Shanba kuni ertalab tursak, Alloh
qor ne'mati yoqqan, hammayoq oppoq...(bugun erishni boshladi)
Bundan 4-5 yil oldinlari ham qor yog'sa, ko'chaga chiqvolib to'p tepishni boshlardik. Buni ko'rgan yoshi ancha katta qo'shni akalar ham bizga qo'shilishar birga futbol o'ynardik...
Kecha kechqurn aniqrog'i asr va shom orasi, uyga qaytyapman, ko'chani to'ldirib to'p tepishyapti, o'sha eski "manzara", biz tengilar, bizdan kichik bollaram, o'sha qo'shni akalar ham bor, taklif ham qilishdi... Lekin bu safar bu menga xunuk ko'ringan holatni xursand bo'lib qabul qila olmadim...
Biz o'ynagan paytlarda ham shunday xunuk ko'ringan, lekin biz sezmagan bo'lsak kerak...
Balki oozgina bo'lsada ulg'aygandirmiz shuning uchundir...
Shom namoziga 10-15 daqiqa vaqt qolganda, uydan chiqib masjidga yo'l oldim, ular esa...
Beixtiyor qani edi hammasi "namoz vaqti yaqinlashib qoptiku" - deb masjidga yo'l olishsa degan xayol o'tdi...
Nega bu holatlarni bu yerga yozgim kepketti bilmayman, o'qishga ketgan vaqtizga rozi bo'ling forumdosh...