Sizga judayam ta’sir qilgan kinofilm  ( 120587 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


shoir  30 Aprel 2008, 10:06:24

So'nggi kinolardan "Sog'inch sohili"ni ko'rishni tavsiya etaman.

Qayd etilgan


kanishka  01 May 2008, 15:13:23

Assalomu Alaykum! UHsbu kino undan keyingi seriyalari rus tiliga manimcha tarjima qilinmagan...


"Qashqirlar makoni" seriali rys tiliga to`liq tarjima qilingan va shu tilda Qozog`iston TV sida to`la namoyish etilgan. Hayronman, nega bizda to`liq tarjima qilinmadi.



Qayd etilgan


AbdulAziz  04 May 2008, 09:09:28

Oxirgi marta "O'zbekfilm" tomonidan ishlangan filmlardan menga ta'sir qilgani ikkita kino bo'ldi. Negadir bu filmlarni kinoteatrlarda qo'yishmadi, balki mening xabarim bo'lmagandir. Balki ko'ngilochar, oldi-qochdilarga o'rgangan olomon bu filmlarni qabul qila olmagandir... Xullas, inson ko'rsa, nimadir olafigan, hayotga boshqa nazar bilan qarshga undaydigan ushbu filmlarni sizlarga ham tavsiya etaman.


"Dard" filmi

"O'zbekkino" kompaniyasi, "O'zbekfilm" studiyasi tomonidan suratga olingan.
Voqeanavis va bosh rejissor: Yusuf Roziqov
Bosh rollarda: Rustam Karimov, Iroda Ahmedova, Muzaffar Sa'dullayev, Fahulla Ma'sudov
 
Filmda viloyatdagi kasalxonada yuz bergan 3-4 kunlik voqealar aks ettiriladi. Toshkentdan yuborilgan tekshiruvchi viloyatning olis qishlog'idagi bir kasalxonaga boradi va shikoyat qilingan holat yuzasidan tekshiruvlarni boshlaydi. Shifoxona boshlig'i ko'p yillar Yevropada ishlagan, o'z ishiga sodiq, lekin dabdabani yoqtirmaydigan inson. U har doim kishilar salomatligini o'ylab ish qiladi. Buning uchun o'z malakasi, ilmi va mehrini ayamaydi. Ammo uni kimdir tushunadi, yana kimdir esa yo'q.

"Dard"da o'zbekfilmda birinchi marta hijobli qiz asosiy rollardan birida namoyon bo'ladi. U Oydin, shu shifoxonada hamshira bo'lib ishlaydi. O'z ishiga va rahbariga sodiq bo'lgan bu qiz film mobaynida o'zini haqiqiy muslimalardek tutadi...

Inson hayotining turfa hodisalari, muammo va ziddiyatlari haqida olingan bu filmi ko'rishga tavsiya etaman.

Qayd etilgan


Chustiy  04 May 2008, 11:56:36

Uvays al-Qariniy hayotining tasvirlab berishga urungan "Mangulikning ikki sohili" nomli kino qattiq ta'sir etgan.

Qayd etilgan


utkiriy  04 May 2008, 12:04:29

Manga pobeg iz tyurmi kinosi ancha chuqur o'ylanganligi bilan yoqdi.

Qayd etilgan


kanishka  04 May 2008, 17:56:42

Quyidagi kinolarni ko`rishni maslahat beraman:

1. "V vendetta demak" ("V for Vendetta").

2. "Ko`l bo`yidagi uy" ("The lake house").

3. "Adashganlar" ("The departed").


Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:32:05

"Sog'inch sohili" filmi

"O'zbekkino" kompaniyasi, "O'zbekfilm" studiyasi tomonidan 2007 yilda suratga olingan.
Ssenariy muallifi va rejissor: Sobir Nazarmuhamedov
Bosh rollarda: Ulug'bek Muzaffarov, Erkin Komilov, Ilmira Rahimjonova, Bernar Nazarmuhamdevov, Obid Yunusov, Valijon Shamsiyev

"...Sog'inch daryosi shunchalik tez oqadiki, diydor deb atalgan narigi sohilga o'tolmayman..." Film shu iqtibos bilan boshlanadi.
"Sog'inch sohili"da ruhiy kasalliklar pansianatining bir oiladek bo'lib ketgan kasallar va shifokorlarning hayoti haqida hikoya qilinadi. Ularning o'z olami bor. Bu olamda hamma o'z dunyosi bor. Pansianatga yangi kelgan yosh shifokor ularning ruhiyatini o'ranishga kirishadi. 1 yil muddat ichida u kasallarning eng sevimli kishisiga aylanadi. Ularning orzu artmonlariga sherik bo'ladi. Film so'nggida shartnoma muddati tugab, pansianatni tark etayotgan yosh doktorni uning mijozlari qalblarida alam, ko'zlarida yosh ila, ketmasligini istashadi... Shifokor qaytib keladi.

O'zbekfilmda juda kam yoritilgan ruhiy kasallarning ichki dunyosi, hayot tarzi, orzu va armonlari, muammo va ziddiyatlari bu filmda yaxshi ochib berilgan. Ayniqsa, bir kasal tomonidan aytiladigan she'rlar juda ta'sirli chiqqan...

Qayd etilgan


Muzayyana  02 Iyul 2008, 13:14:08

Manga juda tasir qilgan kinofilm bu " Siz yolg'iz emassiz".
Bu film turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan.
Adashmsam suratga olinganiga anchagina bo'lib qolgan.
Ko'rishni tavsiya qilaman.

Qayd etilgan


The_Alchemist  04 Avgust 2008, 18:22:03

Manga eng yoqqan kino "Advokat Deyavola" degan kino edi. Bosh rolda Al Pachino uynagan.
Eng qiziqarli jumlasi esa " Vanity....definitely my favorite sin" ...
Umuman olganda super kino tushunib kurganlaga...

The Alchemist

Qayd etilgan


ZUBAIR  23 Avgust 2008, 18:25:19

Assalamu Alaykum.
Menga eng yoqqan filmning nomi "Sahro Arsloni" yoki "Umar Muxtor" filmidir.

Qayd etilgan