Assalamu alaykum!
SAVOL:
Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Vujudlar to'lg'onib qalblar o'zgardi. Bo'ron tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo'ldi. ....... omonlik sohilida najot topdi. Abu Tolibdan ismi so'ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu mannof"dedi. Mol-dunyo tilga olinganida tuyalar sanaldi. .......dan ismi so'ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi so'ralganida, "Ibnul Islam" (Islom farzandi) dedi. Mol-dunyosi so'ralganida "Muhtojlik", do'koni so'ralganida "masjid", kasbi so'ralganida "Sabr", Libosini "Taqvo va tavoze'", bolishini "Bedorlik", - dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa: "....... bizdan, ahli Islomdan..."degan so'zlardan, deya javob berdi.
Gap qaysi sahoba haqida ketayapti?