Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2415579 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 500 B


Munira xonim  16 Iyul 2006, 10:00:24

Savol. Islom tarixi.
Sulaymon a.s. vafotlaridan keyin jinlar U Zotni sehrgar deyishgan.
Bunga sabab nima edi?
Va buni rad qilib Qur'oni Karimni qaysi surasidagi,
qaysi oyatlar nozil bo'lgan?

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyul 2006, 10:03:15

Savol. Islom tarixi.
Rasululloh s.a.v:"Sening ohirgi nasibang sut bo'ladi",-
deya bashorat bergan sahobiy kim edi?

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyul 2006, 10:11:01

Savol. Islom tarixi.
Qur'oni Karimning eng mashhur
va oyatlarda ko'p kelgan
sakkiz sifati va uning ma'nolarini keltiring.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyul 2006, 10:15:22

Savol. Islom tarixi.
Qur'oni Karimda Qiyomat kunida qabrdan turguvchi kofirlar
chigirtkalarga o'hshatilgan.
Bu oyat qaysi suraning nechanchi oyati?
Va ular nima uchun chigirtkalarga o'hshatilgan?

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyul 2006, 10:18:15

Savol. Islom tarixi.
Ashobi Badr 313 kishidan iborat edi.
Ularning qanchasi muhojir va qanchasi ansoriy edi?
Abu Jahl lashkari necha kishidan iborat edi?

Qayd etilgan


Abdulsobir  16 Iyul 2006, 15:02:42

Savol. Islom tarixi.
Rasululloh s.a.v:"Sening ohirgi nasibang sut bo'ladi",-
deya bashorat bergan sahobiy kim edi?

Assalamu alaykum!
Ammor ibn Yosirga Rasululloh SAV "Seni yo'ldan adashgan bir guruh o'ldiradi. Oxirgi nasibang sut bo'ladi" deya marhamat qilganlar.
Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Abdulsobir  16 Iyul 2006, 15:06:10

Savol. Islom tarixi.
Ashobi Badr 313 kishidan iborat edi.
Ularning qanchasi muhojir va qanchasi ansoriy edi?
Abu Jahl lashkari necha kishidan iborat edi?

Ularning ikki yuz qirqtachasi ansorlar bo‘lib, qolganlari esa muhojirlar edi.
Abu Jahl qo‘shinida to‘qqiz yuz ellik kishi bo‘lib, yetti yuz tuya, yuztacha sovutlangan yugurik otlari bor edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyul 2006, 15:12:20

Savol. Islom tarixi.
Rasululloh s.a.v:"Sening ohirgi nasibang sut bo'ladi",-
deya bashorat bergan sahobiy kim edi?

Assalamu alaykum!
Ammor ibn Yosirga Rasululloh SAV "Seni yo'ldan adashgan bir guruh o'ldiradi. Oxirgi nasibang sut bo'ladi" deya marhamat qilganlar.
Vallohu a'lam.
Va alaykum assalam.
Javobingiz juda to'g'ri.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyul 2006, 15:15:20

Savol. Islom tarixi.
Ashobi Badr 313 kishidan iborat edi.
Ularning qanchasi muhojir va qanchasi ansoriy edi?
Abu Jahl lashkari necha kishidan iborat edi?

Ularning ikki yuz qirqtachasi ansorlar bo‘lib, qolganlari esa muhojirlar edi.
Abu Jahl qo‘shinida to‘qqiz yuz ellik kishi bo‘lib, yetti yuz tuya, yuztacha sovutlangan yugurik otlari bor edi.
Javobingizni ikkinchi qismi juda to'g'ri.
Savolning birinchi qismiga kelsak,
aniqrog'i, musulmonlarning ikki yuz o'ttiz oltitasi ansorlar,
yetmish yettitasi muhojirlar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyul 2006, 16:18:58

Savol. Islom tarixi.
Sulaymon a.s. vafotlaridan keyin jinlar U Zotni sehrgar deyishgan.
Bunga sabab nima edi?
Va buni rad qilib Qur'oni Karimni qaysi surasidagi,
qaysi oyatlar nozil bo'lgan?

Ma'lumki Sulaymon alayhissalomga Alloh taolo bir qancha ne'matlarni ato etgan. Jumladan jinlarni boshqarish ham Sulaymon a.s.ga berilgan mo'jizalardan edi. Sulaymon a.s. paytlarida ariqdan muzdek mis oqar, payg'ambar buyrug'i bilan jinlar undan turli buyumlar yasardilar. Baland binolar barpo etardilar.
Sulaymon alayhissalom asoga tayangan holda vafot etganlaridan so'ng esa jinlar bir yilgacha u kishining xizmatlarida bo'laverdilar. ya'ni u zotning o'lganlarini to asoni qurt yeb bitirgungacha sezmadilar:
 
Bas, qachonki, Biz (Sulaymonga) o'limni hukm qilganimizda, uning o'limiga faqat asosini yeyayotgan kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Bas, qachonki, u qulab tushgach, jinlarga aniq bo'ldiki, agar ular g'aybni biluvchi bo'lganlarida bu xor qiluvchi azobda (mehnatda) qolmagan bo'lur edilar. (Saba' surasi, 14-oyat)
Shundan keyin esa ular Sulaymon payg'ambarni sehrgarga chiqardilar.

Buni rad qilib Qur'oni karimning ushbu oyati nozil bo'lgan:
Va Sulaymon davridagi shaytonlar (jinlar) aytgan narsalarga ergashadilar. Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga ergashadilar.— Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar.— Va o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsalar o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Va hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni o‘rganadilar. Axir (Allohning kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yo‘q ekanini bilgan edilar-ku. Jonlarini naqadar yomon narsaga (ya’ni oxiratdagi mahrumlikka) sotganlarini bilsalar edi. (Baqara, 102-oyat)

Qayd etilgan