Ollohning bizga bergan har bir kunni hikmat, sinov,mo'min inson uchun Buyuk yaxshilikka qadar qo'yilgan yana bir qadam, g'ofil odam uchun esa o'zingiz bilasiz....
Bugun yoshi bir joyga yetib qolgan ayoldan "Bu dunyo 5 kunlik dunyo!O'ynab kulib qolish kerak.Bir marta yashaymiz" degan gapni eshitib rostini
aytsam nima deyishimni bilmay qoldim........afsus........
Hayot bir kun , yan'i bugun deydiganlarga ba'zida : Kechirasiz! Siz burningizdan naryog'ini ko'ra olmas ekansiz . Hayot bu cheksiz..... ha,ha cheksiz. O'lim deysizmi? O'limdan keyin yashamayman deb o'ylaysizmi? Yo'q , adashasiz.O'lim bu bamisoli bir tutqun qushning qafas qutulishi kabidir.Ana o'sha ichingizdagi "ovoz" ruhingiz tana atalmish qafasdan qutuladi. Va boqiylikda yashashni boshlaydi. Hayot ba'zilar aytganiday " 5 kunlik" emas. Hayot bu sizu bizning aqllimiz yetmaydigan yakka Ollohga ayon narsadir. "5 kunlik" o'yin kulguni denb buyuk g'azabga uchrab qolishdan qo'rqing degim keladi.......
Olloh hammamizga to'g'ri yo'lni ko'rsatsin qalbimizga qulf solmasin.