Bugungi kun mulohazalari  ( 1062225 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 ... 296 B


AbdulAziz  08 Fevral 2011, 09:20:57

MUAZZINNING SO'NGGI AZONI

Bir otaxon hikoya qilib beradilar:
"Har galgidek bomdodni "Oqmasjid"da o'qish uchun velosipedda yo'lga chiqdim. Mashad chorrahasiga yetganimda azonning so'nggi kalimalari aytilgan edi. Muazzin Abdurrahmon azonni aytib bo'lib, shoshilganchga uyi tomon ketayotgan ekan. Yo'lda ko'rishdik.
"Men hozir, uyga kirib, sunnatni o'qib, so'ng jamoatga chiqaman", dedi-da, yugurgancha uyiga kirib ketdi. Jamoat yig'ildi. Farz namoziga takbir aytildi. Belim og'rigani bois orqaroqdagi safda qolib ketdim. Birozdan so'ng muazzin Abdurrahmon yonimga kelib qo'shildi. Ikkinchi rakaatning rukusiga kelganda muazzin ruku qildi-da, shilq etib yerga yiqildi. Namoz tugashi bilan uni qo'limga oldim. U esa nafas olmas edi...
... Mayyitning janozasi jum'a namozidan so'ng o'qildi..."

Qayd etilgan


azizbek_mx  08 Fevral 2011, 09:36:35

Bugun birinchi marta kulrang qarg'ani ko'rdim :o

Qayd etilgan


Saliha  09 Fevral 2011, 22:04:31

bugun hammayo oppoq qor..guppullab yana yogib yotibdi..

Qayd etilgan


azizbek_mx  09 Fevral 2011, 22:09:40

Bugun kechasi boshlagan qor tushgacha yog'di, tushdan keyin kechgacha eriydigani erib oldi, qorong'u tushganidan beri muzlashga harakat qilishyapti... Yetkazganiga shukr

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Fevral 2011, 11:35:37

Ayni paytda Marg'ilonda shunaqangiz go'zal havo bo'lyapti. Haqiqiy bahorni eslatadi.
Quyosh o'zining zarrin nurlarini yer bag'riga singitarkan, ancha jonlanib qolgan yashil giyohlar mana man deya ko'zingizni oladi...

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Fevral 2011, 12:10:36

Har doim ishga ketvotkanimda Alisher Navoiy chorrahasidan O'rdagacha 11-tramvayda (piyoda :-) boraman. Bugun ertalab ham shunaqa bo'ldi, lekin bugun daraxtlardan yog'ib turgan muz parchalari yomg'iri ostida ketdim. Quyosh nurlarini sog'ingan ko'zlarim esa tez-tez yoshlanib turdi (komp oldida uzoq o'tirishni oqibati bo'lsa kere ;D)

Qayd etilgan


Saliha  11 Fevral 2011, 21:12:05

biroz oldin ortogimdan kelgan qongirogidan keyin..tavba tavba odamzotga ishonib bomasakan..deb qoldim..2 kun oldin yaqin ortogim bilan bir joyga bordik..uerda 5-6 odam boridi hammasi ishonchli deb oylardim afsuz, hammagayam ishonib bomasakan..o'rtogim kichkinegina sumkachasini va qo'l telfonini, stol ustiga qo'ydi..manam shubhasiz paltomi yonidegi stulga ildim..ikkinchi honaga kirdik..hatto 10 daqiqayam otmadi..chiqib qarase ortogimmi sumkachasi va telfoni yo'q..hayron boldi..kimdan shubha qilishiyam bilmidi odam..hammadan achinarlisi sumkada hech qandey pul yogakan..faqat o'rtogimmi pasport,pravasi va yana kerekli bolgan dakumentlari borakan..hafa bolib uyga kelib paltomi chonchegini qarasam..maniyam kashelogim yo'q..ichida puli boridi va yana o'glimi..strahoviy polis kartchkasi boridi..lekin o'zimi pulimdanam o'rtogimi dakumentlariga rosa achindim..shu oy ichi umraga ketish keregidi..duo qildu mayli hamma narsani olsa ham dakumentlani qaytarsinde..deb..
biroz oldin o'rtogim telfon qilib dakumentini olganini etdi..etishicha suyinchisiga pul bergammish..
sabrim chidamayabdi etaqo kimakan o'gri..desam..ko'rishganda etaman.hammasini tushuntiraman dedi..tavba nahotki ishongan  insonlarim bo'b chiqsaya deb o'ylab o'tiribman..
ish qilib begona bo'b chiqsinde..aksincha ishonchim yo'qoladi..

Qayd etilgan


Margiloniy  12 Fevral 2011, 20:00:36

Odamlaring kechdan  to sahar mol deb yugursa,
O’z umrini tugamas bir dunyo deb bilsa
Momolaring yosh qizlarning qilig’in qilsa
Tangrim ayt bu qiyomatdan darak emasmu?!

Erkaklari ayollardan farqi qolmasa
O’g’il qizlar otalarin gapin olmasa
Juvonlari gunoh qilib hech ham tolmasa
Tangrim ayt bu qiyomatdan darak emasmu?!

Bozorida yolg’on ishlab tursa tarozi
Aka-uka bir biridan yursa norozi,
Xofiz qolib, yallochining sayrasa sozi
Tangrim ayt bu qiyomatdan darak emasmu?!

Men kuylasam quloq solmay o’tsa odamlar
Haqiqatni ichga yutsa odamlar
To’g’ri qolib egri yo’ldan yursa odamlar
Tangrim ayt bu qiyomatdan darak emasmu?!

Hayo qildim ko’p so’zlarim bo’g’zimda qoldi
Orzularim armon bo’lib ko’zimda qoldi
Ko’p kuylarim tuproqqacha, o’zimda qoldi
Tangrim ayt bu qiyomatdan darak emasmu?!

(qo’shiqdan)

Qayd etilgan


dust  12 Fevral 2011, 21:37:50

Bugun janoza bo'ldi. O'quv yurtimizde bir ustozzi ayoli Yoshgina muslima bir ayol saraton kasalliyi sababidan makoniga yetti.Qabristonda turimmiz eeehhhhh insonla divordim.Janoza o'qigan imom  bu ayolga hozir sinovlani asliysi boshlandi munkar va nakir kiradi kelila birodarla sovol jovobini yengil bolishini duo qililu disa kattagina jamoatti ichida faqat uchtagina odam imommi orqasidan duoga qo'shilib ayolga rahmat soravotti holos.Qogalla qabrga qarab bemalool kulishvotti.Yana bitta ustoz, imom Ollohga duo qib ayolga yengilli sorasa imom nima divotkanini chunibmi chunmimi MashaAlloh,MashaAlloh didi .Odamga yomon alam qilarkan chunmasen duoga qoshil boldi nma qilasan o'zini aqlli ko'rsatib divorgin keladi.Yanayam ajib hol qabristondan qaytse o'quvchila hursan ha nma boldi disam , bolla anu ayolli o'limi sababli bugun dars yo mazza didi.:( Bu holatti kuzatib ey Hudo shetlada jonimmi omagin divordim.Butun boshli jamoatta marhummi haqqiga chin ihlos minan duo qilguvchi ikta yo uchta odam bor edi holos.

Qayd etilgan


Ansora  14 Fevral 2011, 13:05:00

 :as:

Aziz forumdoshlar omonmisizlar? Abdulaziz Ensar biroz shamollagani uchun forumga kira olmadim. Menga pm yozgan forumdoshlarga vaqtida javob yoza olmaganim uchun uzr so'rayman.
Alhamdulillah dardini bergan davosini ham berdi, "opog'" bo'lib qoldik:)

Rabbim butun dardmandlarga shifo bersin.

Qayd etilgan