Bugungi kun mulohazalari  ( 1482889 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 ... 296 B


siddiqa  26 Yanvar 2011, 18:35:29

Oltita to`p, olti gol-
O`zbeklarga sanchildi!
"œuh!" tortvordi "œXalifa"-
Maydonlari yanchildi"¦

Ming dod urib hayrqirsam-
Televizorga sig`maydi!
Darvozamiz to`rida-
G`urur sho`rlik yig`laydi!

Geynrih, golning alamin-
Jeparovdan so`rib qo`y!
Qayerdasan Nesterov!
Jo`rayevni ko`rib qo`y!

Darvozangga yaponlar-
Sakkizta gol yo`llasin!
Avstraliya! Xolangni-
Kengurular quvlasin!

Oltita to`p, olti gol-
O`zbeklarga sanchildi!
Maydoningmas, Xalifa!
Mening ko`ksim yanchildi"¦.



O'zbekiston bopladi ,mayli Avstraliyaliklar O'zbekistonga kelishsa 9 :0 bilan jo'natamiz inshAAlloh .Alamiga kareyslani 7 :0 yutish kerak endi )))))) 

Qayd etilgan


yoqutxon  26 Yanvar 2011, 20:42:30

 :as:
Bugun TRT AZAZ kanalini ko'rib o'tirganimizda So'zluk degan ko'rsatuv boshlanib qoldi. Unda boshlo'vchi har hil soha vakillari bo'lgan oddiy odamlarga turkiy tillar turkumiga kiruvchi tillardan bir misol keltirib uning turkchaga bo'lgan tarjimasini so'raydi. Shunday qilib bir qizga o'zbekchadagi "yig'lamoq" so'zi turkchada qanday bo'ladi deb savol berishdi. Variantlari ham bor a) yag'lamak b) ag'lamak c) yig'lamakmi shunga o'xshash so'z u qiz a variantni tanladi biz esa c variantni :))) Aslida esa yig'lamoq so'zi turkchada ag'lamak bo'lar ekan :) Lekin yaxshi ko'rsatuv ekan ancha muncha yangi so'zlarni bilib olish mumkin.


Qayd etilgan


Nurdinboy  27 Yanvar 2011, 00:33:41

Bugun 2 ta fandan yakuniy qo'yilgandi. Umumiy tilshunoslik ==> yozma. Uni bir amalladik.
Lekin Semasiologiya ???
Ey xudo, juda qiyin. Fan, o'qituvchimiz bilan murosa qiliw undanda qiyin edi. Gapingni hech to'g'ri, demaydi. Uni talabida javob beriw osonmi? O'rtog'im Jasur yaxwi baxo olib chiqdi...
Tag'inam domlaning o'ziga raxmi keldi wekili (soatham 7 bo'lgandida) qolgan 10 kiwini ertaga 10da oladigan bo'ldi. Men ham 10talikdan o'rin oldim. Meni omadimdan bir so'z ayirib turibdi => ertaga!
Ertaga Tasavvuf fanidan soat 5 da yakuniy. Hozir wunga tayyorgarlik avjida. Tasavvuf domlamizku, semasiologiyadan ko'ra tuzukrog'u, lekin baribir domla uchun tayyorlanmaymizu, lekin qo'qasanda odam. Paq etib bilmaydiganing tuwdimi... Tamom! 5=>4 ga aylanadi. Mayli nima bo'lsada yaxwilikka bo'lsin. Forumdowlar orasidagi talaba user va userkalarga sessiyada omad!!!

Qayd etilgan


Nurdinboy  27 Yanvar 2011, 18:44:02

Tasavufdan yakuniyni hozirgina topwirib chiqdim. Xudoga wukur 5 bo'ldi. Mavlono Rumiy hazratlarining "Ichingdagi ichingdadir" kitoblari warofati bilan. Mustaqil iw sifatida berilgandi. Xudo xohlasa bew bizni kutmoqda.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  27 Yanvar 2011, 19:27:16

Muborak bo'lsin, quvonchingizga sherikmiz.
Andijonliklar odatidagi gap: "oshga eriysizmi?" : )

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  27 Yanvar 2011, 19:29:42

Men bitta narsaga hayron qolaman. Mana aytaylik bir kishiga ishimiz tushdi, "shu ishni bitirib ber do'stim, 100 dollar beraman" desak ko'nmasligi mumkinu, lekin "shu ishni bitirib ber, oshga eriyman" desak darrov rozi bo'la qoladi : )
Boshqa joylarda shundaymi bilmadimu lekin bizning andijonda bu qonga singib ketgan : )

Qayd etilgan


UzMuslim  27 Yanvar 2011, 20:53:40

 :as:Ajoyib Kun Yana O'sha Joy Yana O'sha do'stlar,Man UchuN aziz Bo'lib qolgan Insonlar..Albatta Buni Uchun Alloh taologa Shukuronalar aytaman,Sizlar bilan Yana Diydor Ko'rishib Turganimdan Juda ham Hursandman..

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2011, 14:21:00

Bugun ertalab Ankarada pag'a pag'a "laylak qor" yog'di yarim soatga yaqin...yerda turmadi, tomlarda biroz qoldi holos...

Bugun ertalab o'g'lim bilan mehmonxonaga kirib pardalarni ochdim odatdagiday birdan tashqariga qarasam oppoq qor:) nihoyat 3-qorda yer oqardi, Allohga shukr. Mana hafta ohiri va 1-chorak ta'tili boshlangani munosabati bilan mahallamiz bolalarini shovqini boshlandi, muborak bo'lsin menga:) nima-mi, Abdulaziz Ensarni uxlatish uchun ko'proq ovora bo'lishlar:)

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  04 Fevral 2011, 17:20:19

Kuttirgan, sog`intirgan, o`ziga intiq ko`zlarni intizor etgan qor Toshkent osmoni bo`ylab o`z zarrin parchalarini sahiylarcha sochmoqda!!!
ana endi ilhom deganlari oqqib keladiiiiiiii
lalalalaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Fevral 2011, 17:30:42

Marg'ilonda esa bugun g'irt bahor havosi bo'ldi. +15 C issiq.
Biz hali qorning o'rnaganini ko'rmadik ...

Qayd etilgan