Bugungi kun mulohazalari  ( 1052808 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 296 B


Munira xonim  11 Avgust 2006, 08:11:45

Assalamu alaykum.
Bu - Ulug' jumayi muborak hamma uchun
mag'firat kuni bo'lsin.
Juma muborak bo'lsin.
Bu kundagi ibodatlarni Alloh taolo husni maqbul aylasin.
Barchamizni shu ulug' kun hurmatidan mag'firat qilsin.

Qayd etilgan


_Otabek_  11 Avgust 2006, 09:54:40

Assalomu alaykum!
Odamlarda mehr tuyg'usi yo'qolib, hamma narsani insonning tashqi ko'rinishi yoki cho'ntagiga qarab baho berish zamonining boshlanishi fojea emasmi?
Afsuski bunaqa holatlarga men ham ko'p duch kelaman.
Avtobuslarda ham qari otaxon va onaxonlardan uyalmasdan to'liq to'lang deya o'shqirayotgan konduktorlarni uchrataman. To'g'ri, talab qilish ularning ham vazifasi, lekin hurmat qayerda qoladi, musulmonga xos izzat qayerda qoladi?
Aslida men pensiya yoshidagilarga davlat transportining umuman bepul bo'lishini hohlayman. Aslida shunday bo'lishi ham kerak. Chunki ular g'animat, vaqtida qadrlariga yetib olishimiz kerak.
Yana shu transportda biron qariya yoxud yukli ayollar chiqsalar yoshlar bemalol joy bermasdan o'tiraverishadi. Hatto bir kuni TVda qanday qilib joy bermaslik usullari haqida ham gapirishdi... Fojea-ku bu ham...

Fransiyada, masalan, Rossiya TV laridan birida aytishdiki, yoshlar kattalarga, u juda keksa kishi bo'lsa ham joy berishmas ekan, negaki ular "o'z huquqlarini birov bilan bo'lishishni emas, ulardan foydalanishni" ma'qul ko'risharkan (tushunchangdan o'rgildim!) Abdulaziz, o'sha usullarni o'zimizning TV dan o'rgatishmagandir, yoki...

Umuman, shaharlar transport tizimimizni tubdan qayta ko'rib chiqish kerak o'zi allaqachon. Toshkentda qanday, bilmadim-u, har holda u yerda aholining turli qatlamlariga mo'ljallangan "proezdnoy"lar bor, o'quvchilar uchun ham bor edi, shekilli. Lekin bilasizmi, Surxondaryoda shahrlar ichida umuman avtobusning o'zi yo'q, hamma yo'nalishli taksilar (Damas, RAF) da yuradi va yo'l kira haqi hammaga - 1-sinf o'quvchisimi u, katta yoshdagi kishimi, nogironmi, qariyami farqi yo'q - 200 so'm, vassalom! Yosh bolalar, yo'lning chetida turib, qo'llarida pulni ko'rsatib silkitishadi va taksilarni to'xtatishadi, aks holda haydovchilar to'xtashmaydi... Odamlar har xil, ularning ichida bemorlar bor, nogironlar, qariyalar bor, bizning uchqur Damaslar esa bilasiz qanday noqular, ichi tor va yo'lovchilarga ancha qiyinchilik tug'diradi. mashina to'lib qolganda o'rta o'rindiqda, eshik oldida o'tirgan odamga esa havas qilib bo'lmaydi - tush-chiq, tush-chiq... Qishqa esa, qo'yavering, uch kishi yonma-yon o'tirsa sigmay, eshiklar yopilmay qoladi :)).   

Qayd etilgan


_Otabek_  11 Avgust 2006, 10:26:03

Eshitishimcha, imtihon haqqoniy bo'lmabdi.
Abiturientlarga uyali aloqa va shpargalkalardan foydalanishga ruxsat berishibdi...
Bechora 1 yil ter to'kib tayyorlanganlarga jabr bo'ladi bu...

Men ham eshitdim bu haqda. Kuzatuvchilar sotilibdi, chamamda. Yana kimlardir...
Bitta narsa meni ham hayratga soladi, ham tashvishga soladi, ham.. kulgimni qistaydi... Qanchalik haqiqatga yagin bilmadim-u, lekin shahrimizda yagona va ancha obro'li bo'lgan, viloyat shifo maskanlarini o'rta bo'g'in tibbiyot xodimlari bilan ta'minlaydigan asosiy dargoh - tibbiyot kollejiga kirishning belgilangan narxi bor emish - 500 ming so'm! Yoppasiga. Hamma uchun. Men bir emas, bir necha kishidan qiziqib so'raganman, shu jumladan o'sha yerda ishlaydigan do'stlarimdan ham: "Shu yerga bepul, o'z bilimi bilam kirish mumkinmi?" Ha, mana shunday soddagina qilib so'raganman va har safar (mubolag'asiz) bir xil javobni olganman. Ya'ni, bir kulib qo'shidadi-da, "iye, unaqasi bo'lmaydi, hozir faqat pul" deyishadi. Endi bunaqa usul bilan o'qishga kirgan va har turli porayu "tanka"lar ko'magida bitirgan BIZNING salomatligimiz posbonlari qanchalik bilimga ega bo'lishi haqidagi ritorik savolga javob qidirishning o'zi befoyda...
Har yili o'quvchi kiritib, kattagina daromad qilib yurgan domlayu domlachalarning-ku hisobi yo'q (hamma shahrlarimizda shunday deb o'ylayman, poytaxtni-ku qo'yavering). Afsuski, bugunga kelib bu odatiy hol bo'lib qoldi.

Qayd etilgan


maknuna  11 Avgust 2006, 13:53:15

Assalomu alaykum barcha musulmon ahliga!
Bugungi jum'a tomgi barchanhgizga muborak bo'lsin!
Ibodatlaringizni Allohim qabul qilsin!

Jum'a muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


maknuna  11 Avgust 2006, 13:54:30

Ertalab Yunusobod bekatidan metroga chiqdik. Hamma kundalik ish, ro‘zg‘or yumushlari bilan band. Vagon o‘rtasida tik turib olgan uch dugona qizg‘in suhbat qurmoqda. Ular xuddi yon-atrofida hech kim yo‘qdek bemalol, bor ovozda gaplashishardi. Vagondagilarning g‘ashi kelib, qizlarga tez-tez norizo qarab qo‘yishar, ammo hech kim ularga botinib gapirolmasdi. Qizlar esa suhbatni avj oldirishardi.
— Oybekni nima qilding?
— O‘lsin, orqamdan itdek ergashib yuribdi. Oxiri qarasam, bo‘lmaydigan, hoy so‘tak, ovora bo‘lma, men Shohruhni sevaman, yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, sevishimni unga borib ayt, dedim.
Uchinchi dugona «bechora Oybekni armonda qoldiribsan-da», deb kulib yubordi. Majnunni devona qilgan, Farhodni buyuk ishlarga chorlagan, Tohirni suvga oqizgan muhabbatning qadri shunchalar pasayib ketdimi? Bu qanday gap bo‘ldiki, qiz o‘zini sevgan yigitga o‘zgani sevishi haqida oshkora aytib, yana undan o‘rtada vositachi bo‘lishni iltimos qilsa?
Dugonalarning andishasizlarcha suhbatiga o‘rindiqda o‘tirgan o‘rta yoshli ayol chiday olmadi shekilli, o‘rnidan shahd turib gapirdi:
— Qanaqa behayo qizsizlar? Yuzingda ko‘zing bormi demay, shuncha odamning oldida uyalmay-netmay muhabbatni bozorga solib, shang‘illab gaplashasizlar-a?
— Nima ishingiz bor sizning?
— Onang tengi odamman, gapirayotgan gapingni qara. He o‘sha muhabbatingga o‘t tushsin, senlarning, — dedi ayol va dugonalarning javobi og‘zida qoldi. Ayol shu bekatda tushib qoldi. Qizlarning shundan keyingi suhbati o‘sha ayol haqida bo‘ldi.
— O‘zining davri o‘tgan-da.
— Alam qilsin.
— Shunaqa qaynonaga tushib qolsang bormi...
— Bo‘g‘ib qo‘yardim.
Ana xolos! Qizlar hali yo‘q qaynonaga ham «kafan bichishdi».
Men ham manzilimga yetgach, tushib qoldim. Ammo bu qizlar yuragimga solgan og‘riqli o‘ylar menga tinchlik bermasdi.

Eldorbek AKRAMOV,
TATU talabasi

Judayam ayanchli holat.
Lekin bunaqa qizlarimiz juda ko'p, afsuski....

Qayd etilgan


MaxCmd  11 Avgust 2006, 17:45:38


Men ham eshitdim bu haqda. Kuzatuvchilar sotilibdi, chamamda. Yana kimlardir...
Bitta narsa meni ham hayratga soladi, ham tashvishga soladi, ham.. kulgimni qistaydi... Qanchalik haqiqatga yagin bilmadim-u, lekin shahrimizda yagona va ancha obro'li bo'lgan, viloyat shifo maskanlarini o'rta bo'g'in tibbiyot xodimlari bilan ta'minlaydigan asosiy dargoh - tibbiyot kollejiga kirishning belgilangan narxi bor emish - 500 ming so'm! Yoppasiga. Hamma uchun. Men bir emas, bir necha kishidan qiziqib so'raganman, shu jumladan o'sha yerda ishlaydigan do'stlarimdan ham: "Shu yerga bepul, o'z bilimi bilam kirish mumkinmi?" Ha, mana shunday soddagina qilib so'raganman va har safar (mubolag'asiz) bir xil javobni olganman. Ya'ni, bir kulib qo'shidadi-da, "iye, unaqasi bo'lmaydi, hozir faqat pul" deyishadi. Endi bunaqa usul bilan o'qishga kirgan va har turli porayu "tanka"lar ko'magida bitirgan BIZNING salomatligimiz posbonlari qanchalik bilimga ega bo'lishi haqidagi ritorik savolga javob qidirishning o'zi befoyda...
Har yili o'quvchi kiritib, kattagina daromad qilib yurgan domlayu domlachalarning-ku hisobi yo'q (hamma shahrlarimizda shunday deb o'ylayman, poytaxtni-ku qo'yavering). Afsuski, bugunga kelib bu odatiy hol bo'lib qoldi.

Yana bir narsani o`ylab ko`raylik. Menimcha, yaqin yillarda(hatto hozir ham) bilim bilan Oliy o`quv yurtiga kirib bo`lmay qoladi. Shu holatda, masalan, Alloh nasib qilsa, biz ham farzandlarimizni voyaga eytkazib, o`qimishli qilishga harakat qilamiz albatta. Tasavvur qilamiz, sizning farzandingiz bor, uning bilimi yetarli darajada, lekin o`ta darajada bilimli emas(hammani ortda qoldiruvchi). Uni kontraktda o`qitishning iloji yo`q sizda(50-60 ming oylik va 600-700 ming kontrakt). Qisqasi, davlat hisobida o`qitishingizning iloji yo`q, yoki pora yoki kontrakt. Qanday yo`l tutardingiz? Qarz-havola qilib bo`lsa ham pora bilan o`qitarmidingiz yoki ...
Farzandingizni bilimli qilib tarbiyalaganda ham muammo kelib chiqadi: ko`pchilik bilimli, oliygoh bitiruvchilari boshqalarning o`rniga kirib pul topayapti. Endigina maktab yoki kollejni bitirgan abituriyent ulardan baribir o`tib ketolmaydi.
Sizlarning fikrlaringizni kutaman. Shu holatda nima qilish kerak?

Qayd etilgan


forumnnb  12 Avgust 2006, 13:09:31

Yana bir narsani o`ylab ko`raylik. Menimcha, yaqin yillarda(hatto hozir ham) <quote>bilim bilan Oliy o`quv yurtiga kirib bo`lmay qoladi. Shu holatda, masalan, Alloh nasib qilsa, biz ham farzandlarimizni voyaga eytkazib, o`qimishli qilishga harakat qilamiz albatta. Tasavvur qilamiz, sizning farzandingiz bor, uning bilimi yetarli darajada, lekin o`ta darajada bilimli emas(hammani ortda qoldiruvchi). Uni kontraktda o`qitishning iloji yo`q sizda(50-60 ming oylik va 600-700 ming kontrakt). Qisqasi, davlat hisobida o`qitishingizning iloji yo`q, yoki pora yoki kontrakt. Qanday yo`l tutardingiz? Qarz-havola qilib bo`lsa ham pora bilan o`qitarmidingiz yoki ...
Farzandingizni bilimli qilib tarbiyalaganda ham muammo kelib chiqadi: ko`pchilik bilimli, oliygoh bitiruvchilari boshqalarning o`rniga kirib pul topayapti. Endigina maktab yoki kollejni bitirgan abituriyent ulardan baribir o`tib ketolmaydi.
Sizlarning fikrlaringizni kutaman. Shu holatda nima qilish kerak?
</quote>

Salom!

Menimcha bu osonlikcha hal qilinadigan narsa emas, bu pul degan jonivor hammani domiga tortsa.......................
Hammani vijdoni sof bo`lsa bo`ldi, boshqa narsa o`z o`zidan bo`lib ketaveradi!

Qayd etilgan


_Otabek_  14 Avgust 2006, 11:32:27


Yana bir narsani o`ylab ko`raylik. Menimcha, yaqin yillarda(hatto hozir ham) bilim bilan Oliy o`quv yurtiga kirib bo`lmay qoladi. Shu holatda, masalan, Alloh nasib qilsa, biz ham farzandlarimizni voyaga eytkazib, o`qimishli qilishga harakat qilamiz albatta. Tasavvur qilamiz, sizning farzandingiz bor, uning bilimi yetarli darajada, lekin o`ta darajada bilimli emas(hammani ortda qoldiruvchi). Uni kontraktda o`qitishning iloji yo`q sizda(50-60 ming oylik va 600-700 ming kontrakt). Qisqasi, davlat hisobida o`qitishingizning iloji yo`q, yoki pora yoki kontrakt. Qanday yo`l tutardingiz? Qarz-havola qilib bo`lsa ham pora bilan o`qitarmidingiz yoki ...
Farzandingizni bilimli qilib tarbiyalaganda ham muammo kelib chiqadi: ko`pchilik bilimli, oliygoh bitiruvchilari boshqalarning o`rniga kirib pul topayapti. Endigina maktab yoki kollejni bitirgan abituriyent ulardan baribir o`tib ketolmaydi.
Sizlarning fikrlaringizni kutaman. Shu holatda nima qilish kerak?

Bolaning yoshligidan bu haqda jiddiy o'ylab ko'rishga to'g'ri keladi, ertaga maktabni bitiradigan bo'lib qolganda emas. Farzandingizni o'qitish sizning strategik maqsadingiz bo'lishi kerak. Hamma pul bilan o'qitayaptimi, sizu biz ham shunday qilishga majburmiz, negaki bu vaziyatga ga o'zgartirish kiritish aytishga oson. Xalqimizda "toma-toma ko'l bo'lur", yoki "tomchi toshni teshar" degan ajoyib naqllar bor. Shularga amal qilgan holda, bola maktabdaligidayoq, hattoki maktabgacha uning ta'limi uchun mablag' jamg'arib borishimiz kerak. Axir bugungi kun o'tadi-ketadi, ertani o'ylashimiz kerak, ana-mana deguncha kechagina yo'rgakda big'illab yotgan bolaning bo'yi sizga tenglashib qoladi :) Va albatta, bolaning bilim olishi shaxsan nazoratingiz ostida bo'lishi kerak va u turli o'quv adabiyotlari, jihozlari bilan ta'minlangan bo'lishi lozim. 
Aytaylik, o'qishga kontrakt bilan kirdi... men nima qilishim mumkin? Bunday holatda, uning kayfiyatini tushirmaslik uchun ham, o'zim qanchalik qilnalsam ham, o'qitishga harakat qilgan bo'lardim. Qolaversa, o'zi ham qisman ishlasin, pul topsin - buning aybi yo'q!
Yana bir muammo bor... pora illati. Undan uzoqroq yurish kerak bo'ladi, negaki o'qishga kirgan yoshlar darrov shu munosabatlar girdobiga tushib ketyapti va pul berib, pul olib noqonuniy (buning ustiga gunoh!) ish bitirishlar uning uchun oddiy bir ishga aylanib qoladi, chunki u domlayu "starosta"larga baho olish uchun pul berib o'rganib qolishi va o'zi ham bir kun biror soha bo'yicha mutaxassis bo'lib,  poraxo'r bo'lib qolishi mumkin... Umuman olganda bo'lmasligi ham mumkin, negaki bu tarbiyaga ham bo'g'liq!

Qayd etilgan


Mashhura  17 Avgust 2006, 12:09:19

 Assalomu alaykum aziz forumdoshlar mening bugungi kunimning mulohazasi : Baxt qunt bilan ko'p mehnat qilgan kishigagina keladi.
;) ;) ;) ;)

Qayd etilgan


Muhammadiy  17 Avgust 2006, 22:28:56

Mening mulohazam: yashash qiyin, yaxshi bo'lib yashash undanam qiyin.

Qayd etilgan