Har bir qizga soliha qaynona nasib etsin. Bir ona o'gliga "nasihat" qilyapti:
- Odamlarning kelini ertalabdan turib eshiklarni supuradi, 20 litrlik idishda suv tashiydi, qayinsinglillarining ham kiyimlarini yuvib, dazmollab, veshilkaga ilib qo'yadi, qayinog'alari, qaynotalarining ham kirlarini yuvadi, (vaholangki u kelinning chaqalog'i og'ir betob, chaqaloqdan ortinib hattoki farz namozlarga ham zo'rg'a ulguradi...).
Kelinlarning onalari nabiralariga beshik olib kelishadi, har bayramda dasturhon qilib kelib o'tiribsizlarmi quda deb habar oladi, hafa bo'lmaginu o'g'lim sen molsan... Agar bilsang kelinning onasiga beshik olib kelish ham FARZ faqat u sening temir kitobingda yozilmagan holos! Men hafa bo'lmaymanmi? Mening nabiramni boshqalardan qanday kam joyi bor???
Shu vaqt o'g'ilning sabr kosasi to'lib ketdimi o'zini tuta olmay so'ray ketdi. Kim aytdi FARZ deb??? Qaysi oyatda yoki hadisda yozilibdi kelinning onasi o'z qizining chaqalog'iga beshik olib kelishi kerak deb??? Ko'rsating menga!
Ona jim...
O'gil esa jig'ibiyron...
Oilaning iqtisodiy tomonlama zaruriyatlarini to'ldirish menimcha oiladagi ERKAKning, ERning vazifasi emasmi???
Alloh u oilaning a'zolariga O'zi hidoyat bersin.
P.S. Kelin cho'ri, uning ota-onasi esa hazina manbai emasku ahir to'g'rimi?