Muallif Mavzu: Userlar haqida latifalar II-qism  ( 59290 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

ikbaljohn

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 79
  • -oldi: 197
  • Xabarlar: 1101
  • Jins: Erkak
Userlar haqida latifalar II-qism
« : 24 Yanvar 2008, 11:38:03 »
Userlar haqidagi latifalarni davom ettiramiz.
Iltimos,haqorat qilish,mazax qilish bo'lmasin,offtopga o'rin yo'q.

Mahzunabonu uyiga telegramma jo'natish uchun pochtaga kiribdi.Sumkasini qarasa,bitta so'zga yetadigan pul qolgan xolos.Telegramma shunday ko'rinish olibdi:
Mingdollarlashtirvoringlar!
« So'nggi tahrir: 25 Yanvar 2008, 08:31:08 muallifi ikbaljohn »

Mahzunabonu

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 556
  • Jins: Ayol
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #1 : 24 Yanvar 2008, 18:29:36 »
Murod_bek:
- Eng g'aroyib tasodifga misol keltira olasizmi?
ikbaljohn:
- Mening dadam bilan ayamning to'yi bir kunda bo'lgan


Mahzunabonu

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 556
  • Jins: Ayol
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #2 : 24 Yanvar 2008, 18:51:21 »
RedBull vaqtni aytib beruvchi xizmat idorasiga qo‘ng‘iroq qilayapti:

— Yaxshi qiz, iltimos, soat necha bo‘lganini aytib yuborsangiz!

Bir paslik sukutdan so‘ng go‘shakdan kimningdir so‘kingani eshitildi:

— Qanaqa yaxshi qiz? Jinnimisan nima balo? Men, axir, avtootvetchikman-ku!

ikbaljohn

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 79
  • -oldi: 197
  • Xabarlar: 1101
  • Jins: Erkak
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #3 : 28 Yanvar 2008, 18:42:38 »
Bitta userka to'yidan 3 hafta keyin onasiga telefon qilyapti:
-Oyijon,bizda oilaviy janjal bo'lib o'tdi.Nima qilishgayam hayron bo'pqoldim!
Onasi:
-Qizim,bu hammadayam bo'pturadi.Nervnichat qilma!
Userka:
-Shunaqa disizu,lekin man murdani nima qisamikin?

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #4 : 29 Yanvar 2008, 11:44:52 »
Ikbaljohn tovuq patidan rang – barang yelpig’ich yasab, bozorga olib chiqdi. Shoir yelpig’ichdan bittasini olib, o’zini yelpigan edi, yelpig’ich to’kilib ketdi.
-Iye, bu qanaqa yelpig’ich?
-Yelpig’ichni ishlatishni bilish kerak-da, - dedi Ikbaljohn, - yelpig’ichni katta ochib yuzingizga tutib turib boshingizni qimirlating. :)
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #5 : 29 Yanvar 2008, 11:56:13 »
Usmon bozordan go’sht olib kelayotgan edi, qo’lidagi go’shtni it olib qochdi. Usmon hayron bo’lib, boshini qashlab turgan edi, Shoxjahon go’sht ko’tarib kelayotganini ko’rdi. Usmon poylab borib, uning qo’lidagi go’shtni olib qochdi. Shoxjahon Usmonning ketidan baqirdi:
-Usmon, hazillashmang, o’zim zo’rg’a oldim..
Qochib ketayotgan Usmon dedi:
-Bu hazil emas, bugun olib qochar kun.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #6 : 29 Yanvar 2008, 11:56:46 »
Ali Rizo Bek hayit namozidan qaytar edi. Ko’chadagi mayda bolalar uni o’rab olishib, hayitlik so’rashib holi-joniga qo’yishmadi. Yonida bir chaqasi bo’lmagan Ali Rizo Bek yolg’on gapirib, bolalardan qutulmoqchi bo’ldi-da, dedi:
-Bolalar, ko’chaning boshida Murod_bek bir qop yong’oqni hayitlikka ulashmoqda!
Bolalar chuvillashib o’sha tomonga yugurishgan edi, “yong’oq ulashayotgani rost ekan shekilli” deb bolalarning ketidan o’zi ham chopib ketdi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #7 : 29 Yanvar 2008, 11:58:00 »
Watson qorni och, hozir qo’y go’shtidan qaynatma sho’rva bo’lsa, deb xayol surib o’tirar edi, qo’shnisining o’g’li kosa ko’tarib kirdi.
-Aka, - dedi bola, - agar sho’rva qiladigan bo’lsalaring, ayamga bir kosa berar ekansiz, toblari qochib qoldi.
 â€œTavba, bu uyda bir narsani orzu ham qilib bo’lmaydi, darrov qo’shni xabardor”, - dedi ichida Watson.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #8 : 29 Yanvar 2008, 11:58:52 »
Shukurulloh yarim kechada uyg’onib oyisini turtdi:
-Oyi, turing, ko’zoynagimni topib bering.
-Yarim kechada ko’zoynakni nima qilasan, bolam? – so’radi oyisi.
-Tushimga shunday mayda narsalar kiryaptiki, ko’zoynaksiz ko’rolmayapman.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #9 : 29 Yanvar 2008, 12:00:08 »
Ali Rizo Bekning oyisi sho’rva qilib, non bilan uning oldiga qo’ydi. Ali Rizo Bek sho’rvaga nonni to’g’ragan edi, non cho’kdi.
 Ali Rizo Bek nonni:
-Suzishni bilmasang, suvga tushib nima qilar eding? – deb koyidi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #10 : 03 Fevral 2008, 16:46:07 »
Auditoriyaga Robiya shoshib kirdi-da, baqirdi:
– Bolalar bitta yaxshi va bitta yomon xabar bor, qaysidan boshlay?
– Avval yaxshisini ayt.
– Domlamiz Yangi yil kechasi ko‘proq ichib qo‘yibdi, shuning uchun imtihon olishga kelmas ekan...
– Ura-a-a. Yomoni-chi?
– Hazillashdim.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #11 : 03 Fevral 2008, 16:47:31 »
Shukrullo yonidagi do‘sti Akbardan so‘radi:
– Talabaning doimo yonida bo‘ladigan eng yaqin do‘sti kim?
– Shuniyam bilmaysanmi? Axir bu oylik yo‘l chiptasi-ku.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #12 : 03 Fevral 2008, 16:48:05 »
Ishga ketayotgan domla – Shoir xotiniga dedi:
– Xotin, kiyimlarimni tezroq tayyorla.
– Anavi, yangi kostyum-shimingiznimi?
– Yo‘q, eskirog‘ini. Bugun talabalardan imtihon olaman.

Mahzunabonu

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 556
  • Jins: Ayol
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #13 : 08 Fevral 2008, 21:09:53 »
Restoranda g'ayrat17 bilan jasonnur yon stoldagi ketvorga qizlarni tomosha qilib o`tirishibdi.
gayrat17:
- Yur tanishmimizami?
jasonnur:
-Do`stim birpast kutib tur, oldin stolga pulini to`lashsin.


Mahzunabonu

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 556
  • Jins: Ayol
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin
Re: Userlar haqida latifalar II-qism
« Javob #14 : 08 Fevral 2008, 21:11:21 »
Bir kuni Murod_bek sartaroshxonaga kirib keldi va sartaroshga sochini kal qilib olib qo'yishni so'radi.
Sartarosh sochini aytgandan ham ziyoda qilib g'irt kal qilib olib qo'ydi.

Shundan so'ng Murod_bek oynaga qarab turdida, shunday dedi.

- Menga kallik yarashmas ekan, yaxshisi sochimni ana u bolanikiga o'xshatib olib qo'ya qoling

 

Userlar haqida latifalar :)

Muallif Murod_bekBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 123
Ko'rilgan: 46280
So'nggi javob 06 Noyabr 2007, 09:55:11
muallifi Muslimа
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13441
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin
Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 340377
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
G'ijduvon haqida ensiklopediyalarda

Muallif MohinurBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 11233
So'nggi javob 05 Iyul 2009, 17:03:30
muallifi MSJON
Kogon shahri haqida ensiklopediyalarda

Muallif MohinurBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 15050
So'nggi javob 30 Aprel 2013, 16:45:52
muallifi levdeo