Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 1350105 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 500 B


AbdulAziz  13 Iyul 2006, 07:25:36

Navbatdagi savollar:

Kino
1. Jeki Chan so‘zining ma’nosi nima?

Adabiyot
2. "œGo‘ro‘g‘li" turkumiga kiruvchi oxirgi doston qaysi?

Islom tarixi
3. Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?

Qayd etilgan


Laylo  13 Iyul 2006, 15:44:20

Islom tarixi
3. Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?

Abu Abdullohmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Iyul 2006, 19:33:42

Savol.Islom tarihi.

Qur'oni Karimning eng ohirgi nozil bo'lgan oyati qaysi suraning nechanchi oyati?
Va uning ma'nosi qanday?(tarjimasi)

Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. (Manba: "Qur'on, tafsir va mufassirlar" kitobi)

Yana  boshqa manbalarga ko'ra, Moida surasining 3-oyati:
"Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to`la qildim va Islomni din deb ixtiyor etdim"
Javobingiz juda to'g'ri.
Ko'proq manbalarda Moida surasining 3-oyati deb keltirilgan.
Javobingiz uchun tashakkur.

Qayd etilgan


Abdusalom  14 Iyul 2006, 15:02:18

Islom tarixi
3. Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?

Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning do’zaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar. Ana shu kundan boshlab u "Atiq" nomini oldi. (Termiziy rivoyati) Bu hususda yana: "Nasabida aybsitadigan kamchlik bo’lmagani uchun uni "Atiq" deyishadi", degan qavl ham bor. Lekin ulug’ imomlar u zotni "Siddiq" deb nomlashga qaror qilishgan. Alloh rozi bo’lsin.
Ali ibn Abu Tolib deydi: "Alloh taolo Abu Bakrni O’zining rasuli tilida "Siddiq" deb nomladi".


Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:26:01

Islom tarixi
3. Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?

Abu Abdullohmi?

Abu Bakr Siddiqni Abu Abdulloh, Ibn Kuhofa kabi nomlar bilan ham chaqishgan. Ammo "siddiq" kunyalari juda mashhur bo'lgan. Yana shunga o'xshash qanday kunyalari bo'lgan?
Bu savolga esa Abdusalom to'g'ri javob berganlar:
 
Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning do’zaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  15 Iyul 2006, 15:38:17

Assalomu alaykum!
savol:

Abu Bakr raziyallohu anhudan jami nechta hadis rivoyat qilingan?

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Iyul 2006, 21:34:19

Assalomu alaykum!
savol:

Abu Bakr raziyallohu anhudan jami nechta hadis rivoyat qilingan?
Assalamu alaykum.
Abu Bakr Siddiqdan r.a. jami qirq ikkita hadis rivoyat qilingan.
Agar hato bo'lsa uzr.

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:46:48

Navbatdagi savollar:

Kino
1. Jeki Chan so‘zining ma’nosi nima?

Gong-Konglik degan ma'noni bildiradi.

Qayd etilgan


shoir  16 Iyul 2006, 07:34:07

Adabiyot
2. "œGo‘ro‘g‘li" turkumiga kiruvchi oxirgi doston qaysi?

"Ero'gli" dostoni

Qayd etilgan


Laylo  16 Iyul 2006, 07:41:50

Assalamu alaykum.
Abu Bakr Siddiqdan r.a. jami qirq ikkita hadis rivoyat qilingan.
Agar hato bo'lsa uzr.

Va alaykum assalom.
Judayam to'g'ri topdingiz.
Alloh rozi bo'lsin birodarimiz Mubashshirdan. "Siddiqnoma" risolasini kiritgan ekanlar. Savolni shu yerdan olgandim.

Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, ko’p sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan. Holbuki, Abu Bakr Islomning ilk kunlaridan to Rasululloh s.a.v. vafotlarigacha u kishining doimiy yonlarida bo’lgan ishonchli mulozimlaridan edilar.

Qayd etilgan