AbdulAziz:Film nomi: 38-prallel
Janri: Harbiy drama
Filmning asl nomi: Taegukgi
Xalqaro nomi: Brotherhood ("œBirodarlik")
Ssenariy muallifi va rejissor: Kang Chje Gyu
Rollarda: Chan Don Gon, Von Bin, Li Ûn Chju, Min Sik Soy
Operator: Xon Kun Pio
Musiqa: Li Don Chun
Mahsulot: Janubiy Koreya, 2004
Davomiyligi: 140 min.
Rasmiy sayti:
www.taegukgi2004.comMilliy "œOskar" sohibi — "œKatta qo’ng’iroq"ni quyidagi nominatsiyalar bo’yicha yutgan: "œEng yaxshi rassom-postanovshik", «Eng yaxshi operatorlik ishi», «Eng yaxshi ovoz»
Filmni suratga olish jarayonida 2 tonnadan ortiq porox va portlovchi moddalar ishlatilgan. "œTaegukgi" filmi uchun maxsus 19 ming komplekt harbiy kiyim tikdirilgan. Nakdong daryosi bo’yiga ikki kilometrlik himoya liniyasi qurilgan. O’sha paytdagi shahar ko’rinishlari haqiqiy dekoratsiyalar asosida tiklangan. Shuningdek, tank, BTR va retro-poyezdlar ham o’sha davrga moslangan.
Rejissor film haqida (Kang Chje Gyu):
"œMen ssenariy yozayotganimda 1950-yil 6-iyun kunini eslab, ko’zimdan yoshni to’xtata olmagandim. Har doim kameralar yoqilganda faqatgina shu holatni, dardni ekranga olib chiqish haqida o’ylardim. Biz tariximizning eng katta dog’laridan bo’lgan Koreys urushi haqiqatlarini anglashimiz kerak. Urushni sedan chiqarish juda oson, hech nima bo’lmaganday kulib yurgan insonlar juda ko’p.
Tarix — kelajakning oynasidir. Men bu filmni faqatgina bir maqsadda suratga olaman: iyoyim bu urush xalqimiz uchun oxirgisi bo’lsin!"
KOREYA URUSHI HAQIDA (1950-1953)
1945 yil 15 avgustda Koreyadan Yaponiya qo’shinlari chiqib ketadi. Paytdan foydalangan SSSR va AQSh Koreyani ikkiga bo’lib, ikki xil mafkurani yoyishadi. 1948 yilning kuizdan alohida Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari tuziladi. 1950 yil 25 iyunda Shimoliy Koreya tomoni kutilmaganda Janubiy Koreyaga bostirib kiradi. 1950 yil 7 iyulda BMTning Xavfsizlik kengashi mintaqaga yordam kuchlarini yetkazishga qaror beradi.
Shu yilning 1 noyabrida BMT va Janubiy Koreya kuchlari Tumangan daryosi vodiysigacha urush qilib, Koreya yarimorolining yana birlashtirishga harakat qiladilar. Ammo Shimoliy Koreyaga joylashib olgan 100 ming Xitoy askarlari urush sur’ati boshqa tomonga burib yuboradilar. Ular qurol-yaroq, oziq-ovqat yo’llarini yopib qo’yadilar. Bundan tashqari ko’pincha orqa tomondan hujum ham qilib turardilar.
1953 yili urush mamlakat 38-parallel bilan ikkiga ajratiladi. Ushbu urush 9 million koreys, 1 millionga yaqin xitoyliklar va 50 ming amerikalikning yostig’ini quritadi.