Umumiy bo'lim > Umumiy

Bugungi kun mulohazalari

Sahifalar: (1/591) > >>

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda siz bugungi o'tgan kuningiz haqida mulohazalar qoldirinshingiz mumkin.

Bugungi kun ham sessiyani yopish bahonasida o'qishga bordim. Axborot texnologiyalari fani domlamiz topshirgan ishlarimiz bo'yicha bahoni qo'yib berdi: 95 ball.

Undan so'ng o'quv yilining oxirida kiritilgan "Prezident ma'ruzasidan" maxsus kursga baho qo'ydirgani bordim. Ba'zi bir domlalarga hayronman. Ikkita dars oldin kuyib-pishib, demokratiya, korrupsiya, poraxo'rlik haqida to'lib-toshib gapirgan domlaning bu kungi ishlarini ko'rib...
Pul insonni 1 sekunda o'zgartirib qo'yarkan... Kimlardir senga tekindan jaraq-jaraq berib tursin-chi... Kechagi insoniylik haqidagi gaplar havoda o'ynab yurardi...
Xullas, bahoimni ololmadim. Yana ertagaga qoldi...
Uyga kelyapman-u, o'zimga o'zim savol beraman, nega ba'zilar hech darsga kelmay, qatnashmay, hatto ishlarni ham yozmay, eng yuqori bahoni olib ketishadi-da, biz bo'lsak...
Shunisiga ham shukr. Ana o'shalardan qilmaganiga shukr...

Allohim, barcha bandalaringga insofu tavfiq ato etgil!

Munira xonim:

Assalamu alaykum, Abdulaziz. Bilasizmi, siz aytgan yosh avlodni "tarbiyachilari" menimcha faqat o'z nafslarini o'ylaydilar. ko'zlariga boshqa narsa ko'rinmasa kerak. Bunaqalarni to'ydirish, rozi qilish juda qiyin bo'ladi. Afsus, bugun kelajak avlodni tarbiyasi shunaqa qo'llarga tushib qolgan. Bu fojea,chunki ulardan tarbiya olayotgan, siz aytgan "o'roqda yo'q, boshoqda yo'q, hirmonda hozir" bo'lganlar ulardanda battar nafs bandalari bo'lmaydilar deb kim kafolot bera oladi. Alloh hammamizni avvalo nafs balosidan asrasin.

Munira xonim:

Assalamu alaykum. Aziz mo'min va mo'mina birodarlar! Bugungi SAYYIDUL AYYAM - muborak JUMA kuni bilan barchangizni qutlayman. Alloh taolo barchamizga bu muborak kun savobini nasib etsin. Va ushbu SAYIDUL AYYAM - kunlarning sayyidi muborak juma hurmatidan hammamizni qilgan kabirayu sag'ira gunohlarimizni Rahmon va Rahiym sifatlar egasi Alloh taolo O'zi mag'firat qilsin. Amiyn.

AbdulAziz:

Va alaykumussalam!
Bugungi jum'a kuni barchangizga muborak bo'lsin!
Jum'a namozini bugun "Mirza G'olib" masjidida o'qisdim. U yerda birovning orqasidan gapirish va chaqimchilik haqida ma'ruza bo'ldim.

Jum'adan chiqib o'qishga o'tdim. Ikkita fanni qo'ydirdim:
Shuning bilan magistraturaning ham 1-kursini ham tamomladim!

AbdulAziz:

Kecha forumimiz ishtirokchisi Feruzadan xat oldim.
Eson-omon Vatanga yetib olibdilar.

Barcha forumdoshlarga salomlarini yetkazsihimni aytdilar.
Xudo hohlasa yaqin kunlarda yana forumga qaytar ekanlar.

Duo qilinglar. O'qishga kirayotgan birodarlarimizga Alloh madad bersin!

Sahifalar: (1/591) > >>

Go to full version