Userlar haqida latifalar II-qism  ( 86322 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 16 B


Musannif Adham  24 Yanvar 2009, 21:07:36

Assalomu alaykum. Hurmatli Knyaz e'tiboringiz uchun Jannat va Do'zah latifa qiladigan darajada yengil narsalar emas... Allohga iymon keltirgan banda uchun bu ikki joyga nisbatan kulgu darajasida yengil qarashlik HAROM....

To'g'ri. Bu postni o'chirib tashlasangiz yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Yanvar 2009, 21:24:07

Musannif Adham latifa aytibdimikin deb o'ylab shoshib kiribmana :7

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  25 Fevral 2009, 22:59:21

Abdullohni oyisi:
-Ko'chaga chiqib o'ynab kelsang muzqaymoqqa 100 so'm beraman.
Abdulloh:
-Qo'shni ayol ko'chaga chiqmasang 1000 so'm beraman degan.
;D

Qayd etilgan


Abdullоh  26 Fevral 2009, 17:20:40

Bir kuni Baxtiyor yo'lda ketayotgan ekan, yo'lda oyna yotgan ekan. Uni olib qarasa, kimdir unga qarab turganmish. Bizning Baxtiyor esa: "E. kechirasiz siznikimidi" deb oynani yerga qo'yibdi. :)

Qayd etilgan


ZUBAIR  17 Aprel 2009, 01:39:04

Munavvara: Opa, qarang anu odamni boshida sochi yo'q ekan.
Muslimaa: Jim, eshitib qoladi
Munavvara: Iya, sochi yo'qligini hali o'zi ham bilmaydimi :)

Qayd etilgan


ZUBAIR  17 Aprel 2009, 01:41:15

ChehMik bilan Y_U_R_I_S_T 40 yildan keyin uchrashib qolishibdi.
Y_U_R_I_S_T Ilgari yoshligimzda rosa chiroyli ediga, ayniqsa men
ChehMik: Hozir qarib rosa xunuk bo'lib ketdiga, ayniqsa sen : )


 ;)

Qayd etilgan


registan  23 Oktyabr 2009, 10:59:45

Bu mavzu eskirib qolibdiku. Mayli man yangilab bera qolay. :)

Kapalakxon kichik ukasi ChehMik bilan ketyaptilar. ChehMikning yo'l chetida sotilayotgan muzqaymoq havasini keltirdi. Shunda ChehMik:
--"Opa, opa anavi muzqaymoqdan olib bering."
--"Pul yo'q ukam, pul."
--"Dadam pul bergandilaku?"
--"Unga masalliqlar olishimiz kerak hali."
Shunda ChehMikni jahli chiqib, opasini yo'lda qopqog'i ochiq kanalizatsiya qudug'iiga tushirib yubormoqchi bo'libdi. (Shunaqa ham yomon uka bo'ladimi) :D
Opasi quduqni to'g'risiga kelgan vaqti
--"Opa qarang toshbaqa uchyapti."
Kapalak e'tibor bermay quduqni aylanib o'tib ketibdi. Quduqdan 5-6 qadam o'tganlaridan keyin. ChehMikni orqadan bir kishi turtibdi. Bunday qarasa Chustiy emishlar. Hamma joylari shilingan, qonagan, xarob bir ahvolda emish. ChehMikka:
--"Hoy tirmizak qachon ko'rganding toshbaqa uchganini" - dermish.

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 11:44:39

Hafa bo'lish yo'q

registan bobosiga dedi:
- Bobo pensiyangizda menga 10 min so'm berib turing
Pensiya chiqqanimda qaytaraman  ;D

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 11:50:35

Ziyovuddin so'radi: "Zaparojni tezligini soatiga 200 kmga chiqarish mumkinmi?"
Chusty: "Mumkin, tog' cho'qqisidan g'ildiratib yuborsang, chiqadi qo'yadi"
  ;D

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 11:54:24

AbdulAziz ko'chadan o'tib ketayotgan AbduRahmondan so'radi:
-Ha nega boshing g'urra bo'ldi?
-Ha, so'rama, og'ayni, - dedi o'rtog'i, - xov anavi qizlar yotoqhonasining balkonida turgan Fatimaga gap otayotgan edim, u menga gul tashladi
 ;D


Qayd etilgan