Userlar haqida latifalar II-qism  ( 86281 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 16 B


ikbaljohn  24 Yanvar 2008, 11:38:03

Userlar haqidagi latifalarni davom ettiramiz.
Iltimos,haqorat qilish,mazax qilish bo'lmasin,offtopga o'rin yo'q.

Mahzunabonu uyiga telegramma jo'natish uchun pochtaga kiribdi.Sumkasini qarasa,bitta so'zga yetadigan pul qolgan xolos.Telegramma shunday ko'rinish olibdi:
Mingdollarlashtirvoringlar!

Qayd etilgan


Mahzunabonu  24 Yanvar 2008, 18:29:36

Murod_bek:
- Eng g'aroyib tasodifga misol keltira olasizmi?
ikbaljohn:
- Mening dadam bilan ayamning to'yi bir kunda bo'lgan


Qayd etilgan


Mahzunabonu  24 Yanvar 2008, 18:51:21

RedBull vaqtni aytib beruvchi xizmat idorasiga qo‘ng‘iroq qilayapti:

— Yaxshi qiz, iltimos, soat necha bo‘lganini aytib yuborsangiz!

Bir paslik sukutdan so‘ng go‘shakdan kimningdir so‘kingani eshitildi:

— Qanaqa yaxshi qiz? Jinnimisan nima balo? Men, axir, avtootvetchikman-ku!

Qayd etilgan


ikbaljohn  28 Yanvar 2008, 18:42:38

Bitta userka to'yidan 3 hafta keyin onasiga telefon qilyapti:
-Oyijon,bizda oilaviy janjal bo'lib o'tdi.Nima qilishgayam hayron bo'pqoldim!
Onasi:
-Qizim,bu hammadayam bo'pturadi.Nervnichat qilma!
Userka:
-Shunaqa disizu,lekin man murdani nima qisamikin?

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2008, 11:44:52

Ikbaljohn tovuq patidan rang — barang yelpig’ich yasab, bozorga olib chiqdi. Shoir yelpig’ichdan bittasini olib, o’zini yelpigan edi, yelpig’ich to’kilib ketdi.
-Iye, bu qanaqa yelpig’ich?
-Yelpig’ichni ishlatishni bilish kerak-da, - dedi Ikbaljohn, - yelpig’ichni katta ochib yuzingizga tutib turib boshingizni qimirlating. :)

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2008, 11:56:13

Usmon bozordan go’sht olib kelayotgan edi, qo’lidagi go’shtni it olib qochdi. Usmon hayron bo’lib, boshini qashlab turgan edi, Shoxjahon go’sht ko’tarib kelayotganini ko’rdi. Usmon poylab borib, uning qo’lidagi go’shtni olib qochdi. Shoxjahon Usmonning ketidan baqirdi:
-Usmon, hazillashmang, o’zim zo’rg’a oldim..
Qochib ketayotgan Usmon dedi:
-Bu hazil emas, bugun olib qochar kun.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2008, 11:56:46

Ali Rizo Bek hayit namozidan qaytar edi. Ko’chadagi mayda bolalar uni o’rab olishib, hayitlik so’rashib holi-joniga qo’yishmadi. Yonida bir chaqasi bo’lmagan Ali Rizo Bek yolg’on gapirib, bolalardan qutulmoqchi bo’ldi-da, dedi:
-Bolalar, ko’chaning boshida Murod_bek bir qop yong’oqni hayitlikka ulashmoqda!
Bolalar chuvillashib o’sha tomonga yugurishgan edi, "œyong’oq ulashayotgani rost ekan shekilli" deb bolalarning ketidan o’zi ham chopib ketdi.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2008, 11:58:00

Watson qorni och, hozir qo’y go’shtidan qaynatma sho’rva bo’lsa, deb xayol surib o’tirar edi, qo’shnisining o’g’li kosa ko’tarib kirdi.
-Aka, - dedi bola, - agar sho’rva qiladigan bo’lsalaring, ayamga bir kosa berar ekansiz, toblari qochib qoldi.
 "œTavba, bu uyda bir narsani orzu ham qilib bo’lmaydi, darrov qo’shni xabardor", - dedi ichida Watson.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2008, 11:58:52

Shukurulloh yarim kechada uyg’onib oyisini turtdi:
-Oyi, turing, ko’zoynagimni topib bering.
-Yarim kechada ko’zoynakni nima qilasan, bolam? — so’radi oyisi.
-Tushimga shunday mayda narsalar kiryaptiki, ko’zoynaksiz ko’rolmayapman.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2008, 12:00:08

Ali Rizo Bekning oyisi sho’rva qilib, non bilan uning oldiga qo’ydi. Ali Rizo Bek sho’rvaga nonni to’g’ragan edi, non cho’kdi.
 Ali Rizo Bek nonni:
-Suzishni bilmasang, suvga tushib nima qilar eding? — deb koyidi.

Qayd etilgan