Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2415449 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 500 B


AbdulAziz  17 Oktyabr 2006, 05:48:14

Savol:
Islomda birinchi bo'lib masjid qurgan sahobiy kim?

Ammor ibn Yosir  "Masjidul-Qabo"ni qurganlar

Javobingiz to'g'ri.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Oktyabr 2006, 09:37:06

Savol:
Hazrati Bilolning qabrlari qayerda?

Javob:
Damashqda.
Vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Oktyabr 2006, 09:43:43

Savol:
Muhammadning  s.a.v. eng sevimli nabiralari, Hazrati Ali va Hazrati Fotimalarning  r.a. farzandi arjumandlari Imom Hasaning qotili kim?
Va bu qotil qaysi sahobiy tomonidan yollangan?


Assalomu alaykum Nargiza opa!
Hazrat Ali, hasan va Husayn r.a.lar haqida juda ko'p rivoyatlar mavjud.
Lekin ulardan ko'pchiligini shia roviylari to'qib chiqarishgan va ko'pincha noxolis baho berishgan.
Shia roviylariga ko'ra hazrati Hasan Muoviya r.a. buyrug'iga binoan o'ldirilgan.
Lekin aslida Hazrati Hasan hokimiyatdan voz kechgach, Madinaga ko'chib borganlar va umrlarining oxirigacha shu yerda yashaganlar.

Nargiza opa siz olgan manba sahihmi?

Va alaykum assalam.
Men o'qigan manbaa sahih ekanligini aniq bilmayman.
Lekin Ali r.a. va u zotni o'g'illari o'ldirilganligi haqda juda ko'p o'qiganman.
Balki bu narsalar siz aytgandek shunchaki rivoyatdir.
Yanglishgan bo'lsam Alloh taolo mag'firat qilsin.
Agar sizda sahih ma'lumotlar bo'lsa bizga ham bildirarsiz.
Lekin Rasululloh s.a.v. avlodlari Hasan va Husayn r.a. larning halifalikdan voz kechishlariga nimz sabab bo'lgan ekan?
Balki sizdan Husayn r.a. ni ham o'ldirilmagani haqda ma'lumotlar bordir.Agar shunday bo'lsa kutib qolaman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:25:18

Savol:
Misrni fath etgan Islom sarkardasi kim?

Amr ibn al-Os

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Oktyabr 2006, 05:01:54

Savol:
Hazrati Bilolning qabrlari qayerda?

Javob:
Damashqda.
Vallohi a'lam.


Javobingiz to'g'ri.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Oktyabr 2006, 05:02:57

Savol:
Misrni fath etgan Islom sarkardasi kim?

Amr ibn al-Os

Javobingiz to'g'ri.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Oktyabr 2006, 05:06:32

Savol:
Xalifa Usmon ibn Affon (ra) davrida 4 shaxsga Qur’onning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan edi. O'sha 4 sahobiy kim edi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Oktyabr 2006, 05:18:44

Savol:
Rasuli Akram SAVning bojalari kim edi? (Abu Bakr r.a.ning qizini nikohiga olgan)

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Oktyabr 2006, 07:06:17

Savol:
Rasuli Akram SAVning bojalari kim edi? (Abu Bakr r.a.ning qizini nikohiga olgan)

Assalamu alaykum.
Javob:Rasulullohning s.a.v. bojalari Asharayi Mubashsharadan bo'lgan, buyuk sahobiy Zubayr ibn Avvom r.a.
Bu zot Abu Bakr Siddiqning  r.a. qizlari Asmo Binti Abu Bakrga uylanganlar.

Vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:35:45

Savol:
Xalifa Usmon ibn Affon (ra) davrida 4 shaxsga Qur’onning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan edi. O'sha 4 sahobiy kim edi?

Assalamu alaykum!
Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn az-Zubayr.
yana 2 kishini topa olmadim...

Qayd etilgan