Bugungi kun mulohazalari  ( 1482949 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 296 B


Muslimа  13 Oktyabr 2009, 11:18:39

"œOCHIQ"

Yorqinjon qori hikoya qiladi:
"œQo’qonda inqilobdan avval bittagina yuzi ochiq ayol bo’lgan ekan. Uni hamma beshqo’ldek bilib, nafratlanib, laqabini ham "œOchiq" deb atashar ekan.
"¦ Oradan yuz yil ham o’tmadi. Endi odamlar qo’li bilan "œfalonchi ro’mol o’ragan" deb ko’rsatyapti"¦ O’zi yoshgina ekan-u, lekin "œbabushka" bo’vopti" deyishyapti"¦"

Assalamu alaykum.
Kecha xuddi shunga o'xshash bir gap eshitib qoldim...
Uyimga mehmon bo'lib kelgan qizlardan biri bilan shunga o'xshash mavzu haqida gaplashdik.
U hikoya qildi:"Uch kun oldin bir sovchi keldi. Meni ko'rganidan keyin, xuddi boshqa sayyoradan kelgan kishini ko'rgandek hayron bo'lib, onamga:"Vooooyyyy, qizingiz ro'mol o'raydimi?" dedi. Onam:"Haa, qizim ro'mollangan" desala, u ayol:"Bizga "madaniyatli" qiz kerak edi, uzr", deb chiqib ketdi.Onam:"Ey,Alloh shunaqa insonlardan O'zing asraganing uchun O'zingga shukr" dedilar.

Alloh taolo har kimga o'ziga o'xshagan juft ato qilsin.

 :as:

Bilmadim nima sabab ro'mol o'raganlarni "madaniyat" dan uzoq, hich narsaga aqli yetmaydigan dib o'ylashadi. Bunaqa holga ko'p tushganmiz. Masalan, ishxonada ishlab yurgan paytimda rus tilida so'zlaydigan insonlar bilan ko'p muloqatda bo'lishga to'g'ri kelardi. Negadur rus millati vakillari kelib hech qanaqa ortiqcha savollarsiz murojat qilib, ishlarini yaxshi hal qilib ketardi. "Yangi o'zbeklar" esa(o'zlaricha rus tilini o'z ona tillaridan ustun qo'yishni madaniyat sanaydiganlar) kelib, avval manga qarab, o'zimga murojat qilmay, yonimda ishlaydiganlardan "Bu o'zi rus tilini biladimi, tushunadimi?" deb so'rashardi. Allahga shukur rus tilini ular kabi ona tilim sanamasamda, rus tilidan muammo yo'q, darrov man ham rus tilida javob qilardim. Ko'zlari chiqib ketguday bo'lib "Vay san ham bilasanmi rus tilini?" dib qo'yishardi. Ishlari bitgach, ba'zilari uzr so'rar, ba'zilari esa ensasi qotib ketaverardi. Tovba,  bu kabi ishlarni ko'raverib ko'nikib ham ketarkansan kishi.

Kecha o'qishda ham shu kabi voqea sodir bo'ldi. Darsda o'tirgandik, bir o'quvchini onasimi, holasimi kelib darsizni ko'raman, dib darsda o'tirdi. Juda "zamonaviy" ayol ekan. O'tirdiyu hammani ko'zzdan kechira bo'shladi. Nigohi mada to'htadi. Manga boshdan oyoq nazar solib chiqdi :) Ensasi qotti. (Birov sizga tikilib qarasa baribir sezilarkan, ahamiyat bermay disangiz ham). Hullas, dars boshlandi, uy vazifasini topshirdik. Man topshirayotganimda, og'zimga qarab qoldi, hayolidan nima kechgan bilmadim, unisi Allohga havola, lekin mandan bunaqa javob kutmagandek dovdirab qoldi. Ingliz tilni rus tilidek gapirmasamda, lekin qiynalib ham qolmayman, Allahga shukur.
Allahga shukur ro'moldagi qizlarni ma'daniyatli sanashmasada, Alloh "madaniyatlilar" ni oldida hich qachon muslimamlarni hor qilmaydi! Alloh barchamizni O'zi muhofaza qilsin! Amin!!!

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Oktyabr 2009, 11:31:54

:D  :D  :D  :D  :D

Manda ham ishxonada xuddi shu axvol . . .  :D

Rus yoki boshqa millat vakillari kelishadida rasmga kim oladi deb so'rashadi.
Man dib javob bersam, buni oddiy qabul qilib o'z muddaolarini aytadilar.

O'zimizni O'ZBEKlar esa huddi shu savolga man dib javob bersam Oydan tushgan odamni ko'rgandek hayratlanadilarda yana bir bor so'raydilar: "O'ziz olasizmi?".
Man yana "Ha" disam, hayron qolib ishonmagandek gapiradilar.

Oxir oqibat Allohni madadi ila, ko'ngillari to'ladigan darajada rasmlarini tayyor qilib bersam hursand ketadilar.

Alloh ADOLATLI Zotdir!!!

Qayd etilgan


Robiya  13 Oktyabr 2009, 13:15:31

 :as:

Munira opajon, Muslima opajon, qadrdonim Mahdiyah, juda ajoyib fikrlar, Alloh rozi bo'lsin, ayni damda ayni haqiqat...

Men ham bir fikrni aytsam, juda kulgili,...

  Bir kun ishdan uyga qaytayotib, litseyda dars bergan ustozimni ko'rib qoldim (yoshlari kattaroq bir ayol), so'rashdik, shunda bir savol berdilar:

- Turmushga chiqdizmi?..
-...Yo'q
- Ha unda nega bunaqa kiyinib yuribsiz? Manimcha kerak emas,....g'alati ko'rinarkan  ??? ??? ???

***
   
 

Qayd etilgan


Ansora  13 Oktyabr 2009, 14:32:07

Boshni usti bilan "ovora bo'layotgan" insonlar qachon "boshni ichida nima bor" o'ylashar ekan? Bunga vaqtlari bo'larmikan?
İshning eng yomon tarafi asosan Musulmon nufusi ko'p bo'lgan va pasportining "Dini" degan joyida  "İslam" !!! deb yozilgan Turkiyada ham haligacha ro'mol, tasattur masalasining yechilmagan bo'lishi. "Amerika dushman," deyiladi lekin u yerda ro'mol ta'qiqlanmagan. Bir dugonam faqat ro'mol sabab Amerikaga ketdi doktorantura o'qish uchun. U Turkiyada doktoranturaga qabul qilingan va hatto o'qiyotgan Universitetida ishga ham boshlagan edi.

Rosa g'alati zamonda yashayabmiz-da...

Qayd etilgan


Ansora  13 Oktyabr 2009, 14:39:22

Kechagina aprel oyida Xitoyda "isyon qilgan" 6 Uyg'ur uchun idom, o'lim jazosiga qaror berildi.
Ho'sh nima uchun isyon qilishdi.
İslom dinini oshkora yashay olmaganlari uchun..
Jome'-Masjidlarga emin-erkin kira olmaganlari uchun...
Necha asrlardan beri qo'llanilib kelinayotgan Arab alifbosidan voz kechib, Xitoy harflarini qabul qilmaganlari uchun...
12-14 yoshidagi qizlarining Xitoyga ishchi kuchi sifatida olib ketilishlariga qarshi bo'lganliklari uchun...
Ming yillardan beri ota-bobolari yashab kelayotgan tuproqlarni qo'riylik, deganlari uchun...
Ayollarining Xitoy hukumati tarafidan farzandsizlik (qisir) ukollari qildirishlariga qarshi bo'lganliklari uchun...

Rabbim Uyg'ur qardoshlarimizni huzurida O'Zİ'ning yo'lida shahid bo'lgan unvoni bilan qabul qilsin, insholloh....

Qayd etilgan


Hadija  13 Oktyabr 2009, 14:40:19

Boshni usti bilan "ovora bo'layotgan" insonlar qachon "boshni ichida nima bor" o'ylashar ekan? Bunga vaqtlari bo'larmikan?
İshning eng yomon tarafi asosan Musulmon nufusi ko'p bo'lgan va pasportining "Dini" degan joyida  "İslam" !!! deb yozilgan Turkiyada ham haligacha ro'mol, tasattur masalasining yechilmagan bo'lishi. "Amerika dushman," deyiladi lekin u yerda ro'mol ta'qiqlanmagan. Bir dugonam faqat ro'mol sabab Amerikaga ketdi doktorantura o'qish uchun. U Turkiyada doktoranturaga qabul qilingan va hatto o'qiyotgan Universitetida ishga ham boshlagan edi.

Rosa g'alati zamonda yashayabmiz-da...

Aslida zamon emas, zamon ichida yashayotganlar g'alati. Zamon emas, ularda yashayotganlarning qonuni buzyapti...

Qayd etilgan


Muzayyana  13 Oktyabr 2009, 14:44:51

Kapalak, birodar zamonni ayblamang, zeroki Rasululloh  :sw: ta'kidlaganlaridek : "Zamonni so'kmanglar, zeroki zamon Allohnikidir."
Siz aytgandek zamon g'alati emas odamlarni o'zi g'alati. Sababi zamonni shu holga keltirayotgan biz va boshqa insonlar bo'ladi, Vallohu alam.

Qayd etilgan


Ansora  13 Oktyabr 2009, 14:46:42

Kapalak, birodar zamonni ayblamang, zeroki Rasululloh  :sw: ta'kidlaganlaridek : "Zamonni so'kmanglar, zeroki zamon Allohnikidir."
Siz aytgandek zamon g'alati emas odamlarni o'zi g'alati. Sababi zamonni shu holga keltirayotgan biz va boshqa insonlar bo'ladi, Vallohu alam.

Men uchun zamon g'alati, siz uchun bo'lmasligi mumkin. G'alati so'zini qaysi ma'noda ishlatganimni bilmaysiz-ku:)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  14 Oktyabr 2009, 00:48:17

Тогдек хасратдан муштдек шукроналик схши! Дунё муминларнинг зиндони скан, зиндондаги кулнинг осон хаёт кечирмаслиги тайин. "Вой у булиб кетти", "вой булиб кетти"... Асли уша динсизлардан кура, мусулмонлар ношукр булиб кетти. Корни тук, усти бут, омонликда фарзларни бажараётганлар очларга таом, слангочларга уст-бош, нотинчларга халоват такдим стишдан кура, хамма билса хам сна бир бор гапиргиси келадиган булиб кетти. Аасихатни кабул киладиганлар камайиб, насихатгуйлар купайиб кетти. Лайгамбаримиз мархамат килиб: "Ким одамлар у булди, бу булди, халок булди деса, у одамларни халок килган булади" деган маънода хадис айтганлар... Хозир хам автобуснинг олд кисмида аёллар, оркасида сркаклар чикадиган жойлар бор. Хусни муомаласи билан кунгил кутарадиган одамлар бор. Ва сна бир канча дийнимизнинг гузал таълимотига ажойиб тарзда амал киладиганлар етарлик. Амонларнинг ёмонлигини узимиз схши деб билган инсонлар ёнига келиб, хасратини айтгандан муолажасини килган схши! Валлоху аълам. 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Oktyabr 2009, 07:00:24

Bir o'ylab ko'ring. Kechki payt endi yotdingiz. Shunda xayolingizga birdan o'lim kelib qoldi. O'ylab ko'rsangiz siz hali hech narsa ya'ni Alloh uchun hech narsa qilmagansiz. Oxirat uchun hech qanday dalilingiz yo'q. O'ylab bironta yaxshi savob ish qilganingizni bilmadingiz. Xayollaringizni yana o'lim dahshati chulg'ab oldi. Shunda qanday holga tushardingiz? ??? Bu narsa sizga qay tarzda ta'sir qilardi? ???
Ming afsus bunday holni xayoliga ham keltirmaydigan insonlar bor. Lekin yotayotganingizda bir o'limni eslab ko'ringchi qanday holga tusharkansiz . . .

Qayd etilgan