Bugungi kun mulohazalari  ( 1483549 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 296 B


mutaallimah  12 Sentyabr 2007, 18:16:14

Assalomu alaykum!
Bugungi kun men uchun judayam chiroyli o'tdi... ALHAMDULILLAH!!! birodarlar bilan internat orqali iymonlashish judayam qiziqarli narsa ekan!!!

Qayd etilgan


Muslimа  12 Sentyabr 2007, 18:35:45

Ha ayniqsa birodarlar dilga yaqin bo'lishsa!
Iymonlashsa bo'ladigan birodarlarni boriga shulkur! :)

Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Sentyabr 2007, 18:46:40

Allohga shukr maniyam kunim juda zo'r o'tti. (Ayrim narsalani hisobga olmaganda)

Qayd etilgan


Mahzunabonu  12 Sentyabr 2007, 20:36:09

Mani bugungi kunim Nozlini ovutish bilan o'tdi

Qayd etilgan


Farida  13 Sentyabr 2007, 13:58:56

Assalamu alaykum!
Eng quvonchli, ulug' kunlar boshlandi!

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Sentyabr 2007, 17:18:29

Alhamdulillah barchamizni bu kunlarga yetkazganiga shukr.Inshaolloh bu kunlar barcha ahli muslimga mag'firat oyi bo'lsin.. Ramazonni hayrli ibodatlar bilan o'tkazish barchangizga nasib qilsin aziz forumdoshlar.Iltimosim duolaringizda marhuma turk go'zali Islimakhonimni yodga olinglar Alloh ularga qabr hayotlarida osoyishtalik bersin.

Qayd etilgan


Murod_bek  14 Sentyabr 2007, 11:15:24

Amin!

Qayd etilgan


Robiya  14 Sentyabr 2007, 11:26:15

Barchalaringizni muborak oy bilan tanriklayman.Oila a'zolaringizga sog'lik, tinchlik,xotirjamlik, dasturxonlaringizga qut-baraka tilayman.

Qayd etilgan


Muslimа  17 Sentyabr 2007, 12:49:11

Assalomu alaykum!
Bugun hayotimdagi eng bahtli kunlarimdan biri. Allohni karami keng Zot ekanligiga yana bir marta guvoh bo’ldim. Anchadan beri ishxonamdagi bir qiz bilan din haqida tortishamiz, Musulmon farzandi bo’lishlariga qaramay nomozhon va hijobli qizlarga munosabatlari yaxshimas edi, man bilan doim shu mavzuda bahslashardilar. Alhamdulilllah, shu bugun shu opam oldimga kelib mandan ularga namozni o’rgatishimni so’radilar. Hich bo’lmaganda bomdodni boshlamoqchi ekanliklarini aytdilar. Man uchun bu katta baht, hursandligimdan yig’lab yuboray dedim, chunki namoz va hijobga qarshi gaplarni ulardan ko’p eshitgandim. Alloh iymon bergani rost bo’lsin! Bu man uchun Ramazon oyida shaytonlar zanjirband qilinishiga yaqqol bir misol bo’ldi! Bizlarni to’g’ri yo’lga boshlagan Alloh taologa hamdlar bo’lsin!

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Sentyabr 2007, 09:21:23

Assalomu alaykum!
Oxirgi ikki-uch kun juda qiyin o'tdi xatto forumga kirib post yozishgayam kayfiyat bo'lmadi  :( :( :(...
Endi bugun Alhamdulillah ancha yaxshi bo'lyapti ishqilib kechgachayam yaxshi o'tsinda :) :)

Qayd etilgan