Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2415497 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 500 B


AbdulAziz  16 Iyul 2006, 16:20:05

Savol. Islom tarixi.
Qur'oni Karimning eng mashhur
va oyatlarda ko'p kelgan
sakkiz sifati va uning ma'nolarini keltiring.

Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:

1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4. Muborak. Barakotli, tabarruk.
5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7. Hakim. Hikmatli.
8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.
9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10. Majid. Ulug'.
11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.
13. Mav'iza. Nasihat.
14. Bushro. Xushxabar.
15. Bashir. Bashorat beruvchi.
16. Nazir. Ogohlantiruvchi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyul 2006, 16:20:50

Savol. Islom tarixi.
Qur'oni Karimda Qiyomat kunida qabrdan turguvchi kofirlar
chigirtkalarga o'hshatilgan.
Bu oyat qaysi suraning nechanchi oyati?
Va ular nima uchun chigirtkalarga o'hshatilgan?

Bu xabar "Qamar" surasining 7-oyatida kelgan:
6-7. (Ey Muhammad), endi siz ulardan yuz o‘giring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish bo‘lgan bir narsaga (ya’ni Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda ular (kofirlar) ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!

Bu oyati karima payg'ambarimizning buyuk mo'jizalaridan biri oy bo'linishi voqeasidan keyin nozil bo'lgan. O'shanda kofirlar shunday mo'jizani ko'rib turib ham Rasulullohni "sehrgar"ga chiqarishgan edi.
Yolg'onchi qavmning qiyomat kunida ne holga tushishi go'yo to'zigan chigirtkalar misolida bayon etilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyul 2006, 16:21:31

Yangi savollar:

Islom tarixi
Dajjol haqidagi sahih hadislarda uning qaysi sahobiyga o'xshab ketishi aytilgan?

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyul 2006, 16:22:35

Islom tarixi
Hadisi sharifda:
"... Dajjol chiqishidan uch yil oldin qahatchilik bo'ladi... Birorta ko'kat unib chiqmaydi. Birorta uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi. Alloh hohlagani bundan mustasno."
"Odamlar uz zamonda nimani iste'mol qilishadi?" deb so'rashdi.
Nabiy sallollohu alayhi vasallam nima deb javob berganlar?

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyul 2006, 16:23:02

Geografiya
Qaysi davlatning 3 ta poytaxti bor?

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Iyul 2006, 11:34:00

Savol. Islom tarixi.
Sulaymon a.s. vafotlaridan keyin jinlar U Zotni sehrgar deyishgan.
Bunga sabab nima edi?
Va buni rad qilib Qur'oni Karimni qaysi surasidagi,
qaysi oyatlar nozil bo'lgan?

Ma'lumki Sulaymon alayhissalomga Alloh taolo bir qancha ne'matlarni ato etgan. Jumladan jinlarni boshqarish ham Sulaymon a.s.ga berilgan mo'jizalardan edi. Sulaymon a.s. paytlarida ariqdan muzdek mis oqar, payg'ambar buyrug'i bilan jinlar undan turli buyumlar yasardilar. Baland binolar barpo etardilar.
Sulaymon alayhissalom asoga tayangan holda vafot etganlaridan so'ng esa jinlar bir yilgacha u kishining xizmatlarida bo'laverdilar. ya'ni u zotning o'lganlarini to asoni qurt yeb bitirgungacha sezmadilar:
 
Bas, qachonki, Biz (Sulaymonga) o'limni hukm qilganimizda, uning o'limiga faqat asosini yeyayotgan kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Bas, qachonki, u qulab tushgach, jinlarga aniq bo'ldiki, agar ular g'aybni biluvchi bo'lganlarida bu xor qiluvchi azobda (mehnatda) qolmagan bo'lur edilar. (Saba' surasi, 14-oyat)
Shundan keyin esa ular Sulaymon payg'ambarni sehrgarga chiqardilar.

Buni rad qilib Qur'oni karimning ushbu oyati nozil bo'lgan:
Va Sulaymon davridagi shaytonlar (jinlar) aytgan narsalarga ergashadilar. Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga ergashadilar.— Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar.— Va o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsalar o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Va hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni o‘rganadilar. Axir (Allohning kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yo‘q ekanini bilgan edilar-ku. Jonlarini naqadar yomon narsaga (ya’ni oxiratdagi mahrumlikka) sotganlarini bilsalar edi. (Baqara, 102-oyat)
Assalamu alaykum
Javobingiz to'g'ri.
Yana boshqa manbalarda Sulaymon a.s. davrida jinlar odamlarga sehr o'rgatib, qog'ozga yozib tarqatganlar. Sulaymon a.s. buni bilgach, hamma qog'ozlarni yig'ib tahtlari ostiga ko'mdirib qo'yadilar. U Zotning vafotlaridan keyin, jinlar uni kavlab olib:" Mana Sulaymon a.s. o'z tahtini sehr bilan boshqargan deyishadi. Shuning sababida yahudiylar u kishini payg'ambar deb tan olmaganlar. Muhammad s.a.v. Sulaymon a.s.ni payg'ambarlar qatorida tilga olganliklaridan keyin:"Agar Muhammad s.a.v. haq payg'ambar bo'lganida Sulaymonni payg'ambar demas edi. Sulaymon a.s. sehrgar, uni payg'ambar degan Muhammad s.a.v. ham sehrgar deyishadi. Shunda keyin  Qur'oni Karimning siz keltirgan go'zal oyatlari nozil bo'ladi.Vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Iyul 2006, 11:44:19

Savol. Islom tarixi.
Qur'oni Karimning eng mashhur
va oyatlarda ko'p kelgan
sakkiz sifati va uning ma'nolarini keltiring.

Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:

1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4. Muborak. Barakotli, tabarruk.
5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7. Hakim. Hikmatli.
8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.
9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10. Majid. Ulug'.
11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.
13. Mav'iza. Nasihat.
14. Bushro. Xushxabar.
15. Bashir. Bashorat beruvchi.
16. Nazir. Ogohlantiruvchi.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Javobingiz juda to'g'ri.
17.Furqon.Haq bilan botilni ajratuvchi.
18.Burxon.Qiyomat kuni hujjat bo'luvchi.(Foydamizga yoki zararimizga)
19.Musxaf.Sahifalangan.
20.Tanzil.Nozil qilingan.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Iyul 2006, 11:52:15

Savol. Islom tarixi.
Qur'oni Karimda Qiyomat kunida qabrdan turguvchi kofirlar
chigirtkalarga o'hshatilgan.
Bu oyat qaysi suraning nechanchi oyati?
Va ular nima uchun chigirtkalarga o'hshatilgan?

Bu xabar "Qamar" surasining 7-oyatida kelgan:
6-7. (Ey Muhammad), endi siz ulardan yuz o‘giring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish bo‘lgan bir narsaga (ya’ni Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda ular (kofirlar) ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!

Bu oyati karima payg'ambarimizning buyuk mo'jizalaridan biri oy bo'linishi voqeasidan keyin nozil bo'lgan. O'shanda kofirlar shunday mo'jizani ko'rib turib ham Rasulullohni "sehrgar"ga chiqarishgan edi.
Yolg'onchi qavmning qiyomat kunida ne holga tushishi go'yo to'zigan chigirtkalar misolida bayon etilgan.
Javobingzi to'g'ri.
Va ular nima uchun chigirtkaga o'hshatilgan?
Bu oyati karimaning mo'jizakorligini olimlar yana bir tasdiqlashdi. Aniqlanishicha, chigirtkalar bir joydan bir joyga kochishda juda ko'p sonli, gala-gala bo'lib borishar ekan. Ular hatto bir nech milliardlab yurishar ekan. Ularning uzunligi 38km, balandligi bir necha metrgacha yetar ekan. Bunadan tashqari chigirtkalar o'z tuhumlarini tuproq orasiga urug' singari joylashtiradilar va  vaqti yetgach, bir vaqtni o'zida tuproq orasidan millionlab chigirtkalar chiqishar ekan. Huddi, Ulug' Kunda insonlarning qabrdan birdaniga ko'tarilgani kabi. Alloh buyukdir.

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyul 2006, 15:44:41

Geografiya
Qaysi davlatning 3 ta poytaxti bor?

Boliviya?

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2006, 02:28:14

Zoologiya
6. Eng tez uchadigan hasharot qaysi?

Ниначи энг тез учувчи хашарот хисобланади. Унинг харакатининг тезлиги 57 км/соатга етади.

javob judayam to'g'ri.

Qayd etilgan