Sizga judayam ta’sir qilgan kinofilm  ( 122158 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 13 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:49:07

uztermbek:

"Zulmat" filmi haqida so'zlab berganlaringizdan keyin men ham qiziqib qoldim va kecha shu filmni tomosha qildim. Menga yoqdi, mazmunli, fikrlashga chorlaydigan, ancha ta'sirli film ekan. Rani Mukerji (boshida yozishmasa, men uni hatto tanimagan ham bo'lardim) o'z ishini a'lo darajada bajaribdi, bu rolning uddasidan chiqish unga oson bo'lmagan bo'lsa kerak.
Muhammadali Abduqunduzov kabi katta-katta san'atkorlarimiz ovoz berishibdi.
Filmda yangragan ibratlari so'zlardan:
"Hayot ham muzqaymoqqa o'xshaydi, erib ketmasdan uni yashab qiolish kerak!"

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:49:39

uztermbek:

Ikki oylardan so'ng fashizm balosi ustidan g'alaba qozonilganiga 61 yil to'ladi. Shu munosabat bilan, 2-jahon urushiga bag'ishlangan kitoblarni o'qib, filmlarni ham ko'rishimiz, ota-bobolarimiz olib borgan kurashlar haqida bilishimiz, nimalarni boshdan kechirganlarini biroz bo'lsa ham tasavvur qilishimiz biz uchun ham farz, ham qarz.   

Yaqinda tomosha qilganim "Pianinochi" filmi menda juda kuchli taassurot qoldirdi, deyarli nafas olmay, kiprik qoqmay tomosha qildim. Film Germaniyaning 1939 yilda Polshani ishg'ol qilishi bilan boshlanadi. Filmda yahudiy millatiga mansub polyak musiqachisi Vladislav Shpilmanning taqdiri urush davomida yahudiylarni ommaviy ravishda quvg'in va qirg'in qilishdek vahshiyona voqealar fonida hikoya qilinadi.

Asar haqiqatda ro'y bergan hodisalarga asoslangan, ijodkorlari Kann kinofestivalida "oltin palma butog'i"ga sazovor bo'lgan, uch marotaba Oskar bilan taqdirlangan.
Bu filmni iloji bo'lsa topib ko'ringizlar, afsus qilmaysiz.
Men filmni TVdan ko'rdim, prokatlardan esa to'g'risi topolmagandim. 





Yana bir narsa. "Pianinochi" ko'pchlikka yoqmaydigan Gollivud mahsuloti emas, uni yaratishda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Polsha kabi Yevropa mamlakatlari ishtirok etishgan.
Mana bu yerda ma'lumot bor:
http://www.cinema.vrn.ru/reviews/pianist.shtml
Filmning veb-sahifasi: http://www.thepianist-themovie.com

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:50:10

AbdulAziz:

"King-Kong"ning qaroqchi versiyasini ko'rgandim.

Filmning qisqacha mazmuni:
20-asr boshlarida bir guruh kinoijodkorlar film olish maqsadida dengiz safariga chiqishadi. Yo'lda g'aroyib bir orolga tushib qolib, u yerda juda ko'p sarguzashtlar o'tkazishadi. Dinozavrlar, turli maxluqlar bilan olishishadi. Film bosh qahramoni bo'lgan qizni bahaybat King-Kong olib qochadi. Uni qutqarishga esa bosh qahramon (Edrian Broudi) boradi. Kema kapitani esa King-Kongni qo'lga tushirib shaharga olib ketadi. Shahrda katta afishalarda King-Kong Shou reklamalari beriladi. Juda ko'p xalq yig'iladi. Zanjirlangan King-Kong esa bo'shalib ketadi...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:50:36

Kumushbibi:

Dear Ms.Nair,you'll be happy to know that we have come into light:
"Today my teacher has remembered his first word-Water"
He is the geatest teacher in the word..."who has proved again that there is nothing impossible in this word.Who has taught me that there is so much happiness in living for someone else.Today is my teacher's first day at school Miss Nair.And his alphabets,just like mine,will not start with A,B,C,D, and E.But with B,L,A,C,K.

Qayd etilgan



Ziyo  04 Iyul 2006, 06:51:09

Kumushbibi:

Bu filmni ko'rmagan ekanman.Siz yuborgandan so'ng Koreyschasini ko'rishga muyassar bo'ldim. :)
   

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:51:27

Mubashshir:

Assalamu alaykum. Menga juda ta'sir qilganfilmlar.
1. "Aziz Mahmud Hudoyi yo'li".( Turkiya)
2. " Vir va Zara". ( Hindiston)
3. "Vaqt". ( Hindiston)

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:51:42

Assalom:

Uchchala filmni ham ko'rganman.
Judayam yaxshi filmlar.
Yana turklarni yaxshi filmlaridan qaysilarni ko'rgansiz?

Qayd etilgan


Shahnoza  11 Avgust 2006, 17:10:47

Assalomu alaykum!
Men juda ko`p kinolarni ko`rganman va ularning ko`plari odamni ta`sirlantiradi.Men ta`sirlanib
ko`rgan filmlar:
Vir va Zara;
Salaaam Namaste;
Chin muhabbat;
Biz yolg`iz emasmiz;
Haqiqat.
Ushbu filmlarni ko`rganingizda beixtiyor ko`zingizga yosh keladi.Qanday qilib yig`lab yuborganingizni ham bilmay qolasiz.Bu filmlar menda katta taassurot qoldirdi.*)=)

Qayd etilgan


Muattar  20 Sentyabr 2006, 13:45:11

 Assalomu alaykum azizlar!
Dunyoda yashayotgan har bir insonda o'ziga yarash adid va farosat mavjud
Agar e'tibor bersangiz atrofingizdagi insonlar o'ziga tegishli hayoliy dunyosida yashaydi
Qaysi kinoni yoqtirish yoki yoqtirmasligidan ham insonni qanday harakterga ega ekanligini bilsa bo'lar ekan,bu albatta mani emas psixologlarni fikri.
Manga ta'sir qiladigan filmlar asosan hind filmlaridir.Albatta hammasi emas asosan Shohruhhon ishtirok etgan filmlar.Ularni ko'rsam hatto yig'lashim ham ehtimoldan holi emas.
"VIR VA ZARA" degan filmni eng ta'sirli film deb hisoblayman
qancha ko'p ko'rsam ham zerikmayman.
U manga juda yoqadi( hatto yig'lashga majbur qilsa ham...)


Qayd etilgan