Bugungi kun mulohazalari  ( 1052805 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 296 B


maknuna  12 Iyul 2006, 06:42:10

Va alaykum assalom Mubashshir!
Judayam ayanchli voqea ekan.
Avvalo hamma narsa Allohdan. Taqdirga ko'nib yashashdan boshqa iloj yo'q.
Qizning ishi yaxshi bo'lmabdi. Balki u kelajakda boshqasi bilan baxtli bo'lishi mumkin edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyul 2006, 12:20:39

Assalamu alaykum. men sizlarga yaqinda bo'lgan hoisani aytmoqchiman.va bunga sizlarni fikrlaringizni bilmoqchiman. o'z fikrlaringizni bildirasiz deb umid qilaman. Hullas bir yigit, sport bo'yicha ancha yutuqlarga erishgan va obro' orttirgan. U tog'asini qizi bilan sevishgan va ular unashtirilgan. Hatto to'yga taklifnomalar tarqatilgan. qizni otasi bilan akasi Rossiyada bo'lgan. bu orada qizni tug'ilgan kuni bo'lib, yigitni onasi:'Qallig'ingni borib tabriklab, biroz aylantirib kel, adasi ham aksi ham yo'q ko'ngli o'ksimasin",-degan. yigit borib qizni tabriklab, biroz aylantirib,keyin uyiga olib kelib qo'yganda,o'zi ketgan. Yo'lda mashinasini oldidan ikki bola chiqib qolibdi,ulardan qochaman deb mashinasi bilan darhatga urilganda o'sha joyni o'zida vafot topgan. Yarim soat oldin uchrashgan yigitni o'limi haqidagi habar qizga yetib kelgan. Uyidagilar hammasi janozaga ketishganda, qiz o'zini osib qo'ygan. Ertasi kuni qizni janozasi bo'lgan.....  mana shu hodisaga o'z fikringizni bildirsangiz.
Assalamu alaykum.
Juda ham fojeali hodisa. Ularning o'limi emas,chunki hammamiz ham bu olamga mehmonmiz.
Hammamiz Allohnikimiz va Unga qaytguvchilarmiz.Qizning qay tarzda o'lgani.Bu juda ham ayanchli.Allohning berga sinoviga sabrsizlik qilib, o'ylamay shayton yo'liga kirib qilingan ish. Allohdan u qizni mag'firat qilishini so'rab duo qilaylk. Alloh har narsaga qodir. Alloh uni mag'firat qilsin. Hammamizni musibatlarda sabru jamiyl qiladiganlardan qilib qo'ysin.Amiyn.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Iyul 2006, 08:54:53

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh.
Hamma muslim va muslima birodarlarimizni
bugungi hajjul masakiyn kuni bilan qutlayman.
Alloh taolo hammamizdan rozi bo'lsin.
Bu ulug' kun barchangizga muborak bo'lsin.

Qayd etilgan


Odina  14 Iyul 2006, 09:53:15

Assalomu Alaykum

Raxmat sizni yan Muborak JUMA  kuni bilan tabtriklayman .Xamma mo`min musulmonlarni xam

Qayd etilgan


Abdusalom  14 Iyul 2006, 14:49:42

Assalamu alaykum. Allohdan mag'firat, onangizdan esa uzr so'rang. Jannat onalar oyog'i ostidadir. Hamma onalarimizni Alloh O'zi himoyasida asrasin.Amiyn

Va alaykum assalom!
Do'stim, Mubashshir. Do'stona maslahatingiz uchun tashakkur! Onajonim mandan hafamasdilar. Man o'zim shunaqa o'yladim. Alloh barchamizni mag'firat aylasin!

Qayd etilgan


Abdusalom  14 Iyul 2006, 14:51:22

Assalamu alaykum. men sizlarga yaqinda bo'lgan hoisani aytmoqchiman.va bunga sizlarni fikrlaringizni bilmoqchiman. o'z fikrlaringizni bildirasiz deb umid qilaman. Hullas bir yigit, sport bo'yicha ancha yutuqlarga erishgan va obro' orttirgan. U tog'asini qizi bilan sevishgan va ular unashtirilgan. Hatto to'yga taklifnomalar tarqatilgan. qizni otasi bilan akasi Rossiyada bo'lgan. bu orada qizni tug'ilgan kuni bo'lib, yigitni onasi:'Qallig'ingni borib tabriklab, biroz aylantirib kel, adasi ham aksi ham yo'q ko'ngli o'ksimasin",-degan. yigit borib qizni tabriklab, biroz aylantirib,keyin uyiga olib kelib qo'yganda,o'zi ketgan. Yo'lda mashinasini oldidan ikki bola chiqib qolibdi,ulardan qochaman deb mashinasi bilan darhatga urilganda o'sha joyni o'zida vafot topgan. Yarim soat oldin uchrashgan yigitni o'limi haqidagi habar qizga yetib kelgan. Uyidagilar hammasi janozaga ketishganda, qiz o'zini osib qo'ygan. Ertasi kuni qizni janozasi bo'lgan.....  mana shu hodisaga o'z fikringizni bildirsangiz.

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!
Alloh mag'firat aylasin!
Nima bo'lganda ham qiz bola bu ishni qilmasligi kerak edi.
Alloh barchamizdan rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Abdusalom  14 Iyul 2006, 14:52:55

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh.
Hamma muslim va muslima birodarlarimizni
bugungi hajjul masakiyn kuni bilan qutlayman.
Alloh taolo hammamizdan rozi bo'lsin.
Bu ulug' kun barchangizga muborak bo'lsin.

Va alaykumussalam wa rahmatullohi!
Bugungi sayyidul ayyom kun barchamizga muborak bo'lsi!

Qayd etilgan


mubashshir  15 Iyul 2006, 08:51:25

Assalamu alaykum. Allohdan mag'firat, onangizdan esa uzr so'rang. Jannat onalar oyog'i ostidadir. Hamma onalarimizni Alloh O'zi himoyasida asrasin.Amiyn

Va alaykum assalom!
Do'stim, Mubashshir. Do'stona maslahatingiz uchun tashakkur! Onajonim mandan hafamasdilar. Man o'zim shunaqa o'yladim. Alloh barchamizni mag'firat aylasin!
Assalamu alaykum, Abdusalom aka.
Albatta onalarimiz bizdan hech qachon hafa bo'lishmaydi.
Nim qilsak ham bizni kechirishadi.
Shuning uchun ham ularni qadriga yetib ko'ngillarini olishimiz lozim.
Alloh barcha onalarimizni umrlarini uzoq qilsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyul 2006, 09:48:53

Assalamu alaykum.
Juda to'g'ri aytibsizlar, onalar hech qachon farzandlaridan hafa bo'lishmaydi.
Lekin sizda birorta yomon hislat ko'rsalar, bunga albatta o'zlarini
aybdor deb bilishadi. Chunki onalar shunaqa zot.
Hech qachon farzandlarini aybdor deb bilishmaydi.
Ularning biror nojo'ya ishlarini ko'rsalar darrov o'zlarini
yahshi tarbiya berolmaganlikda ayblashadi.
Shundoq ekan, biz onalarimizni o'zlarini aybdor sanashlariga yo'l qo'ymasligimiz lozim.
Ular orzu qilgan va ularni tarbiyasiga, mehriga loyiq farzand bo'lishimiz shart.
Jannat - onalar oyog'i ostidadir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyul 2006, 16:09:34

Sizni qanchalik sog'indim. Ko'rgim kelayapti, muborak bo'yingizdan hidlagim kelyapti.
Ikki oydirki yuzingizni ko'rmadim... Garchi telefonda gaplashsam-da, baribir ko'rgim kelaveradi.
Lekin siz meni mendan-da ortiqroq sevasiz, ko'rgingiz keladi. Yo'qsa ovozimni eshitib yig'lab yuborarmidingiz.
Yo'q, siz yig'lamang. Shunga ham yig'laydimi? - deyman o'zimcha.
Tushunmayman. Balki shu yig'idan ham taskin olar u. Men-chi men? Uni o'ylab qachon yig'ladim? Sog'inib biron marta ko'ziimga yosh keldimi?   
Yo'q, eslolmayman...
Lekin sog'inaman, qattiq sog'inaman, Sizni sog'inaman, onajon!

Qayd etilgan