Bugungi kun mulohazalari  ( 1483195 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150 ... 296 B


Chustiy  09 Mart 2011, 17:04:46


Салфеткани сзбекчасига нима деб аташ мумкин?

Кечадан буён қидираман таржимасини, билганлар сртоқлашилар лутфан :)

Qayd etilgan


Ansora  09 Mart 2011, 17:11:46

:as:

Bugun bizda qor yog'di:)
:as:
Rasmlardan bahramand eting.  :)


Fotoapparatni dadamizga berdim vazifa yuklab : ) Biz ko'chaga chiqolmay derazdan tomosha qilib o'tiribmiz : )

Qayd etilgan


registan  09 Mart 2011, 19:02:50


Салфеткани сзбекчасига нима деб аташ мумкин?

Кечадан буён қидираман таржимасини, билганлар сртоқлашилар лутфан :)

Sochiqcha, qo'l ro'mol, ro'molcha, dasmol, artgich, qo'l latta, janda... :)

Qayd etilgan


Chustiy  09 Mart 2011, 19:45:59


Салфеткани сзбекчасига нима деб аташ мумкин?

Кечадан буён қидираман таржимасини, билганлар сртоқлашилар лутфан :)

Sochiqcha, qo'l ro'mol, ro'molcha, dasmol, artgich, qo'l latta, janda... :)

Bir akamiz : `bu so'zning tarjimasi anchadan beri mavjud lug'atlarda, salfetka "qo'l sochiq" deb tarjima qilinadi. Qarang: Ruscha-o'zbekcha lug'at, 2 tomlik, II tom,O'zbek Sovet Emsiklopediyasi Bosh redakciyasi, Toshkent, 1984, 375-bet. :)` deb yozibtilar :)

Qayd etilgan


BelleQizcha  10 Mart 2011, 05:39:28


Салфеткани сзбекчасига нима деб аташ мумкин?

Кечадан буён қидираман таржимасини, билганлар сртоқлашилар лутфан :)
salfetkani-sochu diyishadi

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  10 Mart 2011, 11:47:27

Bugun ishga kelayotib avtobusga chiqdim. Odamlar gavjum, kim ishga, kim o`qishga, kim mehmonga, kim bozorga shoshilgan...
Bir payt inqillib, bir nimalarni g`o`ldirab bir ayol chiqib qoldi. Joy berdim. U ayol kasalmi, yo boshqa, xullas sa'al g`alatiroq ekan.
Ehtimol bizga, shunday tuyulgandir...
- Hay bolam, kiyimingni oldini taqsangchi, shamollasang nima boladi-a?
- Hoy qizim, buncha yupun kiyinmasang, men ham sendek vaqtimda yupqa kiyinib yurib mana endi, azobini tortib yotibman!
- Ey o`tirgan ayol, qo`lingdagi bolani qalpog`i qani? Ko`chaga shunday olib chiqmagin yana!
Uning bunday kuyunishlariga kimdir piq-piq kuldi, kimdir boshini sarak-sarak qildi, kimdir barmog`ini chakkasiga tirab "jinniroq" ishorasini qildi.
Ayol qarshisida turgan sochlari qora rus qizniyam "e'tiborsiz" qoldirmadi.
- Isming nima qizim?
- Dasha...
- Kasha?
- Dasha!
- Kvasha? tavba-a, shunday ham ism qo`yadimi? O`zbekmisan o`zi qizim?
Rus qiz ensasi qotibroq nariga qochdi. ayolning "o`lja"siga endi men aylandim:)
- Umringdan baraka top qizi-im, bilasanmi, haligi televizorda aytadiku, o`sha qo`shiq senga atalgan!
So`ng ovozini boricha hirgoyi qila boshladi:
O`zbegimni qizlari, chiroyli sizlar!
O`zbegimni qizlari, hayoli qizlar!
Odamlar endi rostmanasiga kulib, bir-biriga iljayib qaray boshlashdi.
so`ng qo`shib qo`ydi:
- Turmushga chiqqanmisan qizim?
"yo`q" ishorasini qildim.
- Iloho, o`zingga o`xshagan chiroyli, aqlli, o`qimishli kuyov nasib qilsin! Menga qara, nega kostyumingni oldi ochiq? yop bolam! Sovuq tegadi! Yoki kel, o`zim taqib qo`yay? Kel, ke-elaqol!
"Tavba-a" tepasida turgan erkak sal nariroqqa qochdi. "Kasal shekilli"...

Ayol og`zi burnini ro`molda tang`ib olgan, ora-sira ihrab, "Voy Xudoyim-a buncha azoblamagin.." deb qo`yardi.
Men o`z bekatimda tushib qolar ekanman, "Xudo shifo bersin xola" dedim.
Bugungi- birov yo`l chetida ihrab yiqilib yotsa boshqa birov aqalli qayrilib qarmaydigan, birov yig`lab tursa, boshqasi kelib hol so`rashga yaramaydigan bir zamonda bu sho`rlik ayolning kuyunchakligini kimdir iljayib, kimdir ensasi qotib qabul qilardi...
u kasal edimi, yo boshqa, xullas sa-al g`alatiroq edi.
ehtimol, BIZGA shunday tuyulgandir...

Qayd etilgan


Ansora  11 Mart 2011, 14:22:10

O'tgan hafta Yaponiyada 7.3 shiddatida zilzila bo'lgandi. Hech kima o'lmagandi.
Bugun esa 8.9 kattaligidagi zilzilada 19 kishi vafot etibdi. Bir tarafda tsunami 1.5 balandlikda ko'tarilibdi...

Agar xuddi shu kattalikdagi zilzila Istambulda bo'lsa shahar yer bilan yakson bo'lgan bo'lardi, deyishmoqda mutahassislar, Alloh saqlasin.

Qayd etilgan


muxlisa  12 Mart 2011, 13:34:45

Anaaaaaaaa, yana bitta porumdoshdan qutilib olduuu...

Qayd etilgan


registan  12 Mart 2011, 13:38:02

Anaaaaaaaa, yana bitta porumdoshdan qutilib olduuu...

Qutulmadi, qaytanga tutildi...

Qayd etilgan


BelleQizcha  12 Mart 2011, 18:31:05

Anaaaaaaaa, yana bitta porumdoshdan qutilib olduuu...
kimakan?

Qayd etilgan