Bugungi kun mulohazalari  ( 1483473 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 ... 296 B


Habib  15 Yanvar 2011, 13:30:00


Sizga o'xshagan do'stlar sababchi asli ularni urug'lab ketishiga.....Siz , do'stlaringiz o'rtaga olib to'g'ri yo'lni tushuntirmasa kim tushintiradi.?
Biz do'stlarimizni yotoqlarigacha kirib, ularga to'gri yo'lni ko'rsatishimiz kerakmi? Hammaning o'zini kallasi bor. Kimdur uni qovoq qilib qo'yadi, kimdur kalla. Alloh insof bersin! O'sha o'rtog'mizning undandan boshqa o'rtoqlari yomon bo'lsa, unda ne ayb? Insonga atrofidagilarning ta'siri katta bo'ladi hayotda. Sheriging qarg'a bo'lsa, yemishing ahlatdan boshqa narsa bo'lmay qoladi. Fikrim, hidoyat Allohdan. Kallani beribdi, ishlatish, fikr qilish bizdan. Million marta aytgan bilan foydasi yo'q Alloh istamasa. O'zi istasa, sizu bizning gapimiz ham keragi yo'q.
Tushunarsiz yozgan bo'lsam, uzur dilerim.
Lekin yahshi bolamas ekan. Undan, undaylardan bo'lib qolishdan asrasin!

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Yanvar 2011, 13:59:13

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Yana bir do'stimni yo'qotdim... Yo'q, o'ylamang vafot etmadi... Hayot zarbasiga ham uchramadi...
Kuni-kecha Andijonda bir do'stimning otasi qazo qildi. Marakalarni o'tkazayotganimda uzoq yaqin do'stlarimiz kela boshladi. Bolalikda birga ko'chani changitib, tepishib surtishib katta bo'lgan juda yaqin bo'lgan oshnam ham keldi. Chetga chiqib hol ahvol so'rashdik, "qachon uylanasiz endi" deb so'radim... Zinokor o'z ishlarini bir tuki ham qilt etmasdan aytib beryapti, jirkanib ketdim, ayniqsa abortiga pul berganini, u megajinni yana "qiz qilgan"ini... Shu meni do'stimmidi? Tanimay qoldim, bir qadam jilib unga tekkan qo'lim bilan yelkamni qoqdim, jirkanch najas tekkanday. Bundan ko'ra o'lib unutilib ketgani yaxshi edi...

Sizga o'xshagan do'stlar sababchi asli ularni urug'lab ketishiga.....Siz , do'stlaringiz o'rtaga olib to'g'ri yo'lni tushuntirmasa kim tushintiradi.?
Gapingiz og'ir botdi. Abu Jahlga har qancha tushuntirgan bilan foyda qilmagan, Abu Lahab ta'sirlangan, lekin u ham haq yo'lni ko'ra turib quloq va ko'zlarini yopib olgan. Zamonamizda ko'zu-quloqlarini berkitib olgan Abu Jahl, Abu Lahablar kammi? Juma namozidan chiqib istagan ishni qilaveradigan, nasihat qilsak "eshittim lek itoat qilmaymiz" degan yahudiylarday ketaveradigan odamlarga biz javobgar emasmiz! Hidoyat Allohdan Marg'iloniy, yilda bir-ikki bor ko'rishib qoladigan shahslarga nasihat qilsak, lekin bilganidan qolmasa ayb bizda emas. Qisqa o'ylamang...

Qayd etilgan


_IYMONA_  15 Yanvar 2011, 15:10:22

Nauzubillah! Alloh o'sha yigitga ham, o'sha qizga ham insof va hidoyat bersin. Ana shunaqalar boshqa yigit-qizlarni ham nomiga dog' tushirishyapti.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  16 Yanvar 2011, 17:45:54

Ayrim birodarlar aytishadiki, odam yomon bo'lsa atrofdagilar aybdor...
Bir tomondan bu to'g'ri, atrofdagilar turtaverishsa har qanday bola yomon bo'lib o'sadi...
Lekin atrofda yaxshi odamlar bo'la turib yomon odamlar etagidan tutgan, yaxshilarning nasihatlarini olmagan odamni biz nima qila olamiz? Uyiga borib yotib qolib yursak ham Alloh hidoyat bermaguncha u odamning qalb ko'zi ochilmas.
Nuh alayhissalomday ulug' Payg'ambar o'z xotini va o'g'lini to'g'ri yo'lga sololmagan, bir uyda yashab turib ularni zalolatdan qaytara olmagan...

gap egasini topib oladi.

Qayd etilgan


Margiloniy  16 Yanvar 2011, 18:15:52

Mumin Mirzo aka, siz keltirgan voqeani o'qiganlar bildiki, u o'rtog'ingizni  yilda bir ikki marta ko'rib uchrashib gaplashganingiz uchun o'rtog'im deb yurar ekansiz..O'sha ishlarni qilganini gapirib bergan vaziyatdan boshlab siz uni o'rtog'iz safidan indamay chiqarib qo'yishingiz menga g'alati tuyildi.  Men o'sha vaziyatda siz ikki og'iz yaxshilikka chaqirmaganligizni e'tirof etmoqchi bo'ldim xolos.   "Biror yomonlikka duch kelsangiz, uni qo'lingiz bilan qaytaring. Qo'lingiz bilan qaytara olmasangiz, tilingiz bilan, u bilan qaytara olasangiz qalbingiz bilan nafratlaning" degan ma'nodagi hadis borku tog'rimi? Qalbingizdan nafratlanishingiz bilib turibdiku, lekin uni til bilan qaytarishga urinmaganizga yuqoridagi gaplarni yozgan edim...

 Siz bilan shaxsan tanish bo'lmasamda, po'stlaringizdan aaaancha -muncha  ziyolilar bilan birga yurganingiz, uzingiz ilm salohiyatlik ekanligingizni ilg'ash qiyin emas.


Maqsad siz bilan gap talashish , yoki bahslashib yutib chiqish emas aksincha o'sha "o'rtog'ingiz"ga o'sha vaziyatda, ikki og'iz nasihat qilishni ep ko'rmaganingizga o'zimni fikrimni bildirdim. U ishlarini tark etmasligi yaqqol ayon bo'lib turgan bo'lsada, keyingi safar boshqa odamga o'ylabroq gapiradigan qilib qo'yish kerakmidi deymanda.....



Ming bor uzr... keraksiz joyga qisilganim uchun



Qayd etilgan


_IYMONA_  16 Yanvar 2011, 20:53:05

Balki ana shunaqa ishlar sabab, yigitlarga yoki yigitlarni qizlarga nisbatan ishonchi kamaygan... (siz qanaqa bo'lsangiz Alloh ham o'zingizga o'xshaganni yo'liqtiradi). Pokiza, nafsini jilovlaganlarga, bu dunyoda ham, ohiratda ham yaxshilik beradi.

Qayd etilgan


Ansora  17 Yanvar 2011, 16:01:16

 :as:

Nihoyat, nihoyat...nasib bo'lganiga shukr, nasib qilganga shukr...

Necha yillardan beri kutdim bu onni, hayajon, ko'z yoshlarim, tilda duo bilan qarshiladim bu lahzalarni...demak har bir narsaning vaqti-soati bor ekan,
2011, 11. 01...

Savollarim, qo'rquvlarim bor edi, hammasiga javob topdim. Rabbim "Qo'rqma, dedi, Qudrat sohibi menman", dedi...

Allohim, o'ranish farzingni bajarganlardan aylaganing uchun behisob shukrlar bo'lsin. Butun muslima opa-singillarimga bu baxtni nasib et iloyim...

Qayd etilgan


_IYMONA_  17 Yanvar 2011, 16:27:09

MashaAlloh! Opajonim, Alloh hayrli qilsin. Biz uchun farz amalning biriga yetishtirganiga Allohimga hamd bo'lsin.

Qayd etilgan


muxlisa  17 Yanvar 2011, 16:43:51

 :as:

Allohga beadad hamdu sanolar bo'lsin!:) Kapalak xonim, man sizzi hijobli ayol deb o'ylagandim, gumonim rost bo'libdi endi:)

Hijob muborak bo'lsin!  musulmon ahli yana bir mastura muslimaga  ko'payganidan xursandman..:)

Qayd etilgan


BelleQizcha  18 Yanvar 2011, 04:53:42

eyy uzbeklaga nima bovotti?? ayniqsa uzbek qizlariga???
...
to'ri bizayam parishta masmiza.. lekin bir uzbeklarni ko'rib qolib yoqqani ushashdan boshqa hech narsa qilomiydigan bob qoldik..
sayyod.com da yozilgan bir qiz orqali yozilgan hatni o'qib rostanam yoqimi yirtvordim...
shunchalikgam past ha PAST musulmon qizlar borligini bilmagandim..
..
kecha oqishda... bir uzbek madeli haqida baxs olib borishda nimeykanmush, uzbek qizi o'z yurtida model bololmagani uchun bir touristga erga tegadi va AQshga kelib
 modelikni boshlaydi.... ishi yaxshi pul bermaganligi uchun yana uzbga qaytib kettadi va bir-nimalar bir nimalar..
o'sha uzbek qizni rasimlari ham qog'ozlarga chop etilgan edi... boshida bu mavzu ochilganida man bir rus qiz bo'lsa kerak dir dib hotirjam edim..lekin kenayimzani otlariyam zulfiyakhon va uzbek do'ppilarini kiyib bemalol rasimlaga ochiq kiyimlarda pose qivottila..
ha mayli disan, bunaqa qizlar kopmasligi aniq lekin begonlar uzbeklarni shu mavzu orqali tanishlari ozgina fojea dib bilaman....
yomonlik qisen hamma ishi shaytoni boyniga otgande, bizayam haa zamon ozgarvotti dib choyimizani ichib o'ttirimiza... aslida zamon mas zamoni biza o'zgartirvomiza..
kevotgan yoshlar bizani kelajagimiza...nohotkiy, shunchalik o'zgarib ketvotgan bose..
tasavur qilin, kevotgan yoshlar hitoy serialarni ko'rurib, oshi *otashkureyda* yeyishsa...
...
..
..........
otashkurey nima disizmi?? hitoylarni qo'shiqlari...

Qayd etilgan