Bugungi kun mulohazalari  ( 1019409 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 296 B


Munira xonim  18 Avgust 2006, 12:26:25

Assalamu alaykum.
Sizlarga Allohning salomini, rahmatini va mag'firatini tilayman.
Bugungi Ulug' juma kuni barchagizga muborak bo'lsin.
Bugungi kun hurmatidan Alloh taolo hammamizga O'z rahmat nazari bilan boqsin.
Alloh hammamzidan rozi bo'lsin.
Yigitlar!!! Juma namozini o'tkazib yubormang!!!

Qayd etilgan


forumnnb  18 Avgust 2006, 20:21:13

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar mening bugungi kunimning mulohazasi : Baxt qunt bilan ko'p mehnat qilgan kishigagina keladi.

Lekin hech kim qunt mehnat qila olmaydi, sababi hammada ham qandaydir kamchilik muammolar bo`ladi, hayot shunisi bilan qiziq, baxtning kelishi haqida bir narsa deya olmayman, chunki uni hali bir marta ham ushlab ko`rmaganman, faqatgina his qilganman, demak baxtni hamma o`zi uchun yaratadi.

Qayd etilgan


Laylo  21 Avgust 2006, 07:56:45

Assalamu alaykum!
Kechagi tun Isro va meroj kechasi edi.
Sizga ushbu kun muborak bo'lsin!
Allohim, qilgan ibodatlaringizni qabul aylagan bo'lsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Avgust 2006, 11:09:12

Assalamu alaykum!
Kechagi tun Isro va meroj kechasi edi.
Sizga ushbu kun muborak bo'lsin!
Allohim, qilgan ibodatlaringizni qabul aylagan bo'lsin!

Va alaykum assalam,Laylo!
Alloh sizga ham muborak qilsin.
Niyatlaringiz o'zingizga ham yo'ldosh bo'lsin!

Qayd etilgan


Mohinur  29 Avgust 2006, 06:31:53

Assalomu alaykum!
Bugungi kunim haqida nima deyish mumkin?
Avvalo Allohga shukronalar aytayapman: bugun saxar o'rnimdan eson-omon turganim uchun!
Ota-onam yonimdaligi uchun hamd aytyapman, Allohga.
Yedirib kiydirgani uchun, ko'zlarim ko'rayotgani, quloqlarim eshitayotgani, vujudim sezayotgani uchun shukronalar aytyapman.
Alhamdu lillahi robbil a'alamiyn.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:48:24

AbdulAziz:

10.01.2006. Qurbon hayiti kuni

Bugun ertalabdan tahorat qilib, yangi kiyimlarni kiyib, musku anbarlarni sepib, joynamozlarni oldik-da, jome' masjidiga hayit namozini o'qishga shoshildik. Uydagi barcha erkaklar, hatto yosh jiyanlarim ham oldimizga tushishdi. Mahallada ham allaqancha odam bo'lib, ko'chani to'ldirib, masjidga intildik.

Hayit namozini o'qib olgach, hammamiz bir-birimizni muborak ayyom bilan tabrikladik. Hamma qidirgan insonlarimni masjiddan topdim. Ularni ham bayram bilan tabrikladik. Uydagi ayollar, qizbola jiyanchalarim uchun mayda-chuyda shirinliklarni harid qilib, uyga tomon intildim.

Hammaning yuzida tabassum, bu ko'chalar anchadan beri buncha ko'p odamni ko'rmagan bo'lsa kerak. Barchaning yuzida tabassum, bir-birini tabriklagan. Faqat ahyon-ahyonda eshitilib turadigan aza ovozi ko'ngilni g'ash qiladi. Odamlar nima uchun bayram kuni ham aza qiladi-a?

Uyga boraman, darvoza tagida qizaloq jiyanim "akajonim, hayitiz qutlug' bo'lsin!" deb kutib olib, qo'limdagi narsalarni oladi. Uyga kirgach birinchi ko'rganim - ayajonim. Ular "sizlar hayit namozidan keldingiz" deb yelkamdan tavof qiladilar.

Hamma yig'iladi. Dasturxon har kungidan-da fayzli. Chunki bugun bayram-da! Kecha hammaga osh tarqatdik. O'z navbatida boshlarning oshlarini ham yedik. Bu an'ana bugun ham davom etadi. Nozu ne'matlar bilan nonushta qilib, Qur'on o'qiladi, duo qilinadi.

Bu paytda yosh jiyanlarim tomoq qira boshlashadi. Chunki hayitliklarni olish kerak, hayitga chiqish kerak. Avvalo buvam, keyin dadam, amakimlar hayitlik ulashishadi. Hayitlik miqdori yoshga bog'liq. Yoshing qancha yuqori bo'lsa, senga hayitlik ham ko'p tushadi. Kaminaning cho'ntagi ham bu kun rosa qappaydi. O'z navbatida men ham jiyanlarni xursand qildim.

Keyin mehmonlar kela boshlaydi. Avval tog'am keldilar, hammamizni hayit bilan tabriklab ketdilar. Keyin opam, do'stlarim... Hayit tabriknomalari telefon, SMS orqali ham davom etadi. Haqiqiy bayramni hayitda his qiladi, odam.

Tushlikka yaqin o'rtoqlarim kelishdi, ular bilan, mashinada yana 2-3 ta ulfatlarni oldik-da, "O'ram" choyxonasiga kabobxo'rlikka bordik. Do'stlarim bilan ovqatlansam juda maza qilaman, chunki, yoshlikdagi turli hangomalarni eslab, rosa kulishamiz.

Marg'ilonga kelganimga 10 kundan oshdi, lekin hali tuzuk-quruq qor yog'magan, yog'gan bo'lsa-da, o'rnamagan edi. Bugun esa Allohning rahmati o'laroq qor yog'a boshladi. Uning yog'ishi bayramga zarrachalik ta'sir ko'rsatmagan, sayilga chiqqan odamlar aylanib, bayram qilib yurishardi. Ayniqsa, yosh bolalarning quvonchi cheksiz, ertalabdan yiqqan hayitliklarini sarflab, xursand bo'lib o'ynab yurishibdi.

Kechga yaqin qor yerga qor o'rnadi. Ikkiga kirgan bir jiyam mani qor o'ynashga chaqirdi. Issiq uyda bilmay yotgan ekanman. Tashqariga chiqsam hammayoq oppoq qor bilan qoplangan. hamma jiyanlarim pistirmada turib, eng jajjisini meni chaqirgani yuborishgan ekan. Chiqishimni bilaman, qor bilan rosa bulashdi. Men ham qarab turmadim. Lekin jiyanlar ustun kelishdi. Chekinishga majbur bo'ldim. Uyga kirib, bir soatcha dam olganimdan keyin yana chaqirishdi. Birgalashib katta qorbobo yasadik...

Yana qorbo'ronni davom ettiramiz. Endi safimizga boshqalar ham qo'shilgan edi. Toza havoda jiyanlarim bilan qor o'ynab juda maza qildim. Ertalab yana birga qor o'ynashga va'dalashib ular bilan hayrlashdim...


Siz-chi, siz kunni qanday o'tkazdingiz?

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:48:48

Feruza:

13.01.2006. Men kunni yaxshi o'tkazdim.
Bugun Kumushbibi telefon qildilar, ammo bir nechta sabablarga ko'ra ular bilan gaplasha olmadim. Ular betob ekanlar, lekin hozir ancha yaxshi his qilayaptilar. Forumga bir necha kun kira olmasliklarini aytib, uzr so'radilar hamda o'zlarining salomlarini yubordilar!
Ollohdan ularning sog'ayib ketishini va har doimgidek eng sevimli ishtirokchimiz bo'lib qolishlarini so'rab qolaman!
Tezroq sog'ayib keting, Kumushbibi!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:49:37

Maknuna:

13.01.2006. Barchaga Assalomu alaykum!
man ham bayramlar bilan bo'lib forumga kira olmagan edim.
barchangizni kech bo'lsa ham Iydi qurbon bayrami bilan tabriklayman. Bu kunlarda nimaiki yaxshi niyat qilgan bo'lsangiz shu niyatlaringiz amalga oshishiga tilakdoshman.
Bayram juda yaxshi o'tdi. Birinchi kundanoq kelin ko'rishga bordik. Kelinlarni qo'lidan choy ichdik...
To'g'ri etasiz AbdulAziz, mangayam hayit bayrami juda yoqadi, hammaning ko'nglida, yuzida xursandlik shu kunda bilinadi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:50:01

AbdulAziz:

14.01.2006. Assalomu alaykum!
Kumushbibining tezroq sog'ayib ketishlarini duo qilamiz. Ularga shifoi komil ato etsin!
Forumimizning yana bir ishtirokchisi Noza ham ozgina betob ekanlar. Ularga ham shifo tilaymiz.
Noza barcha forumdoshlarga salomlarini yetkazishimni aytdilar.
Xudo hohlasa yaqinda forumimiz yana ushbu ishtirokchilar bilan to'lishadi. :)

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:50:23

AbdulAziz:

15.01.2006. Assalomu alaykum!
Bugungi kun ham nihoyasiga yetmoqda. Bu kun juda yaxshi bo'ldi. Kecha kechasi bilan yoqqan oppoq qor ertalabdan inson ko'nglini ham o'z ranggiga bo'yadi...

Qayd etilgan