSharq", 1993.
N.Karimov. Usmon Nosirning so’nggi kunlari. T.: "œSharq", 1994.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:43:10

UMARALI NORMATOV
 

 
Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931-yil 3-yanvarda Farg’ona viloyatining Rapqon qishlog’ida tug’ilgan. O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952-1957), aspiranturasida ta’lim olgan (1959-1962).

1962-yildan hozirgi kungacha o’zbek adabiyoti kafedrasida katta o’qituvchi, dotsent, professor, mudir bo’lib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi o’zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yo’naltirilgan.

U 1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. "œNasrimiz ufqlari" (1974), "œYetuklik" (1982), "œQalb inqilobi" (1986), "œQodiriy bog’i" (1996), "œUmidbaxsh tamoyillar" (2000) singari asarlarida yangi o’zbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. U.Normatov "œO’zbekiston fan arbobi" (1981), O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).

Asarlari:
Normatov U. Janr imkoniyatlari. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970.
Normatov U. Yetuklik. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982.
Normatov U. Qodiriy bog’i. T.: "œYozuvchi", 1996.
Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. T.: "œMa’naviyat", 2000.
 

Qayd etilgan