Mehr ko'rgazdim ammo,
Mehribone topmadim...
Qancha yaqinlarizga yaxshilik qilmang, hol-ahvol so'rab eshik qoqib bormang, boshingizga og'ir musibat tushganda o'z jigariz ham holing nima deb so'ramasa...
Axir jigarlarim, yaqinlarim deb qancha kuyib pishasanu, hech bo'lmaganda jilla qursa qo'ng'iroq qilib hol-ahvol so'rashgayam yaramaydigan jigarlar, qarindoshu yaqinlardan diling og'riydi. Qizim bilan kasalxonada yotganimda chinakamiga hammadan hafa bo'lgandim... Qadrimga yig'ladim.
Televizordayam shu mavzuda kinolar berib yotibdi. O'ylab qolaman, qayerda xato qildim? Nima qilishim kerak? Nega bu qadar befarqlik tomir-tomiriga singib ketgan o'ylab yetolmayman.
Onam bir safar urushib bergandilar: "Hali uni ko'rgani borasan, hali bunikidasan. Birov kelib mani shu ahvolimda yo'qlab kelmasa, nimaga san boraverasan? Baribir borganingni birov bilmasa..."
Mehr ko'zda ekan, haqiqatanam insonmiz bir og'iz shirin so'zga mushtoqmiz, ojizaligimiz bor. (bilaman baribir gapirgandan foyda yo'q)
Siz nima deysiz forumdosh?