Oxirgi marta "O'zbekfilm" tomonidan ishlangan filmlardan menga ta'sir qilgani ikkita kino bo'ldi. Negadir bu filmlarni kinoteatrlarda qo'yishmadi, balki mening xabarim bo'lmagandir. Balki ko'ngilochar, oldi-qochdilarga o'rgangan olomon bu filmlarni qabul qila olmagandir... Xullas, inson ko'rsa, nimadir olafigan, hayotga boshqa nazar bilan qarshga undaydigan ushbu filmlarni sizlarga ham tavsiya etaman.
"Dard" filmi
"O'zbekkino" kompaniyasi, "O'zbekfilm" studiyasi tomonidan suratga olingan.
Voqeanavis va bosh rejissor: Yusuf Roziqov
Bosh rollarda: Rustam Karimov, Iroda Ahmedova, Muzaffar Sa'dullayev, Fahulla Ma'sudov
Filmda viloyatdagi kasalxonada yuz bergan 3-4 kunlik voqealar aks ettiriladi. Toshkentdan yuborilgan tekshiruvchi viloyatning olis qishlog'idagi bir kasalxonaga boradi va shikoyat qilingan holat yuzasidan tekshiruvlarni boshlaydi. Shifoxona boshlig'i ko'p yillar Yevropada ishlagan, o'z ishiga sodiq, lekin dabdabani yoqtirmaydigan inson. U har doim kishilar salomatligini o'ylab ish qiladi. Buning uchun o'z malakasi, ilmi va mehrini ayamaydi. Ammo uni kimdir tushunadi, yana kimdir esa yo'q.
"Dard"da o'zbekfilmda birinchi marta hijobli qiz asosiy rollardan birida namoyon bo'ladi. U Oydin, shu shifoxonada hamshira bo'lib ishlaydi. O'z ishiga va rahbariga sodiq bo'lgan bu qiz film mobaynida o'zini haqiqiy muslimalardek tutadi...
Inson hayotining turfa hodisalari, muammo va ziddiyatlari haqida olingan bu filmi ko'rishga tavsiya etaman.