??  ( 27696 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  30 Avgust 2013, 17:35:04

Aslida bilishimiz kerak...

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  30 Avgust 2013, 18:43:03

Men surishtirib ko'rsam olti yo etti avlod tepadagi bobolarimiz Uyg'urdan ko'chib kelgan ekan. Qadim tarihda tahminan ikki yoki uch asr avval Musulmon Uyg'ur halqini istilochilar qattiq parokanda qilgan ekan o'shanda ba'zi aholisi Andijonnin turli joylariga jumladan Poytug' azizga hijrat qilishgan ekan, bizning urug' o'shalarning avlodlari degan tahmin bor.

Qayd etilgan


Shokir63  30 Avgust 2013, 20:31:47

Otamning ismlari Baxshillo. Buvamning ismlari Baqo. Buvamning otalari Fayzi. Buvam Fayzining bolalik paytlarida ota-onalari quloq qilib yuborilganlar, hovli farzandlarning qo'llaridan olingan, darvozasi bitta fakrikaga darvoza qilingan. Buvam Baqo yosh etim qolganliklari uchun otalaridan oldingi ajdotlari haqida hech narsa bilmaganlar, shuning uchun biz ham hech nimani bilamaymiz. Buvam arablardan ekanlar, buvim xo'jalardan. Arabga xo'janing qizi berilmas ekan, lekin buvimning otalari Sulaymonxo'ja buvam Baqoga ilmli bo'lganliklari uchun ortimdan duo qiladi deb, qizlarini berganlar (gap urug'da emas, kishining o'zligida degandek).

Qayd etilgan