Ziyo-Uz BukToPuHaCu  ( 2417272 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 500 B


Munira xonim  20 Iyul 2006, 08:23:38

Assalomu alaykum!

Savol:
Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nechta qiz va o'g'illari bo'lgan?
Ularni yoshiga qarab ketma-ket sanang.
Javob.
Rasululloh s.a.v.ning to'rt o'g'il va to'rt qizlari bo'lgan,
Qizlari:
1.Ruqiya.
2.Zaynab.
3.Ummu Gulsum.
4.Fotima (r.a.)
O'g'illari:
1.Qosim.
2.Tohir.
3.Tayyib.
4.Ibrohim.(Ibrohim cho'rilari Moriyadan tug'ilgan.)
Vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyul 2006, 08:25:04

Men 18 - savolga javob topgandayman.
Agar noto'g'ri bo'lsa uzr so'rayman.
Bir daraxt - bir yil.
O'n ikki shohi - o'n ikki oy.
O'ttizta barg - o'ttiz kun.(oy kunlari)
Har birida beshta meva - har kungi besh vaqt namoz.
Uchtasi soyada - bomdod, shom va hufton.
Ikkitasi oftobda - peshin va asr.
Assalamu alaykum.
Javobingiz juda to'g'ri.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 12:10:52

Assalamu alaykum.
Islomiy savollar.
Bu savollardan 18- savolga Mubashsher to'g'ri javob berdilar.
Qolgan savollarga o'zim javob yozishni lozim topdim.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 12:16:39

Islomiy savollar.(Juda oson)
1.Ikkinchisi yo'q ne bor?
2.Uchunchisi yo'q ikki narsa ne?
3. To'rtinchisi yo'q uch narsa ne?
4.Beshunchisi yo'q to'rt narsa ne?
1.Ikkinchisi yo'q bir-Alloh taolo. "Ayting,"U - Alloh bittadir".(Ihlos,1)
2.Uchinchisi yo'q ikki -Kecha va kunduz. "Biz kecha va kunduzni ikki belgi alomat qildik".(Isro,12)
3.To'rtinchisi yo'q uch - Muso a.s.ning Hizrga aytgan uchta uzri.
4. Beshunchisi yo'q to'rt - Zabur, Tavrot, Injil va Qur'on.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 12:26:00

5.Oltinchisi yo'q besh narsa nima?
6.Yetinchisi yo'q olti narsa nima?
7.Sakkizinchisi yo'q yetti narsa nima?
8.To'qqizinchisi yo'q sakkiz narsa nima?
5.Oltinchisi yo'q besh - Mo'minlarga farz qilingan besh vaqt namoz.
6.Yettinchisi yo'q olti - Alloh taolo yeru osmonlarni yaratgan olti kun."Biz osmonlar va yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik".(Qof,38)
7.Sakkizinchisi yo'q yetti - Yetti qavat osmon."(Alloh)Yetti qavat osmonni ustma-ust qilib yaratgan Zotdir".(Mulk,3)
8.To'qqizinchisi yo'q sakkiz - Qiyomatda Alloh taoloning Arshini ko'tarib turuvchi sakkiz farishta.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 12:33:38

9.To''qiz mo'jiza sohibi kim va bu mo'jizalar nima?
10. O'ntaga ziyoda qilingan narsa nima?
11.O'n bir kishi kim?
12.O'n ikkita mo'jiza nima?
9. To'qqiz mo'jiza - Muso a.s. ning to'qqiz mo'jizasi.(qo'l, aso, sahro, qadirg'och, to'fon,chigirtka, bit, qurbaqa va qon)
10.O'ntaga ziyoda qilnadigan narsa - Bir yahshilikka qaytariladiga o'n yahshilik."Kim bir yahshilik qilsa, unga o'nta qilib qaytarilur".(An'om,160)
11.O'n bir kishi - Yusuf a.s. o'n bir aka - ukasi.
12.O'n ikkita mo'jiza -Muso a.s.ning qavmi uchun otilib chiqqan o'n ikki chashma."Eslang,Muso qavmi uchun suv tilaganida:"Asoyingni toshga urgin", dedik. Bas, unda o'n ikki chashma otilib chiqdi".(Baqara,60)

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 12:38:53

13.O'n uch nafar kishi kim?
14.Nofas oladi, lekin joni yo'q. u nima?
15.O'z sohibini olib yurgan qabr?
16.Yolg'on gapirib jannatga kirgan kim?
13.O'n uch nafar kishi - Yusuf a.s. ota-onasi va o'n bir aka-ukasi."Men tushimda o'n bir yulduzni,yana quyosh va oyni ko'ribman".(Yusuf,4)
14.Nafas oladi,lekin joni yo'q -Tong."Va nafas olayotgan tongga qasam ichurmanki....(Takvir,18.)
15.Sohibini olib yurgan qabr- Yunus a.s.ning "qabrlari" baliq.
16.TYolg'on gapirib ham jannatga kirgan - Yusuf a.s.ning aka-ukalari.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 12:42:14

17.Ota-onasiz yaratilganlar?
17.Ota-onasiz yaratilganlar - Farishtalar, Odam a.s. Iyso a.s. Ismoil a.s.ning qo'chqorlari va Solih a.s.ning tuyalari.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 20:04:19

Assalamu alaykum.
Yangi savollar.
1. Umar ibn Hattob r.a. Fil voqeasidan necha yil keyin tug'ilganlar?
2.Umar ibn Hattob r.a. Rasululloh s.a.v.dan necha yil keyin vafot etganlar?

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 20:07:19

3.Umar ibn Hattob r.a.ning to'qqiz otalarini sanang.
4.Umar ibn Hattob r.a. qaysi qabiladan edilar?

Qayd etilgan