HUSNIDDIN SHARIPOV
1933-yil 10-fevralda Namanganning Pop shahrida tug’ildi. Namangan qishloq xo’jalik texnikumini (1949) va Toshkent qishloq xo’jalik institutini (1954) tugatgan. O’rmon-melioratsiya injeneri.
Namangan o’rmon xo’jalik idorasida injenerlik qildi (1954-1956), viloyat gazetasida adabiy xodim va mas’ul kotib bo’lib ishladi. 1960-yildan "œO’zbekiston madaniyati" gazetasida adabiy kotib, keyin "œSharq yulduzi" jurnali she’riyat bo’limiga mudir bo’ldi (1962-1969, 1976-1977, 1982-1983). 1984-1993-yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi.
"œNavoiy" deb atalgan dastlabki she’ri 1948-yilda, birinchi she’riy kitobi — "œNihol" 1956-yilda bosilib chiqqan. XX asrning oltmishinchi yillarida "œKo’ngil buyurgani" (1961), "œQuyoshga oshiqman" (1963), "œTuproqqa qasida", "œYerning qalbi" (1965), "œMen sizga aytsam" (1968) she’riy to’plamlari, yetmishinchi yillarda "œLirika" (1970), "œDostonlar" (1978) kitobi va "œBir savol" she’riy romani (1973), saksoninchi yillarda esa "œHayajonli daqiqalar" (1980), "œOh, go’zal" (1981), "œXirmon" (1985), "œYana visol" (1987) hamda ikki jildli "œSaylanma" asarlari (1983) nashr etildi. U bolalar uchun "œUkajonlarimga" (1963), "œBu yog’i nima bo’ladi?" (1973), "œChavandoz" (1974) kitoblarini yaratgan. Shoirning "œSeni sevaman" (1958), "œOta o’g’il" (1964), "œAfsona" (1975), "œChollar va kampirlar" (1979), "œYor istab" (1993) kabi pyesalari markaziy va viloyat teatrlarida sahnalashtirildi. Toshkent nashriyotlarida "œVsyo tot je ya" (1970), "œPrivet ot Satvaldi" (1977), "œSovetskiy pisatel" nashriyotida "œSamoye dorogoye" (1980) kitobi rus tilida bosilib chiqqan. Uning o’zi J.Lafonten, I.Turgenev, U.Uitmen, V.Mayakovskiy, B.Brext, P.Neruda, R.Hamzatov asarlarini o`zbekchaga tarjima qilgan.
So’nggi yillarda H.Sharipovning "œYor istab" (1992) she’riy to’plami, "œMing ikkinchi kecha" (1992) va "œQaltis yurish" (1999) dostonlari, "œDo’stim Tojiddin" (2001) nomli hujjatli qissasi, "œAsiringman" (2003) nomli saylanma asarlari nashr etildi. Eng sara asarlari, ruschadan tashqari, ukrain, ozarboyjon, tojik, urdu, polyak, turk va belorus tillariga tarjima etilgan.
Shoir ijodining qamrovi keng: u fazokor parvozidan ham, dehqon kuymanishlaridan ham, ayol qalbi go’zalligidan ham birday zavq oladi. Holat va ruhiy harakat ifodasida aniqlikni, tilda lutfni sevadi.
H.Sharipov — O`zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1983), "œMustaqillik" medali (1992) va "œMehnat shuhrati" ordeni (2000) bilan taqdirlangan.
Asarlari:
H.Sharipov. Saylanma. 2 jildlik. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.
H.Sharipov. Yor istab. Toshkent, "œYozuvchi", 1992.