Savol. Islom tarixi.
Qur'oni Karimning eng mashhur
va oyatlarda ko'p kelgan
sakkiz sifati va uning ma'nolarini keltiring.
Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:
1.
Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2.
Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3.
Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4.
Muborak. Barakotli, tabarruk.
5.
Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6.
Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7.
Hakim. Hikmatli.
8.
Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.
9.
Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10.
Majid. Ulug'.
11.
Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12.
Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.
13.
Mav'iza. Nasihat.
14.
Bushro. Xushxabar.
15.
Bashir. Bashorat beruvchi.
16.
Nazir. Ogohlantiruvchi.